“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
170
OLIY TA
’LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-
О‘QITUVCHILARNI ILMIY FAOLIYATLARI UCHUN
RA
G‘BATLANTIRISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN
TIZIMINI YARATISH
Shoyatbek XAKIMOV,
assistent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent,
O‘zbekiston
Farrux SHUKUROV,
assistent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent,
O‘zbekiston
Eldor ABDULLAYEV,
assistent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent,
O‘zbekiston
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp170-176
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ilmiy faoliyat bo
g‘liq bo‘lgan oliy ta’lim
muassasasi b
o‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar yoritilgan. Jumladan, professor-
o‘qituvchilarni ilmiy faoliyati uchun
ra
g‘batlantirishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish haqida so‘z yuritilgan.
Kalit s
o‘zlar.
Ma
’lumotlar bazasi, Web-texnologiya, OAK, Scopus, DGU, IAP,
October CMS
Mamlakatimiz istiqbolining eng dastlabki kunlaridanoq buyuk ma
’naviyatimiz va
qadriyatlarimizni qayta tiklash hamda yanada yuksaltirish, milliy ta
’lim-tarbiya tizimini
mustahkamlash, uni davr talablariga uy
g‘unlashtirish asosida jahon andozalari va
kо’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berib
kelinmoqda. Bu о‘rinda, eng avvalo, 1992-yilda mustaqil respublikamizda ta’lim о‘rni,
vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun qabul
qilinganligini ta
’kidlab о‘tish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, sо‘nggi yillarda ta’limga
e
’tibor har qachongidan-da ortdi, ta’lim sohasida katta о‘zgarishlar amalga oshirildi,
bir qator qarorlar va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, “О‘zbekiston Respublikasi oliy
ta
’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risi”da
Prezident Farmoni, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi [1].
Ushbu farmon va qarorlarda men sizning e
’tiboringizni muhim bir bandga
qaratmoqchiman
– bu respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro
e
’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times
Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi
1000 ta о‘rindagi oliy ta’lim muassasalari rо‘yxatiga, shu jumladan, О‘zbekiston Milliy
universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta о‘rindagi oliy ta’lim
muassasalari rо‘yxatiga kiritish vazifasi qо‘yilganligi. Shu band asosida mazkur oliy
ta
’lim muassasalarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning zamonaviy
mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Yuqorida ta
’kidlangan xalqaro reyting tashkilotlarida kuchli universitetlar
reytingini tuzishda ularning akademik nufuzi, ish beruvchilar о‘rtasidagi nufuzi,
о’qituvchilar va talabalar miqdori mutanosibligi, professor-о‘qituvchilarning ilmiy
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
171
faolligi, ilmiy maqolalarning о’qilishi, ularga nisbatan berilgan iqtiboslar soni, xorijiy
о’qituvchi va xodimlar hamda talabalar ulushi va shu kabi boshqa muhim jihatlar asos
qilib olinadi. Shu sababdan kо‘plab oliy ta’lim muassasalarida professor-
о’qituvchilarning ilmiy faolligi (ilmiy maqolalari, monografiyalari, patentlari) uchun
qо’shimcha haq tо’lanish tizimi yо‘lga qо‘yildi. Shu tizim orqali professor-
о’qituvchilarga xalqaro jurnallarda chop etilgan har bir ilmiy maqolalari, ilmiy
yangiliklari uchun mukofot mabla
g‘lari tо’lab kelinmoqda. Lekin oliy ta’lim
muassasalarida kо‘plab professor-о‘qituvchilar ishlashini va ular har yili о‘nlab-yuzlab
maqolalar yozishlarini hisobga olsak, ularni saralash, xalqaro e
’tirof etilgan
jurnallarga kirish yoki kirmasligini aniqlash, ilmiy maqola va patentlarning har biriga
mualliflari soniga, sifatiga qarab haq tо‘lash, tо‘langan mablag‘lar hisobotini yuritishda
bir qancha qiyinchiliklar yuzaga kelganligi sababli bizda ushbu tizimni
avtomatlashtirishga ehtiyoj tu
g‘ila boshladi [2, 6].
Ushbu maqolada professor-
о‘qituvchilarga ularning ilmiy maqolalari, mualliflik
patentlarini kо‘rib chiqish, ularga qо‘shimcha haq tо‘lash hamda jami yozilgan
maqolalar, tasdiqlangan patentlar, ilmiy ishlar va ularga tо‘langan mablag‘lar
hisobotlarini yurituvchi avtomatlashtirilgan tizim yaratish taklif qilinmoqda. Ushbu
tizim kо‘p foydalanuvchili bо‘lishi uchun veb-platforma asosida yaratish maqsadga
muvofiq, chunki hozirgi kunda barcha odamlar internet tarmo
g‘iga ulangan hamda
biz yaratgan dasturdan foydalanish uchun alohida dasturni yuklab olishi shart emas,
shunchaki ixtiyoriy brauzerga kirib kerakli veb-adresga murojaat qilishi kifoya qiladi.
Veb-platformaning umumiy ishlash sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan
(1-rasm).
1-rasm. Veb-platformaning ishlash sxemasi.
Tizimga kirish
R
o‘yxatdan o‘tish
Professor-
o‘qituvchining
shaxsiy kabineti
Yangi maqola yoki patent
hisobotlarini kiritish
Faqatgina
o‘zining
muallifligidagi maqolalar va
patentlar haqidagi
ma
’lumotlarni ko‘rish
Ilmiy b
o‘lim kabineti
Hisobotlarni k
o‘rish va
mabla
g‘ ajratish
Qa
’bul qilindi
Rad etildi (izoh)
Izohni
o‘qish,
hisobotni
o‘zgartirish
va qayta yuborish
Buxgalteriya
Umumiy
hisobotlar
Login va parolni kiritish
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
172
Sxemadan k
o‘rinib turibdiki, foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali har
qanday
o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda ko‘rib turishi, o‘zgartirishi,
ilmiy b
o‘limga yuborishi, ulardan javob olishi mumkin. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikka
chek q
o‘yilishi hamda ish jarayonining tez va sifatli bo‘lishiga olib keladi.
Dasturning administrator qismi veb-ilovaga ma
’lumotlar kiritish, o‘chirish, veb-
ilova [3] strukturasi, dizaynini
o‘zgartirish kabi funksiyalarni bajarish imkoniga ega.
Administrator qismi login va parol bilan himoyalangan b
o‘lib, undan faqat tegishli
xodim foydalanishi mumkin (2-rasm).
2-rasm. Tizimda administrator oynasiga kirish.
Ushbu sahifa ilmiy b
o‘lim xodimining asosiy ishchi oynasi bo‘lib, foydalanuvchi
tizimga kirgach,
o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartira olishi, profiliga rasm
joylashtira olishi, login va parolini yangilashi mumkin (3-rasm).
3-rasm. Tizimning administrator qismi.
Yuqoridagi rasmdan k
o‘rinib turibdiki, administrator sahifasi quyidagi asosiy
qismlardan iborat: fakultet va kafedralar; status; jurnallar; sozlash.
Fakultet va kafedralar sahifasida, avvalambor, xodim ushbu ta
’lim
muassasasida mavjud fakultetlar va ularning tarkibiga kiruvchi kafedralar strukturasi,
nomlari haqidagi ma
’lumotlarni kiritishi zarur bo‘ladi. Ushbu sahifada kafedra va
fakultet ma
’lumotlarini kiritishdan tashqari ularni bir-biriga biriktirish, o‘zgartirish,
qidirish, saralash imoniyatlari ham yaratilgan [4]. Bundan tashqari, umumiy summalar
haqidagi ustunlar mavjud b
o‘lib, ushbu raqamlar fakultetga yoki kafedraga biriktirilgan
OAK va Scopus maqolalar, patentlar uchun ajratilgan umumiy mabla
g‘larning joriy
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
173
vaqtga nisbatan holati haqida ma
’lumotlar beradi. Bu orqali semestr bo‘yicha yoki yil
b
o‘yicha har bir kafedra xodimlariga qancha mablag‘ berilganligi haqidagi hisobotlarni
avtomatik ravishda olish imkoniyatiga ega b
o‘lamiz.
Status
sahifasida
professor-
o‘qituvchilar yuborgan hisobotlar holatini
belgilashda foydalaniladigan holatni kiritish,
o‘zgartirish hamda ushbu statuslarni
o‘chirish imkoniyatlari mavjud.
Eng asosiy jurnallar sahifasida uchta alohida-alohida menyu mavjud. Bular:
OAK, Scopus, DGU va IAP. Ushbu sahifada Oliy attestatsiya komissiyasi r
o‘yxatiga
kiruvchi jurnallarda chop etilgan maqolalar haqida maqola nomi, mualliflarining t
o‘liq
ism-shariflari, qaysi davlatda nashr qilinishi, nashr etilgan jurnal nomi, soni, sahifa
raqami hamda professor-
o‘qituvchisining kafedrasi, fakulteti haqidagi ma’lumotlarni
kiritish va maqolani pdf faylda ham yuklash va ochib k
o‘rish mumkin.
Scopus maqolalar sahifasida professor-
o‘qituvchilar tomonidan xalqaro va
respublika Scopus jurnallarda chop etilgan maqolalar haqidagi hisobotlar haqida
ma
’lumotlar olish, Scopus jurnallarda chop etilgan maqolalar hisoboti, maqola nomi,
mualliflarning ism-shariflari, jurnal nomi, jurnalning ISNN raqami, elektron manzili,
qaysi davlatda nashr etilganligi va boshqa ma
’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
DGU va IAP sertifikatlar sahifasida esa professor-
o‘qituvchilar tomonidan
olingan DGU patentlar va IAP sertifikatlar haqidagi ma
’lumotlarni kiritish, ko‘rish,
saralash, izlash,
o‘zgartirish va o‘chirish imoniyatlari mavjud. DGU va IAP sertifikatlar
hisobotlari, patentning
o‘zbek va rus tilidagi nomlari, mualliflari, registratsiya raqami,
elekron nusxasi, professor-
o‘qituvchining kafedrasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi.
Yuqorida k
o‘rsatib o‘tilgan imkoniyatlardan ko‘rinib turibdiki, administrator
sahifasi ilmiy b
o‘lim xodimi ishlashi uchun juda qulay tarzda yaratilgan.
Foydalanuvchi qismi platformaning, asosan, professor-
o‘qituvchilari uchun
m
o‘ljallangan sahifasidan iborat bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan:
menyular paneli; fakultetlar b
o‘yicha maqola va sertifikatlar soni; OAK maqolalar
hisobotlari; Scopus maqolalar hisobotlari; DGU/API sertifikatlar hisobotlari;
foydalanuvchi sahifasi; platformadan foydalanish uchun videoq
o‘llanma [5].
Veb-platformaning asosiy sahifasida bu platformaning vazifasi haqidagi
ma
’lumotlar, joriy vaqt holatiga ko`ra fakultetlar bo‘yicha maqola va sertifikatlar soni
haqidagi hisobotlar, dasturdan foydalanish uchun videoq
o‘llanmadan tashkil topgan
(4-rasm).
4-rasm. Asosiy sahifa.
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
174
Bundan tashqari, foydalanuvchi hech qanday r
o‘yxatdan o‘tmasdan, ortiqcha
ovoragarchiliklarsiz ushbu oliy ta
’lim muassasasida hozirgi vaqtgacha chop etilgan
va hisobotlari topshirilgan maqolalar, sertifikatlar, ularning ilmiy b
o‘lim tomonidan
qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqidagi ma
’lumotlarni maqolalar va sertifikatlar
sahifasidan olishi va foydalanishi mumkin.
Dasturda har bir foydalanuvchi
o‘z shaxsiy kabineti orqali ilmiy bo‘limga kerakli
hisobotlarni yuborish imkoniyatiga ega b
o‘lishi mumkin. Buning uchun tizimga kirish
talab etiladi. Tizimga kirish uchun maxsus login va parol kiritiladi va “Kirish” tugmasi
bosiladi. Agar sizda login va parol mavjud b
o‘lmasa, ro‘yxatdan o‘tish orqali shaxsiy
login va parolingizni yaratishingiz mumkin. Buning uchun t
o‘liq ism, familiya,
sharifingiz, e-mail adresingiz haqidagi ma
’lumotlarni kiritishingiz talab etiladi
(5-rasm).
5-rasm. Professor-
o‘qituvchi shaxsiy kabinetiga kirish oynasi.
Professor-
o‘qituvchi shaxsiy kabineti orqali faqatgina o‘zigagina tegishli bo‘lgan
hisobotlarni k
o‘rish va yangi hisobotlarni yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. (6-rasm)
6-rasm. Professor-
o‘qituvchi shaxsiy kabineti.
Hisobotlar administrator sahifasida k
o‘rsatib o‘tilgani kabi 3 qismga bo‘linadi:
OAK maqolalar, Scopus maqolalar va DGU/API sertifikatlar. Professor-
o‘qituvchi
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
175
hisobotlarni yuborishi uchun quyidagi rasmda keltirilgan ma
’lumotlarni to‘liq shaklda
kiritishi va faylni yuklashi talab etiladi.[6] Agar ilmiy b
o‘lim ushbu hisobotda biror
kamchilikni aniqlasa, buni izohlar qismida yozadi va ushbu hisobot uchun “Rad etildi”
statusini tanlaydi. Hisobot “Rad etildi” statusida turgan bo‘lsa, foydalanuvchi izohni
o‘qishi va izohda yozilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hisobotni tahrirlash
sahifasiga
o‘tishi va qaytadan yuborishi mumkin bo‘ladi (7-rasm).
7-rasm. Hisobotlarni qayta tahrirlash oynasi.
O‘ylaymizki, ushbu veb-platforma ilmiy bo‘lim xodimlari va professor-
o‘qituvchilar ish jarayonini ancha osonlashtirishga xizmat qiladi.
XULOSA
Ushbu loyihani amalga oshirishda veb-ilovalarni yaratish texnologiyalari,
dasturlash tillarining xilma-xil turlari bilan t
o‘liq tanishib, hayotda tatbiq etish usullari
bilan
o‘rganib chiqildi. Qisqacha qilib aytganda, loyihada oliy ta’lim muassasalarining
ilmiy b
o‘limi hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirib borishni ta’minlovchi veb-
platformasini yaratishga va bu orqali barcha foydalanuvchilarga: ilmiy b
o‘lim xodimlari
va professor-
o‘qituvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ular o‘rtasida o‘zaro fikr
almashish imkoniyatiga ega b
o‘lgan platformani yaratishga erishildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО’YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y
o‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi t
o‘g‘risida 02.03.2020dagi PF–5953-sonli Farmoni.
2. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and
Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021,
PP. 125
–127. Cheboksari: SCC “Interaktiv plus”.
3. Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before level
crossing // InterConf.
– 2020.
4. Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information system
for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
176
5. Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies for
forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.
6. R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with speed
and high-speed train traffic German International Journal of Modern Scienc
e № 14,
2021.
– PP. 57–58.
ТЕМИР ЙЎЛ ТРАНСПОРТИДА ЮКЛАРНИ ТАШИШДА ЮК
ЖЎНАТУВЧИЛАРНИНГ БУЮРТМАНОМАЛАРИГА МУВОФИҚ
АМАЛГА ОШИРИШ ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ
Мухамадазиз РАСУЛМУХАМЕДОВ,
ф.-м.ф.н., доцент, Тошкент Давлат транспорт университети
Транспортда ахборот тизимлари ва технологиялари кафедра мудири
E-mail: mrasulmuxamedov@list.ru
Дилмурод ЭГАМБЕРДИЕВ,
Тошкент давлат транспорт университети 2-курс магистранти
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp176-180
Аннотация:
Мақолада ҳисоб-китоб картасини расмийлаштириш ва
унгача бўлган жараёнлар кетма-кетлиги ёритилган. Шунингдек, ҳисоб-
китоб картасининг веб-дастурини яратиш учун фойдаланилаётган
дастурлар ва дастурлаш таъминотлари келтирилган.
КИРИШ
Ўзбекистон Республикаси суверенлигини сиёсий ва иқтисодий жиҳатдан
мустаҳкамлаш ва жаҳон ҳамжамиятининг тўлақонли аъзоси бўлмоқ учун
транспорт хизматини юқори даражада ривожлантириш лозим.
Бу транспортни ва ,авваламбор, мамлакатнинг барча ҳудудларини ягона
давлат бутунлиги сифатида боғловчи ишончли, барқарор, иқтисодий жиҳатдан
самарали бўлган темир йўл транспортининг устувор ривожланишини талаб
этади.
Ўзининг кўп томонлама устунликлари эвазига темир йўллар келажакда
иқтисоднинг барқарор ривожланишини, мамлакат миқёсида ички ва ташқи
интеграцион алоқаларни, туризмни, аҳоли бандлиги масалаларини ва бошқа
хил ижтимоий-иқтисодий муаммоларни ҳал этишда асосий ролни бажаришга
қодир бўлади.
Маҳаллий товарлар ва хизматларнинг сифатли ва рақобатбардошлигини
ошириш, иқтисодий мустақилликни мустаҳкамлашни таъминлаш каби устувор
мақсадларга эга бўлган ижтимоий йўналтирилган иқтисодиётни шакллантириш
учун кенг кўламли иқтисодий ислоҳотлар олиб борилмоқда.
Ҳозирги вақтда “Ўзбекистон темир йўллари” Акциядорлик жамиятининг
корхоналари ва тузилмавий бўлинмалари молиясини ташкил этишга транспорт
ишлаб чиқаришнинг тармоқ хусусиятлари катта таъсир кўрсатади.