Ushbu maqolada mualliflar tomonidan O‘zbekistonda transport-logistika klasteri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularni holatini organgan holda, xorij tajribalarini qo‘llash amaliyoti atroflicha yoritilgan.Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda transport logistika klasterlar boyicha tajribalar tahlil qilingan.Shulardan kelib chiqqan holda maqolada xorij tajribalarini organish va mamlakatimizda samarali qollash masalalari oz aksini topgan.Jumladan, Finlyandiya, Yaponiya, Rossiya, Qozogiston kabi mamlakatlarda transport-logistika klasteri bo‘yicha tajribalari qiyosiy tahlil qilinib uni O‘zbekistonda qo‘llash uchun bir qator tavsiyaiar berilgan.
Олиб борилган илмий-тадқиқот ишимизда логистика тамойиллари асосида савто фаолиятини такомиллаштириш имкониятлари ўрганиб чиқилди. Ишни мустахкамлаш мақсадида хориж тажрибаси ўрганилиб, бир нечта йўналишлар ўрганилди ва шу асосда савдони логистик тамойиллари асосида ривожлантириш усуллари ишда келтириб ўтилди. Бундан ташқари фаолият иқтисодий нуқтаи назардан бахоланди.