Tadqiqotchilar “Afrigʻ” atamasi kelib chiqishi masalasida Beruniy asaridagi ma’lumotlarning arxeologik topilmalarga qiyosiy tahlili, shunigdek tilshunoslik metodlaridan keng foydalangan holda sulola tarixiga oid muhim xulosalar chiqarganliklarining guvohi boʻldik. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kundagi vaziyat oradan ancha vaqt oʻtishiga qaramay, bu borada ochiq turgan masalalar mavjudligini koʻrsatadi. Bu ayniqsa milliy tarixshunoslikda yaqqol namoyon boʻladi. “Afrigʻ” atamasining kelib chiqishi afsuski, vatan tarixidagi tadqiqotlarda uchratilmaydi. Masala xorij tarixshunoligida, xususan fors va ingliz tilli tadqiqotlarda atroflicha oʻrganilgan.