KONSTITUTSIYAVIY QADRIYATLAR VA MILLIY G‘OYA: UYG‘UNLIKDA BARQAROR JAMIYAT ASOSLARI

Izzatbek Habibjonov
Ushbu maqolada konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘rtasidagi falsafiy-ijtimoiy uyg‘unlikning barqaror jamiyat qurilishidagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tomonidan qadriyatlarning huquqiy me'yorlar tizimidagi ontologik asoslari, ularning tarixiy shakllanish bosqichlari va milliy g‘oyaning jamiyat ijtimoiy ongiga singdirilish mexanizmlari tahlil etilgan. Konstitutsiyaviy qadriyatlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy shartnoma sifatida qaralib, ular orqali milliy g‘oyaning huquqiy asosda mustahkamlanishi va shaxsni ijtimoiylashuvga yo‘naltirish mexanizmi o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi va unga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar kontekstida milliy g‘oyaning asosiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan modeli falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tahlil davomida konstitutsiyaviy qadriyatlarning fuqarolik jamiyati, huquqiy ong va milliy birlikni mustahkamlovchi determinanta sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda Sharq falsafasi, zamonaviy siyosiy-normativ yondashuvlar va konstitutsiyaviy demokratik tizimlar tajribasi solishtirma tahlil vositasida ilmiy asosda yoritilgan.

Abstract views:

0

Downloads:

hh-index

0

Citations