ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI HIMOYA QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI

Аннотация

Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan. Muallif jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishning kompleks mexanizmlarini yoritib bergan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
9-11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Азизова X. (2025). ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI HIMOYA QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI. Международный научный журнал, 3(1), 9–11. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131157
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan. Muallif jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishning kompleks mexanizmlarini yoritib bergan.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

9

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI HIMOYA

QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI

Azizova Xosiyat Axmadbekovna

Namangan viloyati Chortoq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

psixologlar guruxi bosh mutaxasissi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning

voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan.

Muallif jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va

zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik

yordam ko‘rsatishning kompleks mexanizmlarini yoritib bergan.

Kalit so‘zlar:

Zo‘ravonlik, gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari, davlat himoyasi, ijtimoiy

xizmatlar, psixologik reabilitatsiya, voyaga yetmaganlar himoyasi, shelter (boshpana) markazlari,

ayollar daftari.

Innovatsion muhit bo‘lishidan qat’iy nazar hozirgi davrga kelib inson o‘zining taqdiri, o‘zi

erishadigan maqsaddagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxt yoki baxtsizlik, hunar tanlashi,

kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog‘liqdir. Oilaning kelajakdagi yuzaga keladigan taqdiri esa

insonning o‘ziga bog‘liq. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasi oilalarning qandayligiga

bog‘liqligi azaliy haqiqat. Shuni ta’kidlash lozimki, oilada tartib-intizom bo‘lsa, uning a’zolari

shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko‘chiradi va faoliyatlarida qo‘llaydilar.

Hozirgi kunda erkaklar va ayollar teng huquqlarga ega bo‘lgan sharoitda umrguzaronlik qilmoqda

va hatto hozirda xotin-qizlarga berilgan imtiyoz-imkoniyatlar har qachongidan yaxshiroq desak

mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mamlakatimiz huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo‘lida dadil odimlab borar ekan,

gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Shu

asosda ularni qadrlash va ulug‘lashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan

milliy huquq tizimi yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev xotin-

qizlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish borasida shunday degan edi: “Hozirgi kunda har bir

xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi

bo‘lmog‘i shart. Afsuski, biz uzoq vaqt bu masalaga yetarlicha e’tibor bermasdan, hurmatli opa-

singillarimizning dardu tashvishlariga beparvo qarab kelganimiz tufayli yillar davomida to‘planib

qolgan ijtimoiy muammolarni hal qilish bugun, ochig‘ini aytish kerak, oson bo‘lmayapti. Lekin

qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, muhtaram opa-singillarimiz uchun munosib ish va

turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha biz bor kuch va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar

etamiz”. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-may 2024

yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori hamda

O‘zbekiston Respublikasi Mazirlar mahkamasining 25-iyun 2024 yildagi

“Tazyiq va

zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy

xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-son qarorida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va

xotin-qizlar qo‘mitasining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla —

tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy etish

to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Qarorda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga

joylashtirish va vaqtincha boshpana (shelter) bilan ta’minlash hamda ulardan chiqarish, xotin-

qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Yagona milliy

ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantirish va yuritish, xotin-qizlar va ularning voyaga


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

10

yetmagan farzandlariga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda hududiy markazlar

tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularning monitoringiga alohida to‘htalib o‘tilgan.

Tayiq va zo‘ravonlik jamiyatdagi eng yomon illatdir. U insonlar o‘rtasidagi tenglik va erkinlikni

yo‘qqa chiqaradi. Qullik, qaramlik, o‘zgalar ustidan hukm yuritish, ularni kamsitish va

tahqirlashga olib keladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni

vaqtida aniqlash va ushbu jarayonlarga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy

mexanizmlari yaratildi.

Yangi O‘zbekiston diyorida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari davlat

himoyasida:

1.

Huquqiy asoslar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishni

kafolatlaydi.

“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun gender tenglikni

ta‘minlashga qaratilgan.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

2.

Davlat himoyasi shakllari.

Ijtimoiy yordam

: kam ta‘minlangan oilalarga nafaqa, moddiy yordam va subsidiyalar beriladi.

Huquqiy himoya

: zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va bolalar uchun himoya orderlari va

maslahat xizmatlari mavjud.

Tibbiy va psixologik yordam

: reabilitatsiya markazlari va maxsus boshpanalar faoliyat yuritadi.

3.

Xotin-qizlar va bolalar uchun davlat dasturlari.

“Oilaviy ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” dasturi orqali xotin-qizlarning iqtisodiy

imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

“Ayollar daftari” tizimi yordamga muhtoj ayollarni aniqlab, ularga ko‘mak berish uchun ishlab

chiqilgan.

Bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun davlat

tomonidan subsidiyalar ajratiladi.

4.

Zo‘ravonlikdan himoya.

“Mehribonlik uylari” va reabilitatsiya markazlari yetim va og‘ir ahvoldagi bolalar uchun xizmat

qiladi.

“Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha maxsus markazlar” tashkil etilgan va

ularning soni oshirilmoqda.

5.

Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish

Ayollar uchun ta‘lim va kasbiy malaka oshirish dasturlari kengaytirilmoqda.

Mehnat bozorida gender tenglikni ta‘minlash bo‘yicha yangi qonunchilik tashabbuslari ilgari

surilmoqda.

6.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan

farzandlariga psixologik yordam ko'rsatish

Zo‘ravonlik qurbonlariga maxsus psixologik reabilitatsiya markazlarida yordam ko'rsatish.

Psixologlar tomonidan individual va guruhiy maslahat xizmatlarini tashkil etish.

Stress va travmadan qutulish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish va qo'llash.

Oila a’zolari uchun psixologik yordam kurslarini o‘tkazish va ularni ijtimoiy moslashuvga

tayyorlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2019.

2.O‘zbekiston Respublikasining ―Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonuni. –Qabul

qilingan sana: 2019-yil 20-iyul.

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi, 2023-yilgi tahrir.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

11

4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. ―Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya‖, 1989-

yil.https://www.unicef.org/child-rights-convention

5.Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. ―O‘zbekistonda bolalar

mehnatini bartaraf etish borasidagi islohotlar‖. – https://nhrc.uz

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil

(Ombudsman). ―Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash

samaradorligini oshirish‖. – https://ombudsman.uz

7. Qo‗shiyev M. ―Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va ularning javobgarlik

masalalari‖.

Iqtisodiyot

va

huquq

jurnali,

2023.

https://ijournal.uz/index.php/judr/article/view/1836

8. UNICEF Uzbekistan. ―Child labour in Uzbekistan: progress and remaining

challenges‖. https://www.unicef.org/uzbekistan

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2019.

O‘zbekiston Respublikasining ―Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonuni. –Qabul qilingan sana: 2019-yil 20-iyul.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi, 2023-yilgi tahrir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti. ―Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya‖, 1989-yil.https://www.unicef.org/child-rights-convention

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. ―O‘zbekistonda bolalar mehnatini bartaraf etish borasidagi islohotlar‖. – https://nhrc.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil

(Ombudsman). ―Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash

samaradorligini oshirish‖. – https://ombudsman.uz

Qo‗shiyev M. ―Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va ularning javobgarlik

masalalari‖. – Iqtisodiyot va huquq jurnali, 2023. https://ijournal.uz/index.php/judr/article/view/1836

UNICEF Uzbekistan. ―Child labour in Uzbekistan: progress and remaining

challenges‖. https://www.unicef.org/uzbekistan