Bugungi kunda yog’lar tarkibidagi trans kislotralar miqdorini kamaytirish dolzarb masalalaridan biri bo’lib, uni bartaraf etishning bir nechta usullari ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot ishida o'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasi adabiyotlar tahlili orqali o’rganilgan. O'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasining prinsipal sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik rejim meyorlari aniqlangan.
Bugungi kunda Respublikamizda aksariyat nonvoylik yog‘lari sifatida oziqa salomasi asosida tayyorlanayotgan margarinlar qо‘llanib kelinmoqda. Bu margarinlar tarkibidagi trans kislota miqdori bо‘yicha standart talabalariga mos kelmaydi(2% dan kо‘p). Tadqiqot ishida paxta palmitinini regenerasiyalangan katalizator ishtirokida gidrogenlab, erish harorati 59 °C dan kam va yod soni 6 dan kо‘p bо‘lmagan salomas olish va uning asosida nonvoychilikda qо‘llaniladigan, trans kislota miqdori kamaytirilgan, margarin resepti tuzishga oid natijalar keltirilgan.