JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xolov Sherzod Oripovich
Shahrisabz davlat pedagogika institurti
O’quv-uslubiy bo’lim metadisti
TURK XOQONLIGIDA HARBIY OMILLAR
Mutaxassislar tomonidan VI–VIII asrlar davri koʻpincha qadimgi turklarning siyosiy va madaniy
yuksalish davri sifatida baholanadi. Turk xoqonligi bu davrda nafaqat Evroosiyodagi eng yirik va
eng kuchli siyosiy tuzilma sifatida, balki demografik jihatdan zich joylashgan, yuqori sivilizasiya
salohiyatiga ega boʻlgan qudratli imperiya sifatida namoyon boʻlgan. Turk xoqonligining xalqaro
savdo, madaniy almashinuv va siyosiy ta'sirga doir faoliyati uni butun Evroosiyo miqyosidagi
geosiyosiy jarayonlarning asosiy ishtirokchisiga aylantirgan.
Qadimgi turklarning Juan-Juan xoqonligiga temir mahsulotlari koʻrinishida oʻlpon toʻlaganligi
va keyinchalik mustaqillikka erishganligi masalasi turli ilmiy manbalarda keng muhokama
qilingan. Koʻplab tadqiqotchilar bu jarayonni turklarning temir qazib olish va qayta ishlash
sohasidagi yuqori darajadagi koʻnikmalari bilan bogʻlaydilar. Zotan, er osti boyliklaridan
samarali foydalanish va temirni metallurgik usulda qayta ishlash ularga qurol-yarogʻ, ot
anjomlari hamda boshqa harbiy-infratuzilma jihozlarini ishlab chiqarish imkoniyatini bergan.
Bunday iqtisodiy-texnologik ustunlik esa turk qavmlariga togʻli-dosht hududlarda siyosiy
gegemoniya oʻrnatishga zamin yaratgan.
Shu munosabat bilan, bir qator tadqiqotchilar qadimgi turk davlatchiligining shakllanishi va
rivojlanishida hal qiluvchi rol oʻynagan omillar qatoriga tabiiy resurslarga, xususan foydali
qazilmalarga boy hududlarga egalikni ham kiritadilar[1: S. 12]. Ularga koʻra, turk qabilalari
tomonidan nazorat qilingan hududlarda temir, mis kabi metall resurslarining mavjudligi, qurol-
yarogʻ va harbiy anjomlar ishlab chiqarishda asosiy iqtisodiy va strategik poydevor vazifasini
oʻtagan.
Ayniqsa, mazkur resurslar asosida shakllangan mahalliy hunarmandchilik bazalari turklar uchun
harbiy jihatdan yaxshi jihozlangan, sovutli otliq qoʻshinlar tuzish imkonini yaratgan. Bunday
harbiy salohiyat, oʻz navbatida, jang olib borish qobiliyatining yuksalishiga va harbiy
tashkilotchilikning mukammallashuviga xizmat qilish bilan birga turklar tashqi kuchlarga bogʻliq
boʻlmagan, mustaqil harbiy-siyosiy sub'ekt sifatida shakllanish imkoniyatiga ega boʻlganlar[2: S.
135].
Mahalliy harbiy ustunlik esa ularga nafaqat himoya mexanizmlarini yaratish, balki tashqi
ekspansiyani amalga oshirish imkonini ham bergan. Xususan, ular kuchli Tele qabilalar ittifoqini
magʻlub etishga erishgan va ushbu ittifoqqa mansub harbiy salohiyatdan samarali foydalangan
holda oʻz qoʻshin tarkibini yanada mustahkamlaganlar. Turklarning juan juanlarga temir bilan
oʻlpon toʻlaganligi va nihoyat oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritishganini koʻpchilik olimlar
ularning mohir konchilar boʻlishgani bilan bogʻlashgan[3: S. 296]. Chunki kimning qoʻlida temir
eritish ishlari boʻlsa, ularda qurol yarogʻ va ot anjomlari boʻlgan hamda shu yoʻl bilan ular togʻli
dasht hududlarida oʻz hukmronliklarini oʻrnata olgan. Lekin bu ustunlik rivojlangan
yilqichiliksiz amalga oshmagan. Rivojlangan yilqichilik bilan temir ishlab chiqarishning
birgalikdagi munosabati masalasini ham alohida oʻrganish kerak[4: S. 137].
Turklarning shunchalik tez va samarali ravishda siyosiy mustaqillikka erishishlarini qanday
izohlash mumkin? Buning muhim sabablaridan biri – ularning iqtisodiy jihatdan etarlicha
mustaqil boʻlib ulgurgani, xususan, strategik resurslardan – temir rudasidan unumli foydalangani
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
hisoblanadi. Ashina turklari Juan-Juan xoqonligiga qaram boʻlgan davrlarida ham temir qazib
olish va qayta ishlash bilan shugʻullangan. Bu ularga qurol-yarogʻ, sovut, ot anjomlari va boshqa
harbiy-texnikaviy jihozlarni mustaqil ishlab chiqarish imkonini bergan.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga koʻra, qadimgi turk davlatining shakllanishiga ta'sir etgan asosiy
omillardan biri – togʻ-kon sanoati va qurol-yarogʻ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
hunarmandchilik bazalari boʻlgan. Aniqrogʻi, Turk xoqonligida chorvachilikka ixtisoslashgan
iqtisodiyot bilan birga konchilik davlat siyosiy kuchining asosini tashkil etgan[5: S. 137].
Mazkur bazalar turklarga oʻz qoʻshinini qurollantirish, sovutli otliq qoʻshin tashkil etish va
harbiy muvozanatni oʻz foydalariga burish imkonini bergan. Bu esa ularning nafaqat mustaqil
davlat tuzishiga, balki Tele qabilalari kabi kuchli ittifoqlarni magʻlub etishiga ham zamin
yaratgan. Ular magʻlub etilgandan soʻng, turklar ushbu qabilalarning harbiy salohiyatidan
samarali foydalangan, natijada markazlashgan va barqaror davlat tuzilishiga erishish imkoni
paydo boʻlgan.
Aslida Evroosiyo mintaqasida yuz bergan harbiy toʻqnashuvlar va ziddiyatlarning asosiy
omillaridan biri – Ipak yoʻlini nazorat qilish masalasi boʻlgan[6: S. 256]. Bu yoʻl nafaqat savdo-
iqtisodiy aloqalarni ta'minlovchi strategik trassa, balki turli sivilizasiyalarni bogʻlovchi muhim
geosiyosiy vosita sifatida ham xizmat qilgan. Ipak yoʻli orqali amalga oshirilgan xalqaro savdo
jarayonlarida markaziy oʻrin tutgan turk xalqlari va Turk xoqonligi mazkur hududdagi iqtisodiy
va siyosiy barqarorlikka ta'sir koʻrsatuvchi asosiy kuchlardan biri sifatida namoyon boʻlgan.
Turk xoqonligi oʻz hukmronligi davomida Evroosiyo qit'asining Sharq va Gʻarbini bogʻlovchi
koʻprik vazifasini bajargan. Xoqonlik hududi orqali oʻtgan Ipak yoʻli tarmoqlarini mukammal
tarzda birlashtirish va ularni samarali nazorat qilish xoqonlikning iqtisodiy siyosatining markaziy
yoʻnalishlaridan biri boʻlgan. Ayniqsa, Sugʻd va Kaspiyboʻyi hududlarida joylashgan yirik savdo
shaharlari va dengiz portlari xoqonlik iqtisodiyotining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etgan[7: S. 71-73]. Bu shaharlar orqali tovarlar ayirboshlash, madaniy aloqalar va diplomatik
munosabatlar amalga oshirilgan, bu esa xoqonlikning xalqaro mavqeini mustahkamlashga xizmat
qilgan.
Shu tariqa, Ipak yoʻlining strategik ahamiyati nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va madaniy
sohalarda ham oʻz aksini topgan boʻlib, uning nazorati uchun kurash Evroosiyo tarixidagi
koʻplab jangu-jadallar va geosiyosiy oʻzgarishlarga zamin yaratgan.
Xullas, VI asrning ikkinchi yarmidan jahon siyosiy maydoniga mustaqil geosiyosiy kuch sifatida
chiqqan Turk xoqonligi Evroosiyo tarixida muhim oʻrin tutgan davlat tuzilmalaridan biri boʻlgan.
Uning shakllanishi va yuksalishi nafaqat koʻchmanchi qabilalarni markazlashgan davlat
tuzilmasi atrofida birlashtirish jarayonining natijasi, balki oʻsha davrdagi mintaqaviy va xalqaro
muvozanatni oʻzgartiruvchi muhim geosiyosiy voqelik sifatida baholanadi.
Turk xoqonligi oʻz davri uchun imperial xususiyatga ega boʻlgan murakkab harbiy-siyosiy
tuzilma hisoblanadi. Uning harbiy salohiyati, tashqi siyosiy faoliyati va keng hududlarga boʻlgan
ta'siri sababli xoqonlik Sharqda Xitoy, janubda Eron gʻarbda Vizantiya imperiyalari kabi qudratli
davlatlar bilan teng maqomda turli diplomatik va strategik munosabatlar oʻrnatishga erishgan.
Yana shuni ham alohida qayd etish kerakki, mazkur jahon imperiyalaridan birortasi ham Turk
xoqonligini toʻliq harbiy yoʻl bilan magʻlub etish imkoniga ega boʻlmagan. Bu esa xoqonlikning
harbiy tashkiloti, siyosiy boshqaruv tizimi va ichki barqarorligining mustahkamligidan dalolat
beradi..
Foydalangan manbalar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Ганиев Р.Т. Восточно-тюркский каганат в Южной Сибири и Центральной Азии во
второй половине VI – первой половине VIII вв.: Автореф. дис. ... канд. ист. наук. –
Екатеринбург, 2006. – С. 12 (23 с.)
2. Худяков Ю.С. Вооружение средневековых кочевников Южной Сибири и Центральной
Азии. Новосибирск, 1986. – С. 135.
3. Кызласов Л.Р. Первый Тюркский каганат и его значение для истории Восточной
Европы // Татарская археология. – 1997. – №1. – С. 26; Sinor D. The establishment and
dissolution of the Turk empire... – Р. 296.
4. Длужневская Г.В., Савинов Д.Г. Комплексные общества севера Центральной Азии и
Южной Сибири в древнетюркскую эпоху (вторая половина 1-го – начало 2-го тысячелетия
н. э.) // Адаптация народов и культур к изменениям природной среды, социальным и
техногенным трансформациям / Отв. ред. А.П. Деревянко, А.Б. Куделин, В.А. Тишков. М.,
2010. – С. 137.
5. Sinor D. The establishment and dissolution of the Turk empire // The Cambridge History of
Early Inner Asia / Ed. by D. Sinor. – Cambridge, 1990. – Р. 313.
6. Кляшторный С.Г. Древнетюркская письменность и культура народов Центральной Азии
(по материалам полевых исследований в Монголии, 1968–1969 гг.) // Тюркологический
сборник. 1972. Памяти П.М. Мелиоранского. – М., 1973. – С. 256.
7. Пигулевская Н.В. Сирийские источники по истории народов СССР. – М.–Л., 1941. – C.
71, 73.
