RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
40
“ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATINI OSHIRSHNING
NAZARIY-METODIK ASOSLARI”
Jumanazarov Kodirjon Salayevich
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri,
i.f.n., dotsent.
Uzaqov Jamshid Norboyevich,
“Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti v.b, i.f.f.d., (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ziyorat turizmni shakllantirish va rivojlantirishda davlat
tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda juda katta ishlar amalga
oshirilganligi hamda mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri asosida ziyorat joylarni
obodonlashtirish va turistik makonga aylantirish masalalari keng yaritib berilgan. Shuningdek,
eng yaqin, oʻrta uzoq muddatli istiqbolda ziyorat turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat
siyosati va ziyorat turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini
takomillashtirishning asosiy shartlar asoslab berilgan
.
Kalit so‘zlar.
Ziyorat turizmi, salohiyat, samaradorlik, metodologik asoslar, rivojlanish
strategiyasi, turizm boshqaruvi, xalqaro tajriba.
Kirish.
Turizm sohasi jahon iqtisodiy va madaniy aloqalarining muhim tarkibiy qismi
sifatida shakllanib bormoqda. Unda ziyorat turizmi alohida o‘rin egallab, insonlarning diniy
qadriyatlar va madaniy meros obidalariga bo‘lgan qiziqishi asosida rivojlanadi. Ziyorat turizmi
nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, milliy
merosni asrab-avaylash va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash kabi dolzarb vazifalarni
ham bajaradi.
Bugungi kunda ziyorat turizmi salohiyatidan samarali foydalanish va uning natijadorligini
oshirish masalalari ilmiy izlanishlar markazida turibdi. Turli mintaqalarda kuzatilayotgan
tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur turizm turi uchun maxsus infratuzilmani rivojlantirish,
xizmatlar sifatini oshirish va tizimli boshqaruv yondashuvlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Shu nuqtai nazardan, ziyorat turizmini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning
nazariy-metodik asoslarini chuqur o‘rganish, zamonaviy ilmiy qarashlar asosida
takomillashtirilgan yondashuvlar ishlab chiqish zarurati dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashning
hozirgi sharoitlarida ziyorat turizm sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, davlat va
xususiy biznesning sheriklik mexanizmidan foydalangan holda ziyorat turizm salohiyati
rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muallifning fikricha, turistlarga
xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subektlar uchun belgilangan sharoitlardan kelib chiqib,
ziyorat turizm ehtiyojlarini sifatli va miqdoriy jihatdan qondira oluvchi turli yangi innovatsion
yondashuvlarni shakllantirmay va amalga oshirmay, shahar va qishloq joylarda ziyorat turizm
salohiyatidan toʻliq foydalanish mumkin emas. Shularni eʼtiborga olganda, mazkur dissertatsiya
tadqiqotining dolzarbligi, ayniqsa, respublikamiz ziyorat turizm sektori koronavirus
pandemiyasidan soʻng oʻzining yangi rivojlanish bosqichini boshlagan, ziyorat turizm
salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlayotgan hozirgi sharoitda shubhasiz, Yangi
Oʻzbekistonda ziyorat turizm salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati bilan bogʻliq hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
Xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ziyorat turizm
salohiyatiini shakllantirish, rivojlantirish va ulardan foydalanish muammolariga koʻplab
fundamental va amaliy tadqiqotlar bagʻishlangan. BMTning Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO)
tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda ziyorat turizmining global miqyosdagi o‘sish tendensiyalari,
diniy yo‘nalishdagi sayohatlarning iqtisodiy ta’siri va barqaror rivojlanish uchun ahamiyati keng
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
41
yoritilgan. UNWTO (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, ziyorat turizmi global turizm oqimining 30
foizidan ortig‘ini tashkil qilmoqda, bu esa uning strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
S. Raj (2022) o‘zining “Religious Tourism and Pilgrimage Management” nomli asarida
ziyorat turizmini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan metodologik yondashuvlar,
infratuzilma rivoji va xizmatlar sifati kabi asosiy omillarni tahlil qilgan. U ziyorat joylarining
boshqaruv modeli sifatida integratsiyalashgan yondashuvni taklif etadi.
A. Fleischer va A. Felsenstein (2020) tadqiqotlarida esa diniy turizmning mintaqaviy
iqtisodiyotga ta’siri, tashrif buyuruvchilarning xatti-harakatlarini modellashtirish va resurslarni
samarali boshqarish masalalari o‘rganilgan. Ularning fikricha, xizmat ko‘rsatish
infratuzilmasining modernizatsiyasi ziyorat turizmi salohiyatini keskin oshiradi.
N. Sayfullayev
(2023) o‘zining "Ziyorat turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari" ilmiy ishida O‘zbekiston
sharoitida ziyorat turizmi salohiyatini baholash va samaradorlik mezonlarini ishlab chiqish
metodikasini taklif qilgan.
Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi
uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va
boshqaruv tizimining moslashuvchanligini oshirish muhim omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur ilmiy ishlarni tavsiflovchi oʻziga xoslik shundaki, aksariyat mualliflar uning asosiy
funksional maqsadi sifatida ziyorat turizm infratuzilmasi obektlari va ziyorat turizm mahsulotiga
talabni taʼminlash nuqtai nazaridan eʼtibor qaratgan va koʻrib chiqqan holda, ziyorat turizm
salohiyati tushunchasiga turli xil maʼnolarni kiritadilar.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ziyorat turizmi salohiyatini oshirish va uning natijadorligini
ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy yondashuvlarda tahlil va sintez, induksiya va deduksiya,
monografik bayon, mantiqiy va iqtisodiy-statistik tahlil, modellashtirish, taqqoslash, statistik
maʼlumotlarni guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiya va boshqa usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati beqiyos tarixiy-madaniy
meros, qadimiy obidalar va diniy markazlarga boyligi bilan ajralib turadi. Biroq, ushbu
salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun infratuzilmaning rivojlanishi, xizmatlar sifatining
oshirilishi va marketing faoliyatining kuchaytirilishi talab etilmoqda..
Ta’kidlash joizki, ziyorat turizm sohasiga nisbatan “davlat siyosati” tushunchasini qoʻllash
Oʻzbekiston Respublikasi turizm toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Ushbu qonunning 20-moddasiga koʻra, ziyorat turizm faoliyati deganda turoperatorlik va
turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat tushuniladi. Biroq
fikrimizcha, bu yerda “qonuniy ta’rif”da noaniqlik kuzatiladi, “sayohatlar tashkil etishga doir
boshqa faoliyat” tushunchasi aniqlashtirilmagan. Qoidaga koʻra, boshqa faoliyat turlariga
kishilarning turli xildagi sayohat va ziyorat turizmga ehtiyojini qondiruvchi xilma-xil iqtisodiy
faoliyat turlari kiradi.
Ta’rifning aynan shu qismi ziyorat turizm uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ziyorat
turizm, ayrim olimlarning fikricha, “milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari singari odatiy vertikal
yuzada yotmaydi, balki turli tarmoqlarga tegishli korxona va tashkilotlarni oʻz ichiga oluvchi
gorizontal makonni qamrab oladi.
Bugungi kunda ziyorat turizm sohasi mustaqil mavjud boʻlgan 30 dan ortiq sohalar
tutashgan joyda joylashgan boʻlib, ularning ziyorat turizmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi
yetarli emas. Shu munosabat bilan ziyorat turizm industriyasini shakllantirishga eng katta ta’sir
koʻrsatuvchi koʻplab turdosh tarmoqlar faoliyatini birlashtirish, yalpi ichki mahsulotda ziyorat
turizm ulushini oshirish uchun moliyaviy, kadrlar, infratuzilmaviy va institutsional resurslarni
1
UNWTO Religious Tourism Report 2024
2
S. Raj - Religious Tourism (Routledge)
3
4
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
42
muvofiqlashtirishni ta’minlash zarur. Umuman, ziyorat turizm industriyasini rivojlantirishga
yordam beruvchi omillar, qolgan barcha narsalar teng boʻlgan holda, sohadagi mavjud
muammolar majmuasini hal etishni ta’minlashi va mamlakatni jahon ziyorat turizm xaritasida
belgilab berishi kerak.
Mamlakatda ziyorat turizmni rivojlantirish davlat siyosatini oʻzida mujassam etgan davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari strategik va boshqaruv hujjatlarida nazarda tutilgan
ustuvor yoʻnalish va maqsadlarga erishish uchun keng koʻlamli qonunchilik, tashkiliy, moliyaviy-
iqtisodiy, axborot, infratuzilma va kadrlarga oid chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga,
ularning har birida birgalikda innovatsion rivojlanishning zamonaviy iqtisodiyotini yaratishda
respublikaning uzoq muddatli manfaatlariga erishishga xizmat qiluvchi atrof-muhitni muhofaza
qilish, tadbirkorlik, madaniyatni rivojlantirish, qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish, bolalar
va yoshlar bilan ishlash, sport, bandlikka koʻmaklashish boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining
joriy va istiqboldagi vazifalari nuqtai nazaridan ziyorat turizm faoliyatining muayyan oʻziga xos
jihatlarini hal etish koʻzda tutilgan. Ziyorat turizmning nazariy va metodik asoslar sxemasi 1-
rasmda koʻrsatilgan.
Asoslar
Ilmiy tavsif
Nazariy asoslar
Turizm iqtisodiyoti nazariyalari, madaniy meros va diniy
qadriyatlar boshqaruvi, ziyorat turizmining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy taraqqiyotdagi o‘rni.
Metodik asoslar
Tahlil va sintez metodlari, empirik ma'lumotlarga asoslangan
statistik tahlil, xalqaro tajribalarni taqqoslash va kontent-tahlil
asosida ilmiy xulosalar chiqarish.
1-rasm. Ziyorat turizmning nazariy va metodik asoslar sxemasi.
Ushbu jadvalda ziyorat turizmini rivojlantirishni nazariy va metodik jihatdan asoslash uchun
zarur bo‘lgan yo‘nalishlar ifodalangan. Nazariy asoslarda turizm iqtisodiyoti nazariyalari,
madaniy meros va diniy qadriyatlarni boshqarish konsepsiyalari ko‘rsatilib, ziyorat turizmining
iqtisodiy va madaniy rivojlanishdagi o‘rni ta’kidlangan. Metodik asoslar esa tahlil va sintez,
empirik ma’lumotlarga asoslangan statistik tahlil, xalqaro tajribalarni solishtirish va kontent-tahlil
metodlari orqali ilmiy xulosalar chiqarish zarurligini ko‘rsatadi.
Ziyorat turizmi salohiyatini oshirish jarayonida nazariy asoslar sifatida turizm iqtisodiyoti
rivojlanish konsepsiyalari va boy madaniy meros obidalaridan samarali foydalanish tamoyillari
asos qilib olingan. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar nafaqat diniy, balki iqtisodiy
va madaniy taraqqiyot uchun ham muhim ziyorat manzillari sifatida shakllangan. Metodik asoslar
esa davlat tomonidan olib borilayotgan kompleks yondashuvlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Jumladan, amaliy tahlillar orqali sayyohlar oqimi va xizmatlar sifati baholanmoqda, xalqaro
tajribalar (masalan, Saudiya Arabistoni va Turkiya modeli) o‘rganilib, ular milliy sharoitga mos
ravishda tatbiq qilinmoqda.
Xulosa va takliflar.
Ziyorat turizmini rivojlantirish uchun infratuzilma (mehmonxonalar, transport,
axborot markazlari) zamonaviy talablarga mos holda ilmiy tahlillarga asoslangan holda
rejalashtirilishi zarur. Bu jarayonda dinamik turizm oqimlari prognozi va innovatsion infratuzilma
5
Mualliflar ishlanmasi
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
43
loyihalash yondashuvlari tatbiq etilishi lozim.
Ziyoratchilar uchun “Smart Pilgrimage” (Aqlli Ziyorat) raqamli platformasini
yaratish taklif etiladi. Platforma real vaqtda diniy obidalar haqida ma’lumot berish, navigatsiya
xizmatlari ko‘rsatish, virtual ekskursiyalar tashkil etish, onlayn bron imkoniyatlari va xavfsizlik
ogohlantirishlarini taqdim etish orqali xizmatlar sifatini va foydalanuvchi tajribasini oshiradi.
Bundan tashqari, platformaga halol turizm tamoyillarini integratsiya qilish nazarda tutiladi.
Jumladan, halol sertifikatlangan mehmonxonalar va restoranlar xaritasi, bron qilishda halol
filtrlash imkoniyati, halol savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari tavsiyasi hamda
foydalanuvchilarga shaxsiy diniy ehtiyojlarga mos xizmatlar taklif etiladi. Mazkur yondashuv
ziyoratchilarga qulay, xavfsiz va ishonchli sayohat imkoniyatlarini yaratadi hamda
O‘zbekistonning ziyorat turizmidagi raqobatbardoshligini oshiradi.
Tadqiqotlarimiz kо‘rsatdiki, ziyorat turizm sohasi quyidagi iqtisodiy funksiyalarini
bajarishi ta’kidlandi, ya’ni: turistik mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradi; aholini ish
bilan ta’minlash orqali bandlik muammosini hal qiladi; milliy daromadni yaratishda ishtirok etadi;
mintaqalarning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi; mamlakat tо‘lov balansini barqarorlashtirishda
ishtirok etadi; mamlakatda tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishida ham muhim rol
о‘ynaydi.
Ziyorat turizmini rivojlantirishda targ‘ibot va marketing faoliyati ilmiy asoslangan
maqsadli auditoriya tahliliga asoslanishi lozim. Har bir ziyorat obidasi uchun differensial
marketing strategiyalari ishlab chiqilib, raqamli reklama, ijtimoiy tarmoqlar va virtual
ko‘rgazmalar orqali dunyo bozoriga faol chiqish zarur.
O‘zbekistonda ziyoratchilarga mo‘ljallangan integratsiyalashgan xizmatlar
klasterlarini yaratish innovatsion yechim sifatida taklif etiladi. Ushbu klasterlar ichida transport,
yashash, ovqatlanish, madaniy xizmatlar va sog‘liqni saqlash xizmatlari bir butun ekotizim
shaklida rivojlanishi, turistlarning qoniqishini va sarflagan vaqtining samaradorligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Барзикин Й.А. Актуалние вопроси государственной политики в сфере туризма /
Й.А. Барзикин Е.Л. Писаревский Т.В. Абрамова // Туризм: право и экономика, 2011. – № 4.
– С. 221.;
2. Биржаков М.Б. Введение в туризм: Учебник; 9-е изд., перераб. и доп. – М.: Герда. -
2010. - 576 с.;
3. Брусокене Т.В. Формирование и реализация туристского потенциала региона:
Автореф. дис… канд. экон. наук. – СПб., 2004. – 23 с.;
4. Забаева М.Н. Эффективное исползование регионалного туристского потенциала:
теория, методология и практика: Автореф. дис. д-ра эконом. наук. – Н. Новгород, 2011. – 23
с.;
5. Кривуля М.А. Управление развитием туристического потенциала региона: Автореф.
дис…канд. эконом. наук. – СПб., 2012. – 20 с.;
6. Овчаренко Л.А. Исползование рекреационного потенциала в ускоренном
экономическом развитии региона: теория, методология, практика: монографиЙ. – Донетск:
ГОУ ВПО «ДонАУиГС», 2018. – 424 с.
7. Афанасев О.Е. Инновационние тренди в контексте глобалних угроз пандемии
CОВИД-19: механизми для туристской отрасли / О. Е. Афанасев, А. В. Афанасева //
Современние проблеми сервиса и туризма, 2020. – Т. 14. – № 4. – С. 7-26.;
8. Ergаshev R.X, Uzоqоv J.N. Qаshqаdаryо vilоyаtidа turizm sоhаsidа xususiy tаdbirkоrlik
fаоliyаtini dаvlаt tоmоnidаn qо‘llаb-quvvаtlаshning аhаmiyаti // Buxоrо dаvlаt universiteti,
xаlqаrо ilmiy-аmаliy аnjumаn. 2024-yil 15-iyun. // “Durdоnа” nаshriyоti, B. 336-342.
9. Ergаshev R.X, Uzоqоv J.N. Ziyоrаt turizmi sаmаrаdоrligini оshirishdа turistik klаsterlаsh
usulidаn fоydаlаnish yо‘llаri.// Tоshkent dаvlаt iqtisоdiyоt universiteti “Iqtisоdiyоt vа innоvаtsiоn
texnоlоgiyаlаr” ilmiy jurnаli, 2024-yil 4-sоn, sentyаbr, ISSN: 2181-1342, -№2024-5 sоn, B.134-
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
44
140.
10. Ergаshev R.X, Uzоqоv J.N. Ziyоrаt turizmi tаrmоg‘ining iqtisоdiy vа ijtimоiy
sаmаrаdоrligini оshirish yо‘llаri.// Scienceprоblems.uz. ilmiy-аmаliy elektrоn jurnаl, ISSN: 2181-
1342, №2024-5 sоn, 4-jild. B. 57-62.
11. Ergаshev R.X, Uzоqоv J.N. Ziyоrаt turizmini rivоjlаntirishdа turistik klаsterlаsh
usulidаn fоydаlаnish yо‘llаri.// “Mintаqаni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаntirishning ustuvоr
yо‘nаlishlаri” mаvzusidаgi respublikа ilmiy-аmаliy аnjumаni, 2024-yil 14-15-iyun, ISBN: 978-
9910-724-37-4 // Termez dаvlаt universiteti “Surxоn ilm nаshri” nаshriyоti. B. 298-302.
12. Очилова Ф.М., Жалолиддинова Х., Нурматова С. Туризм в Узбекистане после
CОВИД-19. //Научно-электронний журнал «Экономические и инновационние технологии»,
2021. - № 1 (январь-февраль). – С. 333-341;
13.Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic
sectors.
Экономика и социум
, (10-1 (101)), 121-126.
14.Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank
payment system.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(6), 1162-1167.
15.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl
jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.
World of science
,
7
(12), 88-91.
16.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing
the investment attractiveness of the regions.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 234-238.
17.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya
region.
Gwalior management academy
, 73.
18.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий
инвестициялар жалб этиш омиллари. In
international conferences
(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).
19.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the
development of the regional economy.
Gospodarka i Innowacje.
,
29
, 219-225.
20.Muzaffarova, K. Z. (2023). Tasks of attracting foreign investments to the
regions.
Gospodarka i Innowacje.
,
41
, 404-408.
21.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в
региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.
22. Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda
tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.
Gospodarka i Innowacje.
, 473-478.
