Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
197
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MASOFAVIY BANK XIZMAT
TURLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Rustamov Eldor Baratovich
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisii
Jahonda raqamli iqtisodiyot rivoji davrida bank xizmat turlarini zamonoviy
texnologiyalarni qoʻllash orqali koʻrsatishni tadqiq qilish kabi masalalarga e'tibor
kuchayib bormoqda. Bu sohada bank xizmat turlarini samarali boshqarishning
zamonaviy integrallashgan axborot tizimlarini joriy etish, tizim ma'lumotlarining
shaffofligi va himoyalanishini ta'minlash, raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini
qoʻllash hamda axborot tizimlarining oʻzaro axborot integrasiyasini samarali
ravishda amalga oshirish metodikasini takomillashtirish masalalari asosiy
tendensiyalardan hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarning keng
rivojlanishi tijorat banklari tomonidan xizmat turlarini axborot tizimlarini
takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.
Oxirgi yillarda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini
rivojlantirish, tijorat banklari xizmat turlarining yangi mexanizmlarini joriy etish
yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentning “Axborot
texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Farmon, 2018), “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Qaror, 2018), “2020 yil
– Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon qilinganligi hamda 2030 yilga
qadar “Raqamli Oʻzbekiston” konsepsiyasini ishlab chiqish belgilanganligi
(Mirziyoev, 2019) bu borada bank tizimi oldiga qator vazifalarni bajarishni
keltirib chiqaradi. Yuqoridagi konseptual gʻoyalardan kelib chiqqan holda,
mazkur maqola mavzusining dolzarb ekanligini asoslash mumkin.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
198
Bаnk sohаsi bu iqtisodiyotning yangi texnologiyalаr juda keng qo‘llаnаdigаn
sohаsidan biri hisoblаnаdi. Oxirgi vaqtlarda yangi kompyuter texnologiyalаri,
kredit kаrtаlаri vа pul-moliya bozoridа muhim innovаtsiyalаrni joriy etish dаvri
bo‘ldi. Tаdqiqotlаr shundan dalolat beradiki, bаnklаr ijtimoiy tаrmoqlаrgа, mobil
internetgа vа hаttoki, onlаyn o‘yinlаr e‘tiborini tortаdigаn yangi reklаmа
kаnаllаrini juda fаollik bilan rivojlаntirib bormoqdа.
Bank — tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi
faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va
jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan
tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to’lovlarni
amalga oshirish.
Banklar o’z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning
hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish;
omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti
bilan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar
berish.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-may kuni “2020–2025
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida” gifarmonga imzo chekdi. Farmon bilan tegishli strategiya
va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ham tasdiqlandi. Hujjat asosida
kelgusidagi 5 yil davomida bank sohasini o‘zgartirishning konseptual asoslari,
tamoyillari va yo‘nalishlari belgilab olindi. Unga ko‘ra, bank sohasida o‘rta
muddatli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
-
sektorni qayta qurish – banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish;
-
bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi standartlarini, moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlarini va boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik
bazasini takomillashtirish;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
199
-
mijozlargayo‘naltirilganxizmatlar,kreditlashmexanizmlari va biznes
jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va
kengaytirish;
-
kadrlar malakasini oshirish.
Bаnk innovаtsiyalаri - yangi bаnk mаhsulot vа xizmаtlаrining yig‘indisi
sifаtidа mijozlаrgа foydа olishdа yordаm berаdigаn yangiliklаr kiritishni joriy
qilish orqаli resurslаr sаlohiyatini shаkllаntirish vа joylаshtirish uchun qulаy
shаrt-shаroitlаrni yarаtish jаrаyonidа qo‘shimchа dаromаd olishgа qаrаtilgаn
yangi texnologiyalаr sohаsidа bаnk fаoliyatining mаqsаdi vа nаtijаsi hаqidа
sintetik tushunchаdir.
Aksariyat global banklar raqamli yoki mobil shaklga o‘tishni qo‘llab –
quvvatlamoqda. Bugungi kunga kelib, banklar mijozlarining salmoqli qismini
online dunyoga to‘laqonli moslashgan va busiz hayotini tasavvur qilolmaydigan
yosh avlod tashkil etadi. Shunisi qiziqki, dunyo aholisining 90 foizini 30
yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishini hisobga olsak, bank xizmatlarini
raqamlashtirish banklar uchun hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
1980-yillаr oxirlаriga kelib, Аngliyaning Nаtionаl Westminster Bаnk telefon
аloqаsi аsosidа mijozlаrgа mаsofаdаn turib xizmаt ko‘rsаtishning kаshfiyoti
amaliyotga joriy etilgan. 1995-yil “to‘g’ridаn-to‘g’ri bаnking” muvаffаqiyatlаri
dаstlаbki virtuаl bаnklаr pаydo bo‘lishigа olib keldi. Bаnklаrning аksаriyati
globаl tаrmoqdа o‘z sаytlаrigа egа, lekin ulаr аsosаn reklаmа vа аxborot berish
mаqsаdlаridа foydаlаnilаdi. Аyrim bаnklаr qimmаtli qog’ozlаr xаrid qilish vа
sotishgа tаlаbnomаlаr berish imkonini berаdigаn dаsturiy mаhsulot xаrid qildi,
internet orqаli bаnk hisob rаqаmlаrini boshqаrish tizimi – uy bаnkingini ishlаb
chiqdilаr. Bu tizim vаlyutаni konvertаsiya qilish, kommunаl xizmаtlаr uchun pul
to‘lаsh, pul o‘tkаzmаlаrini uydаn turib o‘tkаzishgа imkon berаdi.
Virtual bank xizmatlari bir onda bajariladigan va kamxarjliligi bilan
an‘anaviy banklardan alohida ajralib turadi. 24/7 formatda faoliyat olib boradigan
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
200
raqamli banklar mijozlar potensialining kattagina qismini egallagan desak, aslo
adashmagan bo‘lamiz.
Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi banklar anchani tashkil etadi. Shuning
uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM oʻsishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.
Davlat banklarining raqamli transformatsiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning
muhim drayverlaridan biri boʻla oladi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va
raqamli bank tizimida ishlashga o‘tishi bu – yangi axborot texnologiyalarini
rivojlanishi hamda butun dunyo raqamlashtirish poygasiga munosib javob
hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham birdek kamaytiradi. Boshqacha qilib
aytganda, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya
tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Shomurotova, S. X., Farmonova, S. B., Kamolova, N. I., & Movlonova,
S. A. (2020). Improving the Methodology of Teaching the role of metals in
Biochemical Processes using Pedagogical Texnologies.
Engineering a
Management Test
,
83
, 26638-26645.
2.
Norov, A. R. ., Haydarov, O. A. ., Saipnazarov, S. S. ., & Saidaxmedova,
A. M. . (2022). Mechanisms to Ensure the Stability of the National Currency in
the Republic of Uzbekistan.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
5
, 393-
400.
Retrieved
from
http://sjii.indexedresearch.org/index.php/sjii/article/view/157
3.
Sh. B. Formanova. (2021). Application of Pedagogical Technologies to
the Topics of the Metals Department.
Annals of the Romanian Society for Cell
Biology
,
5499–5509.
Retrieved
from
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
201
4.
Shoh-Jakhon Khamdamov, Anvar Saidmakhmudovich Usmanov,
Ogiloy Abdulazizova, Fakhriddin Isaev, Nodirbek Kholbaev, Samariddin
Makhmudov, and Sabina Kholbaeva. 2023. ECONOMETRIC MODELING OF
CENTRAL BANK REFINANCING RATE IN UZBEKISTAN. In Proceedings of
the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems
(ICFNDS '22). Association for Computing Machinery, New York, NY, USA, 253–
257.
https://doi.org/10.1145/3584202.3584239
5.
Bobonazarovna, Formanova S., and Nabiyev A. Abduhamidovich.
"Development of Mathematical Literacy in Chemistry Lessons."
European
Scholar Journal
, vol. 2, no. 3, 2021, pp. 97-99.
6.
Norov, A. (2020). ИҚТИСОДИЁТ РИВОЖИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА
ИНВЕСТИЦИОН КРЕДИТЛАШНИНГ МУҲИМ ОМИЛЛАРИ.
Архив
научных
исследований
,
1
(23).
извлечено
от
https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/2611
7.
Norov, A. (2020). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ИНВЕСТИЦИОН
КРЕДИТЛАШ
ФАОЛЛИГИНИНГ
КОРХОНАЛАР
ЭКСПОРТ
САЛОҲИЯТИНИ МУСТАҲКАМЛАШДАГИ РОЛИ.
Scientific Research
Archive
,
1
(26).
Retrieved
from
https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/2607