Bolalar orasida boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlashning ahamiyati

CC BY f
310-311
3
4
Поделиться
Маннапова, М., & Шамансурова, Э. (2023). Bolalar orasida boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlashning ahamiyati . Актуальные вопросы практической педиатрии, 1(1), 310–311. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/issues-practical-pediatrics/article/view/20931
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekistonda aholini yuqumli kasalliklarga qarshi emlash dasturi sog‘liqni saqlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Yuqumli kasalliklarning oldini olish davlat sog‘liqni saqlash siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Emlash aholining epidemiologik farovonligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri ekanligi isbotlandi. Ularning ahamiyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida” (1996), “Aholining sanitariya- epidemiologik farovonligi to‘g‘risida”gi (2015) qonun hujjatlarining tegishli moddalarida belgilangan.


background image

I Конгресс детских врачей Республики Узбекистан

с международным участием

«Актуальные вопросы практической педиатрии»

310

BOLALAR ORASIDA BOSHQARILADIGAN INFEKSIYALARGA

QARSHI EMLASHNING AHAMIYATI

M.A. Mannapova, E.A. Shamansurova

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. Toshkent, O‘zbekiston

DOLZARBLIGI

O‘zbekistonda aholini yuqumli kasalliklarga qarshi emlash

dasturi sog‘liqni

saqlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish davlat sog‘liqni saqlash siyosatining strategik

yo‘nalishlaridan biridir. Emlash aholining epidemiologik farovonligini

ta’mi

nlashning eng samarali vositalaridan biri ekanligi isbotlandi. Ularning

ahamiyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Fuqarolar

salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida” (1996), “Aholining sanitariya

-

epidemiologik farovonligi to‘g‘risida”gi (2015) qonun hujjatlarining tegishli

moddalarida belgilangan.

TADQIQOTNING MAQSADI

Bolalar

orasida

yuqumli

kasalliklarni

oldini

olish

bo‘yicha

vaksinaprofilaktika chora-

tadbirlari, shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni

o‘rganish.

TADQIQOT USULLARI

Tadqiqotda retrospektiv, statistik, analitik tahlil usullaridan foydalanildi.

NATIJA VA MUHOKAMA

O‘zbekiston Respublikasida SSV tomonidan milliy emlash taqvimini

muntazam takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2001-yildan beri

respublika hudud

ida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gepatit B ga qarshi emlash

amalga oshiriladi. 2009-yil mart oyidan beri Hib infeksiyasiga qarshi yangi

vaksina bilan uch marta emlash joriy etildi. Kombinatsiyalangan besh valentli

(AKDS+VGV+XIB) 2-4 oylik bolalarga , 2014-yil 16-iyundan boshlab 2 va 3 oyli

bolalarda rotavirus infeksiyasiga qarshi emlash , 2015-yil noyabr oyidan boshlab

2, 3 va 12 oylik bolalarda pnevmokok infeksiyasiga qarshi emlash joriy qilindi .

Vaksinalarning yetarli darajada ta’minlanishi tufayli oxir

gi 10 yillikda

immunizatsiya qamrovi aholi orasida 97-99% ga yetadi. Rossiyada qizamiq bilan

kasallanish bo‘yicha epidemiologik vaziyatning murakkablashishi munosabati

bilan, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, 2003

-

yildan boshlab O‘zbekiston

Respublika

sida qizamiq bilan kasallanishning ko‘payishi qayd etildi. Shunday

qilib, 2003-yilda 85 ta, 2004-yilda 75 ta, 2005-yilda esa 737 ta, 2006-yilda

823,

2007-yilda

863, 2008-yilda

2 ta qizamiq bilan kasallanish holati qayd etilgan.

2005-2007-yillar mobaynida 2 bosqichda milliy emlash jarayoni amalga

oshirilgan va Respublika bo‘ylab 8 million kishi qamrab olingan. Shunday qilib,


background image

I Конгресс детских врачей Республики Узбекистан

с международным участием

«Актуальные вопросы практической педиатрии»

311

bir necha yillar davomida profilaktik emlashlar bilan qamrov 97-99% ni tashkil

qiladi. Natijada 2012-2013-

yillarda O‘zbekiston Re

spublikasida qizamiq bilan

yangi kasallanish holatlari ro‘yxatdan o‘tmagan.

XULOSA

Vaksinoprofilaktika millat salomatligini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga

ega.

Emlash natijasida bolalardagi infeksiyalari deyarli yo‘q qilindi. Vaksina bilan

boshqariladigan infeksiyalar toifasiga gemofil, pnevmokokk, pnevmoniya, virusli

gepatit, virusli diareya va boshqa ko‘plab infeksiyalar kiradi. Emlash aholining

epidemiologik farovonligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri

ekanligini isbotladi

. XX asrda umr ko‘rish davomiyligi 25 yilga, emlash tufayli esa

20 yilga oshdi. Zamonaviy xavfsiz va immunogen vaksinalarning mavjudligi,

emlashni tashkil etish bo‘yicha yarim asrdan ortiq tajriba “nazorat qilinadigan”

infeksiyalarni sporadik darajada bart

araf etish yoki barqarorlashtirish bo‘yicha

sog‘liqni saqlash maqsadlarini belgilashga imkon beradi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов