Авторы

  • Кодиржон Жуманазаров
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsent
  • Мадина Бозорова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti mustaqil tadqiqotchisi e.mail: klarkhan@list.ru

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129172

Ключевые слова:

Yangi O‘zbekiston Innovatsiya innovatsion iqtisodiyot innovatsion jarayon PISA uzluksiz ta’lim raqamli texnologiyalar maktabgacha va maktab ta’limi

Аннотация

Yurtimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni amaliyotga joriy etish jarayonida eng so‘nggi innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga mos holda tatbiq etishdan iborat. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish jarayonida talimning sifat-samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

117

TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHDA

INNOVATSION YECHIMLAR

Jumanazarov Kodirjon Salyayevich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

Bozorova Madina Raxmat qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

mustaqil tadqiqotchisi

e.mail:

klarkhan@list.ru

Annotatsiya.

Yurtimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni

amaliyotga joriy etish jarayonida eng so‘nggi innovatsion texnologiyalardan

foydalanish hamda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga mos holda tatbiq etishdan

iborat. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish jarayonida

talimning sifat-samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so‘zlar.

Yangi O‘zbekiston, Innovatsiya, innovatsion iqtisodiyot,

innovatsion jarayon, PISA, uzluksiz ta’lim, raqamli texnologiyalar, maktabgacha va

maktab ta’limi.

Аннотация.

Реализация реформ, проводимых в системе образования в

нашей стране, заключается в использовании новейших инновационных

технологий и их адекватном внедрении во все звенья системы образования.

Заключается в разработке рекомендаций по повышению качества и

эффективности обучения в процессе внедрения в практику современных

инновационных технологий.

Ключевые слова.

Новый Узбекистан, инновации, инновационная

экономика, инновационный процесс, PISA, непрерывное образование,

цифровые технологии, Дошкольное и школьное образование.

Abstract.

In the process of introducing into practice the reforms carried out in

the educational system of our country, it is necessary to use the latest innovative

technologies and to implement them in accordance with all branches of the

educational system. In the process of introducing modern innovative technologies

into practice, it is necessary to develop recommendations on improving the quality

and efficiency of training.

Keywords

. New Uzbekistan, innovation, innovation economy, innovation

process, PISA, continuing education, digital technologies, preschool and school

education.

Kirish

. Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan

islohotlar jahon standartlariga javob beradigan ta’lim tizimini shakllantirish va sifatini

oshirishga yo‘naltirilgandir. Hozirgi kunda jahon tajribasidan respublikamiz ta’lim

jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda. XXI

asrdagi ijtimoiy taraqqiyot ham raqamli iqtisodiyot sharoitida maktabgacha va

maktab ta’limi faoliyatida axborot xavfsizligini axborot texnologiyalari yordamida


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

118

rivojlantirish ta’limning hamma yo‘nalishlari mazmunida sifat o‘zgarishlarini talab

etmoqda. Tabiiyki har bir mamlakatning rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini

ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar jamiyat va

davlat hayotining barcha jabhalariga qanchalik joriy etilgani bilan baholanmoqda.

Mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlash

. Xalq ta’limini modernizatsiya qilish

va yangicha yondashuvilar, ularni yangi zamonaviy texnik talablarga moslashtirish,

zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanib xalq ta’limi tizimini boshqa sohalar

bilan integratsiyasini ta’minlashni raqamlashtirishda me’yorlar va sifat standartlariga

muvofiqlashtirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasida “Raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish” – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor

vazifalarimizdan biri bo‘ladi, yurtimiz “Xalqaro axborot kommunikatsiya

texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan

bo‘lsa-da, hali oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishimiz uchun ko‘p

mashaqqatlarni bosib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Aksariyat vazirlik va idoralar,

korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak bu ham haqiqat.”[1], deb

ta’kidladilar. Shu tufayli taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy

axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur. Bu bizga yuksalishning eng qisqa

yo‘ldan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarni zamonaviy

axborot texnologiyalar yordamida raqamlashtirish jarayoniga o‘tmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasida, jumladan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va

erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy

shakllarini joriy etish”[2] vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish,

jumladan, xalq ta’limi tizimining faoliyatini raqamlashtirish va xalq ta’limi tizimini

raqamlashtirishda axborot xavfsizligini taminlash masalalari, ta’limga oid resurslar

xavfsizligini baholash usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish muhim

masalalardan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir tadqiqot metodologiyalari.

Hozirda global va kompyuter

axborot tarmoqlarida mazmuni, ishonchlilik va konfidensiallik darajasi nuqtai

nazaridan turlicha bo‘lgan katta hajmdagi axborotlar aylanmoqda va qayta

ishlanmoqda. Ma’lumotlar hajmi hamda ularni uzatish tezligi doimiy ravishda oshib

borayotgan mazkur sharoitda ishonchli axborotlarni ajratish, ularni qabul qilish,

saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarida axborot xavfsizligi, axborotlarning

butunligini ta’minlash talabi yanada kuchaymoqda.

Kompyuter texnologiyalarining rivojlanib borishi ko‘pgina sohalar kabi xalq

ta’limi faoliyatini ham avtomatlashtirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, natijada

bir qancha qulay imkoniyatlarni taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari

yaratilgan va ular doimiy takomillashtirilib borilmoqda. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda

xalq ta’limi faoliyati axborot xavfsizligi jarayonlarini raqamlashtirish va foydalanish

borasida katta o‘sish kuzatildi.

Tahlil va natijalar

. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

119

tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib

kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat

jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion

shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son

Farmoniga muvofiq bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bunga ko‘ra;

- PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro

miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta

ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi;

- uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek

professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

- o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga

individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

- sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion

loyihalarni joriy etish;

- maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;

- yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari

ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida

raqobat muhitini kengaytirish;

- yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan

kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq

etish;

- maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning

jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining

mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini

bosqichma-bosqich oshirib borish;

Yangi O‘zbekistonni barpo etishda albatta raqamli iqtisodiyot sharoitida barcha

sohalarni raqamlashtirish jarayoni ketayotganligi ko‘rishimiz mumkin, shu o‘rinda

maktabgacha va maktab ta’limifaoliyatida xam ma’lumotlar almashishi va yangi

axborot bazalarini yaratish hamda ularning xavfsilikgini ta’minlash muhim omil

bo‘lib xisoblanadi. Xalq ta’lim faoliyatini samarali boshqarish tizimi umumiy davlat

siyosatini amalga oshirishning alohida elementi bo‘lib, bunda sohani ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish, shubhasiz, ustuvor davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasining rivojlantirishi strategik vazifalarini amalga oshirishga zamonaviy

yondashuvlarni shakllantirish resurs bazasidan foydalanish samaradorligi sohasida

baholash faoliyatini tashkil etishning yangi usullarini shakllantirish talab etadi.

Maktabgacha va maktab ta’limifaoliyatini bir xilliginidan kelib chiqib,

ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning amalga oshirilishiga ko‘proq darajada ob’ektiv baho

berishga imkon beruvchi asosiy ta’sir etuvchi omillarni keltirish mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi yangi


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

120

yo‘nalishlar avvalo Y.Shumpeter g‘oyasiga asoslangan “Innovatsion iqtisodiyot”,

AQShlik olim D.Bell tomonidan asoslangan “postindustrial jamiyatning rivojlanish

tendensiyalari”, J.Xovkinsning “bilimlar iqtisodiyoti yoki kreativ iqtisodiyot

nazariyasi”, Y.Benklerning “Raqamli iqtisodiyot” deb nomlangan ilmiy ishlarida

keltirilgan konsepsiyalarida ilgari surilgan tarmoqli iqtisodiyot hamda D.Tepskott

tomonidan kiritilgan raqamli iqtisodiyotdan o‘z tadqiqot ishlarida e’tirof etganlarini

ko‘rishimiz mumkin.

Innovatsion jarayon innovatsiyalarni vujudga keltirish, amaliyotga tatbiq etish

va ommalashtirish faoliyatlari bilan bog‘liq. Innovatsion salohiyatga ko‘ra yangiliklar;

modernizatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o‘zgartirish, rivojlantirish bilan

bog‘liq bo‘lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo‘lgan metodlar

elementlarining yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar;

o‘xshashlik va umumiylikka ega bo‘lmagan radikal innovatsiyalar islohotlarning

asosi sifatida belgilanadi. Dastlab bu jarayon adabiyotlarimizda innovatsiya

muammolar ko‘rinishida ko‘p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib

kelingan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida

innovatsion o‘zgarishlarning sifat xarakteristikalarini baholash muammosi yuzaga

keladi, ammo bu o‘zgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab

bo‘lmaydi. Innovatsion jarayonlarni o‘rganish uchun boshqa yo‘llar zarur, unda

innovatsion tahlil faqatgina fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan

foydalanishnigina o‘z ichiga boshqarish, ta’lim, huquq va boshqa sohalarni ham

qamrab oladi. Innovatsion pedagogik muammolar yechilishini izlash ta’lim sohasida

innovatsion jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifikatsiyasini

tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan bog‘liq. Biz bu masalani yoritishdan oldin

«Innovatsiya» tushunchasi va tarixiga e’tiborni qaratsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ilk bor «Innovatsiya» tushunchasi XIX asrda madaniyatshunoslar o‘rganishlarida

paydo bo‘ldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini

bildirgan. Uning bu ma’nosi hozirgacha etnografiyada saqlanib qolgan. XX asr

boshlarida g‘arbiy mamlakatlarda yangi bilim sohasi - yangiliklarni kiritish, qo‘llash

yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish

qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika

firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari

keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi. «Avvalo, innovatsion

faoliyatni ilmiy ijodiyot sohasidagi faoliyatga o‘xshatib bo‘lmaydi, chunki bunday

o‘xshatish innovatsion faoliyat termini ma’nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki har

qanday ilmiy-texnikaviy faoliyat o‘z tabiatiga ko‘ra innovatsion hisoblanadi. Shuning

uchun innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko‘rib chiqish

kerak» deb yozadi V.I.Slobodchikov.

Xulosa va takliflar.

Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari

quyidagilardan iborat:

taʼlimning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

121

ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi;

taʼlimning demokratlashuvi - taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda

oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat

tizimiga oʻtilishi;

taʼlimning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va

uning taʼlimga boʻlgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va

umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof

muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi;

taʼlimning ijtimoiylashuvi - taʼlim oluvchilarda estetik boy

dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni

shakllantirish;

taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi - taʼlimning milliy tarix, xalq

anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining

madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim

omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

taʼlim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama

kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida,

izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart sharoitlar yaratish.

Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos

boʻlib xizmat qiladi.

Biz tahlil qilgan xorijiy va mahalliy olimlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki,

sohalarni raqamlashtirish jarayonida o‘rganilayotgan ob’ektni boshqa sohalar bilan

integratsiyasini olib borilishi tadqiq qilinayotgan sohani yanada mukamallika olib

keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020

yil

25

yanvardagi

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasidagi

nutqi.

https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-

oliy-25-01-2020

2.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Davlat va jamiyat qurilishi

tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

3.

“Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

PF-5538-son

Farmoni,

05.09.2018

y.

https://lex.uz/docs/-

3893445?ONDATE=30.12.2021

4.

Ангеловский К. Учителя и инновация. Книга для учителя. - М.:

Просвещение, 1991. - 159 с.

5.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт

социального прогнозирования. М.: Академиа, 1999. с. 956.

6.

Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

122

texnologiyalar. -T.: «Iste’dod», 2008. -15 -b.

7.

Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion

pedagogik texnologiyalar. –T.: «Nihol», 2016. -10-14-b.

8.

Кондратьев, Н. Д. Избранные сочинения / Н. Д. Кондратьев. М.:

Экономика, 1993. 543 с.

9.

Слободчиков,

В.И.

Антропологический

аспект

местного

образования [Электронный ресурс] / В. И. Слободчиков. Москва; Екатеринбург,

2009.

10.

Сластенин В.А. и др. «Педагогика: Инновационная деятелъностъ» -

М. 1997

11.

Shumpeter Y.A. Theory of economic development. Capitalism,

socialism and democracy. M.: Eksmo, 2007. p. 862.

12.

Tapscott D. The digital economy: promise and peril in the age of

networked intelligence. New York; Montreal: McGraw-Hill, 1996. 342 p.

13.

Ochilov, A. O., & ugli Safarov, S. S. (2023). Prospects For Improving

Educational Efficiency In Higher Education Institutions.

Miasto Przyszłości

,

43

, 58-

62

14.

Ochilov, A. O., & ugli Safarov, S. S. (2023). Directions For Improving

The Quality Of Education In Higher Education Institutions.

EUROPEAN JOURNAL

OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY

,

3

(12), 78-82

Библиографические ссылки

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020

yil 25 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning- oliy-25-01-2020

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Davlat va jamiyat qurilishi

tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

“Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

PF-5538-son Farmoni, 05.09.2018 y. https://lex.uz/docs/- 3893445?ONDATE=30.12.2021

Ангеловский К. Учителя и инновация. Книга для учителя. - М.:

Просвещение, 1991. - 159 с. 5. Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт

социального прогнозирования. М.: Академиа, 1999. с. 956. 6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

texnologiyalar. -T.: «Iste’dod», 2008. -15 -b. 7. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion

pedagogik texnologiyalar. –T.: «Nihol», 2016. -10-14-b. 8. Кондратьев, Н. Д. Избранные сочинения / Н. Д. Кондратьев. М.:

Экономика, 1993. 543 с. 9. Слободчиков, В.И. Антропологический аспект местного

образования [Электронный ресурс] / В. И. Слободчиков. Москва; Екатеринбург, 2009. 10. Сластенин В.А. и др. «Педагогика: Инновационная деятелъностъ» - М. 1997

Shumpeter Y.A. Theory of economic development. Capitalism, socialism and democracy. M.: Eksmo, 2007. p. 862. 12. Tapscott D. The digital economy: promise and peril in the age of

networked intelligence. New York; Montreal: McGraw-Hill, 1996. 342 p. 13. Ochilov, A. O., & ugli Safarov, S. S. (2023). Prospects For Improving

Educational Efficiency In Higher Education Institutions. Miasto Przyszłości, 43, 58- 62

Ochilov, A. O., & ugli Safarov, S. S. (2023). Directions For Improving

The Quality Of Education In Higher Education Institutions. EUROPEAN JOURNAL

OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 3(12), 78-82

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)