Авторы

  • Xolov Sherzod Oripovich
    Shahrisabz davlat pedagogika institurti O’quv-uslubiy bo’lim metadisti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104038

Аннотация

Xitoy yilnomalaridan biri “Chjou-shu”da turklarning jang qurollari shunday ta’riflanadi: “ularning qurollari shoxsimon yoy va xushtaksimon ovoz chiqaruvchi o‘q, sovut, nayza, qilich va dudama qilich (uzun, og‘ir qilich)lardan iborat... Otda turib kamondan mohirlik bilan o‘q uzadilar” [1:C229] deb ta’kidlaydi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xolov Sherzod Oripovich

Shahrisabz davlat pedagogika institurti

O’quv-uslubiy bo’lim metadisti

TURK XOQONLIGI DAVRIDA JANGAVOR QUROL-YAROG‘LAR VA

HARBIYLARNING KIYIM KECHAKLARI

Xitoy yilnomalaridan biri “Chjou-shu”da turklarning jang qurollari shunday ta’riflanadi:

“ularning qurollari shoxsimon yoy va xushtaksimon ovoz chiqaruvchi o‘q, sovut, nayza, qilich

va dudama qilich (uzun, og‘ir qilich)lardan iborat... Otda turib kamondan mohirlik bilan o‘q

uzadilar” [1:C229] deb ta’kidlaydi.

Turli hududlardan topilagan arxeologik materiallar xoqonlik qo‘shining mustahkam po‘lat

qurollarga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Xususan, Oltoy o‘lkasidagi Baliq Sook nomli joyda

qurol-aslahalari jang kiyimlari bilan ko‘milgan qadimgi turk jangchisiga tegishli mozor-qo‘rg‘on

qazilgan. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu topilmalar orasida qilich, dubulg‘a (shlem), xanjar, o‘q-

yoy, sovut kabi jangovar buyumlarning mustahkam temir va kumushdan yasalganligi hamda

otliqqa unchalik qiyinchilik to‘g‘dirmaydigan darajada yengil bo‘lganlig ma’lum bo‘ldi.

Turk Hoqanligi (Xoqan xoniligi) davrida jangavor qurol-yarog‘lar juda muhim o‘rin tutadi. Bu

davrda yaratilgan qurollar ko‘pincha harbiy texnika va strategik maqsadlarda qo‘llanilgan.

Xoqan xoniligi (XVI–XIX asrlarda) Markaziy Osiyodagi muhim davlatlardan biri bo‘lgan va

harbiy kuchlarning kuchli bo‘lishi zarur bo‘lgan.

Turk Hoqanligidagi jangavor qurol-yarog‘lar haqidagi ma’lumotlar asosan quyidagi turlardan

iborat bo‘lgan:

1.

Qo‘l qurollari

:

o

Palash va shamshirlar

: Uzun va qisqa shamshirlar, palashlar askarlar va jangchilar

tomonidan ko‘p qo‘llanilgan. Bu qurollar jangda tez va katta zarar yetkazish uchun

mo‘ljallangan.

2. Qamchalar: Chog‘ish va urushlarda kamash yoki dushmanni bir nechta xil tarzda jarohatlash

uchun ishlatilgan.

3. Mechlar: Dastlab yuklangan qo‘l qurollari bo‘lib, ular janglarda mahoratini namoyon

qilishga imkon bergan.

4. Atlatmalar va tugunlar: Atlatmalar: Shuningdek, yurtdagi jangchilar ko‘pincha atlatmalar

yoki garbullardan foydalangan.

5. To‘p va ko‘p yuklash qurollari: Atlatmalar va tugunlar harbiy maqsadlar uchun juda

samarali bo‘lgan, masalan, dushman pozitsiyalariga tashlashga yoki shaxsiy jang uchun.

6. Nishon qurollari:

o

Kamon va yorg‘itlar: Turk Hoqanligida kamonchilik urushlarda muhim o‘rin tutadi. Kamon

va yorg‘itlar ham uzoq va qisqa masofalarda jang qilish uchun mo‘ljallangan.

o

So‘nggi tayorlangan nishon qurollari: Bu qurollar azim yo‘nalishlarda va kuchli zarar

yetkazishda samarali bo‘lgan.

7.

Jang kilichlari va qurollar

:

o

Kalashnikov va jang kilichlari: Jangda qo‘llanilgan va dushmanning aralashuvini buzishga

yordam beradigan qurollar.

Bu qurollardan tashqari, harbiy sarbozlar ko‘pincha urushlar va hujumlar uchun ko‘plab turli

qurollar va qurol yordamchilari ishlatgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Otliq jangchining yonida, albatta egar-jabduq, murakkab kamon, pastga tomon kengaygan

sadoq (unga o‘qlar uchlari yuqoriga qaratilib solingan) bo‘lishi shart edi. Kamarlar qadama

bezaklar bilan bezatilgan. Qilich chap tomondan ikkita kamar bilan qiyalatib ta’qilgan. Kupincha

qurol-aslahalar nayza va bolta bilan to‘ldirilgan. Mudofaa qurol-yarog‘lari uzun plastinkasimon

yoki zirxli sovut, yopichiq (barma)li dubulg‘a va uncha katta bo‘lmagan qalqon o‘zun

qalqonsimon ilgak orqali yelkaga osilgan[2:C86-87].

Xoqonlik jangchilarining mahoratini arab mualliflari shunday ta’riflashadi: “Turk yovvoyi

hayvonlar, qushlar, nishonlar, odamlarni otadi... u joni boricha quvlagan holda orqaga va oldinga,

o‘ng va chapga, yuqoriga va pastga qarab otadi. Xarijit (arab o‘qchisi) kamaon o‘qiga bitta o‘qni

joylaguncha, u 10 ta o‘qni otadi. Xarijit tekis joydan otini choptirguncha, u o‘z otida tog‘ yoki

vodiydan tushub, katta tezlik bilan choptiradi. Tukning to‘rtta ko‘zi bor – ikkitasi yuzida, ikkitasi

esa gardanida” [3:C156].

VI-VII asrlarda qo‘shin jang taktikasiga ega, o‘z kuchi va malakasiga ishongan bo‘linmalar

ko‘rinishida bo‘lgan. Qattiq asosdan yasalgan uzangi va egarning keng tarqalishi turk

jangchisining nayza bilan xujumini yanada kuchliroq qilib, teshib (yorib) o‘tishini ta’minlagan.

Kamondan kuchli zarb bilan yakka nishonni muljallab zo‘r va bexato otishgan. Kamon

tushirilgan holda tutilgan, bu esa kamonning butun kuchini otishga saqlash imkonini bergan. O‘q

pati yumshab yektmasligi uchun o‘qdonning tagi kengaygan bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida

o‘qning bir xilligini ta’minlagan. Ikkinchi, o‘qchi kamarning bo‘lishi, aftidan, jang vaqtida

kamon va sadoqni almashtirishni osonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan [4:C88].

Qadimgi turklarda har xil turdagi uch parrakli o‘q uchlari keng tarqalgan. Ularning zimmasi

yengil qurollangan dushmanni otishga muljallangan. Keyinchalik ikki va to‘rt parrakli,

shuningdek, yassi o‘q uchlari ham paydo bo‘lgan. O‘q uchlari ba’zan suyakdan ham yasalgan

biroq ular juda kam uchraydi, o‘qlar asosan temirdan qilingan, temir kam bo‘lgan joylardagina

suyakdan yasalgan bo‘lishi mumkin[5:C149].

Arxeologik topilmalar orasida ba’zan o‘q uchlaridan tashqari o‘qning yog‘ochdan qilingan

qismlaring qoldiqlari ham uchraydi. O‘qlarning turli bo‘yoqlarga bo‘yalganligi esa jangchiga

urush vaqtida kerakli o‘vq uchini adashmasdan tez topishini qulaylashtirgan.

Qadimgi turk jangchilaring dushmanga qarshi olib borgan masofali janglarida asosan

murakkab tuzilishga ega suyal va shoxdan qoplamali kamon va temir uchli o‘qdan foydalanigan.

Qurol-yarog‘larning qoldiqlari Tyan-Shandagi ot bilan ko‘milagn qadimgi turk qabrlaridan, faqat

erkaklarning mozorlaridan topilgan. Mazko‘r topilmalar asosida qadimgi turk jangchisining

qurol-yarog‘lari haqida ma’lum bir tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Qilich va uzun dudama

qilich har doim aslzodalik va boylik belgisi hisoblangan[6:C65].

Xitoyliklar fuli, ya’ni “buri” deb atagan turk harbiylari shamshir, nayza, uzun og‘ir qilichlar

bilan qurollangan bo‘lib, yaqin masofadagi qo‘l jangini olib borishga moslashgan edi. Ular turk

qo‘shinining zarbdor o‘zagi hisoblanardi.

Dushmanga qarshi jang vaqtida qadimgi turklar o‘zlarini himoyalash mafqsadida temirdan

yasalgan mudofaa aslahalaridan ham leng foydalanishgan. Ularga eng avvalo, sovut, dubulg‘a,

qalqon kabilar kirar edi. Masalan, Qirg‘izistonning Luyemon-to‘ba vodiysidagi tosh haykal

yaqinidan topilgan sovut kiyimning qoldig‘i jangchi tanasini butunlay qoplovchi mudofaa kiyimi

bo‘lgan. Bu kabi tishli plastinalardan iborat sovut kiyimlari ilk o‘rta asrlarda xitoy, toxar va

so‘g‘d qo‘shinlarida keng tarqalgan edi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘g‘ir zirxli otliqlarning qurol-yarog‘lari sirasiga o‘q-yoy, zarbli nayzalar, dudama uzun

qilich, shamshir, xanjar, sovut, dubulg‘a kabilar kirgan. Masofali urush vaqtida jangchilar otish

uchun turli xil kamonlardan foydalanishar edi. Yengil qurollangan dushmanni yakson qilish

uchun uch parakli yokiyassi temir yohud suyakdan yasalgan uchli o‘qlardan mohirona

foydalanishgan. Yaqin masofada va qo‘l jangida esa jangchilar dushmanga nayza, uzun og‘ir

qilich, shamshir va xanjarlar bilan xujum qilishgan. O‘zlarini mudofaa qilish maqsadida esa

plastinali sovutlar va dubulg‘alardan foydalanishgan.

Kadimgi turklarning kiyim-kechaklari jangchi va ovchilar uchun kulay bulgan: kiyim

kismlari, ayniksa, kamarlarning ramziy ifodasi (simvolika) boshka xalklar uchun jozibador

kurinardi. Sochlarini ustirib, urib orkasiga tashlab yurganlar. Ular kaftanlarining ung etagini

chapga kayirib, bellariga nakshli kamar takishgan,. Ularning kamarlari ijtimoiy va siyosiy

mavkeini anglatganligi uchun bunga aloxida axamiyat berilar edi[7:C4].

VI = VI asrlarga tegishli Afrosiyob, Panjikent, Shaxriston, Ajinatepa, Tavkatepa,

Fundukistonu kabi bir kator me’moriy inshootlarning devorlaridagi rasmlarda kadimgi turklarga

xos mavzular aks etgan[8:C110-125].

Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar tufayli ularnini kupchiligi Turk xoqonligi bilan boglik

ravishda barpo qilingani yanada aniq bo‘la boshladi, Xususan, Afrosiyob devoriy rasmlarining

bir qismida G‘arbiy turk xoqoni va uni qurshab turgan mulozimlar tasvirlangan[9:C224]. So‘nggi

yillarda ko‘pchilik tadqiqotchilar (B.A.Shishkin, L.I.Albaum, M.Mode, S.A.Yasenko,

I.A.Arjanseva kabilar) Afrosiyobdagi Elchilar zali”da VP asr o‘rtalarida sodir bo‘lgan haqiqiy

siyosiy vokelik tasvirlangan, deb hisoblashmoqda. Shu sababli, musavvir tasvirdagilarning

kiyim-kechak va qurol-yarog‘larini aniqlik bilan tasvirlashga harakat qilgan[10:C12].

Qo‘shin boshqaruvi hamda harbiy unvon va epitetlar. Xoqon hamma narsadan avval “mangu el”

(yani, imperiya) xotirjamligi, farovonligining kafolati bulib, “el”ning mavjud bulishining asosiy

sharti sifatida beklar va “butun xalk”ning xoqonga sadoqati talab kilinardi. Xoqon, bitiktoshlar

tili bilan aytganda “turk eli” uchun, “turk halki” uchun “tunlari uxlamaslik va kunduzlari (ishsiz)

o‘tirmasligi” shart edi[11:B-90-91]. Urush va sulh, jang va bitim - barchasi “turk eli”ning

tinchligi uchun Xoqon irodasi bilan hal qilinardi. Bir so‘z bilan aytganda, xoqonning harbiy va

diplomatik huquqlari mutlaq cheksiz edi. Turk xoqonligining g‘arbiy qismida qo‘shinning ikkala

qanotida xoqonlik oila a’zolari - yabg‘u, shad, tegin unvonli shahzodalar turgan[12:C292].

Xoqonlikning mazkur vakillari tobe qabilalalarni boshkarish, soliqlar yigishni tashkil qilish bilan

birgalikda, ularni harbiy ishlarga jalb etish, janglarga olib borish va harbiy xarakatlarda

boshchilik qilish ishlarini g‘am amalga oshirganlar. Xoqonlikda shaxzoda — teginlar o‘z

qo‘shiniga ega bo‘lib, biror o‘lkani boshkarishga mas’ul kilingan taqdirda shad unvonini olgan.

Qo‘shin boshqaruvida turklar oltin buri boshli bayroqlardan buyruqlarni yetkazishda esa muxrli

nayzali oltin o‘qlardan foydalanishgan[13:C166]. Qo‘shin boshkaruvini turli darajadagi harbiy

amaldorlar olib borishgan. Ular orasida eng yuqorilari jabgu (yabgu), tegin, eltabar bo‘lib.

mazkur barcha mansablar otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tar va Ashina xonadoni a’zolaridan

tayinlanar edi.

Xitoy manbalari va turkiy bitiktoshlarda xoqonlikda mavjud bo‘lgan mansab va unvonlarning

nomlari saqlanib qolgan. Xoqonlikning boshkaruv tuzumida qariyb 40 ga yakin unvon va

ellikdan ortiq epitetlar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin:

1) rasmiy: a) ma’muriy; b) xarbiy;

2) ijtimoiy: a) diniy, b) ramziy/faxriy.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qadimgi turklarda xoqondan keyin birinchi o‘rinda yabg‘u turgan. Dastlabki davrlarda “yabgu”

xoqonning vorisi hisoblanib, odatda xoqonlarning ukalari shu unvonga ega bular edilar. Shuning

uchun ham yabg‘u xitoy yilnomalarida xoqondan keyingi birinchi shaxs sifatida ko‘rsatilali.

Undan keyin esa tegin, ya’ni shahzodalarga beriladigan unvon bo‘lgan. Odatda teginlarga

boshkarish uchun ma’lum bir hudud berilib, o‘zining qo‘shiniga ham ega bo‘lgan. Hokimiyat

akadan ukaga emas, otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgach, teginlar taxt vorisi hisoblanib,

yabg‘ularning mavqeiga nisbatan ularning mavqei yuqoriroq bo‘lishiga olib keladi. Teginlardan

so‘ng eltabarlar turgan.

Yabg‘u, shad, tegin, eltabar, tudun, tutuq, cho‘r, tarxon, erkin, inanchu, buyruq kabi o‘nlab

unvonlar va ularning oldida keluvchi apa, inal, kul, tun va x.k. ko‘plab epitetlar rasmiy

xarakterda bo‘lib, ulardan aksariyati ma’muriy bo‘lsa, bir kismi harbiy edi. Ayniksa, ular orasida

tutuq, cho‘r, tarxon, erkin kabi unvonlar kuproq harbiy xarakterdagi unvonlar bulishi barobarida

qaram qabilalarni boshqarishga vohalarga hukmdorlik qilishga yuborilgan ma’murlarning unvoni

sifatida ham uchraydi.

Xoqonlikda mavjud unvonlar tizimida harbiy unvonlar ham o‘ziga xos o‘rin egallagan. Jumladan,

bitiktoshlarda su-boshi, chabish, bing-boshi beshyuz-boshi, yuz-boshi, *o‘n-boshi kabi unvonlar

uchraydi. Shuningdek, xitoy yilnomalarida xoqonlik amaldorlarining unvoni sifatida cha-bi-

shi/szyabi (chabish) bir necha bor qayd etiladi. Su-boshi luhaviy jihatdan qadimgi turkcha su

“qo‘shin” va bashi “bosh, raxbar”, ya’ni “qo‘shin boshlig‘i, lashkarboshi” ma’nosida edi.

Chabish (chovush) esa “qo‘shinda vazifador shaxs, lashkar boshliqlaridan biri” sifatida bo‘lib,

Maxmud Koshgariy uni “jangda saflarni tuzatuvchi, dam olish vaqtida askarni zulm qilishdan

saqlovchi odam shaklida ta’riflaydi[14:C229].

Xullas, Xoqonlikda harbiy unvonlar sifatida bo‘lgan bing-boshi – “mingboshi”, beshyuz-boshi,

yuz-boshi, *o‘n-boshi va hakozolar ham asosan markaziy xokimiyat va qo‘shin qanotlari

boshqaruvida mavjud bo‘lib, ularning bunday nomlanishi moxiyatan “o‘nlik tizimi” ega harbiy

imperiya bo‘lganligi bilan izohlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах ... Т. 1. - С 229.

2. Распопова В.И. Согдийский город и кочевая степь и VII-VIII вв. // КСИА. Вып. 122. М.

1970. – С. 86-87.

3. Асадов Ф.М. Арабские источники о тюрках ... С. 156.

4. Распопова В.И. Согдийский город и кочевая степь – С. 88.

5. Худяков Ю.С. Вооружение среднивековых кочевником ... – С. 149.

6. Кирпичников А.Н. Древниерусское // Свод арх. Источников. Вып. 2. М., 1973. – С. 65

7. Вайнштейн С.И. Мир кочевников центра Азии. M.: 1991. C.185-199; Sűmer F. Eski

tűrklerde șehirḉilik, Ankara: 1994. S.4.

8. Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. Т, 975.-С. 20-32; Mode, 2006:110-125;

9. Іржанцева И.А., Иневаткина О.Н. Еще раз о росписях Афрасиаба: новые открытия,

которым четверть века // Центральная Азия: источники, история, культура (Отв. ред. Е.А.

Антонова, Т.К, Мкртычев). М., 2005;C224

10. Яценко С.А. О точной дате и обстоятельствах прибытия посольств, изображенных на

росписях Афрасиаба./] “Узбекистан - вклад в цивилизацию Бухара и мировая культура”.

(Тезись). Вып. 3, часть 1. Бухара, 1995.C12

11. Абдураҳмонов.- F, Рустамов А. Қадимги туркий тил, Т., 1982. - Б. 90-91, 107.

12. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах ... Т. 1. – С. 292.

13. Худяков Ю.С. Вооружение средневековых кочевников ... - С. 166.

14. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах T.1. - C. 229.

Библиографические ссылки

Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах ... Т. 1. - С 229.

Распопова В.И. Согдийский город и кочевая степь и VII-VIII вв. // КСИА. Вып. 122. М. 1970. – С. 86-87.

Асадов Ф.М. Арабские источники о тюрках ... С. 156.

Распопова В.И. Согдийский город и кочевая степь – С. 88.

Худяков Ю.С. Вооружение среднивековых кочевником ... – С. 149.

Кирпичников А.Н. Древниерусское // Свод арх. Источников. Вып. 2. М., 1973. – С. 65

Вайнштейн С.И. Мир кочевников центра Азии. M.: 1991. C.185-199; Sűmer F. Eski tűrklerde șehirḉilik, Ankara: 1994. S.4.

Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. Т, 975.-С. 20-32; Mode, 2006:110-125;

Іржанцева И.А., Иневаткина О.Н. Еще раз о росписях Афрасиаба: новые открытия, которым четверть века // Центральная Азия: источники, история, культура (Отв. ред. Е.А. Антонова, Т.К, Мкртычев). М., 2005;C224

Яценко С.А. О точной дате и обстоятельствах прибытия посольств, изображенных на росписях Афрасиаба./] “Узбекистан - вклад в цивилизацию Бухара и мировая культура”. (Тезись). Вып. 3, часть 1. Бухара, 1995.C12

Абдураҳмонов.- F, Рустамов А. Қадимги туркий тил, Т., 1982. - Б. 90-91, 107.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах ... Т. 1. – С. 292.

Худяков Ю.С. Вооружение средневековых кочевников ... - С. 166.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах T.1. - C. 229.