Авторы

  • Saidova Sarvinoz
    Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy madaniyat kafedra o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104048

Ключевые слова:

Ruhlantirish Maqtanish Mashq Ritmik shpagat ertalabki badantarbiya Universal beshlik

Аннотация

 Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan o’zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badan tarbiya yurak va o’pka ishini yaxshilaydi, suyakmushak to’qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini mustahkamlaydi va bolada irodani shakllantirib, intizomga o’rgatadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Saidova Sarvinoz

Osiyo Xalqaro Universiteti

Jismoniy madaniyat kafedra o’qituvchisi

saidovasarvinoz@oxu.uz

BOLALARNI KUNDALIK HAYOTIDA JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA ISHLARNI

TASHKIL ETISH

Annotatsiya:

Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy

rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan

o’zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badan tarbiya yurak va o’pka

ishini yaxshilaydi, suyakmushak to’qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini

mustahkamlaydi va bolada irodani shakllantirib, intizomga o’rgatadi.

Kalit so’zlar:

Ruhlantirish, Maqtanish, Mashq, Ritmik, shpagat, ertalabki badantarbiya,

Universal beshlik

Kirish

Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so’ng, inson kun mobaynida o’zini tetik his

qilishiga yetarli quvvat oladi – o’zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go’yoki

tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi.Bolani qanday qiziqtirish mumkin?

Aslida, eng gapyuqmas bolalarni ham ertalabki jismoniy tarbiyaga o’rgatsa bo’ladi. Buning

uchun zerikarli jismoniy mashqlarni quvnoq o’yinga aylantirish kerak, buni har bir oila a’zosi

bajara oladi.

Dastavval, farzandlari badantarbiya qilishni xohlamaydigan barcha ota-onalar anglab olishlari

kerakki, bolani mashq qilishga majburlash emas, o’rgatish kerak. Farqi bormi? Agar, hali ham

«unchalik bo’lmasa», tezda ota-onangiz ham sizni o’z irodangizga qarshi biror ishni qilishga

majburlaganini xotirlay olasizmi? (Ko’pikli sutni ichish?.. Skripka chalish?). Endi tahlil qiling,

katta bo’lgach, o’sha ishlarning qaybirini davom ettirmoqdasiz?!

Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom odatga

aylanishidir.Shuning uchun ham tarbiya maqsadlarida hech qanday bosim, ayniqsa jazolash (agar

bajarmasang, konfet yo’q) haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bolakay tonggi oson jismoniy

mashqlarni og’ir vazifa sifatida emas, balki (yuvinish va tishni yuvish singari) shunday bo’lishi

lozim ish deb qabul qilishi kerak. Mashq qilishni o’zgaruvchan stolda boshlash muhim. Agar

hayotning ilk oylaridanoq qiziq hirgoyilar qilib, bolaning qo’l-oyoqlarini ohangga mos ravishda

harakatlantirsangiz, bunda o’z harakatlaringizni hayajon bilan «mana bizning bolakay qanday

qila oladi!» deb davom ettirsangiz, siz shartli refleksga poydevor qo’yasiz: tong otdi — mashq

boshlandii. Agar siz, 2-3 yilgacha kichkintoyingizga ertalab uyg’onishi bilan «qushcha

qanotlarini qanday silkitishi» yoki «chigirtka qanday sakrashi»ni ko’rsatsangiz va undan sizning

harakatlaringizni takrorlashni so’rasangiz, siz unda eng to’g’ri refleksni mustahkamlaysiz va

uning dunyoqarashini kengaytirasiz. Hatto, oddiy sayrni ham sport bilan shug’ullanishga

aylantirish mumkin. Buning uchun sakrash, yugurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Biroq,

barchasini farzandingiz bilan birga bajaring va unga sog’lom turmush tarzi borasida namuna

ko’rsating. Va nihoyat, rag’batlantirish muhim shart hisoblanadi, ammo bu ham ma’lum bir

chegaradan chiqmasligi shart, deb qayd etishadi mutaxassislar.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ruhlantiramiz.

Ammo, aytaylik, bola biroz katta bo’ldi, ertalablari badantarbiya qilish masalasi

sizni o’ylantira boshladi. Farzandingiz 5-7 yosh atrofida va siz nima bo’lsa bo’lsin, u ertalablari

mashq qilishini xohlayapsiz. Bunda bolani to’g’ri ruhlantira olish lozim. Hech qachon u bilan

«bozor munosabatlari»ni o’rnatmang: «sen mashq qilasan, men o’yinchoq olib beraman» va b.

kabi. Bunday tarbiyalash shu bilan yakunlanadiki, bola salomatligi uchun emas, ortiqcha yana bir

sovg’a uchun mashq qiladigan bo’ladi. Keyinchalik umuman qilmay qo’yadi.

Eng to’g’risi – shaxsiy namunada ko’rsatish.

U bilan birga mashq qiling. Mashq turlari

bo’yicha musobaqalashing. Bu ham quvnoq, ham foydali bo’ladi. Agar siz shug’ullanib, biror

sport turida ilgarilab ketgan bo’lsangiz, farzandingiz bu haqda bilishi va faxrlanishi lozim.

Mukofotlarni ko’rinadigan joyga qo’ying, muvaffaqiyatlaringizni namoyish qiluvchi fotosuratlar

yoki videolavhalarni tomosha qiling.

«Maqtanish» imkonini qo’ldan boy bermang: «Ko’ryapsanmi, qanday qila olaman? Bilasanmi,

bu qanday zo’r! Men tanamni tayyorlash uchun ertalabki oddiy mashqlardan boshlaganman.

Xohlasang, sen ham shunday qila olasan».

Bolaning har qanday harakati ota-onalar qalbidan joy oladi, shuning uchun ham ertalabki

badantarbiya mashlari oiladagi o’ziga xos voqelik bo’lishi darkor: barcha jismoniy mashq

qilayotgan bolaga diqqat qaratishi, chaqqonligi uchun maqtashi, kerakli jihozlar (yaltiroq koptok,

arg’imchoq, multfilmlar qahramonlari tushirilgan original gilamcha va b.) ni xarid qilishi kerak.

Va albatta, u xalaqit qilayotgani, «oyoq ostida o’ralashayotgani» yoki sadolari ostida o’tirib-

turayotgan musiqa juda balandligi va qo’shnilarni uyg’otib yuborishini aytib koyish kerak emas.

Mashqni to’g’ri bajaramiz.

Bola uchun ertalabki badantarbiyaning odatdagi fitnes-yuklama

bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Shuning uchun bola har kuni kundalik me’yordan ko’proq

qilib, shpagat o’tirishini talab qilish kerak emas. Mashqlar qanchalik sodda bo’lsa, shuncha

yaxshi va quvnoqroq. Asosiysi – tananing har bir qismi uchun barqarorlik va muvozanatni

ta’minlashga erishish. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, unda asosiy mushaklar guruhi va

bola organizmi tizimlari qatnashsin. Mashg’ulotlar chog’ida tayyor to’plamlardan foydalanish

yoki ularni bola salomatligining o’ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda tuzib chiqish ham

mumkin.

Ertalabki gimnastikaning taxminiy to’plami quyidagicha bo’lishi lozim:

tortilish;

yurish (joyida yoki harakatda);

bo’yin, qo’l va yelka sohasi mushaklari uchun mashqlar;

gavda va qorin sohasi uchun mashqlar;

oyoq mushaklari uchun mashqlar (o’tirib-turish, sakrash);

oyoq-qo’l mushaklari ishtirokidagi umumiy ta’sir etuvchi mashqlar (silkitish, old-orqaga, yon

tomonga egilish);

kuch ishlatish zarurati bo’lgan mashqlar;

bo’shashtiruvchi mashqlar;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

nafas olish uchun mashqlar.

«Universal beshlik» mashqlari ham bor bo’lib, har qanday bolakay uni oson o’zlashtiradi va

huzur qiladi:

Ilk holat: oyoqlar elka kengligidan kengroq ochiladi, qo’llar bosh orqasida. O’ng oyoqni bukib,

gavda chapga bukiladi, chap oyoq bilan oyoq ushlanadi. Xuddi shu harakat aksincha takrorlanadi.

Ilk holat: oyoqlar yon tomonga, qo’llar belda. Gavdani chapga qaratib, bir vaqtning o’zida chap

qo’l kafti bilaan yuqoriga ko’tariladi. Xuddi shu aksincha takrorlanadi.Ilk holat: oyoqlar elka

kengligida, qo’llar gavdadan pastga tushirilgan. Sekinlik bilan to’g’ri oyoqni orqaga, qo’llar

tomonlarga harakatlantiriladi — «qaldirg’och». 3 soniya muvozanatni saqlash kerak. Xuddi shu

boshqa oyoqda ham bajariladi. Ilk holat: oyoqlar elkadan kengroq ochiladi, qo’llar belda.

Gavdani navbati bilan chap va o’ng tomonga aylana shaklida aylantirish lozim. Ilk holat:

Oyoqlar birga, qo’llar tirsakka bukilgan, barmoqlar elkada. Oldinga va orqaga 30 soniyada

aylana harakatlarni bajarish kerak. Ba’zan bola sport bilan oshno bo’lishni butunlay rad etgan

holatlar ham bo’lib turadi. Buning yomon yoki g’aroyib jihati yo’q. Bu kabi holatda yagona yo’l

rozi bo’lish va kutish. Ehtimol, ertalabki badantarbiya farzandingizga to’g’ri kelmas. Shunaqasi

ham bo’lib turadi. Har kuni farzandingiz bilan ko’proq sayr qilish, ochiq havoda serharakat

o’yinlar o’ynashga harakat qiling. Bu uning gipodinamikasini to’ldiradi. Kim bilsin, balki bir

necha yillardan so’ng, unda sportga muhabbat paydo bo’lib, sizdan xokkey yoki raqs to’garagiga

yozishni iltimos qilar.

Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog’lomlashtiruvchi turlari sarasiga kirdi. Maktabgacha

ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o’z ichiga oladi.

Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug’ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy

kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish

maqsadida qo’llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport

ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport

yo’nalishiga ega bo’lib, sport turlari sifatida targ’ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro

etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko’rsatish, hamda har

yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko’p murakkab

mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy

turlari. Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko’rinishidir, ertalabki badantarbiya

yanada tezroq va to’la ravishda bolaning sog’lig’ini tiklash uchun qo’llaniladi, yana jismoniy

sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo’llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish

mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning

buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg’imchoqlar, to’plar va

boshqa), mashqiy devordagi mashg’ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash,

o’rmalash, oshib o’tish)

Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.

Ritmik mashqlari

sog’lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.

Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko’rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi

sog’liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli

xil yoshdagi bolalar shug’ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat

chegaralanmagan bo’ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik,

egiluvchanlik, chidamlilik.

Xulosa


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosan ertalabki

badantarbiya mashg’ulotdan oldin o’tkaziladi. Uning ahamyati esa bola organizmni chiniqish

jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari

5-7 ta mashg’ulotlardai iborat. Eng ko’p og’irlik mashg’ulotlarning o’rtasida o’tkaziladi. Bolalar

bog’chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi.

Kun tartibining ajralmas qismi bo’lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni

uyg’ongach (5-7 daqiqadan so’ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa

davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to’g’ri o’sishidagi ko’nikmalarga ijobiy

ta’sir ko’rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda

foydali bo’lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.

Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo’ladi.

Ertalabki jismoniy mashg’ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli

analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa proporsiya-

retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez qo’zg’alishiga va mehnatga yaroqliligi

me’yorini qayta tiklaydi. Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan

bo’ladigan ta’sirlari birgalikda o’tkazilsa, nerv sistemasining ko’zg’alish jarayoni tezroq yo’lga

qo’yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sidova , S. (2024). PHYSICAL QUALITIES IN A WRESTLER. Medicine, Pedagogy

and

Technology:

Theory

and

Practice,

2(9),

360–368.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59380

2. Dilnoza, Y., & Diyor, O. (2024). AQLIY TARBIYA VA FITNES. PSIXOLOGIYA

VA

SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI, 2(7), 79-82.

3. 19. Ismoilov, H. (2024). ANALYSIS OF THE CRITERIA FOR SELECTING YOUNG

ATHLETES SPECIALIZING IN SPRINT DISTANCES. Journal of Universal Science

Research, 2(10), 174–182. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/universal-

scientific research/article/view/59008

4. Maksimov, V.V. (2010). Jismoniy madaniyat va uning bolalar sog'lig'iga ta'siri. Tashkent:

O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi.

5. Yusufov, T.H. (2015). Badantarbiya va uning bolalar jismoniy rivojlanishidagi o'rni.

Toshkent: “O'qituvchi” nashriyoti.

6. Akhmedov, K. (2009). Ertalabki badantarbiya mashqlari: Bolalar uchun sog’lomlashtirish

metodlari. Tashkent: O‘zbekiston Ta’limi va Jismoniy Madaniyat.

7. Turaev, A. (2012). Sog’lom hayot tarzi va bolalar jismoniy tarbiyasi. Toshkent: Ilm-fan.

8. Gulomova, M.A. (2017). Jismoniy tarbiya: Yoshlarga mo‘ljallangan metodlar. Toshkent:

O’zbekiston Jismoniy Tarbiya Akademiyasi.

9. Kamilov, R.Z. (2014). Bolalar jismoniy tarbiyasi va uning rivojlanishdagi ahamiyati.

Samarqand: Jismoniy Tarbiya va Sport.

Библиографические ссылки

Sidova , S. (2024). PHYSICAL QUALITIES IN A WRESTLER. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(9), 360–368. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59380

Dilnoza, Y., & Diyor, O. (2024). AQLIY TARBIYA VA FITNES. PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI, 2(7), 79-82.

19. Ismoilov, H. (2024). ANALYSIS OF THE CRITERIA FOR SELECTING YOUNG ATHLETES SPECIALIZING IN SPRINT DISTANCES. Journal of Universal Science Research, 2(10), 174–182. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific research/article/view/59008

Maksimov, V.V. (2010). Jismoniy madaniyat va uning bolalar sog'lig'iga ta'siri. Tashkent: O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi.

Yusufov, T.H. (2015). Badantarbiya va uning bolalar jismoniy rivojlanishidagi o'rni. Toshkent: “O'qituvchi” nashriyoti.

Akhmedov, K. (2009). Ertalabki badantarbiya mashqlari: Bolalar uchun sog’lomlashtirish metodlari. Tashkent: O‘zbekiston Ta’limi va Jismoniy Madaniyat.

Turaev, A. (2012). Sog’lom hayot tarzi va bolalar jismoniy tarbiyasi. Toshkent: Ilm-fan.

Gulomova, M.A. (2017). Jismoniy tarbiya: Yoshlarga mo‘ljallangan metodlar. Toshkent: O’zbekiston Jismoniy Tarbiya Akademiyasi.

Kamilov, R.Z. (2014). Bolalar jismoniy tarbiyasi va uning rivojlanishdagi ahamiyati. Samarqand: Jismoniy Tarbiya va Sport.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)