Maqolada “Turkiston to‘plami”ga joylashtirilgan materiallar tahlili, ularni boshqa manbalar, xususan, arxiv hujjatlari va statistik materiallar bilan taqqoslab, Farg‘ona vodiysining Rossiya imperiyasining asosiy paxta bazasiga aylanishi jarayoni ochib berilgan. Tarixiy faktlarga asoslanib, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Fargʻona vodiysi qishloq xoʻjaligida paxtaning monokulturaga aylanishi Rossiya toʻqimachilik sanoatini arzon xom ashyo bilan taʼminlash zarurati natijasida yuz berganligi haqida xulosa chiqarildi. materiallar.
Ushbu maqolada sovetlar davrida Qo'qon xonligi tarixiga doir yaratilgan adabiyotlar tahlil qilingan. Sovet davri tarixchilarining erishgan muvaffaqiyatlari bilan birga, siyosiy-mafkuraviy vaziyat tufayli asarlardagi o'ziga xos kamchiliklar ham qayd etilgan.