Том 2 № 3 (2025)

Том 2 № 3 (2025)
Опубликован: 08-06-2025

Статьи

6-10 30 21

IQTISODIYOTNING BA’ZI MASALALARINI YECHISHDA CHIZIQLI ALGEBRA BOʻLIMINI TADBIQLARI

Movlonov Ma’ruf Kalandarovich

Chiziqli algebra iqtisodiyotning turli sohalarida keng qoʻllaniladigan matematik asos hisoblanadi. Ushbu maqolada chiziqli algebra boʻlimini iqtisodiyotning turli sohalaridagi masalalarni yechishdagi ba’zi tadbiqlari oʻrganilgan. Bilamizki, iqtisodiy jarayonlarni chiziqli algebraga modellashtirish orqali ma’lumotlarni tahlil qilish va optimal yechimlarni topishda juda samarali vosita hisoblanadi. Matritsalar, vektorlar, chiziqli tenglamalar sistemasi va determinantlar kabi tushunchalar iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va tahlil qilishda muhim vositalar sifatida qaralgan. Maqola natijasida chiziqli algebraning iqtisodiyotdagi amaliy ahamiyati taʼkidlangan va uning murakkab iqtisodiy muammolarni hal qilishdagi samaradorligi koʻrsatilgan.

52-63 30 20

TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI KASBIY TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maksadova Mexriniso Sayxonovna

Maqolada ilmiy-pedagogik adabiyotlar, milliy-ma’naviy meros namunalari hamda pedagogika-psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni o‘rganish orqali Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rganish keltirilgan. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantirishning psixologik asoslari izohlangan.

11-17 33 38

YERGA YAQINLASHUVCHI ASTEROIDLAR VA ULARNING FIZIK XUSUSIYATLARI TAHLILI

Ajabov Abdurazzoq Qayumovich ,Qayumova Kumush Abdurazzoq qizi ,Buxarova Sitora Baxriddin qizi

Ushbu ishda Yerga xavf soluvchi kichik sayyoralar (asteroidlar) haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Xavfli asteroidlar harakati, joylahuvi, soni, kattaligi, xavflilik darajasi kabilar to′g‘risida batafsil so′z yuritilgan. Kichik sayyoralarni kuzatish, Kosmik qo′riqlash xizmatining vazifasi, xavfni bartaraf etish yo′llari ham keng yoritilgan. Shuningdek, Respublikamizda joylashgan, Dunyoning nufuzli observatoriyalari qatorida turuvchi, O′zbekiston Respublikasi FA M.Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutiga qarashli “Maydanak balandtog‘ observatoriyalari kompleksi”da olib borilayotgan, aynan asteroidlarga tegishli tadqiqotlar natijalari ham keltirilgan. Kuzatishlar natijasida asteroidlarga tegishli bo′lgan barcha fizik xususiyatlar natijalari muhokama qilingan.

17-24 39 25

MUSTAQIL TA’LIMDA TALABALARNI MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Qayumova Gavhar Abdushukurovna,Raxmonov Buron Normamatovich,Norova Sevinch Yaxshiboy qizi

Ushbu maqola talabalarning matematik kompetentligini mustaqil ta’lim orqali rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Zamonaviy jamiyatda matematik bilimlarning ortib borayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda, talabalarning matematik kompetentligini oshirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlangan. Maqolada matematik kompetentlikning mohiyati va tarkibiy qismlari, mustaqil ta’limning matematik kompetentlikni rivojlantirishdagi o‘rni, mustaqil ta’limda qo‘llaniladigan samarali usullar (interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar) ko‘rib chiqilgan. Talabalarning matematik kompetentligini baholash mezonlari va vositalari, o‘qituvchining roli tahlil qilingan. Maqola natijalari talabalarning matematik kompetentligini mustaqil ta’lim orqali rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

24-28 45 14

GʻUZOR BEKLIGIDA IQTISODIYOTINING ASOSIY TARMOQLARI

Karimov Bahrom Djalolovich

Ushbu maqolada Buxoro amirligining XIX — XX asrda muhim iqtisodiy-siyosiy va tayanch punkti hisoblangan Qashqadaryo vohasi hududidagi Gʻuzor oʻzining iqtisodiy va savdo aloqalarda nufuzi boʻlib, uning Qarshi - Gʻuzor – Oqrabot - Termiz yoʻlida joylashganligi muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Qarshi shahridan chiqqan savdo karvonlari Yangikent qishlogʻi – Gʻuzor – Oqrabot – Temir Darvoza orqali Surxon vohasiga, bu erdan Sherobod va Termiz orqali Afgʻoniston va Hindistonga oʻtgan. Gʻuzordan Oqrabotga oʻtgan Katta va Kichik Oʻra daryolari qoʻshiladigan joyda tarmoqlangan. Qarshi va Gʻuzor yoʻli Oqrabotda Shahrisabzning Kaltaminor yoʻli bilan qoʻshilgan va Temir Darvoza orqali Surxon vohasiga oʻtgan. Gʻuzor bekligi hunarmandchiligi, xususan, beklik aholisining asosiy mashgʻulotlari boʻz ishlab chiqarish, qassoblik, zargarlik, kashtachilik, etikdoʻzlik, qandolatchilik, parrandachilik bozorlari haqida yozma va etnografik ma'lumotlar asosida yoritib berilgan.

29-35 33 31

OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI O‘RTASIDA TOLERANTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ruziyev Axror Evatovich

Oliy o‘quv yurtlarida tolerant va intolerant talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tolerant va intolerant talabalar o‘zaro ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari va xususiyatlarini belgilaydigan sub'ektlarning tolerantliligi, milliy o‘ziga xoslik va ayrim shaxsiy xususiyatlarning rivojlanish darajasi, talabalar muhitida, shaxslararo munosabatlarda shaxsni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston yoshlarining tolerantliligini shakllantirish doirasidagi qadriyatlariga e'tibor qaratilgan. Tolerant va intolerant talabalarning xarakterli xulq-atvor namoyishlari sharhlanadi. Oliy ta'lim muassasasi sharoitida tolerantlilik profilaktik choralari uchun samarali shartlar ko‘rsatilgan.

36-42 187 20

MILLIY TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Jamolov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li

Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan.

42-47 42 37

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI FAOLIYATINING FRONT EHTIYOJLARI TOMON YO‘NALTIRILISHI

Turayev Murodulla Tura o‘g‘li

Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida sogʻliqni saqlash tizimining front ehtiyojlariga moslashtirilishi, harbiy tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tahlil qilinadi. Urush sharoitida tibbiyot tizimining asosiy vazifalari – jarohatlangan harbiy xizmatchilarni davolash, epidemiyalarning oldini olish, dala gospitallarini tashkil etish va tibbiy xodimlarni front sharoitida samarali tayyorlash masalalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimining harbiy ehtiyojlar bilan uygʻunlashuvi, resurslar taqsimoti hamda tinch aholi uchun tibbiy xizmat koʻrsatishdagi qiyinchiliklar yoritiladi. Tadqiqot urush davridagi tibbiyot tajribasini oʻrganish va kelajak uchun tegishli xulosalar chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

48-52 41 20

TA’LIMNING YUQORI BOSQICHI – MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARNING QURILISHI VA UNING PSIXOLOGIYA BILAN BOG‘LIQLIGI (XIX ASR OXIRI – XX ASRNING BOSHLARI)

Egamberdiyev Farxod Tuxtayevich,Iskandarova Mahliyo Quvandiq qizi

Ushbu maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro madrasalarining qay tartibda qurilishi, bezatilishi, madrasalarni kimlar qurdirgani va boshqargani haqida Fitrat, Narshaxiy, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy va boshqalarning ma’lumotlari bilan tanishib o‘tilgan. Shu bilan birga Maqrasalarning nafaqat diniy bilim beruvchi muassasa, balki shaxs kamoloti, aqliy va ruhiy tarbiyaning asosiy markazi ham bo‘lganligi va ta’lim jarayonining psixologik tomonlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

106-109 33 31

RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH STRATEGIYASI VA SIYOSATI

Rustamov Alisher Bahodirovich,Hamdamov Asilbek Rauf og’li

Raqamlashtirish bugungi kunda iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat va davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu transformatsiya axborot texnologiyalarining keng joriy etilishini talab qilgani sababli, kiberxavfsizlik masalalari dolzarb muammolardan biriga aylandi. Mazkur maqolada raqamlashtirish jarayonida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy va tashkilot darajasidagi strategiyalar, siyosatlar, ularning tarkibiy qismlari, xalqaro standartlarga muvofiqlik masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, kiberxavfsizlik siyosatini ishlab chiqish bosqichlari, asosiy tahdidlar, himoya choralarini amalga oshirish mexanizmlari, monitoring va audit tizimlari chuqur yoritiladi. Maqolada amaliy jadvallar orqali xavf-xatar tahlili va strategik yechimlar taklif etiladi.

64-67 37 22

PROFESSIONAL SPORT KLUBLARIDA MENEJMENT TIZIMI VA MOLIYAVIY BOSHQARUV TAMOYILLARI

Zokirov Ulug‘bek Inom o‘g‘li ,Mamatqulov Timur Alisher o‘g‘li

Ushbu maqolada professional sport klublarida menejment tizimi va moliyaviy boshqaruv tamoyillari tahlil qilinadi. Sport menejmenti sport tashkilotlarini samarali boshqarish uchun muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa moliyaviy jihatdan barqarorlikni ta’minlashda. Maqolada sport klublarida strategik rejalashtirish, daromad manbalari, homiylik va marketing strategiyalari, shuningdek, byudjetni rejalashtirish va moliyaviy monitoring usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot sport klublarining barqaror rivojlanishi uchun moliyaviy boshqaruv tamoyillarining ahamiyatini yoritadi.

67-70 29 21

MAMLAKATIMIZ MOLIYA INSTUTLARIDA TO‘LOV SHAKLLARIDAN FOYDALANISH AMALIYOTIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Farmonov Bekzod Farxod о‘g‘li

Markaziy bank tomonidan tо‘lovlar va tо‘lov tizimlari sohasida yagona axborot-huquqiy muhitni yaratish, tо‘lov xizmatlari bozorini samarali tartibga solish, tо‘lov tizimlari, tо‘lov tizimlari operatorlari va tо‘lov xizmatlarini provayderlari faoliyatini ta’minlash, ommaviylik va shaffoflikni oshirish. Xalqaro bank amaliyoti tajribalari kо‘rsatadiki, naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotidagi eng muhim masalalardan biri bо‘lib, tо‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi.Tо‘lov xizmatlari, shuningdek, elektron pullar sohasidagi munosabatlar hamda elektron pul tizimi ishtirokchilari faoliyatini takomillashtirish bо‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada О‘zbekiston Respublikasida zamonaviy tо‘lov va tо‘lov tizimlarini keng joriy etishni ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb muammolar belgilab berilgan va ularni hal etish bо‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

71-76 30 22

AN APPROACH USING GAMES AS MOTIVATION FOR LEARNING A FOREIGN LANGUAGE

Khurramova Sokhiba Khurramovna

This article discusses the role of games and motivation in teaching a foreign language, as well as what methods can be used to increase the effectiveness of learning. Games and motivation play a very important role in learning a foreign language. Games help make the language learning process interesting and effective, because they encourage students to actively participate. Language learning with the help of games is stress-free and natural. Motivation is a necessary tool for continuing learning, because it motivates students to achieve their goals and develop their language.

77-82 46 25

O‘QITISH USLUBINING MUVOFIQLASHTIRUVCHI MODELINI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI

Rustamov Shamiljon Xasanovich

Mazkur maqolada ta’limni axborotlashtirishning strategik maqsadi individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish va sozlash, kursant, pedagoglarni, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali intellektual faoliyatni global ratsionalizatsiyalashdan, postindustrial jamiyatning talablariga javob beradigan yangicha fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini va sifatini radikal oshirish haqida fikr yuritilgan. Ta’limni ta’lim vositasi o‘rtasidagi axborot o‘zaro ta’sirini sozlash bo‘yicha professor-pedagoglar tarkibining faoliyatini muvofiqlashtirish misollar orqali tushuntirib berilgan.

82-88 33 17

TALABALARNI KASBIY TAYYORLASHDA DASTURIY TA’MINOTNI O‘RNI

Suropova Nargiza Maydonovna

Ushbu maqolada talabaning kasbiy kompetentligini rivijlantirish bo‘yicha olimlarning ilmiy tadqiqot ishlri tahlil qilingan, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarini rivojlantirishda axbortot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari, dasturiy ta’minot bo‘yicha loyihalar yaratish bosqichlari ko‘rsatilib, eng sodda loyihaga misol sifatida elektron axborot-ta’lim resursi loyihasi qilindi. Shu loyihaga mos elektron axborot-ta’lim resursi yaratilib, u ning tarkibiy tuzilmasi chizma holida keltirib o‘tilgan. Yaratilgan elektron axborot-ta’lim resursini ta’lim jarayonida qo‘llab narijalar olindi va olingan natija samaradorligi matematik statistikj usulda tahlil qilinib samaradorlik 13 %ga oshganligi asoslandi.

89-94 39 12

OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARIDA MA’NAVIYATNI YUKSALTIRISH, G‘OYAVIY-MAFKURAVIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Qosimova Aziza Yodgor qizi

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yosh avlodni sog‘lom va komil insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviy yot g‘oyalar ta’siriga qarshi sog‘lom mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma’naviy-mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni shakllantirishda ma’rifatning o‘rni, ahamiyati, qanchalik muhim va bugungi davr uchun dolzarbligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada talabalar qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish immunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan.

95-99 49 16

O‘QITUVCHILARNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA O‘RGATISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Yusupov Bekzod Ergashevich, Uchqunova Malika Erkin qizi,

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish va samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha normativ-huquqiy baza, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili asosida alohida fanlarni o‘rganishda axborot texnologiyalarini joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi.

99-105 66 76

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA METODLAR

Eshmurodova Gulbahor Xushmurodovna,Axmedova Orzigul Tulqinovna

Ushbu maqolada pedagogik texnologiya va metodlar zamonaviy taʼlim jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan biri ekanligi muhokama qilinadi. Ushbu mavzu ostida oʻquv jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning kreativlik va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan usullar va texnologiyalar muhokama qilinadi. Pedagogik texnologiyalar orqali oʻqituvchilar oʻquv materiallarini qiziqarli va samarali tarzda yetkazish, shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ushbu maqolada pedagogik texnologiya va metodlardan foydalanishhaqida ma’lumotlar berilgan.