MOLIYAVIY NAZORATNING IQTISODIY MOHIYATI

Аннотация

Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
12-14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Суюнова L. (2025). MOLIYAVIY NAZORATNING IQTISODIY MOHIYATI. Международный научный журнал, 3(1), 12–14. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131158
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

12

MOLIYAVIY NAZORATNING IQTISODIY MOHIYATI

Suyunova Lobar Dilshod qizi

Jizzax Sambhram universiteti

Biznes boshqaruvi fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning

iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Moliyaviy resurslardan oqilona va

maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda

moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash,

firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida

xizmat qilishi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

Nazorat funksiyasi, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy nazorat, davlat moliyasi.

Annotation:

The article provides a scientific analysis of the economic content of the concept of

financial control, its place and importance in the economy. The role of financial control in

ensuring rational and targeted use of financial resources, increasing budgetary discipline and

financial transparency has been highlighted. It is also based on the fact that it serves as the main

tool of financial control in ensuring economic security, preventing cases of fraud and corruption.

Keywords:

Control function, economic security, economic control, public finance.

Moliyaviy nazorat

– bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar harakatini va

muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini boshqarishni o‘ziga xos usullari,

shakllar yordamida tashkil etish.

Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo‘lgan nazorat

xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda

(aspektda) qaraladi:

barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya

qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan

(tartibga solingan) faoliyati;

moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash

maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas

elenmenti.

Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da,

nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi

holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy

nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.

Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan

qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan

muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat,

eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy

qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va

amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi.

Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir

bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik

yo‘nalishiga (aspektiga) egadir.

Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror

ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining

barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi.

Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

13

Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:

turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;

soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;

tannarx va foyda;

uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;

va boshqalar.

Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli

ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga

muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni)

taqoza etadi.

Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham

davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini

ta’minlashga qaratilgan.

Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro

ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi:

davlat moliyaviy nazorati;

nodavlat moliyaviy nazorati.

Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda

boshqaruv konkret organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining kompleksli va maqsadga

yo‘naltirilgan tizimidir.

Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.

Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy

tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq.

Davlat moliyaviy nazorati YIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan.

Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi

va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha

kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi.

Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy

barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi

byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish,

korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan

nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa,

davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes

sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning

nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va

boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining

bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga

muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan

(belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish

qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.

Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi

(auditorlik).

Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko‘rinishlari, turlari) nazoratni amalga

oshirish metodlarining o‘xshashligiga qaramasdan, o‘zlarining pirovard maqsadlari bo‘yicha bir-

biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga

resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish

bo‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

14

moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish

maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir

vaqtning o‘zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi

bilan cheklab qo‘yilgan.

Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta

taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi

pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Yusupov A.X., Toirov U.R. Moliyaviy nazorat va audit. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”,

2020.

2.

Tursunov B.O., Xolmatov S.X. Moliyaviy boshqaruv asoslari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”,

2021.

3.

Egamberdiyev A. va boshqalar. Moliyaviy boshqaruv va nazorat tizimlari. – Toshkent:

“Iqtisodiyot”, 2019.

4.

Jumayev O. Ichki audit va moliyaviy nazorat asoslari. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2017.

5.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2019-yil

19-noyabr.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni, 2022-yil

28-yanvar.

“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.

Библиографические ссылки

Yusupov A.X., Toirov U.R. Moliyaviy nazorat va audit. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2020.

Tursunov B.O., Xolmatov S.X. Moliyaviy boshqaruv asoslari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2021.

Egamberdiyev A. va boshqalar. Moliyaviy boshqaruv va nazorat tizimlari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2019.

Jumayev O. Ichki audit va moliyaviy nazorat asoslari. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2019-yil 19-noyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni, 2022-yil 28-yanvar. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.