J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
4
MILLIY XAVFSIZLIK MUAMMOLARINING TIZIMLI
TAHLILI VA PROGNOZLASHTIRISH
Kamolova Sevara Azmiddin qizi
Bukhara State University
1st-year student of the Faculty of History and Law
sevarakamolova1411@gmail.com
Annotatsiya
: Milliy xavfsizlik davlat barqarorligi va suverenitetini
ta’minlashning muhim omillaridan biri bo‘lib, uning samarali boshqaruvi kompleks
yondashuvni talab qiladi. Maqolada milliy xavfsizlikning huquqiy asoslari, tizimli
tahlil tamoyillari va prognozlash yo‘nalishlari yoritiladi.
Kalit so'zlar
: xavfsizlik, tahlil, prognozlashtirish, barqarorlik, siyosat.
Annotation
: National security is one of the key factors in ensuring state
stability and sovereignty, requiring a comprehensive approach to its effective
management. This article explores the legal foundations of national security,
principles of systematic analysis, and forecasting directions.
Keywords
: security, analysis, forecasting, stability, policy.
Аннотация
: Национальная безопасность является одним из ключевых
факторов обеспечения стабильности и суверенитета государства, требующим
комплексного
подхода
к
эффективному
управлению.
В
статье
рассматриваются правовые основы национальной безопасности, принципы
системного анализа и направления прогнозирования.
Ключевые слова
: безопасность, анализ, прогнозирование, стабильность,
политика.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
5
Milliy xavfsizlik davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
barqarorligini ta’minlashning asosiy shartidir. Globallashuv
jarayonida xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar murakkablashib, yangi
xavf-xatarlar yuzaga kelmoqda. Islom Karimovning "
O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari"
asarida "xavfsizlik", "barqarorlik" va "sobitqadam rivojlanish"
tushunchalari mamlakat rivojining asosiy omillari sifatida e’tirof etilgan[1]. Shu
sababli, O‘zbekiston mustaqillik davridan boshlab xavfsizlik va barqarorlikni
ta’minlash bo‘yicha izchil siyosat olib bormoqda.
Milliy xavfsizlik har qanday davlat uchun ustuvor vazifa bo‘lib, uning huquqiy
asoslari
Konstitutsiya,
maxsus
qonunlar
va
xalqaro
hujjatlar
bilan
mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida
milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy normalar belgilangan.
XXVII bob
"Mudofaa va xavfsizlik"
mustaqillik, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha davlat majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.
18-modda
tashqi siyosatda
mustaqillik
va
tinchliksevarlik
tamoyillarini,
22-modda
fuqarolarning
himoyalanganligini,
152-modda
Qurolli Kuchlarning milliy xavfsizlikni
ta’minlashdagi rolini belgilaydi[2]. 1996-yilda qabul qilingan
"Milliy xavfsizlik
to‘g‘risida"gi Qonun
esa xavfsizlik tamoyillari, davlat organlarining vakolatlari va
tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlarini belgilaydi. 2001-yilgi
"Mudofaa
to‘g‘risida"gi Qonun
harbiy xavfsizlik, Qurolli Kuchlarning vazifalari va
chegaralarni himoya qilish tartibini o‘z ichiga oladi. 2000-yilda qabul qilingan
"Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonun
esa ekstremistik tashkilotlar
faoliyatini cheklash va xalqaro hamkorlik asosida xavfsizlikni mustahkamlashga
qaratilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan xavfsizlik sohasida faol
hamkorlik qilib, turli xalqaro tashkilotlar doirasida majburiyatlarni bajaradi.
BMT
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
6
xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurash va
tinchlikni mustahkamlashda ishtirok etadi.
Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti
Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ekstremizm
va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
mintaqaviy xavfsizlik va mudofaa sohasida
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Yevropada
Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkiloti
inson huquqlari, demokratik tamoyillar va xavfsizlikni mustahkamlash
bo‘yicha hamkorlik olib boradi.
Xalqaro hamkorlik milliy xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynab,
tahdidlarga qarshi samarali choralar ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan birga,
xavfsizlik muammolarini chuqur tushunish va ularning yechimini topish uchun
tizimli tahlil yondashuvi zarur bo‘lib, u tahdidlarning sabab-oqibat aloqalarini
aniqlash va strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
Komplekslik tamoyili
xavfsizlikni harbiy, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy jihatlar kesimida baholashni talab
etadi. Iqtisodiy beqarorlik ijtimoiy norozilikni keltirib chiqarib, siyosiy
barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Shu sababli, milliy xavfsizlik strategiyasi
barcha omillarni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilishga asoslanishi lozim.
Sabab-oqibat
tahlili
muammolarning asosiy ildizlarini aniqlashga qaratilgan. Masalan, terrorizm
va ekstremizmga qarshi kurash faqat jinoiy choralar bilan cheklanishi mumkin emas,
balki ularning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini bartaraf etish ham muhimdir.
Dinamik
tahlil
xavfsizlik tahdidlarining vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanishini o‘rganishga
qaratilgan. Geosiyosiy keskinliklar, iqtisodiy o‘zgarishlar va texnologik rivojlanish
xavfsizlik sohasida yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli,
milliy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqishda nafaqat hozirgi vaziyat, balki
kelajakdagi tahdidlar ham inobatga olinishi lozim.
Prognostik tahlil
xavfsizlik
tahdidlarini oldindan bashorat qilish va ularga qarshi choralar ko‘rishni o‘z ichiga
oladi. Masalan, global iqtisodiy inqiroz yoki kiberxavfsizlik muammolarini oldindan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
7
baholash orqali davlat profilaktik choralarni ishlab chiqishi mumkin.
Institutsional yondashuv
esa milliy xavfsizlikni ta’minlashda
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining rolini
o‘rganishga asoslanadi. Xavfsizlikni mustahkamlash uchun davlat
idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari va xalqaro hamkorlik tizimlari o‘rtasida
muvofiqlikni ta’minlash zarur.
"Faqat ana shunday tizimli yondashuv biz uchun
milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona, muvofiqlashtirilgan va izchil
strategiyani ishlab chiqish, mavjud resurs va mablag‘larni ustuvor
maqsadlarga yo‘naltirish, ularni behuda sarflamaslik, ikkinchi darajali
vazifalarga chalg‘ib ketmaslik imkonini beradi",
- deya ta’kidlagan davlatimiz
rahbari[3].
Prognozlashtirish milliy xavfsizlikda muhim rol o'ynab, mintaqada ishlab
chiqarish darajasidagi tarixiy o‘zgarishlarni baholash va kelajakda mintaqa
iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy omillarni aniqlashga asoslanadi. U milliy
xavfsizlik siyosatining muhim qismi bo‘lib, kelajakdagi tahdidlarni oldindan
aniqlash va ularga qarshi strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
Geosiyosiy
prognoz
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni va potensial mojarolarni baholashga
qaratilgan bo‘lsa,
iqtisodiy prognoz
global va mahalliy iqtisodiy jarayonlarning
xavfsizlikka ta’sirini oldindan aniqlashga xizmat qiladi.
Texnologik prognoz
esa
sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalarning milliy xavfsizlikka
ta’sirini o‘rganishga asoslanadi. Prognozlash usullari orasida
ssenariy tahlili,
tendensiyalarni baholash
va
risklarni tahlil qilish
kabi metodlar qo‘llaniladi, bu
esa xavflarga reaktiv emas, balki oldindan tayyorgarlik asosida javob berish
imkoniyatini yaratadi. Agar prognozlashtirish amalga oshirilmasa, davlat
kutilmagan tahdidlarga tayyor bo‘lmaydi va xavfsizlikni ta’minlashda kechikishi
mumkin. Masalan, 2017-yilda O‘zbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish
natijasida milliy valyuta keskin qadrsizlanib, tadbirkorlarning kredit majburiyatlari
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
8
bir necha barobar ortdi. Bu esa prognozlashtirishning yetarli
darajada olib borilmagani oqibatida iqtisodiy islohotlar kutilmagan
muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi[4]. Shu
sababli milliy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun
har qanday siyosiy va iqtisodiy qarorlarni amalga oshirishdan oldin chuqur tahlil va
prognozlashtirish olib borish muhim ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan, Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy xavfsizlik uzluksiz
jarayon bo‘lib, unga ta’sir etuvchi omillar murakkab va ko‘p qirrali. Xavfsizlikni
ta’minlashda bir nechta muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, har
qanday tahdid global barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchidan,
mintaqaviy mojarolar, jangari separatizm va ichki beqarorlik xavf tug‘dirayotgani
kuzatilmoqda. Uchinchidan, O‘zbekiston kollektiv xavfsizlik tizimi izchil
shakllanmagan mintaqada joylashgani sababli tahdidlar murakkablashmoqda.
To‘rtinchidan, mintaqaviy nizolar terrorizm, narkotrafik va qurol-yarog‘
kontrabandasini kuchaytirib, chegaralar oshib ketayotgan xavfga aylanmoqda.
Beshinchidan, har bir davlat milliy manfaatlariga mos mustaqil xavfsizlik siyosatini
yuritishi lozim. Oltinchidan, ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari
mintaqaviy barqarorlikka tahdid tug‘dirishi mumkin[5].
O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga asoslangan
xavfsizlik siyosatini yuritib, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ichki va
tashqi tahdidlarga qarshi geosiyosiy tahlil, iqtisodiy monitoring va axborot
xavfsizligi choralaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, xalqaro maydonda BMT,
SHHT va MDH doirasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlik amalga
oshirilmoqda.
"Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash
bugun ham, kelajakda ham eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Chunki
faqatgina
tinchlik-osoyishtalik
mamlakatimizning
har
tomonlama
rivojlanishining asosiy kafolatidir"
, — deya ta’kidlagan Prezident. Shu bois,
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series B 2025
9
milliy manfaatlarni himoya qilish va tahdidlarni oldindan
prognozlash xavfsizlik strategiyasining asosiy yo‘nalishi bo‘lib
qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 14-
bet.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi, 2023.
3. Mirziyoyev Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi//
prezident.uz, 2017-yil 13-yanvar
4. Qurbonboyev F. "Valyuta bozori liberallashdi. Navbat soliq islohotiga." –
Daryo gazetasi, 2017-yil 12-oktyabr.
5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 10-
14-bet.
6. Mirziyoyev Sh.M. Xavfsizlik kengashining yig‘ilishidagi nutqidan – Daryo
gazetasi, 2022-yil 13-yanvar.
