O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabet kasalligini ijtimoiy-demografik xususiyatlari

D Toʻxtayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2021-yil holatiga koʻra 34558,9 ming kishini, shundan Toshkent shahri aholisi 2669,4 ming kishini, Toshkent viloyati aholisi esa – 2975,8 ming kishini tashkil etadi. Aholining turli yosh guruhlarida birlamchi va umumiy kasallanish dinamikasi har xil bo‘lib, katta yoshdagi aholi orasida birlamchi va umumiy kasallanish o‘rganilgan yillar davomida ko‘rsatkich 1,3 va 1,1 martaga oshgan bo‘lsa, bolalarda (0-14 yosh) va o‘smirlar (15-18 yosh)da ikkala ko‘rsatkich ham 1,2 baravarga kamaydi. 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarning bunday pasayishi O‘zbekistonda 1998-yildan buyon ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli dastur bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlarda 1-turdagi qandli diabetning epidemiologik ma’lumotlari 2000-yildan e’tiboran o‘tkazib kelinadigan Milliy registr asosida tahlil qilinadi. 2020-yilda bolalar va o‘smirlar orasida 1-turdagi qandli diabet bilan kasallanish va kasallik tarqalish darajasining ko‘payishi qayd etilgan. Yevropa ma’lumotlariga nisbatan O‘zbekistonda kasallanishning barqaror quyi raqamlari qayd etiladi, ya’ni O‘zbekiston kasallanishning eng kichik xavfiga ega mamlakat hisoblanadi.

43

Koʻrishlar

18

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos