Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
191
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BANK
XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Rustamov Eldor Baratovich
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisii
Oʻzbekistonda ham bank xizmat turlarini rivojlantirish xususan, unda
axborot kommunikasion texnologiyalardan keng foydalangan holda bank
xizmatlarining yangi turlarini joriy etish masalasi bugungi kunda dolzarb
hisoblanadi. Jumladan, banklar tomonidan kichik va yirik moliyaviy texnologiya
kompaniyalari mijozlarga koʻrsatiladigan hizmatlarni yaxshilash uchun “sun'iy
aql-idrok” (artificial intelligence) va raqamli texnologiyalardan keng
foydalanilmoqda. Chunki, bozordagi yangi raqobatchilar barcha oʻlchamdagi eski
moliyaviy institutlarga tahdid sola boshladi. Shu bilan birga yangi texnologiyalar
bank xizmatlari bozorida katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Mamlakatda
oxirgi
yillarda
zamonaviy
axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini rivojlantirish, tijorat banklari xizmat turlarining yangi
mexanizmlarini joriy etish yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda. Xususan,
Prezidentning “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Farmon, 2018), “Oʻzbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
(Qaror, 2018), “2020 yil – Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon
qilinganligi hamda 2030 yilga qadar “Raqamli Oʻzbekiston” konsepsiyasini ishlab
chiqish belgilanganligi (Mirziyoev, 2019) bu borada bank tizimi oldiga qator
vazifalarni bajarishni keltirib chiqaradi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
192
Yuqoridagi konseptual gʻoyalardan kelib chiqqan holda, mazkur maqola
mavzusining dolzarb ekanligini asoslash mumkin.
So‘nggi yillarni sarhisob qilsak, iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg‘or
texnologiyalar va innovatsiyalarning ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi
texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini
oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi
sohalari va sohalariga kirib borishi bilan bir qatorda, an’anaviy yondashuvlar va
ish uslublari o‘zgaradi.
“The Boston Consulting Group” ma’lumotlariga ko’ra, Xitoydagi elektron
tijoratni rivojlantirishning yuqori darajasi e’tiborni tortmoqda. Bunda Xitoyning
elektron tijorat aylanmasi 18 milliard dollarni tashkil etib, ushbu davrda Xitoylik
iste’molchilar internet sotib olish uchun taxminan 750 milliard dollar sarflaydilar,
bu AQSh va Buyuk Britaniya ko’rsatkichlarini birga qo’shib hisoblagandan ham
ko’proq. Umuman, Xitoy Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yil
oxirigacha mamlakatning xalqaro elektron tijoratda ulushi 39,2 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, mamlakatda 2016-2022 yillarda qabul qilingan tarmoqni
rivojlantirish dasturiga muvofiq, elektron tijorat hajmi 5 yil ichida 5,8 trln. AQSh
dollari. “McKinsey & Company” institutining taxminlariga ko’ra 2025 yilga kelib
raqamli texnologiyalar Xitoy yalpi ichki mahsulotining 22 foizga, Rossiya uchun
esa 34 foizgacha oshishiga olib keladi. 2025 yilgacha AQShda raqamli
texnologiyalarning yaratilishidan kutilayotgan harajatlar 1,6-2,2 trillion AQSh
dollari darajasiga yetishi mumkin ko’rsatib o’tilgan.
1-
2022 yil uchun I-DESI subindekslari
Mamlakatl
ar
Raqamli (
I-
Bog’lanis
h darajasi
Inson k
apitali
Internetda
n
foydalanish
Raqamli texn
ologiyalar
integratsiyasi
Raqamli
davlat
xizmatlari
1
Манба:
EuropeanCommission. I-DESI 2019
–
маълумотлари асосида тайёрланди
.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
193
DESI) ind
eksi
Janubiy
Koreya
75,2
79,8
75,6
74,5
63,8
83,0
Norvegiya 73,0
75,8
69,1
85,2
65,8
72,5
Islandiya
72,7
72,4
80,2
75,9
75,7
53,7
Yaponiya 68,5
72,5
69,7
73,9
53,0
75,0
Avstraliya 67,8
56,8
80,5
57,8
57,3
88,9
Kanada
67,0
59,6
67,3
66,2
65,4
81,5
AQSh
66,7
71,3
56,2
71,0
61,8
79,0
Yangi
Zelandiya
65,8
55,4
79,3
58,2
55,6
81,6
YeIning 28
davlati
58,9
62,9
58,0
59,7
51,3
63,1
Isroil
55,6
54,3
57,4
58,5
45,2
65,4
Rossiya
47,5
38,9
64,1
48,7
29,8
56,8
Xitoy
45,3
47,8
40,5
45,3
40,7
58,6
Chili
44,9
47,8
42,6
32,9
40,5
61,4
Turkiya
41,5
43,3
53,1
35,9
27,7
43,2
Braziliya
39,7
39,5
39,2
33,8
27,8
62,4
Meksika
43,1
45,5
41,6
30,0
33,7
67,2
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
194
1-jadval ko’rsatkichlariga ko’ra, Janubiy Koreya, Norvegiya va Islandiya
birinchi uchtalikni egallab turibdi. Rossiya esa yetakchilik qilayotgan Janubiy
Koreya davlatidan 27,7 ko’rsatkichga ortda qolmoqda, ammo Xitoy, Chili,
Turkiya, Braziliya va Meksika davlatlaridan yuqori pog’onalardan joy olgan.
Umuman, Rossiya bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni joriy qilish jarayonida
yuqori potentsialga ega davlat, deb tan olinadi.
Oʻzbekiston tijorat banklarining jahon banklari bilan hamnafas boʻlib
yashashi integrasiyalashuv va globallashuv jarayonlarining faollashuviga keng
yoʻl ochmoqda. Bir tomondan integrasion jarayonlarning rivojlanishi zamonaviy
AKTdan foydalanishni taqozo etsa, ikkinchidan, biznes transformasiyasini
vujudga keltirdi. Ushbu jarayonlarni iqtisodiy-siyosiy jihatdan oʻrganish va ilmiy
xulosalar chiqarish davr talabi hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va
«qora iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani
muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi.
Bunday sharoitda biron ma'lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu
faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji yoʻq, kompyuter hammasini
namoyon qilib qoʻyadi. Ma'lumotlar koʻpligi va tizimliligi yolgʻon va qingʻir
ishlarga yoʻl bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni”
yuvish, mablagʻlarni oʻgʻirlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo
yashirib koʻrsatish imkoni qolmaydi.
Shundan kelib chiqib, Respublikamizda 2020-yilda Anorbank va TBC
banklar dastlabki raqamli banklar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Anorbank va ―TBС banklar o‘z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar
kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shundan dalolat
beradiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi
mumkin. Yaʼni bunda, raqamli bank tizimida mijozga mobil dasturi, mobil
dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan taʼminlangan bank
operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi.[3]
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
195
Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi banklar anchani tashkil etadi. Shuning
uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM oʻsishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.
Davlat banklarining raqamli transformatsiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning
muhim drayverlaridan biri boʻla oladi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va
raqamli bank tizimida ishlashga o‘tishi bu – yangi axborot texnologiyalarini
rivojlanishi hamda butun dunyo raqamlashtirish poygasiga munosib javob
hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham birdek kamaytiradi. Boshqacha qilib
aytganda, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya
tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Shavkat Mirziyoyevning “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”
gi farmoni. 2020-yil 12-may
2.
PF – 5296 ―O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmoni. 09.01.2018
3.
Depozit.uz ―O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari
26-iyul 2021-yil.
4.
Назаршоев Н.М., Гужина Г.Н., Гужин А.А., Ежкова В.Г. Стратегия
развития бизнеса как инструмент управления конкурентоспособностью//
Инновации и инвестиции. 2016. № 4. С. 90-92.
5.
Петрухина Е.В., Гужин А.А., Величко Н.Ю., Нижарадзе Л.Д.,
Волкова А.В., Овешникова Л.В. Современные теории менеджмента, Орёл,
2014. - 110 с.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
196
6.
Norov, A. R. ., Yuldashev, J. A. ., Sattorova, N. G. qizi ., Turgunova, K.
S. kizi ., & Ibragimov, I. K. . (2022). The Role of the Foreign Exchange Market
in Ensuring the Stability of the National Currency in the Country.
Spanish Journal
of
Innovation
and
Integrity
,
6
,
20-27.
Retrieved
from
http://sjii.indexedresearch.org/index.php/sjii/article/view/207
7.
Norov, A. R. ., Haydarov, O. A. ., Saipnazarov, S. S. ., & Saidaxmedova,
A. M. . (2022). Mechanisms to Ensure the Stability of the National Currency in
the Republic of Uzbekistan.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
5
, 393-
400.
Retrieved
from
http://sjii.indexedresearch.org/index.php/sjii/article/view/157