INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
37
RAQOBATBARDOSH SIFATLI TA'LIMGA QANDAY ERISHISH
MUMKIN? - XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON TA'LIMI
Mamadaliyev Muhammad ali Xamidullo o'g'li
University of Business and Scince nodavlat oliy ta'lim muassasasi
Pedagogika - psixologiya yo’nalashi 22-13 guruh talabasi
Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi
Ilmiy raxbar:
University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14274310
https://doi.org/10.5281/zenodo.14699132
Annotatsiya:
Ushbu maqola oliy o'quv yurtlarining raqobatbardoshligini
oshirish bo'yicha xorijiy tajribani o'rganish, oliy ta'lim tizimidagi faoliyat
jarayoni sifatini oshirish, tashqi va ichki mehnat bozorida raqobatga bardosh
bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajribani o'rganish orqali
mehnat unumdorligini oshirish tahlilidir.
Kalit so'zlar:
raqobatbardoshlik, munosabatlar, rivojlangan mamlakatlar
tajribasi, oliy o'quv yurtlari, xizmat ko'rsatish sohalari, axloq, zamonaviylik,
iqtisodiyot tarmoqlari, shaxsiy bilimlar.
Аннотация:
Данная статья представляет собой исследование
зарубежного опыта повышения конкурентоспособности высших учебных
заведений, анализ повышения качества процесса деятельности в системе
высшего образования, подготовки специалистов, способных выдерживать
конкуренцию на внешнем и внутреннем рынке труда, повышения
производительности труда путем изучения зарубежного опыта.
Ключевые слова:
конкурентоспособность, взаимоотношения, опыт
развитых стран, высших учебных заведений, сферы услуг, этики,
современности, сектора экономики, личных знаний.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonaviy dunyoda, rivojlangan davlat
maqomiga yetishish uchun aholining bilim saviyasi va dunyoqarashi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa mamlakatda ta'lim tizimining to‘g‘ri
kompetensiyalari, hayotiy muhim kasb va yetuk bilimlarni shaxsiy, axloqiy
hamda fuqarolik fazilatlari uyg‘unligida yoshlarga o‘rgatishni taqozo qiladi.
Raqobat – bu raqobatlashayotgan ikki tomon oʻrtasidagi “bir-biriga qarshi”
munosabati. Oʻzaro munosabatlarning oʻzini “raqobat” deb ham atash mumkin,
yoki har bir ishtirokchi bir-biri bilan raqib boʻladi. Kimningdir asosiy
raqibini ashaddiy raqib deb atash mumkin. Raqobatni “aktyorlar qaysi davlatlar
raqobatchilarga yetarlicha tahdid solayotganini aniqlaydigan idrokiy tasniflash
jarayoni” deb taʼriflash mumkin. Raqobat bir tomonning doimiy hukmronligiga
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
38
olib kelmasdan, davom etishi uchun “teng tomonlar oʻrtasidagi raqobat
munosabatlari” boʻlishi kerak.
Siyosatshunos Jon A. Vaskesning taʼkidlashicha, kuchlar tengligi haqiqiy
raqobat mavjud boʻlishi uchun zaruriy komponent hisoblanadi, ammo boshqalar
bu elementga e’tiroz bildiradi.
Raqobat jamiyatning turli sohalarini uchrab turadi va “inson
munosabatlarining barcha darajalarida koʻp”. Koʻpincha doʻstlar, firmalar, sport
jamoalari, maktablar va universitetlar oʻrtasida mavjud. Bundan tashqari,
“oilalilar, siyosatchilar, siyosiy partiyalar, etnik guruhlar, mamlakatlar va
shtatlarning mintaqaviy boʻlimlari har xil uzunlikdagi va intensivlikdagi doimiy
raqobatda rivojlanadi. Baʼzi hollarda, raqobat “shunchalik kuchli boʻladiki,
aktyorlar faqat oʻz harakatlari bilan raqiblariga zarar yetkazishi yoki foyda
keltirishi haqida tashvishlanishadi”.
Rivojlangan dunyoda ustuvor anglo-sakson moliya-iqtisod tizimi
yetakchilari Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar ta'lim
tizimi negizida o‘qish kompetensiyasi (o‘qib tushunish asosida fikrlash) va
matematika yotadi. Boshqa rivojlangan davlatlar ham namuna sifatida
o‘zlarining ta'lim mezonida shu ikki omilni asos qilib olgan.
Anglo-sakson ta'lim modelidagi maktab va oliygohlar mustaqil fikrlash va
tanqidiy yondashuv asosida ta'lim berishni ko‘zlaydi. Bunda matematika
aniqlikni ta'minlab beradi. Bu bilan o‘rganiladigan fan mavzusidagi har bir matn
yoki ma'lumotlar bazasi to‘liq o‘rganilib, fanlarning ikir-chikir ma'lumotlari
tahlil qilinishi natijasida, o‘quvchi va talaba keng qamrovli mustaqil fikrlashga
ega bo‘ladi. Aniqrog‘i, o‘rta va oliy ta'lim «darslik ma’lumoti + qo‘shimcha salbiy
va ijobiy jihatlari haqidagi ma'lumotlar + joriy-hayotiy qo‘llanishi = shaxsiy
xulosa» formulasi asosida tizimli tarzda olib boriladi. Natijada, oliy ta'lim
talabasi 1-kursdan oxirgi kursgacha, o‘z sohasidagi barcha fan ma'lumotlarini
mustaqil o‘qiydi, tanqidiy yondashib, seminar darslarida boshqa talabalar va
o‘qituvchi xulosalari bilan solishtirib, o‘z sohasining yetuk kadriga aylanadi.
O’zingizga ma’lumki butun yer yuzini ikkiga bo’lgan raqobatchilar mavjud
bular;
1.
Mersedes bens va BMW kompaniyalarini 1 asrlik va hozir ham
davom etayotgan raqobati.
2.
Real Madrid va Barselona fudbol klublarining asriy raqobati
3.
Kristiano ranaldo va Leonel messining fudboldegi 15 yillik raqobati
4.
Amerika qo’shma shtatlari va Rossiya davlatining harbiy sohadagi
raqobati
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
39
5.
Samsung va Apple kompaniyasini raqobati
Yana bu qatorga ko’plab juftliklarni kiritish mumkin. Bir so’z bilan aytganda
raqobat insonga ham foyda ham ziyon keltirishi mumkin. Hozirgi XXI asr
sharoitida ham insonlar raqobatlashishiga ko’p narsa kerak ham emas aslida
bunga svetaforda turgan ikkita taksi haydovchisi yoki bir hil yoshdagi o’smirlar
boshqaruvidagi mashinalar poygasidan bilishingiz mumkin.
Ular aslida hech narsa yutishmedi ham faqat avtomashinani qiynashadi
halos. Huddi shu narsa yaqin dostlar orasida ko’rsangiz kimdadur yangi telefon
bo’lsa qolgan odamlar u telefondan ko’ra yaxshirog’i olgisi maqtangisi keladi.
Maktab o’quvchilarida esa qaysidur kimdur yaxshiroq o’qisa albatta u bilan
raqobatlashadigan boshqa o’quvchi topiladi.
Bizni kuzatuv jarayonimizda. Ish faoliyatimizdagi ma’lumotlari yangilanib
shuni ko’rsatadiki:
Nomi;
metallni qayta quyish korhonasi
Ishchilar;
70 nafardan ortiq
Maydoni;
200 kv metr
Boshqaruchilar;
umumiy 6 nafar
Birigadirlar;
3 nafar
Ammo rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham
maktab va oliygohlardagi ta'lim cheklangan ma'lumotga ega darslikdagi va
o‘qituvchi bergan oz ma'lumotni o‘quvchi va talaba miyasiga singdirish, ya'ni
ko‘pincha o‘quvchi va talabalardan tushunmasdan yodlash talab qilinadi. Buning
natijasida, ularda o‘z sohasi bo‘yicha tushunarsiz va amaliy qo‘llash uchun zaif
bilim hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham faqat darslik-kitob yoki o‘qituvchining
cheklangan ma'lumotlari asosidagi bunday dars maktabda va oliygohda zerikarli
bo‘ladi.
Korxonada ish konveyr tizimida yo’lga qo’yilgan ya’ni alohida bo’limlardan
iborat;
1.
Metal ta’minoti - 4 nafar ishchi
2.
Metalni erituvi - 3 nafar ishchi
3.
Metal quyish - 25 nafar ishchi
4.
Dastlabki tozalash - 3 nafar ishchi
5.
To’liq sayqallash - 27 nafar
6.
Maxsulotni bo’yash - 8 nafar
7.
Ombor ishchilari soni aniq emas
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
40
Bizning kuzatuvimizda esa dastlabki tozalash bo’limidagi ishchilar ularni
ismini oshkor qilolmiman shu sababli ularning ismlarini bosh harflaridan
foydalanamiz.
1.
H ismli ishchi
2.
Z ismli ishchi
3.
M ismli ishchi
H ismli ishchi ma’lumotlari
Yoshi;
40 da
Ma’lumoti;
o’rta-maxsus
Ish tajribasi;
5 yillik
Z ismli ishchi ma’lumotlari
Yoshi;
30 da
Malumoti;
o’rta
Ish tajriba;
1 - 1.5 yillik
M ismli ishchi ma’lumotlari
Yoshi;
27 da
Ma’lumoti;
tugallanmagan oliy
Ish tajribasi;
1 - 2 yillik
Kuzatuv jarayonida ularda 1 smenalik ya’ni 15 kunlik ish kunlari bo’ldi.
Bu 3 ishchilardan faqat ikkitasi bir biri bilan raqobatda ishlashar ekan, ular
Z va M ismli ishchilar chunki H ismli ishchi bilan hech qachon raqobatlasha
olishmedi. H ismli ishchining ish tajribasi kop shu sabab o’z ishini yaxshi biladi
va qolganlarga nisbatan ishini tez tugatadi.
Daqiqadan keyin ikkkinchisi ham ishni to’xtatadi yoki kimdur o’zishiga
yangilik qilib biron asbob yoki uskuna olsa ikkinchisi ham albatta sotib oladi o’z
imkoniyatiga qaramasdan bu ularning moliyaviy ahvoliga juda yomon tasir
qilishini bilsalar ham aslo bunga e’tibor qilishmaydi.
Raqobatlashish ularga foyda tomoni ishdagi sifatlari kuchli o’z
imkoniyatidan ham ortiqroq ishlarni bajara olishlari bo’lgan bo’lsa, ziyon
tomonlari doimiy jismoniy charchoq, moliyaviy imkoniyatlarni kamayishi
bo’lmoqda bu faqat men kuzatishga ulgurgan jihatlarim xalos.
Pedagogik tomondan qaralganda Z va M ismli ishchilar ish faoliyati
davomida bir - biridan kuchli bo’lish uchun har qanday yangi usul yo’llarni
qidirishlari yangi ko’niklarni o’zlashtirishlari o’z ishiga yangicha yo’nalishlarda
yondashishlari edi.
Oxirgi paytlarda Buyuk Britaniya kabi flagman davlatlardagi ta'lim
ko‘rsatkichlari o‘zining an'anaviy ijobiy ko‘rsatkichlarida tursa-da, Singapur,
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
41
Janubiy Koreya, Xitoy va Finlandiya davlatlari o‘zlarining a'lo ta'lim
ko‘rsatkichlari bilan o‘zlariga namuna qilib olgan flagman davlatlardan o‘zib
ketmoqda. Bu jarayon ta'limni baholash xalqaro tashkilotlari PISA va TIMSS
reytinglarida o‘z ifodasini topyapti.
Singapur
1965 yil mustaqil bo‘lganda, xarob davlat sifatida, yer tanqisligi,
tabiiy boyliklar va aholi uchun uy-joy yo‘qligi hamda ommaviy ishsizlik,
shuningdek, o‘z-o‘zini ta'minlay olmaslik kabi muammolar girdobida bo‘lsa ham,
ta'lim bo‘yicha 4ta islohot o‘tkazdi.
Birinchi ta'lim islohoti mustaqillikning ilk yillaridan – 1978 yilgacha. Islohot
natijasida xitoycha maktablar tashkil etildi.
Ikkinchi ta'lim islohoti 1979-1996 yillar amalga oshirildi. Bunda Singapur
ingliz tilini ta'limda ustuvor qilib, ta'lim ingliz tilida tashkil qilindi. Shu 17 yillik
ta'lim islohoti natijasida, dunyo tan olgan ta'lim tizimi tashkil topdi va bu tizim
Singapur jahonning rivojlangan davlatlar safiga kirishiga sababchi bo‘lganini
barcha analitiklar ta'kidlashadi.
Keyingi 3 – (1997—2011) va 4-islohot (2012—2018)lar Singapurni
kelajakdagi ideal davlat ko‘rinishiga olib chiqishga
Janubiy Koreya
, hozirgi kunda, IT sohasida dunyoda tengsiz davlat, kichik
hududda 52 million aholisi bilan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri
hisoblanadi. Bu yutuqlar asosan ta'lim islohotlari natijasida bo‘lgani hech kimga
sir emas. Bu davlat 1948—1960 yillarda savodxonlik bo‘yicha muammolarga
ega edi.
1961—1980 yillarda «O‘rta ta'limni universallashtirish va kasbiy
ta'limni
kengaytirish»
islohotlari
Janubiy
Koreyadagi
savodxonlik
muammolarini hal qilganidan keyin 1981—1997 yillarda «Oliy ta'limni
kengaytirish va yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlash» islohoti va 1998
yildan hozirgacha davom etayotgan «Ta'lim kreativlik va high-tech sifati uchun»
ta'lim islohotlarini boshdan kechirdi. 1981—1997 yildagi 16 yillik ta'lim islohoti
koreys xalqi hayotini tubdan o‘zgartirgan bo‘lsa, oxirgi islohot uni dunyoda IT va
yaratuvchanlik bo‘yicha 1-o‘ringa olib chiqdi.
Oxirgi ikki islohotda ingliz tili ta'limga vositachi sifatida qo‘llandi va 2010
yilda koreys universitetlarining beshdan ikki qismida darslar to‘liq
inglizchada
Xitoy
1998—2017 yillarda 900 ming talabasini dunyoning nufuzli
universitetlariga o‘qishga yubordi. Natijada, shu kadrlar Xitoy oliygohlarida
o‘zlaridek kadrlarni tayyorlash uchun va xalq xo‘jaligining turli sohalarida faol
xizmat ko‘rsatmoqda. Xitoy dunyoda eng ko‘p ta'lim oluvchi kontingentga ega
(har yili 8 million bitiruvchi) bo‘lsa-da, ta'lim sohasida kerakli va samarali
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
42
islohotlar qilishni eplamoqda va ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha juda ko‘p
rekordlarni
Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa,
Finlandiya
maktab ta'lim tizimida
ta'limdagi zamonaviy va yangi islohotlar orqali dunyodagi eng yaxshi xalq ta'limi
tizimiga erishdi.
Finn maktabi tizimining inqilobiy islohotlari quyidagilar:
1) o‘qituvchilikka faqat magistr darajasiga ega mutaxassislarni qabul qilish;
2) ta'limda hech qanaqa standart testlarning yo‘qligi;
3) ta'limda raqobat emas, balki hamkorlik prinsipi;
4) ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlashtiruvchi ta'lim;
5) hamma o‘quvchilar uchun maktabdagi bepul ovqatlanish;
6) sog‘liqni saqlashning ta'limdagi ishtiroki;
7) psixologik maslahatlashuvlar;
8) ta'limdagi individual yondashuv;
9) bemalol ta'lim vaqti (9:00 – 14:00) yoki (9:45 – 14:45) – bu o‘quvchi
sog‘ligi, o‘sishi va ruhiy xotirjamligini ta'minlaydi;
10) barqaror ta'lim va yo‘l-yo‘riq bir xil o‘qituvchilar tomonidan berilishi;
11) stressdan xoli va mehrga to‘la ta'lim muhiti;
12) vazifalar asosan maktabda bajarilib, kam uy ishi berilishi.
Ta'kidlash joizki, ta'limdagi islohot omillari qatorida xalqaro muloqot va
biznes tili bo‘lgan ingliz tilining Finlandiya aholisi orasida ommalashishi ushbu
davlat maktab ta'limi bo‘yicha dunyoda eng zo‘r bo‘lishini ta'minlab
Agar talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz yuqoridagi darslik va «B2 dan
C2 (8.5-9) eng yuqori darajadagi ingliz tili uch oyda» kitobini o‘zlashtirishsa,
hayotiy muhim sohalar (meditsina, qishloq xo‘jaligi, aniq fanlar, iqtisodiyot,
high-tech va sanoat kabi yo‘nalishlar) bo‘yicha dunyo reytingida birinchi
o‘ntalikka kiruvchi universitetlar filiallari yoki analoglarini O‘zbekistonda
flagman-universitetlar sifatida ochib, mamlakatimiz oliygohlari ilmiy
salohiyatini ularning salohiyati bilan muvofiqlashtirish va shu nufuzli flagman-
universitetlar orqali O‘zbekistonni dunyoning oliy ta'lim markazlaridan biriga
aylantirish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida, yurtimiz uchun hayotiy
muhim yetuk kadrlarni tayyorlashga va xorijiy talabalar bu oliygohlarda tahsil
olishlari evaziga ko‘p foyda va daromad olib kelishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079
sonli “Raqamli O’zbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga
oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
2.
Maktabgacha ta’lim vazirligining Mdo.uz saytidan olingan.
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
43
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-
sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni.
4.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori.
5.
Мансурова, Г. Р. (2024). ВЛИЯНИЕ ПРОКРАСТИНАЦИИ И ЛЕНИ НА
СФЕРУ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ. JOURNAL OF CHILD
PSYCHOLOGY AND PSYCHIATRY, 7(5), 77-82.
6.
Kizi, B. Z. M. (2023). THE DEVELOPMENT OF LOGICAL THINKING OF
YOUNGER SCHOOLCHILDREN IN THE LESSONS OF THE SURROUNDING
WORLD. European International Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, 3(06), 186-189.
7.
Nurmatjon o’g’li, T. J. (2024). O’SMIR YOSHLAR O’RTASIDAGI
GIYOHVANDLIKNI VA ALKOGOLIZIMNI OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI.
THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 3(26), 271-283.
8.
Musayeva, S. I. (2023). PRINCIPLES OF DEVELOPMENT OF
CADETS'INTERCULTURAL
COMMUNICATION
COMPETENCE
THROUGH
ENGLISH LANGUAGE TEACHING. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING
METHODS, 2(22), 46-50.
9.
Ibrohimovna, M. S. (2019). TECHNIQUES OF IMPROVING SPEAKING IN
ESP CLASSES FOR MILITARY. CONDUCT OF MODERN SCIENCE-2019, 139.
10. Мансурова, Г. Р. (2024). ОСОБЕННОСТИ ВЛИЯНИЯ ЛЕНИ И
ПРОКРАСТИНАЦИИ НА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ БЛАГОПОЛУЧИЕ ЛИЧНОСТИ.
IMRAS, 7(5), 421-425.
