Mualliflar

  • Rustamov Eldor Baratovich

Muallif biografiyasi

  • Rustamov Eldor Baratovich

    Mirzo Ulug’bek nomidagi
    O’zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi
    i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.87571

Annotasiya

Jahonda raqamli iqtisodiyot rivoji davrida bank xizmat turlarini zamonoviy texnologiyalarni qoʻllash orqali koʻrsatishni tadqiq qilish kabi masalalarga e'tibor kuchayib bormoqda. Bu sohada bank xizmat turlarini samarali boshqarishning zamonaviy integrallashgan axborot tizimlarini joriy etish, tizim ma'lumotlarining shaffofligi va himoyalanishini ta'minlash, raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qoʻllash hamda axborot tizimlarining oʻzaro axborot integrasiyasini samarali ravishda amalga oshirish metodikasini takomillashtirish masalalari asosiy tendensiyalardan hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarning keng rivojlanishi tijorat banklari tomonidan xizmat turlarini axborot tizimlarini takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.

background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

197

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MASOFAVIY BANK XIZMAT

TURLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Rustamov Eldor Baratovich

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisii

Jahonda raqamli iqtisodiyot rivoji davrida bank xizmat turlarini zamonoviy

texnologiyalarni qoʻllash orqali koʻrsatishni tadqiq qilish kabi masalalarga e'tibor

kuchayib bormoqda. Bu sohada bank xizmat turlarini samarali boshqarishning

zamonaviy integrallashgan axborot tizimlarini joriy etish, tizim ma'lumotlarining

shaffofligi va himoyalanishini ta'minlash, raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini

qoʻllash hamda axborot tizimlarining oʻzaro axborot integrasiyasini samarali

ravishda amalga oshirish metodikasini takomillashtirish masalalari asosiy

tendensiyalardan hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarning keng

rivojlanishi tijorat banklari tomonidan xizmat turlarini axborot tizimlarini

takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.

Oxirgi yillarda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini

rivojlantirish, tijorat banklari xizmat turlarining yangi mexanizmlarini joriy etish

yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentning “Axborot

texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Farmon, 2018), “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Qaror, 2018), “2020 yil

– Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon qilinganligi hamda 2030 yilga

qadar “Raqamli Oʻzbekiston” konsepsiyasini ishlab chiqish belgilanganligi

(Mirziyoev, 2019) bu borada bank tizimi oldiga qator vazifalarni bajarishni

keltirib chiqaradi. Yuqoridagi konseptual gʻoyalardan kelib chiqqan holda,

mazkur maqola mavzusining dolzarb ekanligini asoslash mumkin.

background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

198

Bаnk sohаsi bu iqtisodiyotning yangi texnologiyalаr juda keng qo‘llаnаdigаn

sohаsidan biri hisoblаnаdi. Oxirgi vaqtlarda yangi kompyuter texnologiyalаri,

kredit kаrtаlаri vа pul-moliya bozoridа muhim innovаtsiyalаrni joriy etish dаvri

bo‘ldi. Tаdqiqotlаr shundan dalolat beradiki, bаnklаr ijtimoiy tаrmoqlаrgа, mobil

internetgа vа hаttoki, onlаyn o‘yinlаr e‘tiborini tortаdigаn yangi reklаmа

kаnаllаrini juda fаollik bilan rivojlаntirib bormoqdа.

Bank — tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi

faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va

jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan

tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to’lovlarni

amalga oshirish.

Banklar o’z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning

hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish;

omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti

bilan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar

berish.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-may kuni “2020–2025

yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish

strategiyasi to‘g‘risida” gifarmonga imzo chekdi. Farmon bilan tegishli strategiya

va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ham tasdiqlandi. Hujjat asosida

kelgusidagi 5 yil davomida bank sohasini o‘zgartirishning konseptual asoslari,

tamoyillari va yo‘nalishlari belgilab olindi. Unga ko‘ra, bank sohasida o‘rta

muddatli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

-

sektorni qayta qurish – banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish;

-

bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi standartlarini, moliyaviy

hisobotlarning xalqaro standartlarini va boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik

bazasini takomillashtirish;

background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

199

-

mijozlargayo‘naltirilganxizmatlar,kreditlashmexanizmlari va biznes

jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va

kengaytirish;

-

kadrlar malakasini oshirish.

Bаnk innovаtsiyalаri - yangi bаnk mаhsulot vа xizmаtlаrining yig‘indisi

sifаtidа mijozlаrgа foydа olishdа yordаm berаdigаn yangiliklаr kiritishni joriy

qilish orqаli resurslаr sаlohiyatini shаkllаntirish vа joylаshtirish uchun qulаy

shаrt-shаroitlаrni yarаtish jаrаyonidа qo‘shimchа dаromаd olishgа qаrаtilgаn

yangi texnologiyalаr sohаsidа bаnk fаoliyatining mаqsаdi vа nаtijаsi hаqidа

sintetik tushunchаdir.

Aksariyat global banklar raqamli yoki mobil shaklga o‘tishni qo‘llab –

quvvatlamoqda. Bugungi kunga kelib, banklar mijozlarining salmoqli qismini

online dunyoga to‘laqonli moslashgan va busiz hayotini tasavvur qilolmaydigan

yosh avlod tashkil etadi. Shunisi qiziqki, dunyo aholisining 90 foizini 30

yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishini hisobga olsak, bank xizmatlarini

raqamlashtirish banklar uchun hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.

1980-yillаr oxirlаriga kelib, Аngliyaning Nаtionаl Westminster Bаnk telefon

аloqаsi аsosidа mijozlаrgа mаsofаdаn turib xizmаt ko‘rsаtishning kаshfiyoti

amaliyotga joriy etilgan. 1995-yil “to‘g’ridаn-to‘g’ri bаnking” muvаffаqiyatlаri

dаstlаbki virtuаl bаnklаr pаydo bo‘lishigа olib keldi. Bаnklаrning аksаriyati

globаl tаrmoqdа o‘z sаytlаrigа egа, lekin ulаr аsosаn reklаmа vа аxborot berish

mаqsаdlаridа foydаlаnilаdi. Аyrim bаnklаr qimmаtli qog’ozlаr xаrid qilish vа

sotishgа tаlаbnomаlаr berish imkonini berаdigаn dаsturiy mаhsulot xаrid qildi,

internet orqаli bаnk hisob rаqаmlаrini boshqаrish tizimi – uy bаnkingini ishlаb

chiqdilаr. Bu tizim vаlyutаni konvertаsiya qilish, kommunаl xizmаtlаr uchun pul

to‘lаsh, pul o‘tkаzmаlаrini uydаn turib o‘tkаzishgа imkon berаdi.

Virtual bank xizmatlari bir onda bajariladigan va kamxarjliligi bilan

an‘anaviy banklardan alohida ajralib turadi. 24/7 formatda faoliyat olib boradigan

background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

200

raqamli banklar mijozlar potensialining kattagina qismini egallagan desak, aslo

adashmagan bo‘lamiz.

Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi banklar anchani tashkil etadi. Shuning

uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM oʻsishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.

Davlat banklarining raqamli transformatsiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning

muhim drayverlaridan biri boʻla oladi.

Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va

raqamli bank tizimida ishlashga o‘tishi bu – yangi axborot texnologiyalarini

rivojlanishi hamda butun dunyo raqamlashtirish poygasiga munosib javob

hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini

oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham birdek kamaytiradi. Boshqacha qilib

aytganda, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya

tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Shomurotova, S. X., Farmonova, S. B., Kamolova, N. I., & Movlonova,

S. A. (2020). Improving the Methodology of Teaching the role of metals in

Biochemical Processes using Pedagogical Texnologies.

Engineering a

Management Test

,

83

, 26638-26645.

2.

Norov, A. R. ., Haydarov, O. A. ., Saipnazarov, S. S. ., & Saidaxmedova,

A. M. . (2022). Mechanisms to Ensure the Stability of the National Currency in

the Republic of Uzbekistan.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

5

, 393-

400.

Retrieved

from

http://sjii.indexedresearch.org/index.php/sjii/article/view/157

3.

Sh. B. Formanova. (2021). Application of Pedagogical Technologies to

the Topics of the Metals Department.

Annals of the Romanian Society for Cell

Biology

,

5499–5509.

Retrieved

from

https://annalsofrscb.ro/index.php/journal/article/view/3118

background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

201

4.

Shoh-Jakhon Khamdamov, Anvar Saidmakhmudovich Usmanov,

Ogiloy Abdulazizova, Fakhriddin Isaev, Nodirbek Kholbaev, Samariddin

Makhmudov, and Sabina Kholbaeva. 2023. ECONOMETRIC MODELING OF

CENTRAL BANK REFINANCING RATE IN UZBEKISTAN. In Proceedings of

the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems

(ICFNDS '22). Association for Computing Machinery, New York, NY, USA, 253–

257.

https://doi.org/10.1145/3584202.3584239

5.

Bobonazarovna, Formanova S., and Nabiyev A. Abduhamidovich.

"Development of Mathematical Literacy in Chemistry Lessons."

European

Scholar Journal

, vol. 2, no. 3, 2021, pp. 97-99.

6.

Norov, A. (2020). ИҚТИСОДИЁТ РИВОЖИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА

ИНВЕСТИЦИОН КРЕДИТЛАШНИНГ МУҲИМ ОМИЛЛАРИ.

Архив

научных

исследований

,

1

(23).

извлечено

от

https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/2611

7.

Norov, A. (2020). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ИНВЕСТИЦИОН

КРЕДИТЛАШ

ФАОЛЛИГИНИНГ

КОРХОНАЛАР

ЭКСПОРТ

САЛОҲИЯТИНИ МУСТАҲКАМЛАШДАГИ РОЛИ.

Scientific Research

Archive

,

1

(26).

Retrieved

from

https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/2607

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Rustamov Eldor Baratovich, RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MASOFAVIY BANK XIZMAT TURLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI , Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari: Jild 3 № 1 (2025)

Rustamov Eldor Baratovich, IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI , Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari: Jild 3 № 1 (2025)

1 2 > >>