Ushbu maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiya Jumhuriyati bilan XX asr 20-yillarida olib borgan siyosiy aloqalari tarixi yoritilgan. F.Xo‘jaev boshchiligidagi “Yosh buxoroliklar” hukumati mazkur davlat bilan o‘rnatiladigan siyosiy aloqalarga xalqaro maydonga chiqishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaragan. Turkiya davlati BXSR mustaqilligini birinchi bo‘lib tan oldi va elchilarini Buxoroga yubordi. Ikki o‘rtadagi siyosiy aloqalar sovetlar tazyiqi ostida yetarlicha samara bermagani arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan
Ushbu maqolada BXSRning Turkiya davlati bilan o‘rnatgan madaniy aloqalari tarixi arxiv manbalari asosida yoritilgan. Unda asosiy e’tibor XX asr boshlarida va 1920-1924 yillarda Buxorodan Turkiyaga yuborilgan talabalar haqida ma’lumot beriladi