– 331 –
“Afrigʻ” atamasi kelib chiqishi xususida yangi qarashlar va yondashuvlar
Mardonbek Rajapov Qosimboy oʻgʻli,
OʻzR FA Tarix instituti
tayanch doktoranti
Tadqiqotchilar “Afrigʻ” atamasi kelib chiqishi masalasida Beruniy asaridagi
ma’lumotlarning arxeologik topilmalarga qiyosiy tahlili, shunigdek tilshunoslik
metodlaridan keng foydalangan holda sulola tarixiga oid muhim xulosalar
chiqarganliklarining guvohi boʻldik. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi
kundagi vaziyat oradan ancha vaqt oʻtishiga qaramay, bu borada ochiq turgan
masalalar mavjudligini koʻrsatadi. Bu ayniqsa milliy tarixshunoslikda yaqqol
namoyon boʻladi. “Afrigʻ” atamasining kelib chiqishi afsuski, vatan tarixidagi
tadqiqotlarda uchratilmaydi. Masala xorij tarixshunoligida, xususan fors va ingliz
tilli tadqiqotlarda atroflicha oʻrganilgan.
Eronlik tadqiqotchi T.Daryoyiy Sosoniy an’analarining ta’siri va tarixining
qudrati islom davrida ham saqlanib qolganligini, hatto asli turkiy boʻlgan
Gʻaznaviylar ham sosoniylarning soʻnggi shohi Yazdigird III oilasi bilan nikoh
aloqalari borligini, Tohiriylar esa fors qahramoni Rustam; Safforiylar sulolasi Eron
shohi Jamshid; Afrigʻiylar xorazmshohlari ularni qahramon Siyovush bilan
bogʻlaydigan afsonaga ega ekanligini ta’kidlagan[1,p.9 ;2,p.134-135]. T.Daryoyiy
yuqorida tilga olingan sulolarning kelib chiqishini asli eroniy sulola ekanligiga
urgʻu bergan. Bu oʻrinda shuni aytish mumkinki, oʻrta asrlarda legitimatsiya uchun
ba’zi hukmdorlar oʻzlarini tarixda oʻtgan mashhur sulolalarga bogʻlaganliklarini
ham e’tiborga olish kerak.
Abu Rayhon Beruniy oʻz asarida Afrigʻiylarning 22 hukmdori roʻyxatini
keltirigan boʻlib, tadqiqotchilar uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki, boshqa
hech bir manbada Afrigʻiylarning hukmdorlar roʻyxati keltirilmagan. Ushbu
manbaga tayangan holda eronlik tadqiqotchi J.Mufrad “Afrigʻ” atamsining kelib
chiqishiga bevosita toʻxtalib, Af /of /ob-suv va rig/riz esa suvni toʻldrish va toʻkish
– 332 –
ya’ni
daryoning
quyi
oqimida
yashaydigan
odamlar
anglatilishini
ta’kidlagan[4,p.1-4].Bu oʻrinda shuni aytish mumkinki, qadimgi eronliklar
tomonidan Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan xalqlarni Afrigʻiylar umumiy
nom bilan ya’ni suvning quyilish qismida yashaydiganlar deb atashgan.
Keyinchalik bu nom sulola nomiga aylangangan boʻlishimi mumkin. Sababi, olib
borilgan arxeologik-numizmatik tadqiqotlardaning birontasida Beruniy tomonidan
qayd etilgan 22 hukmdorning birinchisi Afrigʻ haqida ma’lumot topilmagan.
Bundan xulosa kelib chiqadiki, Afrigʻ shaxs nomi emas, balki joy nomiga yaqindir.
Shuning uchun ham oʻrganilyatogan mavzu doirasida Beruniy ma’lumotlarida
keltirilgan Afrigʻiylarning birinchi shohi -Afrigʻni, “afsonaviy Afrigʻ” sifatida
qoʻllashni lozim topdik. Yana bir eronlik tadqiqotchi P.Azkoyiy koʻrilayotgan
masalaga toʻxtalib, “Afrigʻ” nomini 3 qismga boʻlib tilshunoslik nuqtai-nazardan
tahlil qiladi. Muallif fikricha, “Af” yoki “ap” fors tilidagi “afrashtan” ma’nosi
“koʻtarmoq”; “ar”, “air” esa “Aryan” ya’ni Oriylar mamlakati; “ig” esa eroniy
tillardagi munosabat qoʻshimchasi boʻlib, ingliz tilidagi “-ic” yoki fransuz tilidagi
“-ique”, oʻzbek tilida “-niki” ga oʻxshasligini va “Afrig”ni oriylar, “Afrigʻiylar” ni
oriylar mamlakati sifatida talqin qiladi[10, s.141]. P.Azkoyi ham tadqiqotlarida
Afrigʻni shaxs sifatida emas, balki geografik hudud sifatida tahlil qilgan. Yana bir
eronlik tadqiqotchi J.Heraviy “Afrigʻ” atamasi kelib chiqishiga toʻxtalib, Sosoniy
Shapur I, Xorazm hududida, Arshakidlar imperiyasining ustidan mustaqillik uchun
davom etayotgan qoʻzgʻolonni bostirib, bu hududga xavfsizlikni ta'minlaganidan
soʻng, Afrigga hududlar va “shoh” unvonini berganini, “Afrigʻ” ning lugʻaviy
ma’nosi oriy naslidan kelib chiqqani va “eronvih” ya’ni, “eroniy zot”, “eronlik”
yoki “eron farzandi” ekanligini ta’kidlagan[9]. 1937-yil S.P Tolstov rahbarligidagi
Xorazm ekspeditisyasi Katda arxeologik qazishm ishlari olib borish natijasida
Afrigʻiylarga tegishli tangalar topilishi sulolaga oid ilmiy yangiliklardan biri edi.
Hatto S.P.Tolstov oʻsha tangalardan biriga quyidagicha ta’rif beradi:
“...topilgan
tangalarning bir tomonida qirra burunli, soqoli siyrak, koʻzlari katta-katta Afrigʻ
tasvirlangan, uning boʻynida ikki qator marjon shodasi, boshida esa old qismini
yarim oy bezatib turgan toj mavjud. Tangalarning ikkinchi tomonida anʼanaviy
– 333 –
chavandoz tasviri, uning tepasida yunoncha, ostida esa xorazmiy tilida „podshoh
Afrigʻ“ deb bitilgan qo’yilgan[11, С. 191-192]
. Ammo keyingi tadqiqotlarda
S.P.Tolstov ishlari keskin tanqidga uchradi. Xususan, S.P.Tolstov tomonidan
“Podsho Afrigʻ” deb oʻqilgan tanga B.I.Vaynberg va V.A.Livshits tomonidan
“Bivarsar” [bwrsr] nomi bilan oʻqilgan[12, С. 116.]. S.P.Tolstovning tangalardagi
yozuvni oʻqish usullari tangashunoslar orasida keng qabul qilinmagani ta’kidlash
lozim. Xususan N.R.Frey va V.B.Henning ishlarida S.P.Tolstovni tangalar ustidagi
Xorazm tilida yozilgan hukmdor ismlarini Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan
shajaradagi ismlarga moslashtirish yoki mos keladigan qilib harakat qilishi sababli
keskin tanqid qilgan[5,p.20 ; 6, p.23]. O.Masharipov Afrigʻ shaxsiyati haqida fikr
bildirib, Kat shahrini obod va goʻzal shaharga aylantirgani, ariqlar qazdirib, barcha
mamlakatlar bilan savdo aloqalari uchun yoʻllar qurdirganini ta’kidlagan[7, Б.15 ].
Biroq, tadqiqotchining mazkur fikrlari yozma va arxeologik tadqiqotlarda oʻz
isbotini topmagan. Bu oʻrinda, muallifning Afrigʻni barcha ijobiy hukmdorlarga
xos sifatlar bilan muvofiqlashtirishga urinishini tarixiy haqqoniylikdan uzoqlashish
sifatida baholash mumkin. E.V. Rtveladze Xorazm tarixiga oid ilmiy nashrlarda
qabul qilingan fikrlarga qoʻshilmagan va bir qancha muhim xulosalar chiqaradi.
Tadqiqotchining fikricha, Beruniy Afrigʼning hokimiyat tepasiga kelishi haqida
hech narsa aytmagani, faqat Iskandar davrining 616-yilida (milodiy 305-yilda) al-
Fir ustida oʻz saroyini qurdirganini aytadi[8,С.94]. E.V. Rtveladze Xorazm
hukmdorlari roʼyxatini oʼz ichiga olgan numuzmatik materiallarga asoslanib III asr
boshi – IV asr oxirida Xorazmda zarb qilingan tangalarda Afrigʼ nomi yoʻqligini
toʻliq
koʻrsatishini
taʼkidlaydi[8,С.94].
Maullif
shuningdek,
Beruniy
maʼlumotlariga koʼra Afrigʼning hukmronlik yillari milodiy 304-305-yillarga,
biroq tangashunoslik materiallarida oʻqilgan shoh Vazamar nomiga toʼgʼri
kelishini istisnosiz holda taʼkidlaydi[8,C.94-95]. Uning fikricha, Vazamar bu-
hukmdor nomi, Afrigʻ esa sulola nomi. Vazamar nomi numuzmatik materiallarda
oʻz aksini topgan boʻlsa, Afrigʻ nomi Beruniy maʼlumotlarida uchraydi. E.V.
Rtveladze Afrigʻiylar sulolasi nomini Vazamariylar sulolasi nomiga almashtirishni
taklif qiladi[8, С.95].
– 334 –
Yuqoridagi aytilgan fikr va mulohazalarni tahlil qilish asnosida “Afrigʻ”
atamasi etimologiyasi Javad Mufrad ta’kidlanganidek suv bo’yida yashaydigan
ma’nosiga yaqin. Bizningcha “Afrigʻ” soʻzi eronliklar tomonidan Amudaryoning
quyi oqimida yashaydigan xalqlarga nisbatan qoʻllanilgan tarixiy toponim.
Arxeologik tadqiqotlar davomida sulola asoschisi sifatida e’tirof etilgan Afrigʻ
haqida hech narsa aniqlanmaganiga qaramay, birlamchi manba Beruniy asarida
keltirilgan ma’lumotlarni inkor etib bo’lmaydi.
Afsuski boshqa tadqiqotchilarining ishlarida “Afrigʻ” atamasining kelib
chiqishiga doir izlanishlar kuzatilmaydi. Shuning uchun ham mazkur tadqiqotda
yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni taqdim etish bilan cheklaniladi.
Keyingi
tadqiqotlarda sulola tarixi va uning mintaqa ijtimoiy-siyosiy roli haqida kengroq
tushunchaga ega boʻlish uchun arxeologik va numizmatik tadqiqotlarni davom
ettirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.T.Daryaee, Kh.Rezakhani. From Oxus to Euphrates: The World of Late Antique
Iran.Vol 1. H&S Media.UK.2016.p 9.
2.T.Daryaee. Kings, whores and children. Passing Notes On Ancient Iran And The
World That We Live In. Mehri publication.London.2018.p-134-135
3.
Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших
поколений» ,Ташкент , Изд-во АН УзССР,1957.
4.
Javad Mofrad. The meanings of the names of the rivers Sirdarya and Amodarya
Iran – Iranshahr. P.1-4
5.R.N.Frye, R. N.Notes on the early coinage of Transoxiana. Numismatic Notes
and Monographs.1947.p-20.
https://www.jstor.org/stable/43607329
6.R.N.Frye,W.B.Henning.Additional notes on the early coinage of Transoxiana II.
Museum Notes (ANS).7, 1957.pp-23.
https://www.jstor.org/stable/43574194
7.О.Машарипов. Хоразм тарихидан сахифалар. Тошкент.1994.
Б.15
– 335 –
8. Ртвелдзе Э.В. Государство Вазамаридов (Афригидов) Хорезма// Хорезм в
государственности Узбекистан. – Ташкент, 2013. С. 94.
9.
. نايناماس روهظ ات زاغآ زا( یغيرفآ) مزراوخ کولم
// مهد هرامش
–
موس لاس
–
خيرات همان شهوژپ
هديکچ
. Javad Heravi
10.Pervîz E.“Hânedân-ı Şâhiye-i Hârezm”. Mecelle-i İrân-Şinâht. S. 10. Kısmet-i
Evvel.s.141
11.С.П. Толстов.По следам древнехорезмийской цивилизации.Издательство
Академии Наук СССР, 1948.
12. Вайнберг Б.И. Монеты древнего Хорезма. – М.: Наука, 1977.С. 116, №
207, X VII, VII