Maqolada yurak ishemik kasalligida teri o’rqali koronar aralashuvdan keying masalalari va zamonaviy talab va klinik tavsiyalarga asoslanib shu bemorlarni olib borilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Koronar arteriyalarning rejalashtirilgan DES- stentlashidan o'tgan barqaror yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarda antiagregant va gipolipidemik terapiyasining samaradorligi baholandi. Kuzatuv ostida barqaror yurak ishemik kasalligi III-IV funktsional sinflari (FS) bilan og'rigan o’zbek populyatsiyasiga mansub bo’lgan (o'rtacha yoshi 57,3 ± 6,5 yil, kasallikning davomiyligi o'rtacha 5,4 ± 1,2 yil) bemorlar olingan. Ko’rsatmaga ko'ra, rejalashtirilgan koronar angiografiya, GE OPTIMA angiografik birligiga (AQSh) DES stentlari joylashtirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, stentizatsiya qilinadigan yurak ishemik kasalligi bilan og'rigan bemorlarni davolashda farmakogenetik tadqiqotlarni hisobga olgan holda aspirin, klopidogrel, statinlarni o'z ichiga olgan asosiy dorilarni qo'llashda trombotsitlar to'planishini, lipid metabolizmini boshqarishning zamonaviy vositalaridan o'z vaqtida foydalanish davolashning xavfsizligi va samaradorligini oshiradi.