RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
460
LUQMON BO‘RIXON “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANIDA
UNDALMALARNING USLUBIYATI
IBRAGIMOV JAVLON YORMATOVICH
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc)
TO‘RAYEV SHERALI XOLBERDIYEVICH
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya.
Til o‘zining butun imkoniyatini, asosan, sintaksis bo‘limida namoyon qiladi.
Tovush (fonetika), so‘z (morfologiya va leksikologiya), so‘z tarkibi, so‘z yasalishi hali til haqida
muayyan tasavvurni berishi uchun bu birliklarni nutqiy (og‘zaki yoki yozma) qurshovda aks ettirish
lozim bo‘ladi. Bunda so‘zlarning birikish xususiyatlari, gap hosil qilish imkoniyatlari va bu gaplar
orqali yuzaga chiqarish mumkin bo‘lgan ma’no nozikliklarini taqdqiq etish, baholash uchun
sintaksis bo‘limining ahamiyati katta hisoblanadi. Quyidagi maqolamizda Luqmon Bo‘rixonning
“Jaziramadagi odamlar” romanida undalmalarning qo‘llanishi va bu orqali qahramonlar xarakteri,
ruhiyatining ochib berilishida tutgan o‘rni haqida to‘xtalamiz.
Kalit so‘zlar:
undalma, tovush, fonetika, morfologiya, so‘z tarkibi, gap bo‘laklari.
Kirish.
Romanda undalmalarning qo‘llanilishi va ularning uslubiyati. Gap bo‘laklari bilan
grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan, ular bilan sintaktik aloqa kirishmaydigan bo‘laklar sifatida
kirish so‘zlar, kiritma gaplar va undalmalarni ko‘rsatish mumkin. So‘zlovchi nutq jarayonida biror
shaxsning diqqatini o‘ziga jalb etish, unga murojaat qilish uchun undalmalardan foydalanadi.
“So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab, gapning boshqa bo‘laklari bilan
grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydigan so‘z yoki so‘zlar birikmasi undalma deyiladi”[1:93].
Aytish joizki, gapda bosh bo‘laklarning ham, ikkinchi darajali bo‘laklarning ham joylashuvi odatda
muayyan o‘rinda bo‘ladi. Bunda, albatta, inversiya, ya’ni o‘zgargan tartibni hisobga qo‘shmaganda,
ega o‘zining aniqlovchisi bilan gap boshida, kesim o‘ziga tegishli ikkinchi darajali bo‘laklar
(to‘ldiruvchi va hol) bilan gap oxirida keladi. Undalmalarning gap bo‘laklari bilan aloqaga
kirishmasligi ularning gap tarkibidagi o‘rnining erkinligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham
undalma, gap boshida ham, o‘rtasi yoki oxirida ham kelishi mumkin. Lekin undalma gapdagi
o‘rniga qarab turlicha vazifa bajaradi. Agar undalma gap boshida kelsa, so‘zlovchi tinglovchining
diqqatini jalb qilish, murojaat unga qilinayotganligini angalatish vazifasini bajaradi: 1.
Tog‘a
,
oshnangizga besh ketdim, – deya mastona sudranardi Shunqor Hobil. 2. Xayrlashuv soati tugab,
shosha-pisha o‘zimizni eshikka urganimizda Ali muallimning hayqirig‘i meni quvib yetdi:
–
Do‘lanov Samad!
Sen shoshma! [2:36].
Yuqorida berilgan misollarda
tog‘a
va
Do‘lanov Samad
so‘zlari undalma sifatida
tinglovchining diqqatini o‘ziga, yana ham to‘g‘rirog‘i, o‘z nutqiga jalb etish maqsadi bilan
qo‘llangan.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Undalmalarning gap o‘rtasi va oxirida qo‘llanishi
so‘zlovchining tinglovchiga subyektiv munosabatini ifodalash maqsadi bilan sodir bo‘ladi. Bu yerda
subyektiv munosabat ijobiy yoki salbiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Bunday o‘rinda kelgan
undalmalarda erkalash-suyish, yaxshi ko‘rish, mehr, qahr-g‘azab, nafrat, mensimaslik, hurmatsizlik,
jahl kabi turlicha ma’nolar yuzaga chiqadi. Bu kabi uslubiy ma’nolar nafaqat gapning o‘rtasi yoki
oxirida kelgan undalmalarda, balki ayrim holatlarda ular gap boshida kelganda ham voqelanadi.
–
Hurmatli jamoat
, – deya gap boshladi mulla Mirza o‘rtadagi dasturxonga tikilib. – Xudoga
shukur, hammamiz ham musulmonmiz. Xudoyim taolo Qur’oni karim-da, shariatda beva qolgan
ayol xo‘jayiniga ko‘pi bilan uch oy aza tutsin, deb ruxsat bergan. Ana keyin ayolning boshi ochiq
hisoblanadi. Unga zulm…
– Ey!
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
461
Bu chinqiriq maxsus o‘rindiqda g‘o‘dayib o‘tirgan Ashurniki edi.
– Ey,
mulla bova
! – deya tajanglanib o‘rnidan turib ketdi u. – Nimalar deyapsiz?! Uch oyda
hammasi esdan chiqishi kerakmi, a?! Qanday musulmonsiz o‘zi?
Butun ma’raka davomida ensasi qotib o‘tirgan Abdulla aka jiyanini jerkib berdi:
– O‘v,
gurri
, sen jim tur! [2:240].
Romandan olingan parchada
hurmatli jamoat, mulla bova, gurri
so‘zlari undalma bo‘lib
kelgan. E’tiborli jihati shundaki, mulla Mirzaning
hurmatli jamoat
, Ashurning
mulla bova
undalmalari tinglovchi(lar) diqqatini jalb etish, so‘zlovchining nutqi u(lar)ga qaratilganligini
ifodalash uchun qo‘llangan bo‘lsa, Abdulla akaning jiyaniga qarata
gurri
undalmasida nafaqat,
tinlovchining diqqatini jalb etish maqsadi bilan, balki unga nisbatan amakining bepisand
munosabatini anglatishga ham xizmat qilgan deyish mumkin. Chunki Ashurning haqiqatan
qandayligini bilgan kishigina unga shunday ohangda gapira oladi. Ma’lumki, asarda faqat hikoyachi
Samad va Abdulla badqoqvoq (Ashurning amakisi) polvon nomi bilan tanilgan, Safarmurod
chavandoz aytmoqchi “qishloqning or-nomusi” hisoblangan, odamlar nazdida oila nomusining
“qo‘riqchisi”, akasi armiyada halok bo‘lgach, qasos olishga ont ichgan Ashurning barcha baqir-
chaqirlari naqadar mo‘rtligini anglay olgan kishilardir.Abdulla badqovoq, ya’ni Ashurning amakisi
unga
jiyan, Ashur
yoki hech istamasa,
hoy
so‘zlaridan undalma sifatida foydalanishi mumkin edi.
Lekin muallif bu yerda o‘quvchiga Ashurning haqiqiy yuzini ochish maqsadida amakisi tilidan
maqtanchoq, olifta, quruq og‘iz
ma’nosidagi gurri so‘zidan foydalandi. Odamlar nazdida Ashur kim
bo‘lsa bo‘lsin, ammo amakisining unga bunday murojaati shu vaziyatda o‘rinli hisoblanadi.
“GURRI shevaga xos so‘z. Maqtanchoq. – Ey
gurri
, – Quvondiq qaysar o‘g‘liga qahr bilan
qaradi, – eshon buvaning oldida tomosha ko‘rsatma, joyingga o‘tir, yiqilishga yiqilibsan, endi
nima… arpa uni bahona bo‘b qoldimi? L. Bo‘rixon “Quyosh hali botmagan” [3:267].
Shevaga oid birliklar haqida gap ketar ekan, asarda undalma sifatida qo‘llangan
sirri
(sirra)
so‘zini ham keltirib o‘tish lozimdir.
Qariya haq bo‘lib chiqdi. To‘lqinlarning eshagi uch kun yemak-ichmakdan bosh tortib, og‘ir
xayollarga cho‘mganday, uzun quloqlarini shalpillatib, ko‘zlarini yarim yumgan kuyi jonsarak yurdi.
“G‘irko‘k – Moskvich”ning dog‘ida kuyib kul bo‘lgan Safarmurod aka tag‘in bir ayriliq tahdid
solayotganidan tashvishlanib qolgan:
– Sen biror yerda yomon narsa yedirgansan, – deya To‘lqinni yaxshigina kaltaklab olgan edi.
Bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘g‘lining kuyib-pishib aytib berishlari esa chavandozning battar
achchig‘ini keltirdi, xolos.
– Enangning ertaklari yetmayotganday, sen ham safsata to‘qishni o‘rgandingmi,
sirri
… – deya
tag‘in ikki hissa do‘pposlagandi[2:240]. Romandan olingan parchada undalma bo‘lib kelgan
sirri
so‘zi izohi lug‘atda quyidagicha keltiriladi:
“SIRRA; sirra bo‘lmoq. Nima ish qilishini bilmay garang bo‘lmoq, serraymoq.
Oftob
oyimga bu xat muzlik suvga sho‘ng‘itib olish ta’sirini bergan va o‘tirgan yerida sirra bo‘lib qotib
qolgan edi
. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”
Hardamxayollik bilan eshikni ochib, Qobil tog‘aning
uyiga kirdim-u, o‘tirishimni ham, chiqib ketishimni ham bilmay sirra bo‘lib qoldim
. Gazetadan”
[4:665].
Tadqiqot metodologiyasi.
Asarda Safarmurod chavandozning rafiqasi Toshbibi yanga
o‘qimishli, savodli, ko‘p ertag-u rivoyatlarni biladigan go‘zal qalbli ayol. Mehribonlik,
ko‘ngilchanlik, hatto jonivorlarga ham achinish hissi uning o‘g‘li To‘lqinga ham begona emas.
To‘lqinning otasiga aytmoqchi eshakning “g‘am chekayotgani” haqidagi fikrlari Safarmurod
chavandoz uchun bo‘lmag‘ur gap bo‘lib ko‘rinadi va o‘g‘lini sirri, bo‘lar-bo‘lmas ishlar bilan emas,
balki gaplar bilan o‘ralashib, garangsib qolgan deya kaltaklaydi. Shu yerda otaning ma’naviy
dunyosidagi kemtiklik o‘g‘liga nisbatan qo‘llagan birgina
sirri
undalmasi orqali yaqqol namoyon
bo‘ladi. Holbuki, mulla Mirza eshakning dardi haqida gapirayotganda uning sherigi vafotiga aza
tutgani rost edi.
Romanda qo‘llangan ayrim undalmalarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida ko‘rib
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
462
chiqamiz.
– Nega so‘ljayasiz,
chavandoz
, – degan agronom-shoir iljayib. – Bunisi yaramaydi, boshqa
plastinka toping…
– Endi… – deb chaynaldi Chinor aka. – hukumatning siyosati shunday bo‘ldi-da,
mulla
bova
… Esam…
– Shu orada mehmonxonaning pechiga o‘t yoqish uchun kirib kelgan Ali merganning bo‘y
yetgan kenja qizi jonga ora kirgan emish.
– Toshbi, qizim
, manovi betni o‘zing o‘qib ber, hech ko‘zim o‘tmayapti, – deya zorlanibdi
ota[2].
Berilgan misollarda
chavandoz
undalmasi orqali umumiy matn mazmunidan kelib chiqib
aytish mumkinki, yengil koyish, beozor jerkish ma’nosi aks etgan. Ikkinchi gapda
mulla bova
undalmasi orqali chorasizlik, sodir bo‘lgan voqelikda o‘zini biroz aybdor sezish, anchayin
afsuslanish kabi mazmun yuzaga chiqqan. Oxirgi misolda esa biz undalmalarning yana bir
xususiyati – uning ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz. Ajratilgan undalma
ko‘pincha, qarindoshlik, yaqinlik bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanadi. Oxirgi misolda
Toshbi
(Toshbibi ismining qisqartirilgan shakli) undalmasi
qizim
undalmasi orqali aniqlashtirilishida
otaning qizga bo‘lgan ayricha mehri iltimos ma’nosini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan.
Undalmalarning yana bir jihati shundan iboratki, ular undov so‘zlar bilan ham birga
qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda “undalmalardan oldin kelgan undov so‘z va undalma orasiga
vergul qo‘yilmaydi”[1:93]. Lekin shunga qaramay, ko‘p hollarda undov so‘z va undalma orasiga
vergul qo‘yilishiga guvoh bo‘lamiz.
–
Hoy, mehmonlar
, ichkariga tortingizlar, – onamning qiyin-qistoviga qaramay yangamlar
o‘choq boshida ozaro chuvchuvlashgancha kuymalanib qolishdi.
–
O‘v, chala olimning bolasi
, – deya yoniga imladi meni u. – Beri keling-chi.[2]
Romandan olingan misollarda
mehmonlar, chala olimning bolasi
birliklari undalma bo‘lib
kelgan. Bu undalmalardan oldin kelgan
hoy, o‘v
so‘zlari undov so‘z hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki,
qoida nuqtayi nazaridan ular orasiga vergul qo‘yilmasligi lozim bo‘lsa-da, ammo undov so‘zlarda
buyruq-xitob, murojaat ma’nosi bo‘lgani uchun vergul qo‘yishga zarurat bor. Negaki undov so‘z va
undalma
Hoy mehmonlar,
tarzida qo‘llansa,
hoy
undov so‘zi
mehmonlar
so‘ziga nisbatan
sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham buyruq-xitob bildiruvchi undov so‘zlarda
vergul qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Tahlil va natijalar.
Undalmalarning yig‘iq va yoyiq shakllarda qo‘llanishi ham ko‘p
uchraydi. Bunda yoyiq undalmalarda turlicha ma’no nozikliklari yuzaga chiqadi.
1. – Ay, bo‘ylaringdan aylanay,
farishta qizim
, – deya alqaganicha momo ming mashaqqat
bilan beva kelinning yonog‘idan o‘pdi, quyilib kelayotgan ko‘z yoshlarini yenglariga artib-artib
oldi[2].
2. Safarmurod aka shu nuqtaga yetganda davradagilar allaqachonlar kula-kula yumalab
yotgan bo‘ladi, chavandoz o‘z hikoyasining ta’siridan mamnun tin olgach, raqibining shaxsan
o‘ziga tanbeh bera ketadi:
–…O‘v,
o‘rning jiyani-ya
, ay-ay, xomkalla-ya… Nima ishing bor birovlarning suykalishib
turgani bilan?! Seni Tolli eli ming umid bilan o‘qishga yuborgandi… [2:24].
Parchada keltirilgan
farishta qizim, o‘rning jiyani
birliklari yoyiq undalma sifatida
qo‘llangan. Bunda birinchi gapdagi farishta qizim undalmasi orqali kampirning beva ayol –
Lolaxonga murojaati bilan birga uni yaxshi ko‘rish, erkalash, kelinchakning pokdomonligiga urg‘u
qaratish maqsad qilingan bo‘lsa, ikkinchi gapda
o‘rning jiyani
undalmasi orqali hikoyachi
Samadning otasi Ergashning bir paytlar katta shahardagi katta o‘qishdan o‘jarligi, qaysarligi,
jamiyatdagi ayrim nobakorliklarga murosasizligi tufayli o‘z ixtiyori bilan ketgani Safarmurod
chavandoz tilidan shu undalma orqali (bunda Ergashning tog‘alari qaysarligiga ishora bor,
chavandoz aytmoqchi, “Lekin Ergashboyimizda kelib-kelib o‘sha payt tog‘a fe’li qo‘zigan
ekan…qurg‘urning tog‘alari shunday qashqatayoq o‘r-da”) qahramon xarakteri ham juda yaxshi
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
463
ochib beriladi. Buning isboti sifatida ushbu voqealardan xabar topgan Abdulla badqovoq ham
Ergashboyga juda yaxshi baho beradi. Shu bahoda Ergashboyning ma’naviy qiyofasi ham yaqqol
ochiladi.
Chinor aka beparvo ovqat chaynashda davom etdi:
– Ergash, birovlarni “eni boshqa” deb atash senga yarashmaydi. Bunday ig‘vo gaplarni
ikkinchi eshitmayin… Abdulla aka boshqalarni bilmadim-u, lekin seni qattiq hurmat qiladi…
– Ay, kalla, – deb gapga chil soldi chavandoz. Chala olimlik hangomasidan ikki og‘izgina
aytib berganingda ana so‘ngra ko‘rarding hurmatni…
– Yaxshiyam, esga solding, Safar, – dedi Chinor aka. – U sening bu plastingkangni ming
marta eshitgan ekan: Shu hangomalar chinmi?” – deb so‘radi. Men: “Ha, chin”, – dedim… Keyin,
bilasanmi, u nima dedi, Safar?
Chavandoz taqamo‘ylovlarini uchirib iljaydi:
– Xo‘sh… xo‘sh- xo‘sh…
Chinor aka yaxna choydan ho‘plab-ho‘plab, atay javobni cho‘zdi. Chavandoz esa miriqib bir
qah-qah urishga shaylangan ko‘yi uning og‘ziga tikilgan.
– Xullas, – dedi Chinor aka beparvogina, – Abdulla aka qoyil qolib: “Agar chin bo‘lsa,
butun odam ekan Ergashboy”, – deb aytdi[2:24].
Garchi ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, Abdulla badqovoqning Ergashboyga “butun
odam” deya bergan ta’rifi nafaqat Ergashboyni, balki ta’rif beruvchining ham voqelikka
munosabatda “qarich”lari, aniqrog‘i, ma’naviy o‘lchovlari yaqinligini bildiradi. Butunlik, butun
odamlik esa hammaga ham nasib qilavermaydi. Yozuvchi bu o‘rinda
o‘rning jiyani
deya qo‘llagan
undalmasi orqali o‘quvchiga shunday tagma’nolarni anglata olgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev bu personaja haqida shunday deydi: “Asardagi asosiy
timsollardan biri – hikoyachining otasi Ergash, roman personajlaridan biri aytmoqchi, “butun
odam”. Uning qanday odamligi talabaligida domlaning axloqsizligiga isyon sifatida o‘qishni tashlab
kelishidanoq ma’lum bo‘ladi. Ergash dunyoga ochiq ko‘z va teran fikr bilan qaraydi… Ayni vaqtda
yozuvchi sun’iy ravishda odamiylikning haqiqiy timsolini yasashga urinmaydi”[2].
Badiiy asar haqida, umuman olganda, muayyan nutq haqida gap borar ekan, bu o‘rinda uslub
haqida eslamaslik mumkin emas. Ma’lumki, badiiy asarlar badiiy uslubda yaratiladi. Bu uslub esa
“badiiy asarlarning bayon qilish uslubidir”[1:115]. Badiiy uslub adabiy tilning barcha
ko‘rinishlarini namoyon qilish bilan bir qatorda dialektlarni ham o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan
aytganda, u milliy tilning bor imkoniyatlarini yuzaga chiqarish xususiyatiga ega. “Badiiy uslubdan
boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangandir. Badiiy uslub,
ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun
ham unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so‘zlashuv uslubining ham, rasmiy
uslubning ham elementlari namoyon bo‘laveradi”[1:116]. Bu o‘rinda romanga murojaat qilamiz.
Asarda keltirilgan nutqiy vaziyatlarning aksariyati so‘zlashuv uslubi elementlari hisoblanadi.
Shunday ekan, bunday uslubda, sheva so‘zlarining, kinoya-kesatiq, pichingning qo‘llanishi tabiiy
holdir. Xususan, undalmalar ham so‘zlashuv uslubida nisbatan kengroq qo‘llanadi. Bu bevosita
subyektiv munosabatni ifodalash, nutqiy tejam kabi maqsadlar bilan yuzaga chiqadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yozuvchi romanda
undalmalarni qo‘llash orqali bir tomondan personajlar xarakteri, ichki dunyosi, o‘y-xayollarini
yoritishda, boshqa bir qahramon haqida o‘quvchida tasavvur uyg‘otishda foydalangan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan asardagi ko‘plab undalmalar umummilliy tildagi so‘zlar ekanligi asarning
o‘qishli bo‘lishida, ta’sir kuchi ortishida, milliylikni namoyon qilishida muhim ahamiyat kasb etgan.
FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Nurmonov A., Mahmudov N. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, – Toshkent: Ilm-ziyo.
2010. – B.93.
2.
Luqmon Bo‘rixon. “Jaziramadagi odamlar”, – Toshkent: Oltin qalam. 2024. – 316 B.
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 1-jild, - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 894 b.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
464
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 4-jild, – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 824 b.
5.
Ibragimov J.Y., Linguistic graduonym as the private methodology of substantic-
pragmatic research of uzbek language. Культурология, искусствоведение и филология:
современные взгляды и научные исследования: Сборник статей по материалам XVI
международной научно-практической конференции - 10 (14). - Москва, 2018. - С.58-62.
6.
Ибрагимов Ж.Ё. Лисоний бирликларнинг нутқий воқеланишиочиқ система
сифатида. 2019-йил “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш цили”га бағишланган
“Фан ва таьлим-тарбиянинг долзарб масалалари” мавзусидаги Республика илмий назарий
анжумани материалларию – Нукус, 2019. 2-бўлим. – Б.189-192.
