Авторы

  • Икхтиёр Нармаматов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, narmamatov ixtiyor @gmail.com
  • Сувон Бердиев
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti magistranti,berdiyev suvon @gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.128971

Ключевые слова:

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi investitsion jozibadorlik investitsion jozibadorlik indeksi investitsiya muhiti investitsiyalar xorijiy investitsiyalar.

Аннотация

Mamlakat hududlariga investitsiyalarni mutanosib ravishda joylashtirish milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Tashki iktisodiy alokalarning barcha shakllarini rivojlantirish taksimlashning obyektiv konuniyatlardan, xorijiy mamlakatlar bilan uzaro manfaatdor iktisodiy alokalarni kengaytirish va ularni Yangi boskichga olib chikish zarriyatidan kelib chikadi. Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasi hududlarining investitsion salohiyati, hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida investitsiyalarning tutgan roli, mamlakat hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari yoritilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

51

MILLIY IKTISODIYOTGA CHET EL SARMOYALARINI JALB

ETISHNING RIVOJLANISH BOSKICHLARI

Narmamatov Ixtiyor Baxtiyorovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, narmamatov

ixtiyor @gmail.com

Berdiyev Suvon Beknazarovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti magistranti,berdiyev suvon

@gmail.com

Annotatsiya.

Mamlakat hududlariga investitsiyalarni mutanosib

ravishda joylashtirish milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishining asosi

hisoblanadi. Tashki iktisodiy alokalarning barcha shakllarini rivojlantirish

taksimlashning obyektiv konuniyatlardan, xorijiy mamlakatlar bilan uzaro

manfaatdor iktisodiy alokalarni kengaytirish va ularni Yangi boskichga olib

chikish zarriyatidan kelib chikadi.

Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasi hududlarining investitsion

salohiyati, hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida investitsiyalarning

tutgan roli, mamlakat hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari

yoritilgan.

Kalit sо‘zlar

:

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsion

jozibadorlik, investitsion jozibadorlik indeksi, investitsiya muhiti,

investitsiyalar, xorijiy investitsiyalar.

Kirish

.

О‘zbekiston Respublikasi mustakil Davlat sifatida ochik

iktisodiyotni shakllantirish va jaxon iktisodiy maydoniga kirish borasida faol

ravishda uzining tashki iktisodiy siyosatini amalga oshirmokda. Tashki iktisodiy

alokalarning

barcha

shakllarini

rivojlantirish

taksimlashning

obyektiv

konuniyatlardan, xorijiy mamlakatlar bilan uzaro manfaatdor iktisodiy alokalaryu::

kengaytirish va ularni Yangi boskichga olib chikish zarriyatidan kelib

chikadi.Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil

qilganligi sababli, uning har bir hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni

ta’minlash mamlakatimizning uzluksiz, barqaror taraqqiyotiga zamin yaratadi.

Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jahon

tajribasi shuni kо‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan

bо‘lsa, о‘z iqtisodiyotining barqaror о‘sishiga erishgan. Shu sababli ham

investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, о‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotnng yuragi,

desak, mubolag‘a bо‘lmaydi”[1]

Investitsiya faoliyatini tartibga solishda va investitsiyalardan samarali

foydalanishda eng muhim bо‘lgan masalalardan biri – bu chet el investitsiyalari

ishtirokidagi korxonalarni hududlar bо‘yicha optimal darajada bir tekis

joylashtirish va xorijiy investorlarni hududlarga yanada kо‘proq jalb qilishdir.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Ushbu maqolaning ilmiy-nazariy asosi sifatida


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

52

iqtisodiy adabiyotlar hamda ilmiy maqolalar, xorijiy va mahalliy iqtisodchi

olimlarning investitsiya faoliyati, mamlakat hududlariga investitsiyalarni jalb qilish

va ulardan samarali foydalanish bо‘yicha izlanishlari, ularning yozma va og‘zaki

fikr-mulohazalarini tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va

jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil о‘tkazish

orqali tegishli yо‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Mavzuni

о‘rganish jarayonida iqticodiy, mantiqiy, ilmiy abctraksiyalash, qiyociy tahlil,

dinamikada о‘rganish, induksiya, deduksiya va boshqa usullardan foydalanildi.[2]

Tahlil va natijalar

.Chet el investsiyalarini jalb qilishda mamlakat va uning

hududlarida yaratilgan investitsion jozibadorlik, qulay investitsion muhit va

hududlarning nisbiy afzalliklari muhim о‘rin tutadi. Aynan yuqoridagi omillarga

xorijiy investorlar tomonidan alohida e’tibor beriladi. Hududlarning investitsion

jozibadorligini aniqlashda turli uslublardan foydalaniladi. Ularning bir-biridan farqi

investitsion muhitni belgilaydigan omil va indikatorlarni tanlab olishda namoyon

bо‘ladi.

Mamlakat hududlariga xorijiy investorlarni keng jalb qilishda

hududlarning investitsion jozibadorlik kо‘rsatkichidan tashqari boshqa bir nechta

alohida kо‘rsatkichlar orqali ham hududning iqtisodiy-investitsion salohiyatini

aniqlash mumkin bо‘lib, ular, eng avvalo, investitsiya faoliyatiga doir (umumiy)

hududiy huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amal qilish darajasi,

hududlarning YAHM, tadbirkorlikni boshlash va ishbilarmonlik muhiti indeksi,

hududlardagi mavjud infrastruktura hamda ishchi kuchining malakasi, tabiiy

resurslar salohiyati va boshqalardir. Har bir investor hududlarga berilgan alohida

imtiyoz yoki qо‘shimcha yengilliklar bor yoki yо‘qligi bilan ham qiziqadi.

Hududlarda yuqoridagi kо‘rsatkichlarning talab darajasida ekanligi esa investor

uchun kafolat vazifasini bajaradi.[3]

Xorijiy investorlarni hududlarga keng jalb qilish hamda hududlarning

investitsion jozibadorligini va investitsiya muhitini yaxshilovchi omillarga

quyidagilarni kiritish mumkin:

hududlarni boshqarish darajasi, ma’muriy tо‘siqlarning kamligi;

soliq va kredit tizimining maqbulligi;

transport va aloqa infrastruktura holatining rivojlanganligi;

iqtisodiyotning ochiqligi;

hududning obrо‘si (imidji) yuqoriligi;

hududiy imtiyoz va qо‘shimcha yengilliklarning mavjudligi va

boshqalar.

Mamlakatimiz hududlariga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarning hajmi

kundan-kunga oshib, hududlar va shu asosda mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy

rivojlanishiga katta hissa qо‘shmoqda. Jahonda bugungi kunda koronavirus

pandemiyasi hali hamon о‘z hukmini surmoqda va bu mamlakatlarga har

tomonlama jiddiy ta’sirini kо‘rsatmoqda. Shunday keskin vaziyatda

respublikamizga xorijiy investitsiyalar oqimining kirib kelishi pasaygani yо‘q.

Buning sabablari yuritilayotgan oqilona iqtisodiy-investitsiya siyosati, qulay


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

53

investitsion va tabiiy salohiyat, malakali kadrlar salohiyati, shuningdek, uzoqqa

mо‘ljallangan strategik ahamiyatga ega hududiy investitsiya dasturlarining joriy

etilishidir.

Sо‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasi о‘laroq

mamlakatimizning barcha hududlarida investitsiyalar oqimi yildan yilga oshib

bormoqda. Hududlar rivojlanishi bо‘yicha oldinda bо‘lgan Toshkent shahri,

Toshkent, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Qashqadaryo hamda Namangan

viloyatlarida asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori boshqa hududlarga nisbatan

kо‘proqni tashkil qilyapti. Bu hududlarda sо‘nggi yillarda miqdori 5-7 milliard

AQSH dollarigacha bо‘lgan yirik investitsiya loyihalari ishga tushirildi.[4]

Bunga asosiy sabablar esa infrastrukturaning rivojlanganligi, qulay

investitsion muhitning mavjudligi, malakali ishchi kuchi, ishlab chiqarish

kuchlarining oqilona taqsimlanganligi, qolaversa boy tabiiy zahiralar hisoblanadi.

Birgina Toshkent shahri va viloyatini oladigan bо‘lsak sо‘nggi ikki yilda bu

hududlarga mos ravishda 2022 yil 82 trln. , 2023 yilda 98 trln. hamda 29 trln.

sо‘mga yaqin investitsiyalar kiritilgan.

Mazkur raqamlar har yili har xil о‘sish tendensiyasiga ega, bunga

sabablardan esa strategik investitsiya loyihalarining turli yillarda turli hududlarda

bajarilishi hamdir. Misol uchun, 2014-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston

Respublikasida yirik investitsion loyiha hisoblangan Surgil gaz-kimyo

komleksining ishga tushirilishi, 2019-2020 yillarda Buxoroda Qandim gaz koni

negizidagi kompleksning ishga tushirilishi va boshqalardir. Qolaversa, har yilgi

hududiy investitsion dasturlarning bajarilishi ham bu raqamlarning о‘zgarishiga

katta ta’sir qiladi. Shu sababdan mamlakatning qaysidir hududi investitsilarni

kо‘p yo kam jalb qilyapti deb aniq aytishning imkoni yо‘q va bu doimo nisbiy

holatda baholanadi. Chunki har bir hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish

darajasi о‘ziga xosdir, investitsiyalar miqdori ham shunga monand bо‘ladi.

Sо‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari ichida eng kо‘p xorijiy

investitsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy

viloyatlari va Toshkent shahriga kiritilganligini kо‘rishimiz mumkin.[5]

Xulosa va takliflar.Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bо‘lsak,

mamlakatimiz hududlariga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilishda

quyidagi ustuvor yо‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiq:

mamlakatimiz hududlarini iqtisodiy-ijtimoiy afzallik va tabiiy

salohiyatini dunyo investorlariga yanada kо‘proq kо‘rsatishga qaratilgan

tashviqot- targ‘ibot, marketing ishlarini keng yо‘lga qо‘yish;

mamlakat hududlarida mavjud tabiiy-resurs salohiyatini hisobga

olgan holda, hududiy investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda tabiiy-resurs, iqtisodiy, investitsion salohiyati yuqori bо‘lgan Toshkent

shahri, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona viloyatlariga imtiyozlar nisbatan kam

yoki umumiy bо‘lgan qattiq investitsiya siyosatini, Jizzax, Sirdaryo,

Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston kabi hududlarga esa imtiyozlari nisbatan

kо‘proq bо‘lgan yengilroq investitsiya siyosatini amalga oshirish;


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

54

ishchi kuchiga talab yuqori hududlar va ish о‘rinlari kam hududlarda

alohida imtiyozlar joriy qilish (misol uchun, Farg‘ona, Namangan va Andijon

viloyatlarida ishchi kuchi soni kо‘pligi va ish о‘rni о‘rtasida nomutanosibliklar

mavjudligi bois yaratilgan har bir ish о‘rni uchun imtiyozlar berish).

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish va tadbirlarni amalga oshirish

hududlar rivojlanishiniva shu asosda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning

investitsiya salohiyatini ortishiga katta turtki bо‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. О‘zbekiston Respublikasi qonuni, 30 04 1998 yildagi 609-1-son

2.F. Henius nomidagi Tashqi savdo lug‘ati, 2-nashr. 1998y. AQSH.

3..Kochemasova, A.V. Mirovoy opit privlecheniya pryamix inostrannix

investitsiy v usloviyax globalizatsii ekonomiki / A.V. Kochemasova // Finansi i

kredit. – 2013. – №18. – S. 66−77.

4..Oksan Bayulgen. Foreign Investment and Political Regimes. Cambridge,

2017. 12-p.

5.D.YE. G‘ozibekov “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari” T.:

“Moliya” nashriyoti. 2018. 45- bet.

6.Q.B. Xoshimov “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa

tortish va uni takomillashtirish yо‘llari” iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini

olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.T. BMA. 2004, 7-b.

7.SH.I.Mustafakulov,

Investitsion

muhit

jozibadorligi:

nazariya,

metodologiya va amaliyot. MonografiY. BMA. 2017. 208-b.

7.О‘zbekiston Respublikasi Yillik Statistik tо‘plamlari (2020-2023 yy)

8.Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim

yо‘nalishlari. “О‘ZIA” - “EVU” 1/2022.

9. “Hududlarning investitsion jozibadorligi: aniqlashning uslubiy jihatlari va

ta’sir kо‘rsatadigan omillarning tasnifiy tahlili“ SH.I.Mustafakulov, Moliya va bank

ishi elektron ilmiy jurnali 5-son oktabr, 2023 yil, 84-105 b.

10.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat

turizm salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference

on the role and importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-

33).

11.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш

босқичлари ҳамда тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the

role and importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl

xо'jаligining institutsiоnаl jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning

о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye

syndrome: a comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural

sciences

,

2

(3), 4-8.

14.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

55

in increasing the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i

Innowacje.

,

24

, 234-238.

15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of

Kashkadarya region.

Gwalior management academy

, 73.

16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят

иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international

conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign

investment in the development of the regional economy.

Gospodarka i

Innowacje.

,

29

, 219-225.

18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN

INVESTMENTS TO THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных

инвестиций в региональную промышленность в условиях развития цифровой

экономики.

20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy

investitsiyalarni

jalb

etishda

tijorat

banklarining

faolligini

oshirish

asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Muallifga bog’lanish uchun ma’lumotlar

Muallifning ismi, sharifi

Elektron pochtasi

Telefon raqami

Нarmamatov Ixtiyar

Baxtiyarovich

narmamatov ixtiyar

@gmail.com

+998(97)-314-10-69

Berdiyev Suvon

Beknazarovich

berdiyev suvon

@gmail.com

+998(98)-117-36-30

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Respublikasi qonuni, 30 04 1998 yildagi 609-1-son

F. Henius nomidagi Tashqi savdo lug‘ati, 2-nashr. 1998y. AQSH. 3..Kochemasova, A.V. Mirovoy opit privlecheniya pryamix inostrannix

investitsiy v usloviyax globalizatsii ekonomiki / A.V. Kochemasova // Finansi i

kredit. – 2013. – №18. – S. 66−77. 4..Oksan Bayulgen. Foreign Investment and Political Regimes. Cambridge, 2017. 12-p. 5.D.YE. G‘ozibekov “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari” T.: “Moliya” nashriyoti. 2018. 45- bet. 6.Q.B. Xoshimov “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa

tortish va uni takomillashtirish yо‘llari” iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini

olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.T. BMA. 2004, 7-b. 7.SH.I.Mustafakulov, Investitsion muhit jozibadorligi: nazariya, metodologiya va amaliyot. MonografiY. BMA. 2017. 208-b. 7.О‘zbekiston Respublikasi Yillik Statistik tо‘plamlari (2020-2023 yy)

Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim

yо‘nalishlari. “О‘ZIA” - “EVU” 1/2022. 9. “Hududlarning investitsion jozibadorligi: aniqlashning uslubiy jihatlari va

ta’sir kо‘rsatadigan omillarning tasnifiy tahlili“ SH.I.Mustafakulov, Moliya va bank

ishi elektron ilmiy jurnali 5-son oktabr, 2023 yil, 84-105 b. 10.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat

turizm salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference

on the role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23- 33). 11.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш

босқичлари ҳамда тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In conference on the

role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 4, pp. 98-102). 12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl

xо'jаligining institutsiоnаl jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning

о'rni. World of science, 7(12), 88-91. 13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye

syndrome: a comprehensive review. oriental journal of medicine and natural

sciences, 2(3), 4-8. 14.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries

n increasing the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i

Innowacje., 24, 234-238. 15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of

Kashkadarya region. Gwalior management academy, 73. 16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят

иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In international

conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134). 17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign

investment in the development of the regional economy. Gospodarka i

Innowacje., 29, 219-225. 18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN

INVESTMENTS TO THE REGIONS. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408. 19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных

инвестиций в региональную промышленность в условиях развития цифровой

экономики. 20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy

investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklarining faolligini oshirish

asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478. Muallifga bog’lanish uchun ma’lumotlar

Muallifning ismi, sharifi Elektron pochtasi Telefon raqami

Нarmamatov Ixtiyar

Baxtiyarovich

narmamatov ixtiyar

@gmail.com

+998(97)-314-10-69

Berdiyev Suvon

Beknazarovich

berdiyev suvon

@gmail.com

+998(98)-117-36-30