RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
450
O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA QO‘LLANILGAN AYRIM YORDAMCHI
SO‘ZLARNING IFODA IMKONIYATLARI, EVALUTSIYASI
IBRAGIMOV JAVLON YORMATOVICH
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc). boburdusyorov@gmail.com
RAJABOVA IRODAXON SHOKIR QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 1-bosqich magistranti
Telefon: +998906740507
Annotatsiya
Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan ma’nolariga
ko‘ra atash ma’noli so‘zlar va affiksoidlar oralig‘ida turuvchi
O‘tkir Hoshimov asarlarida
qo‘llanilgan ayrim
yordamchi so‘zlarning umumiy tavsifi, ularning ifoda imkoniyatlari hamda
bugungi kunga qadar shakllanib kelgan evalutsiyasi haqida qisqacha ekskurs qilingan. Yordamchi
so‘zlarning vazifaviy va ifoda semasi ayrim yuklamalar misolida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Yuklama, ko‘makchi, o‘zbek tilshunosligi, so‘z turkumlari, yordamchi so‘zlar,
ifoda sema, vazifa sema, sof, vazifadosh.
Kirish.
Tilshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligi hozirgi darajaga yetguncha uzoq tarixiy
rivojlanishni bosib o‘tdi. Tilshunoslik fani bosib o‘tgan uzoq o‘tmishga nazar tashlasak, o‘zbek tili
taraqqiyoti va takomillashuvining olis moziyga borib taqalishiga guvoh bo‘lamiz. Shu davr
mobaynida boshqa sohalar singari o‘zbek tilshunosligining barcha tarmoqlarida ilmiy izlanishlar
olib borildi va fandagi yangiliklar hayotda tadbiq etilmoqda. Albatta, bugungi kunga kelib ham
ushbu sohadagi erishilgan yutuqlarning son-sanog‘i yo‘q deya bemalol ta’kidlay olamiz. Keyingi
paytlarda badiiy asar tili, badiiy asar uslubiyati, lingvopoetika, lingvostilistika kabi sohalar
yuzasidan salmoqli tadqiqotlar olib borildi. Bunga matn lingvistikasi deb ataluvchi tilshunoslik
yo‘nalishining katta sur’at bilan rivojlanib borayotganligini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Matn
lingvistikasi tilshunoslikning alohida yo‘nalishi sifatida shakllandi va muttasil rivojlanib bormoqda.
O‘tkir Hoshimov asarlarida yordamchi so‘zlarning ifoda imkoniyatlaridan unumli foydalana olgan.
Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
An’anaviy ravishda so‘z turkumlari
deb ataladigan leksik-grammatik sinflar jahon tillari tipologiyasining universalligining bir qismidir.
Tilshunoslar so‘zlarni turkumlashtirishning turli tamoyillarini ishlab chiqdilar. Klassik ingliz
grammatikasida bunday mezonlar birinchi navbatda so‘zning vazifasi, keyin uning rasmiy xarakteri
va nihoyat so‘zning ma’nosi inobatga olinadi. L.V. Shcherba ushbu mezonlarda leksik ma’no,
morfologik xususiyat va sintaktik funksiyani o‘z ichiga oladi, V.V. Vinogradov ushbu belgilar
miqdorini ko‘paytiradi va sintaktik vazifasini, morfologik tuzilishi va shaklini, leksik ma’nosini, u
yoki bu so‘z turkumiga nisbatan shaxsning ifodalash usulini va grammatik kategoriyaning
mavjudligi mezonlari deb hisobga oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, T.Bushuy ingliz
tilidagi so‘zlarni tasniflashda umumiy qabul qilingan uchta belgi (ma’no, shakl, vazifa) bilan bir
qatorda so‘zning uyushiq xususiyatini ham hisobga olishni taklifini kiritadi. So‘z turkumlari soni
bo‘yicha tilshunoslar o‘rtasida bir fikr yo‘qligini ta’kidlab, u ingliz tilida otlar odatda ot, sifat,
olmosh, son, fe’l, yuklama, bog‘lovchi va ergash gaplarga bo‘linadi deya qayd etgan. P. Long
zamonaviy ingliz tilida oltita toifani ajratadi: fe’l, ot, sifat, qo‘shimcha, olmosh, mutlaq yoki kesim.
T.Bushuy so‘z turkumlarining tasnifini umumlashtirib, so‘zlarni 11 turkumga bo‘lish kerak degan
xulosaga keladi va ularning ichki bo‘linishlarini quyidagicha tavsiflaydi: Leksik ma’no ifodalovchi
mustaqil so‘zlar to‘plami: ot, sifat, olmosh, son, fe’l, ergash gap.
Yordamchi so‘z turkumlari deb, yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo‘lagi vazifasida
qo‘llanmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga ishlatiladigan so‘zlarga aytiladi. Ular mustaqil
so‘zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so‘zga va gapning
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
451
mazmuniga turli qo‘shimcha ma‘nolar qo‘shish maqsadida foydalaniladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida yordamchi so‘zlar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi: ko‘makchilar,
bog‘lovchilar va yuklamalar. Yordamchi so‘zlarning umumiy ta’rifida so‘z va uyushiq bo‘laklarni,
sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash yoki so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma‘no yuklash vazifasini
bajaradi deb yozilsa-da, bu turkum so‘zlar matnda juda katta ahamiyatga molik grammatik vazifani
bajaradi. Bu so‘zlarsiz fikr bildirish, muloqot qilish, matn yaratishning umuman iloji yo‘q. Ya’ni,
lingvistikada yordamchi so‘zlarga aslida leksema sifatida qaralmasa-da, sintaktik birliklar va gap
tuzishda yordamchi leksemalarsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Jumladan, so‘z va gaplarni
tenglantirib yoki tobelantirib gap tuzishda bog‘lovchidan, so‘z birikmalarini tobelantirib bog‘lashda
ko‘makchidan foydalanmasdan fikr anglatish imkonsiz. Sintaktik aloqada o‘rni uncha sezilmasa-da,
so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beruvchi yuklamalarsiz ham kerakli ma’noni anglatish
amrimahol. Shu ma’noda so‘nggi yillarda tilshunos olimlarimiz tomonidan o‘zbek lingvistik milliy
korpusini yaratish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda yordamchi so‘zlarga ham
korpusdagi leksik bazaning bir turi sifatida qarash o‘rinlidir. Chunki yordamchi so‘zlar ham atash
semasi bo‘lmasa-da, so‘z turkumlari sirasiga kiritilib ( yordamchi so‘zlar ham so‘z maqomiga ega)
o‘rganilib kelinmoqda. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xoliyorov O‘ral Mengliyevich
o‘zbek tilida so‘z turkumlarining ta’limiy korpusdagi miqdoriy statistik hisobini keltirganda
umumiy 37282 ta leksemaning tarkibida yordamchi so‘zlar 203 dan ortiq ekanligini aniqladi[1:55].
Polufunksionallik ifoda etuvchi holatlar bilan hisoblaganda, balki, undan ham ko‘proq. Bu esa
yordamchi so‘zlar ham milliy til morfoleksikon bazasining sezilarli qismini egallaganligidan dalolat
beradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yordamchi so‘zlarga atash semasi sifatida qaralmaydi, ya’ni
ular borliqda ma’lum bir ma’no bera olmaydi. Demak, morfoanalizatorda yordamchi so‘zlarni
teglash va milliy til korpusi tarkibida joylashtirishda ularning mohiyatiga ko‘ra quyidagi ikki turini
razmetkalashga alohida e’tibor qaratiladi:
1) Yordamchi so‘zning ifoda semasi (konotativ belgisi)
2) Yordamchi so‘zning vazifa semasi (funksional sema)
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Ifoda semasi deganda “semema
tarkibidagi turli qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va
davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini
farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib, ular leksik paradigmada aniqlanadi”[2:147]. Yordamchi
so‘zlarda atash semasi yo‘qligi uchun ularda ifoda semasi va vazifa semasi kuchayib voqealanadi.
Ular grammatikada bir turkumga va yordamchi so‘zning bir xil ma‘no turiga kiritilsa-da, ifoda
semasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Masalan,
-mi, -mu, -ma
yuklamalarining ifoda semasi
quyidagi farqlashda ochiladi:
-mi
– sof so‘roq ma’nosini ifodalovchi yuklamaning o‘zbek adabiy tilidagi uslubiy betaraf
yozma va og‘zaki nutqdagi ifodasi.
-mu
– so‘roq ma’nosini ifodalovchi yuklamaning faqat badiiy uslubdagi ifodasi.
-ma
– so‘roq ma’nosini ifodalovchi yuklamaning faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xoslangan
qipchoq shevasidagi ifodasi.
“Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday
o‘rin egallashini belgilovchi semadir”[2:147]. Demak, yuqoridagi
-mi, -mu, -ma
yuklamasining
gapda bajaradigan vazifa semasi uning ifoda semasidir. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlardan
miqdoriy statistika jihatdan eng ko‘p bo‘lgani ko‘makchilardir. Ko‘makchilar obyekt bilan
predikator orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa yo‘nalish, o‘xshatish kabi bir qancha
munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ko‘makchi – ot va otlashgan so‘zlardan so‘ng kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish orqali
bog‘laydigan yordamchi so‘zlardir. Masalan: “
Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o‘ynab terlab
ketdim”
[3:14]. Bu yerda ko‘makchi
“bilan”
so‘zi bo‘lib, u o‘zidan oldin kelgan
“akalarim”
so‘ziga
bog‘lanib kelgan, ikki so‘z ya’ni
“akalarim bilan”
birikmasi bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta
gap bo‘lagi vazifasini keladi. Ko‘makchilar sof va vazifadosh singari turlarga ajraladi:
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
452
Sof ko‘makchilar – lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kelishik
qo‘shimchalariga yaqin turadi. Ular oz bo‘lganligi tufayli ajratib olish qiyin emas.
Bilan, uchun,
kabi, sari, singari, tufayli, sayin, uzra, qadar, yanglig‘, orqali, haqida
ko‘makchilari sof
ko‘makchilar hisoblanadi. Sof ko‘makchilarning yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, ular
urg‘u olmaydi, urg‘u ko‘makchidan oldingi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.
1.
Oyim tomog‘imni
achchiqtosh bilan chayib ko‘rdi, bo‘lmadi, turshak qaynatib suvini ichirdi, bo‘lmadi...
2.
Sababini
keyin tushunganman. Non ko‘pligi uchun emas, kamligi uchun tolqon qilisharkan.
3.
Ermon buvaning chap oyog‘i oqsoq: hassa bilan yuradi.
4.
Bir qo‘lim bilan obdastaning bandidan,
ikkinchi qo‘lim bilan jo‘mragidan tutib halloslab chopib kelaman.
5.
Avvaliga Habiba buvi
oltmishta tuqqani uchun Oltmishvoyning oti shunaqa deb o‘ylagan edim
[3].
Tahlil va natijalar (Analysis аnd results ).
Vazifadosh ko‘makchilar – atash ma’nosini
butunlay yo‘qotib, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, asli ot, sifat, fe’l, ravish kabi mustaqil
so‘zlarga tegishli bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Hozir ularni ham ko‘makchi, ham mustaqil so‘z
sifatida foydalanib ma’nolarini anglashga harakat qilamiz. Ot turkumiga oid bo‘lgan ko‘makchilar:
old, o‘rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, ro‘para, tomon,
tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda.
Avval ko‘makchi sifatida misol keltiramiz:
Qo‘ying-e,
nima, men paygambar bo‘pmanmi? Jahl ustida aytgan bo‘lsam, ming marta qaytib oldim, o‘rgilay!
[3:183]. Bu yerda rostdan ham jahlning ustki qismida gap ketayotgani yo‘q, ustida so‘zi lug‘aviy
ma‘nosini yo‘qotgan holda qo‘llangan. Endi mustaqil so‘z ko‘rinishida qo‘llaymiz:
Stol ustida
daftar-kitoblar taxlab qo‘yilgan
[3:171]. Nimaning ustida taxlab qo‘yilgan? Stolning ustida.
Ko‘rinib turganidek, ikkinchi gapimizda ustida so‘zi so‘roqqa javob bo‘lyapti, ya’ni lug‘aviy ma‘no
anglatayapti. Ravish turkumiga oid ko‘makchilarga
oldin, avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri,
buyon, asosan, binoan
kabi so‘zlar kiradi.
“Sen, - debdi kampir yigitga, - birovning ko‘nglini
ovlashdan oldin o‘z onangning ko‘nglini og‘ritmaslikni o‘rgan”
[3:12];
Oldin unaqa emasdi, hozir
itdek ichadi. Alamlaridan icharmishlar! - chiroyli juvon qo‘l siltadi
[3:163]. Birinchi gapda
ko‘makchi kelishik qo‘shimchasini olgan so‘zdan keyin qo‘llanib, bitta so‘roqqa javob bo‘lmoqda.
Keyingi gapda esa alohida ma‘no anglatmoqda.
T.Rustamov ko‘makchilarni sinxron va diaxron tarzda o‘rganishga, ularning taraqqiyot darajasi
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. U sof va vazifadosh ko‘makchilarni turkiy
tillarda, jumladan o‘zbek tilidagi amalda bo‘lish va me‘yorlashuv bosqichlarini o‘rganish jarayonida
juda katta manbalardan foydalanadi. Olim ko‘makchilarni yordamchi so‘zlar sifatida tahlil etar ekan
ularning grammatik ma‘nolari, leksik ma’nolar bilan birgalikda kichik sintaktik qurshovda
o‘rganadi va shu yo‘l bilan ular birikib kelgan so‘zlar va ularning leksik- grammatik ma’nolarining
yuzaga kelishidagi xizmatlari, boshqa so‘zlarga birikish xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega bo‘lgan, keyinchalik
esa bu so‘zlar leksik ma’nosini yo‘qotib, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda sabab,
maqsad, atalganlik, yo‘nalganlik, vosita, payt, holat, birgalik, yo‘nalish kabi grammatik ma’nolarni
ifodalovchi yordamchi birliklardir. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda ko‘makchilar haqidagi
fikrlarimizni umumlashtiramiz ya‘ni ko‘makchilar: nutqda so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi
grammatik vositalardir; ma’lum grammatik ma’nolarni ifodalaydi; grammatik ma’no anglatish
imkonoyati o‘zidan oldin kelgan so‘z bilan birgalikda anglashiladi.
Ko‘makchilar bo‘lmasa so‘z ham o‘zining to‘liq ma‘nolarini namoyon qila olmaydi. So‘z va
ko‘makchining birikuvidangina bu ma‘nolar kelib chiqadi.
Ot kо‘makchilar ot yoki ravishdan kо‘makchiga siljigan sо‘zlardir:
burun, ilgari, oldin, keyin,
sо‘ng, tashqari
kabi.
Fe’l turkumiga oid ko‘makchilar:
deya, bo‘ylab, deb, atab, qaramay, qarata, qaraganda, ko’ra,
qarab, boshlab, tortib
va boshqalar. Masalan:
1.
Xazinasini oltinga to‘ldiraman deb urush ochgan u
yurtning podshosini ham, bu yurtning podshosini ham yomon ko‘rib ketaman.
2.
To‘xtata qol,
bolam, - deya onam ma’yus jilmaydi
.
3.
Dadam birovdan qattiq g‘azablansa, padaringga la’nat deb
so‘kar, ammo biron kimsani bunchalik qo‘pol haqorat qilganini eshitmagan edim.
4.
Shu kuningdan
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
453
ko'ra o‘lib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi, yer yutkur!
5.
Xojaning aytishiga qaraganda, urushdan
keyin ham bir yilcha gospital degan katta kasalxonada yotgan ekan
[3]. Sifat turkumiga oid
ko‘makchilar:
sababli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga.
Misol uchun:
Har ehtimolga qarshi
shundoq eshik tagiga, namatga ko‘ndalang yotib oldi.
[3:154]
Ko‘makchilarning turlari shu bilan yakunlanadi. Endi esa ko‘makchilar va qo‘shimchalar
ma’nodoshligiga to‘xtalamiz.
Kо‘makchilar kelishikdagi otlarni boshqa sо‘zga tomon boshqaradi. Kо‘makchilarning
kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha:
a)
bosh kelishikdagi sо‘zni boshqaradigan kо‘makchilar:
bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari,
bо‘ylab, uzra;
b)
jо‘nalish kelishigidagi otni boshqaradigan kо‘makchilar:
tomon, qadar, dovur, qarab,
qaraganda, kо‘ra, yarasha;
d)
chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan kо‘makchilar:
birin, ilgari, oldin, keyin, sо‘ng,
buyon, boshqa, tashqari.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Ko‘makchilar vazifa jihatidan ayrim
kelishik qo‘shimchalari bilan o‘xshash jihatlari mavjud. Ayrim hollarda ko‘makchilar tushum,
jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi o‘rnida almashib qo‘llanadi. Jumladan:
Ko‘rganini gapirdi
–
Ko‘rgani haqida gapirdi. Onasiga oldi
–
Onasi uchun oldi. Qalamda yozdi
–
Qalam bilan yozdi.
Televizordan ko‘rdi
–
Televizor orqali ko‘rdi. Kabi, sari, yanglig‘
ko‘makchilari esa
-dek, -day
qo‘shimchalari bilan ma’nodoshlik hodisasi kuzatiladi.
Shamol kabi yeldi
–
Shamolday yeldi.
Lekin
hamma joyda ham kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirish mumkin emas:
Do‘stiga yordamlashdi
gapida jo‘nalish kelishigi qo‘llangan bo‘lib, uning o‘rniga ko‘makchini
qo‘ya olmaysiz, chunki bu uslubiy xatolik hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ибрагимов Ж.Ё., Диалектика конунларининг тилни субстанциал-прагматик тадкик
килишдаги методологик аҳамияти ҳақида. ЎзМУ хабарлари. Тошкент, 2017. № 1/5. - Б. 429-433.
(10.00.00 №15).
2.
Xoliyorov O‘.M. O‘zbek tili ta’limiy korpusini tuzishning lingvistik asoslari: Filol. fanl. b. fals.
doktori (PhD) ... diss. – Termiz, 2021. – 132 b.
3.
Ибрагимов Ж.Ё., Субстанциал-прагматика лингвопрагматиканинг алохида йўналиши
сифатида. Бухоро давлат университети илмий ахбороти. Бухоро, 2017. -№ 1. - Б. 80-85
(10.00.00 № 1).
4.
Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. – Toshkent: Excellent Polygraphy, 2020. – 200 b.
5.
Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari. – Toshkent: Yoshlar nashtiyot uyi, 2018. – 208 b.
