Tanib olish modullarini dasturiy jihatdan amalga oshirish hamda nutqni tanib olish moduli ishini sifatini baholash ishlarini olib borish. Nutq signaliga dastlabki ishlov berish va ularni neyron tarmoqlarida oʻqitishga tayyorlash jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy modul ishlab chiqildi. Ushbu dasturiy modul yordamida katta xajmdagi nutq maʼlumotlarini tarmoqga kirish standartiga moslash imkoniyatini beradi.
Tadqiqot nutqni avtomatik tanib olish (NATO)ning nutqni avtomatik tanib olishning neyron tarmoqlariga bag‘ishlangan. O‘tkazilgan tajriba ma'lum test to‘plami tanlanmalaridan foydalanib, nutqni tanib olishda bir nechta ilovalar taqqoslangan. Ma'lumotlar to‘plami har bir tizim tomonidan Python dasturlash tili ilovalari yordamida tahlil qilindi, chiqish ma'lumotlari normallashtiriladi va WER standartiga muvofiq oldindan transkripsiya qilingan etalon ma'lumotlari bilan taqqoslanadi. Sinov natijalari tahlili o‘tkazilgan, nutqni avtomatik tanib olish tizimining samaradorligi uning elementlarini optimallashtirish va kerakli ma'lumotlar to‘plamidan foydalangan holda o‘qitishga bog‘liqligi to‘g‘risida xulosalar chiqarilgan.