PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
30
INSON KAPITALINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHNING MINTAQAVIY
IQTISODIYOTGA TA’SIRI MASALALARI
Yusubboeva Dinora Qudrat qizi
Urganch davlat universitetining Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha izlanuvchisi
Annotatsiya:
Mazkur ilmiy maqolada iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, bozor
mexanizmlari va iqtisodiy islohotlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. Muallif
tomonidan milliy iqtisodiyotning raqamli transformasiyasi, investision muhitni yaxshilash va
innovasion rivojlanishni ragʻbatlantirish masalalari tadqiq etilgan. Shuningdek, ilmiy maqolada
sohaviy tahlillar, statistik ma'lumotlar va tajriba natijalari orqali iqtisodiy jarayonlarning ta'sir
omillari yoritilgan. Xulosa va takliflar iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy siyosat, raqamli iqtisodiyot, investision
muhit, innovasiya, rivojlanish strategiyasi, samaradorlik, iqtisodiy islohotlar, tarmoq tahlili
ВОПРОСЫ ВЛИЯНИЯ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО
КАПИТАЛА НА РЕГИОНАЛЬНУЮ ЭКОНОМИКУ
Аннотация:
В данной научной статье всесторонне проанализированы современные
тенденции в экономике, механизмы рыночных реформ и эффективность экономических
преобразований. Автор исследует вопросы цифровой трансформации национальной
экономики, улучшения инвестиционного климата и стимулирования инновационного
развития. В статье рассмотрены отраслевые анализы, статистические данные и результаты
исследований, освещающие факторы влияния на экономические процессы. Выводы и
предложения направлены на совершенствование экономической политики.
Ключевые слова:
экономика, рыночная экономика, экономическая политика, цифровая
экономика, инвестиционный климат, инновации, стратегия развития, эффективность,
экономические реформы, отраслевой анализ.
ISSUES OF THE IMPACT OF HUMAN CAPITAL DIGITAL TRANSFORMATION ON
REGIONAL ECONOMY
Annotation:
This scientific article provides a comprehensive analysis of modern trends in the
economy, market mechanisms, and the effectiveness of economic reforms. The author explores
issues related to the digital transformation of the national economy, improvement of the
investment climate, and promotion of innovative development. The study includes sectoral
analyses, statistical data, and empirical findings that reveal the influencing factors on economic
processes. The conclusions and recommendations aim to support the improvement of economic
policymaking.
Keywords:
economy, market economy, economic policy, digital economy, investment climate,
innovation, development strategy, efficiency, economic reforms, sectoral analysis
Kirish
Hozirgi global iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi inson kapitaliga
boʻlgan talabni mutlaqo yangi darajaga olib chiqmoqda. Ayniqsa, mintaqaviy iqtisodiyotda
raqobatbardosh va innovatsion tafakkurga ega kadrlar tayyorlash, ularning bilim va
koʻnikmalarini raqamli transformatsiya yoʻlida rivojlantirish ustuvor masalaga aylanmoqda.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
31
Inson kapitalini raqamli transformatsiyalash — bu inson resurslarini raqamli texnologiyalar
yordamida sifat jihatdan oʻzgartirish, ya'ni zamonaviy raqamli muhitga mos keladigan bilim,
koʻnikma va qobiliyatlar bilan qayta jihozlash jarayonidir. Ya'ni, an'anaviy usulda ta'lim olgan
ishchi kuchini raqamlashtirilgan jamiyatda ishlashi uchun avtomatlashtirilgan tizimlar, sensor
qurilmalar va raqamli boshqaruv panellarini bilishi. Uning malakasini raqamli transformatsiyalash
– aynan mana shu koʻnikmalarni oʻrgatish, oʻqitish va ishga tayyorlashni anglatadi.
Mamlakatimizda bu sohada katta ishlar amalga oshirilib, Raqamli Oʻzbekiston – 2030»
strategiyasi tasdiqlangan
unga koʻra mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish,
barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sogʻliqni saqlash va qishloq
xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni koʻzda tutuvchi
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga
tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish,
ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni
nazarda tutuvchi «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda inson kapitali va uni raqamli transformatsiyalashning
ustuvor yoʻnalishlar sifatida ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab
chiqarish jarayonlarini robotlashtirish kabi choralarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, sun'iy
intellekt texnologiyalarini joriy etish, sanoat korxonalarida joriy etilayotgan boshqaruv
jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, «Buyumlar
interneti», «sun'iy intellekt» kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027 yilga kelib,
apparat qismini esa 2030 yilga kelib davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish
rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish korxonalarida addiktiv (qavatma-qavat qurish va sintez qilish
texnologiyasi, 3D oʻlchamda bosib chiqarish) texnologiyalarini keng joriy etish. Raqamli
infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet jahon axborot tarmogʻi qamrovi va tezligini
yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish
imkoniyatlari va koʻlamlarini oshirish. milliy startaplarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va
axborot texnologiyalari sohasida yangi ish boshlayotgan korxonalar va kichik korxonalarga,
jumladan venchur moliyalashtirish orqali koʻmaklashish, loyiha boshqaruviga oʻqitishni joriy
etish, shuningdek, startap-loyihalarini qoʻllab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya
markazlari faoliyatini tashkil etish orqali axborot texnologiyalari sohasidagi oliy ta'lim sifatini
oshirish. Inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta'limni rivojlantirish hamda
IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash
va ma'muriy toʻsiqlarni kamaytirish.
Shuningdek, har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining
inson kapitali va iqtisodiyot tarmoqlariga ta'sirini baholash va kelgusida mamlakatda inson
kapitalini raqamli transformatsiyasini kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ustuvor etib
belgilangan.
Mamlakatlar raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida adolatli va inklyuziv mehnat bozorini
ta'minlash uchun qoʻshimcha tadbirlar koʻrishi kerak. Bu siyosiy hujjatlar tahlili bunday
jarayonda qanday yoʻl tutish, qaysi jihatlarga e'tibor qaratish kerakligini aniqlashga yordam beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatlarni innovatsion va tizimli yondashuvlar orqali
barqaror rivojlanish maqsadlariga etishishda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan Taraqqiyot
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6079-son
Farmoni,//..lex.uz/docs/5030957..
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
32
Dasturining Osiyo va Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi boʻlimi xulosasiga qoʻra
kuyidagi jadvalni taqdim etgan
Bu tashabbuslar toʻplami amaliyoti deb nomlanadi, uning asosiy tuzilmalari orqali inson kapitalini
transformatsiya qilish (ya'ni, chuqur oʻzgartirish) haqida ketmoqda. Bu jarayon Helsinki va
Cho’ra fondida oʻrganilgan tajriba asosida bayon etilgan.
Oddiy "bir necha loyihalarni boshqarish"dan farqli ravishda, Tashabbuslar toʻplami amaliyoti
shunchaki loyihalarni nazorat qilish emas, balki yangi gʻoyalar, modellar va imkoniyatlarni kashf
etish va yangi tizimli yechimlarni yaratishga qaratilgan.
Tashabbuslar toʻplami amaliyotining 4 asosiy qismdan iborat boʻlib, ular quyidagi tizimlarni
oʻzgartirishga yordam beradi:
1. Tashabbuslar toʻplami va tanlovlar dizayni
Nima qilish mumkin? Nima boʻlishi mumkin?
Bu qismda, muammoli sohada qanday faoliyatlar kerakligi va ular qanday qilib yangi
imkoniyatlarni ochishini oʻylash kerak:
Tashabbuslar toʻplami muammoni tushunish va ma'no chiqarish tizimi boʻlib xizmat
qilishi kerak.
Unda turli strategik variantlar (loyihalar, tajribalar, investitsiyalar) boʻlishi kerak.
Har bir faoliyat eksperiment sifatida dizayn qilinishi kerak, shunda u yangi resurslar yoki
yechimlarni koʻrsatib bera oladi.
Ta'sir: Tashkilot koʻproq moslashuvchan va innovatsion boʻladi, standart yechimlardan tashqariga
chiqishni oʻrganadi.
2. Portfel tarkibi (Tashabbuslar toʻplamining tarkibi)
Biz nimani tanlamoqdamiz va nega? Bu erda Tashabbuslar toʻplamidagi loyihalar qanchalik
strategik ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilinadi:
Ular tashkilotning umumiy maqsadi bilan bogʻliqmi?
Turli faoliyatlar yetarlicha xilma-xilmi?
Har bir faoliyat qanday rol oʻynaydi: bilim beradimi, ta'sir qilyaptimi, yoki yangilik
yaratyaptimi?
Ta'sir: Tashkilot oʻz inson resurslarini strategik ravishda taqsimlaydi va transformatsiya uchun
samarali Tashabbuslar toʻplami balansi yaratadi.
3. Portfolio tajribasi (Tashabbuslar toʻplami tajribasi)
Qanday qilib birgalikda ishlashni va qayta koʻrib chiqishni oʻrganamiz?
Hamkorlik qanday tashkil etilgan?
2
Regional Innovation Centre UNDP Asia-Pacific· Follow 7 min read·Feb 24, 2020
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
33
Faoliyatlar iterativ ravishda (qayta-qayta) oʻzgartirilishi mumkinmi?
Loyihalar orasida qanday ijtimoiy oʻzaro ta'sirlar mavjud?
Ta'sir: Tashkilot oʻrganuvchi tashkilotga aylanadi – ya'ni, tajribalardan xulosa chiqaradi, ularni
oʻzgartirib boradi.
4. Portfolio mantiqiyligi va razvedkasi (Tashabbuslar toʻplamining mosligi va "tahlillari")
Qanday qilib kelajakka qarab harakat qilamiz?
Tashabbuslar toʻplami qanday qilib vaqt oʻtishi bilan oqilona va ta'sirli boʻlib boraveradi?
Qanday bilimlar toʻplanmoqda? Qanday dalillar keltirish mumkin?
Qanday qilib bu bilimlar asosida transformatsiyaga sodiqlikni shakllantirish mumkin?
Ta'sir: Tashkilotdagi inson kapitali chuqur bilim toʻplaydi va strategik qarorlar qabul qilishda
mustahkam asoslarga ega boʻladi.
Tashabbuslar toʻplami amaliyoti tizimni oʻzgartirishш uchun umumiy xulosa:
Oʻrganuvchi muhit yaratadi,
Hamkorlikni chuqurlashtiradi,
Maqsadga mos faoliyatlarni yoʻnaltiradi,
Va dalillar asosida harakat qilishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Tashabbuslar toʻplami amaliyoti odatiy loyihalar boshqaruvidan farqli oʻlaroq, tashkilot yoki
hududning muammoli sohasini chuqurroq oʻrganish, unda yangi imkoniyatlarni kashf etish va
innovatsion yechimlar yaratishga yoʻnaltirilgan yondashuvdir. U faqatgina alohida loyihalarni
boshqarish emas, balki ularni strategik tarzda bir-biri bilan bogʻlab, transformatsiya jarayoniga
xizmat qiladigan faoliyatlar toʻplami sifatida shakllantiriladi. Bu amaliyot muammolarni
tushunish, ularga turli yoʻllar bilan yondashish va oʻrganish orqali ijtimoiy oʻzgarishga zamin
yaratadi.
Xorazm viloyati misolida Tashabbuslar toʻplami amaliyotini qoʻllash inson kapitalini
rivojlantirish, yoshlar va ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hududiy iqtisodiy
faollikni oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Maqsadli loyihalar majmuasi turli darajadagi
faoliyatlarni qamrab olib, joylardagi real ehtiyojlarga javob berishga moʻljallanadi. Inson
kapitalini transformatsiya qilishda ta'lim, raqamlashtirish, bandlik va tadbirkorlikka qaratilgan
tashabbuslar mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib moslashtiriladi va qayta koʻrib chiqib
boriladi.
Natijada, tashabbuslar toʻplami amaliyoti orqali tashkilotlar va hududiy rahbarlar aniq ma'lumot
va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniga ega boʻladilar. Bu esa strategik fikrlash,
hamkorlik, va transformatsiyaga sodiqlikni kuchaytirib, hududda barqaror rivojlanish uchun
mustahkam poydevor yaratadi. Shunday yondashuv Xorazm viloyatida inson kapitalidan samarali
foydalanish va yangi taraqqiyot yoʻllarini ochishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodchi olim, R. Ayupovning fikricha, raqamli iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish omili
raqamli shakldagi ma'lumotlar boʻlgan, fuqarolar va jamiyatning sifatli va ishonchli ma'lumotlar
olishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot makoni shakllantirishga, Oʻzbekiston
Respublikasi axborot infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy axborot-telekommunikatsiya
texnologiyalarini yaratish va qoʻllashga, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar uchun yangi
texnologik asoslar shakllantirishga xizmat qiladigan raqamli xoʻjalik yuritish faoliyatini ifodalashi
lozim. Shubhasiz, raqamli texnologiyalar kommunikatsiyalarga ketadigan vaqtni qisqartirish va
barcha iqtisodiy jarayonlarni jadallashtiradi. Biroq, bu jadallik aniq hududda iqtisodiy yuksalish
yoki tanazzulga olib kelishi mumkin – bu esa inson kapitali rivojlanish yoʻnalishiga bevosita
bogʻliqdir. Koʻrinib turibdiki, insoniyat rivojlanishining barcha bosqichlari uchun an'anaviy
ravishda ajratiladigan asosiy ishlab chiqarish omillari – er, mehnat va kapital iqtisodiyotni raqamli
oʻzgartirish davrida, tovarlar, xizmatlar va axborot qiymati shiddat bilan oʻsib borayotgan bir
paytdagi tub oʻzgarishlarni boshidan kechirmoqda. Raqamli iqtisodiyotda davlatlarning asosiy
aktivi inson kapitali boʻladi. Ammo, umuman ham inson emas, balki asosiy aktiv yangi
texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tatbiq eta olishga qodir, eskisini
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
34
takomillashtira oladigan konkret odamlar hisoblanadi. Hattoki,konkret odamlar ham emas, balki
chuqur bilimga ega shaxslarni umumiy jamoaviy intellektga birlashtirish va faollashtirishga qodir
boʻlgan odamlar guruhi davlatlarning asosiy aktivi boʻlib hisoblana boshlaydi. Shu munosabat
bilan tan olish mumkinki, kelajak iqtisodiyotida asosiy ishlab chiqarish omillari boʻlib,inson va
axborot kapitali hisoblana boshlaydi, bunda asosiy omil va harakat qiluvchi kuch inson kapitaliga
tegishli boʻladi deb hisoblaydi
. G.Abduraxmanovaning fikricha raqamli iqtisodiyot sharoitida
inson kapitalini rivojlantirish uchun ta'lim tizimini raqamlashtirish, soha va tarmoqlarni
raqamlashtirish orqali yangi kasblar va malakali mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ishlay
oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, inson kapitalini rivojlantirishning huquqiy va
moddiy asoslarini shakllantirish, hamda bu sohaning kelgusidagi rivoji uchun ichki va tashqi
investitsiyalarni jalb qilishni tavsiya qilgan
.
Raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonish uchun mehnat bozoridagi kadrlar raqamli
ko‘nikmalar, axborot texnologiyalari va blokcheyn asoslarini bilishi shart. Shu boisdan, ta'lim
tizimi zamonaviy raqamli yoʻnalishlar bilan qayta formatlashishi kerak. Akademik S.
Gulyamovning fikricha, mehnat bozorida yangi raqamli kasblar (data- sayntist, blokcheyn
mutaxassisi, IT-ijrochi va h.k.) paydo boʻlmoqda. Eski mutaxassisliklar esa yoki qoloqlashib qolib
ketadi, yoki tubdan oʻzgaradi. Bu jarayon inson kapitali transformatsiyasini talab qiladi. Bu
sharoitda infratuzilma va raqamli muhit zaruriyati tugʻiladi, samarali inson kapitalini
shakllantirish uchun raqamli infratuzilmani (onlayn ta'lim platformalari, elektron sertifikatlash,
raqamli malakani baholash tizimlari) yaratish shart. Blokcheyn inson kapitali bilan bogʻliq
ma'lumotlarning shaffofligi va ishonchliligini ta'minlashda foydali vosita hisoblanadi (masalan:
diplomlar, malaka guvohnomalari, ish tajribasi elektron ravishda blokcheyn orqali tasdiqlanishi).
"Raqamli iqtisodiyotda inson kapitali yuqori texnologik oʻzgarishlarga moslashuvchan, raqamli
koʻnikmalarga ega, innovatsion fikrlaydigan kadrlar orqali shakllanadi. Shuning uchun ta'lim,
qayta tayyorlash va raqamli infratuzilma inson kapitalini transformatsiyalashning asosiy ustuvor
yoʻnalishlaridir"
Iqtisodiyotda inson kapitalini raqamli transformatsiyasi iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur
oʻrganilgan boʻlib, Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universitetining Lammers
boshchiligidagi olimlar jamoasining fikricha, yangi texnologik muhitda inson kapitali raqamli
koʻnikmalarni tezda oʻzlashtirishi shart. inson kapitaliga asosiy e'tiborni kuchaytirish va qiymatni
differensiatsiyalash, xarajatlar samaradorligi, atrof-muhit barqarorligi, ishchilar xavfsizligi, ishlab
chiqarishning umumiy samaradorligi, bozor konsentratsiyasi va globallashuv, qaror qabul qilish
jarayonini yengillashtirish kabilar mamlakatda raqamli transformatsiyaning drayverlari boʻlib
xizmat qiladi
Kepler universiteti tadqiqotchisi Kxin Xo fikriga koʻra, inson resurslari
samaradorligi raqamli texnologiyalar orqali orttiriladi, bugungi kunda inson kapitali
raqamlashtirish jarayoniga jalb qilinishi va raqamli transformatsiyani oʻz ichiga olishi kerak,
chunki raqamli texnologiya inson kapitalini rivojlantirishda muhim yangilanishlarni kiritishi
mumkin, masalan, inson tajribasi va ishtirokini oshirish, inson resurslarini optimallashtirish va
hatto raqamlashtirish mutlaqo yangi modellarini yaratishga yordam beradi. Aks holda,
mamlakatlar inson resurslari borasida qattiq raqobatga duch kelishi va zamonaviy bozorda omon
3
S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullaev, G.R. Baltabaeva. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar.
T.: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019, 447 bet.
4
Abduraxmonova G.K., Rustamov D.J. “Inson kapitalinirakamli iktisodiyot asosida rivojlantirish
yunalishlari”.Monografiya. — Beau Bassin: “GlobeEdit” Publisher, 2020. — 127 b.
5
S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullaev, G.R. Baltabaeva. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar.
T.: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019, 447 bet.
6
Lammers, T., Tomidei, L., & Regattieri, A. (2018). What Causes Companies to Transform Digitally? An
Overview of Drivers for Australian Key Industries. 2018 Portland International Conference on Management
of Engineering and Technology (PICMET).
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
35
qolishi uchun zaiflashishi mumkinligini qayd etgan boʻlsa
, Linz Joxannes Kepler universiteti
tadqiqotchisi Larsson Viitaoja ta'kidlashicha raqamli modellar inson salohiyatini rivojlantirish va
raqamli tafakkurni shakllantirishga yordam beradi. Inson kapitalini raqamli transformatsiyalash
inson kapitali qiymatini yaratish va mutaxassislar tajribasini yaxshilash uchun misli koʻrilmagan
imkoniyatlarni ochadi. Uning soʻnggi tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda inson kapitali
qiymatga yoʻnaltirilgan boʻlib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar yordamida kompaniyalar
yangi rivojlangan inson kapitali uchun xizmatlarni taklif qilishlari, ish jarayonlarini
avtomatlashtirishlari va yangi raqamli transformatsiyalangan inson kapitali modellarini ishlab
chiqishlari mumkin
. Germaniyaning Osnabryuk universiteti olimi Liere Kirstenning fikriga koʻra,
raqamli transformatsiya faqat texnologik jihat emas, insonlar oʻrtasidagi bilim almashinuvi va
raqamli kompetensiyalar rivojlanishi bilan bogʻliqdir. Agar inson kapitali raqamli koʻnikmalarga
ega boʻlmasa va hamkorlikka tayyor boʻlmasa – raqamli islohotlar toʻliq natija bermaydi
Gebaesh Chernet boshliq Bandung texnologiya instituti olimlar inson kapitalini transformatsiya
qilishda raqamli madaniyatni, ya'ni ta'lim tizimini hal qiluvchi omillar sifatida ta'kidlaydilar
hamda inson kapitali transformatsiyasining muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar qatorida ta'lim
tizimi, raqamli madaniyat va innovatsion tafakkurni koʻrsatadilar
. Urbach Röglinger hamda
Zakilar raqamli transformatsiya jarayonida tashkilotlarning inson resurslarini qayta tayyorlash,
raqamli yetuklikni oshirish va raqamli koʻnikmalarni chuqurlashtirish zarurligini alohida
ta'kidlashadi. Ular raqamli yetuklikni faqat texnik tayyorgarlik emas, balki muammo yechish,
yangilikka ochiqlik va raqamli tadbirkorlik qobiliyatlari bilan ham bogʻlaydilar
. Horlach va
boshqalar esa AT tizimlarining ikkilamchi – an'anaviy va innovatsion – usullarda faoliyat yuritishi
modelini ilgari surib, xodimlarning har ikki tizimda ham samarali ishlash qobiliyati inson kapitali
uchun asosiy mezon ekanini koʻrsatadilar. Ularga koʻra, “bimodal” AT tashkilotlar raqamli
oʻzgarishlarga moslashishda inson kapitaliga katta e'tibor qaratishi lozim
Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, inson kapitalini raqamli transformatsiyalash
uning rivojiga kuchli ta'sir koʻrsatadi. Inson kapitali oʻzgaruvchan raqamli muhitga
moslashuvchan boʻlishi, ya'ni raqamli etuklik, texnologik savodxonlik, innovatsion fikrlash,
hamda doimiy oʻqish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Ta'lillarga asoslangan xolda, ushbu takliflarni ilgari surish toʻgʻri boʻladi deb hisoblaymiz,
mintaqada raqamli ta'lim markazlarini yaratish, ayniqsa qishloq hududlarida onlayn kurslar,
raqamli savodxonlik seminarlari orqali kadrlar tayyorlashni ta'minlash.
Mehnat bozorida raqamli sertifikatlash tizimini joriy etish, bunda xodimlar raqamli
kompetensiyalarni rasmiy e'tirof etuvchi sertifikatlarga ega boʻlishlari orqali yangi ish
imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Raqamli infratuzilmaga sarmoyalar jalb etish orqali, internet tezligi, kompyuter texnikalari bilan
ta'minlash orqali inson kapitali resurslarini toʻliq roʻyobga chiqarish mumkin.
7
Khin Ho, “Digital transformation of Business Models in the bank sector: amultiple case stady”, Johannes Kepler
University Linz, october 2020 y.
8
Larsson Viitaoja, 2017, Digital Transformation of Business Models in the banking sector: a multiple case
study, Johannes kepler university linz. Altenberger, Austria
9
Liere-Netheler, K., Vogelsang, K., Packmohr, S., & Hoppe, U. (2018). Towards a frameworkfor digital
transformation success in manufacturing. In: Proceedings of the 26thEuropean Conference on Information
Systems, Portsmouth, UK
10
Gebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi. (2018). A Systematic
Literature Review on Digital Transformation. 2018 International Conference on Information Technology
Systems and Innovation (ICITSI). doi:10.1109/icitsi.2018.8695912
11
Urbach & Röglinger, 2019; Zaki, 2019, Digitalization Cases - How Organizations Rethink Their Business
for the Digital Age, Springer International Publishing, Cham, Switzerland ISBN: 978-3-319-95272-7.
12
Horlach, B., Drews, P., Schirmer, I. and T. Böhmann (2017). “Increasing the Agility of IT Delivery: Five
Types of Bimodal IT Organization.” In: Proceedings of the Hawaiian International Conference on System
Sciences. Hawaii: USA.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
36
Ta'lim muassasalarida raqamli transformatsiya mavzusida alohida kurslar tashkil etish, bu orqali
kelajak mutaxassislarining raqamli muhitga moslashish qobiliyati oshadi.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi «Raqamli Oʻzbekiston — 2030»
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6079-
son Farmoni,//..lex.uz/docs/5030957..
2. Regional Innovation Centre UNDP Asia-Pacific· Follow 7 min read·Feb 24, 2020
3. S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullaev, G.R. Baltabaeva. Raqamli iqtisodiyotda
blokcheyn texnologiyalar. T.: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019, 447 bet.
4. Abduraxmonova G.K., Rustamov D.J. “Inson kapitalinirakamli iktisodiyot asosida
rivojlantirish yunalishlari”.Monografiya. — Beau Bassin: “GlobeEdit” Publisher, 2020. — 127 b.
5. S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullaev, G.R. Baltabaeva. Raqamli iqtisodiyotda
blokcheyn texnologiyalar. T.: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019, 447 bet.
6. Lammers, T., Tomidei, L., & Regattieri, A. (2018). What Causes Companies to Transform
Digitally? An Overview of Drivers for Australian Key Industries. 2018 Portland International
Conference on Management of Engineering and Technology (PICMET).
7. Khin Ho, “Digital transformation of Business Models in the bank sector: amultiple case stady”,
Johannes Kepler University Linz, october 2020 y.
8. Larsson Viitaoja, 2017, Digital Transformation of Business Models in the banking sector: a
multiple case study, Johannes kepler university linz. Altenberger, Austria
9. Liere-Netheler, K., Vogelsang, K., Packmohr, S., & Hoppe, U. (2018). Towards a
frameworkfor digital transformation success in manufacturing. In: Proceedings of the
26thEuropean Conference on Information Systems, Portsmouth, UK
10. Gebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi. (2018). A
Systematic Literature Review on Digital Transformation. 2018 International Conference on
Information Technology Systems and Innovation (ICITSI). doi:10.1109/icitsi.2018.8695912
11. Urbach & Röglinger, 2019; Zaki, 2019, Digitalization Cases - How Organizations Rethink
Their Business for the Digital Age, Springer International Publishing, Cham, Switzerland ISBN:
978-3-319-95272-7.
12 Horlach, B., Drews, P., Schirmer, I. and T. Böhmann (2017). “Increasing the Agility of IT
Delivery: Five Types of Bimodal IT Organization.” In: Proceedings of the Hawaiian International
Conference on System Sciences. Hawaii: USA.
