О‘ZBEKISTONDA TО‘LOV TIZIMI AMALIYOTIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH IMKONIYATLARI

Abstract

Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. Maqolada tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan salbiy ta’siri asoslab berilgan va ushbu ta’sirni yumshatishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, narmamatov ixtiyor @gmail.com
f
35-39
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Narmamatov, I. (2025). О‘ZBEKISTONDA TО‘LOV TIZIMI AMALIYOTIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH IMKONIYATLARI. International Journal of Science, 1(2), 35–39. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/129485
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. Maqolada tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan salbiy ta’siri asoslab berilgan va ushbu ta’sirni yumshatishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

35

О‘ZBEKISTONDA TО‘LOV TIZIMI AMALIYOTIGA SALBIY TA’SIRINI

YUMSHATISH IMKONIYATLARI

Narmamatov Ixtiyor Baxtiyorovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti,

narmamatov ixtiyor @gmail.com

Annotatsiya:

Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu

jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini

zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan kuchli

salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi.

Maqolada tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan salbiy ta’siri asoslab

berilgan va ushbu ta’sirni yumshatishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit sо‘zlar:

tijorat banki, tо‘lov topshiriqnomasi, hujjatlashtirilgan akkreditiv, kafolat,

chek, kredit, overdraft, tо‘lovlar ketma-ketligi.

Kirish.

Xalqaro bank amaliyoti tajribalari ko‘rsatadiki, tо‘lovlar tizimi amaliyotidagi eng

muhim masalalardan biri bo‘lib, to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. O‘z

navbatida, to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash bevosita tijorat banklarining likvidliligiga va

to‘lovni amalga oshiruvchi subektning likvidliligiga bog‘liq. Shu sababli, tо‘lovlar tizimi

amaliyotiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda tijorat banklarining likvidliligiga baho berish va

xo‘jalik yurituvchi subektlarning likvidliligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyat

kasb etadi.

2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi

bо‘yicha Harakatlar strategiyasida naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu

jumladan, iqtisodiyot sohalarida tо‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy qilish va

tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish

mamlakat bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish bо‘yicha belgilangan vazifalarni hal

etishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan biri sifatida e’tirof etilgan [1]. Bu esa, naqd pulsiz

hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zaruriyatini

yuzaga keltiradi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi global о‘zgarishlar natijasida butun dunyoda xо‘jalik yurituvchi

subyektlarning pul oqimini keskin zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, ularning mahsulotlarni

sotishdan va xizmatlar kо‘rsatishdan olinadigan tushumlarining keskin kamayib ketganligi bilan

izohlanadi.

Metod va metodologia.

Ushbu tadqiqotning maqsadi milliy tо‘lov tizimlapining

bapqapopligini ta’minlashning metodologik va amaliy acoclapini takomillashtipish, unda

zamonaviy iqtisodiy tizimning ahamiyatini tahlil qilish, uni yanada rivojlantirish va shakllantirish

yо‘nalishlarini aniqlashdir. Mavzuni ilmiy о‘rganish, statik tahlillar, mantiqiylik, tahlil va tadqiq

etish jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan foydalanilgan.[2]

Natijalar va taxlillar.

Bloomberg nashri baholariga kо‘ra, dunyo bо‘yicha global

о‘zgarishlar natijasida kо‘rilgan zararlari miqdori hozirning о‘zida 5 trln. AQSH dollarga yetdi.

Jahon savdo tashkilotining ma’lumotlariga bо‘yicha dunyoning savdo hajmi joriy yilda 30 foizga

qisqaradi. AQShning Federal zaxira tizimining ma’lum qilishicha, mamlakatda sanoat ishlab

chiqarishi mart oyida 5,4 %ga tushib ketgan, о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga

pasaygan, bu 1946 yil yanvardan keyingi eng kuchli pasayish bо‘lgan [3].

Yuqorida qayd etilgan oqibatlari tо‘lov tizimlari amaliyotiga nisbatan salbiy ta’sir

kо‘rsatdi.

Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki misolida

О‘zbekiston Respublikasida, tо‘lov tizimi amaliyotining amaldagi holatiga baho beramiz.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

36

1-jadval

О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki orqali naqd pulsiz

hisob-kitob shakllari vositasida amalga oshirilgan tо‘lovlarning tarkibi [4]

foizda

2023 yil

yanvar

mart

iyun

sentabr

Tо‘lov topshiriqnomasi

98,90

98,67

99,07

99,31

Tо‘lov talabnomasi

0,31

0,34

0,14

0,24

Inkasso

0,79

0,99

0,79

0,45

Hujjatlashtirilgan akkreditiv

0,0

0,0

0,0

0,0

Jami

100,0

100,0

100,0

100,0

1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz

bо‘yicha naqd pulsiz hisob-kitob shakllari orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida

tо‘lov topshiriqnomasi mutlaq yuqori salmoqni egallagan. Buning ustiga, 2023 yilning mart-

sentabr oylarida tо‘lov tizimishakllari orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida

tо‘lov topshiriqnomasining ulushini о‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Mazkur holatlar naqd pulsiz

hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki,

tо‘lov topshiriqnomalarida tо‘lov kafolatlanmagan.

1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakat

bо‘yicha tо‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida inkassoning

salmog‘i nisbatan kichik bо‘lgan. Holbuki, taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida

inkassoning har ikkala shaklidan – hujjatli inkasso va sof inkassodan keng foydalaniladi.

Respublikamizda tijorat veksellari muomalasi mavjud bо‘lmaganligi sababli hozircha sof

inkassodan foydalanishning iloji yо‘q.

Shunisi ahamiyatliki, inkassoda tо‘lovchi tо‘lovni tezlashtirishdan manfaatidor bо‘ladi.

Buning sababi shundaki, tо‘lov amalga oshirilmagunga qadar bank tovar hujjatlarini tо‘lovchiga

(sotib oluvchiga) bermaydi.

1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz

bо‘yicha tо‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida hujjatlashtirilgan

akkreditivlarning ulushi nol foizga teng bо‘lgan. Ushbu holat naqd pulsiz hisob-kitoblar

amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki, hujjatlashtirilgan

akkreditivlarda tо‘lov tо‘liq kafolatlangan.

1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida

respublikamizning naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotida cheklar mavjud bо‘lmagan. Bu esa,

naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.

Chunki, cheklar xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitoblarning nisbatan keng

qо‘llaniladigan shakli hisoblanadi.

E’tirof etish joizki, global о‘zgarish sharoitida naqd pulsiz tо‘lovlar miqdorining keskin

kamayishi kuzatildi (1-rasm).


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

37

1-rasm. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklararo elektron tо‘lov tizimi

orqali 2023 yilda amalga oshirilgan tо‘lovlar miqdori, trln. sо‘m [5].

1-rasm ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, respublikamiz Markaziy bankining elektron tо‘lov

tizimi orqali amalga oshirilgan tо‘lovlar miqdori koronavirus pandemiyasi tufayli 2023 yilning

mart oyida fevral oyiga nisbatan keskin kamaygan.

1-rasm ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, Markaziy bankning elektron tо‘lov tizimi orqali

amalga oshirilgan tо‘lovlar miqdori koronavirus pandemiyasi tufayli 2023 yilning aprel oyida

mart oyiga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bu esa, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi

mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan tо‘lovlar bilan izohlanadi. Ammo, joriy yilning iyul

oyida aprel oyiga nisbatan mazkur tо‘lovlar miqdorining keskin kamayishi kuzatildi.

Fikrimizcha, respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotiga salbiy ta’sirini

yumshatish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

1. Tо‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan tо‘lovlarning naqd pulsiz hisob-

kitoblar hajmidagi ulushining yuqori ekanligini hisobga olgan holda, tо‘lov riskini kamaytirish

maqsadida, joriy likvidliligi minimal meyoriy darajada (1,25) bо‘lgan xо‘jalik yurituvchi

subyektlarning tо‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz tо‘lovlari bо‘yicha

yuzaga keladigan tо‘lov riski yuzasidan tijorat banklarining kafolatini berishni amaliyotga joriy

etish lozim.

Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida, birinchidan, tо‘lov topshiriqnomalarining

asosiy kamchiligi bо‘lgan tо‘lovning kafolatlanmaganligi muammosi hal bо‘ladi; ikkinchidan,

iqtisodiyotdagi tо‘lovsizlik miqdori kamayadi; uchinchidan, tijorat banklari uchun qо‘shimcha

daromad manbai paydo bо‘ladi.

2. Banklarning overdraft kreditlari miqdorini kо‘paytirish, ushbu jarayondagi kredit riskini

boshqarish sifatini oshirish va hujjatlashtirilgan akkreditivlar bilan amalga oshirilga oshiriladigan

tо‘lovlarga nisbatan tо‘lovlarning kalendar ketma-ketligini qо‘llash orqali hujjatlashtirilgan

akkkreditivlar bilan amalga oshiriladigan tо‘lovlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy

hajmidagi salmog‘ini oshirish kerak.

Kredit olgan mijozga har oyning sо‘nggi ish kunida joriy hisobraqamning kreditli qoldiqqa

ega bо‘lishini ta’minlash majburiyatini yuklanishi tijorat banklari faoliyatida overdraft shaklida

kreditlash jarayonida yuzaga keladigan kredit riski darajasining oshib ketishining oldini oladi [6].

Tо‘lovlarning kalendar ketma-ketligini qо‘llanilishi tijorat banklariga hujjatlashtirilgan

akkreditivlar bо‘yicha tо‘lov yuzasidan bank kafolatini olayotgan xо‘jalik yurituvchi

subyektlarning pul oqimini tо‘g‘ri baholash imkonini beradi.

Xulosa.

Tadqiqotimiz natijasida shanday xulosa qilish mumkinki,tо‘lovlarning maqsadli

ketma-ketligida xо‘jalik yurituvchi subyektning pul oqimini tо‘g‘ri baholash qiyin. Buning sababi

shundaki, davlat soliq inspeksiyalari tomonidan soliqlarni avans tariqasida undirilishi,

tо‘lovlarning maqsadli ketma-ketligi qо‘llanilayotgan sharoitda, korxonaning pul oqimini


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

38

baholashdagi noaniqlikni kuchaytiradi.

Respublikamiz amaliyotida keng qо‘llanilayotgan qoplangan hujjatlashtirilgan

akkreditivlar korxona uchun ham, bank uchun ham manfaatli emas. Buning sababi shundaki,

qoplangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda, birinchidan, korxonaga tegishli bо‘lgan pul

mablag‘larining bir qismi uning xо‘jalik aylanmasidan chiqib qoladi; ikkinchidan, tijorat banki

katta daromad ola olmaydi. Chunki, qoplangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda tijorat banki

uchun tо‘lov riski mavjud bо‘lmaydi.

Yuqorida qayd etilgan jiddiy kamchiliklari bо‘lganligi sababli qoplangan hujjatlashtirilgan

akkreditivlar taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida keng qо‘llanilmaydi. Ushbu

mamlakatlarning bank amaliyotida hujjatlashtirilgan akkreditivlarning qoplanmaydigan va

tasdqilanmaydigan shakllari keng qо‘llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati

1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

“О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi

farmoni//О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son,

354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son.

2. Dodiyev F.U. Post pandemiya sharoitida banklar investitsiya faoliyatini

rivojlantirish//Moliya va bank ishi. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 36.

3. Tо‘lov hujjatlari. www.cbu.uz (О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki).

4. Markaziy bankning Yagona elektron tо‘lov tizimi. www.cbu.uz (О‘zbekiston

Respublikasining Markaziy banki).

5. Ismailov A. A. О‘zbekiston Respublikasi pul tizimini mustahkamlashning nazariy-

uslubiy asoslarini takomillashtirish. I.f.d. ilm. dar. ol. uch. taqd. et. diss. avtoref. – Toshkent, 2016.

– B. 28.

6.Tixonov A. Koeffitsiyent monetizatsii: nekotoriye aspekti teorii, sravnitelniy analiz i

prakticheskiye vivodi//Bankovskiy vestnik. – Minsk, 2000. - №25 (132). - S. 4-9.

7. Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

8. Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

9. Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

10. Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region.

Gwalior management academy

, 73.

11.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

12.Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг ривожланишида

тижорат банкларининг инвестицион фаолиятининг аҳамияти.

Gospodarka i Innowacje.

, 371-

376.

13.Бердиев, A. Ҳ., & Музаффарова, К. З. (2023). Мамлакат иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этишнинг аҳамияти.

Gospodarka i Innowacje.

, 145-151.

14.Muzaffarova, K. Z. (2024). Conditions for the development of tourism in the

Kashkadarya region.

Экономика и социум

, (4-2 (119)), 329-332.

15.Музаффарова, К. З. (2023). Основы привлечения иностранных инвестиций в

экономику Кашкадарьинской области.

Экономика и социум

, (11 (114)-2), 828-832.

16.Zoyirovna, M. K., & O’gli, A. H. R. (2022). Strong directions for improving economic

capital in the territory of kashkadarya region.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 243-247.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

39

17.Muzaffarova, K., & Abdukarimov, K. (2022). Factors influencing the formation of the

investment environment in the regions.

Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and

Culture

,

2

(5), 278-28.

18.Muzaffarova, K. (2021). Қашқадарё вилоятининг инвестицион салоҳияти асосида

хорижий инвестицияларни жалб қилишнинг минтақавий жиҳатлари.

Архив научных

исследований

.

19. www.mf.uz

References

. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi farmoni//О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son.

Dodiyev F.U. Post pandemiya sharoitida banklar investitsiya faoliyatini rivojlantirish//Moliya va bank ishi. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 36.

Tо‘lov hujjatlari. www.cbu.uz (О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki).

Markaziy bankning Yagona elektron tо‘lov tizimi. www.cbu.uz (О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki).

Ismailov A. A. О‘zbekiston Respublikasi pul tizimini mustahkamlashning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish. I.f.d. ilm. dar. ol. uch. taqd. et. diss. avtoref. – Toshkent, 2016. – B. 28.

Tixonov A. Koeffitsiyent monetizatsii: nekotoriye aspekti teorii, sravnitelniy analiz i prakticheskiye vivodi//Bankovskiy vestnik. – Minsk, 2000. - №25 (132). - S. 4-9.

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8.

Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238.

Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya region. Gwalior management academy, 73.

Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг ривожланишида тижорат банкларининг инвестицион фаолиятининг аҳамияти. Gospodarka i Innowacje., 371-376.

Бердиев, A. Ҳ., & Музаффарова, К. З. (2023). Мамлакат иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этишнинг аҳамияти. Gospodarka i Innowacje., 145-151.

Muzaffarova, K. Z. (2024). Conditions for the development of tourism in the Kashkadarya region. Экономика и социум, (4-2 (119)), 329-332.

Музаффарова, К. З. (2023). Основы привлечения иностранных инвестиций в экономику Кашкадарьинской области. Экономика и социум, (11 (114)-2), 828-832.

Zoyirovna, M. K., & O’gli, A. H. R. (2022). Strong directions for improving economic capital in the territory of kashkadarya region. Gospodarka i Innowacje., 29, 243-247.

Muzaffarova, K., & Abdukarimov, K. (2022). Factors influencing the formation of the investment environment in the regions. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(5), 278-28.

Muzaffarova, K. (2021). Қашқадарё вилоятининг инвестицион салоҳияти асосида хорижий инвестицияларни жалб қилишнинг минтақавий жиҳатлари. Архив научных исследований.

www.mf.uz

Muallifga bog’lanish uchun ma’lumotlar

Muallifning ismi, sharifi Elektron pochtasi Telefon raqami

Нармаматов Ихтияр Бахтиярович narmamatov ixtiyar @gmail.com +998(97)-314-10-69