JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
12
12
O‘ZBEK ESTRADA SAN’ATI RIVOJIDA
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATINING O‘RNI
Jasmina Mahammadjonova
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
“O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi
“Musiqashunoslik” ta’lim yo‘nalishi II bosqich talabasi
Ilmiy rahbar
: Xumoyun Xaydarov
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
“O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri v.b.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada so‘z va ohangning uyg‘unligi, estrada san‘atining
O‘zbekistonga kirib kelishi, tarixiy bosqichlari, hamda ushbu jarayonda xalqimiz qalbidan
o‘zining unitilmas she’rlari bilan o‘rin olgan shoir Muhammad Yusuf ijoding o‘zbek estrada
san’atidagi o‘rni xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
milliy, estrada, aranjirofka, she’r, so‘z, ohang, maqom, g‘azal, san’at,
kuy, pop, rok, rep.
“Ohang – bu harakatdagi tuyg‘u, so‘z esa, fikrning belgisi. Musiqa ana shu ikkisining
uyg‘unligidan tug‘iladi”
B.V.Asafyev
She’r, kuy alohida mustaqil rivojlangan ijod turi. Ashula va qo‘shiqda ushbu ijod
mahsuli birlashib uyg‘un ifoda vositasiga aylanadi. Bizga ma’lumki musiqa san’ati ikki
asosiy yo‘nalish: cholg‘u va vokal qismlariga bo‘linadi. Vokal musiqa rivoji uchun mavzuga
mos qiyosiy she’r yoki g‘azalga mos ravishda tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Kuy, ohang - inson ruhidagi ilohiy kayfiyat ifodasi. Musiqiy asarning g‘oyasi,
tasavvuri dastlab xayolda, so‘ngra ijro tufayli sadolanish yo‘li bilan jonlanadi, muayyan kuy
shakliga aylanadi. Ohang sadosining umri juda qisqa: paydo bo‘lishi bilanoq bir zumda
nazardan qochadi, g‘oyib bo‘ladi. Birlamchi zarb va ohang zarrachalaridan butun boshli kuy
paydo bo‘ladi. Demak, musiqa shunchaki tovushlar emas, aksincha, parda va usullarning
muvofiqlashtirilgan tizimidir. Eng muhimi, kuy-bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan
ma’no. Ma’nosiz tovush esa shovqin-surondan bo‘lak narsa emas.[6. 14-15].
Tabiiyki, so‘z va ohang uyg‘unligi - bu she‘r matnining va musiqa ohangining bir-birini
to‘ldirishidir. Musiqa san’atida bu uyg‘unlik juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek
musiqa merosiga kiruvchi mumtoz maqom, milliy estrada, ashula va baxshichilik san’atida
so‘z va ohang uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston musiqa madaniyati ko‘p yillik tarixga ega bo‘lib, uning hozirgi kundagi
yo‘nalishlari va janrlari kengayib bormoqda. Estrada san’atining asoschilari Botir Zokirov va
Enmark Salihovlardir. Asosan, o‘zbek radiosi va kinofilmlarda xalq kuylarini zamonaviy
asboblar bilan aranjirofka qilish ishlari olib borildi. 1960 -1980 yillarga kelib, estrada san’ati
mustaqil bir janr sifatida shakillana boshladi. Bu yillarda Botir Zokirov, Farruh Zokirov,
Ikrom Akbarov kabi kompozitorlar xalq kuylarini estrada talqinida kuylashga harakat qildilar.
Yangidan - yangi guruhlar, solistlar sahnaga chiqdi: “Yalla”, “Navo”, “Bolalar”, “Anor” kabi
guruhlar o‘z faoliyatini boshladi. [8.540]
Dastlab o‘zbek estrada musiqasi o‘zining milliy musiqa elementlari orqali ajralib turadi,
biroq qo‘shiqlarda rus, ukrain va boshqa xalqlar musiqasining ta’siri xam sezilarli darajada
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
13
13
edi. Mustaqillik yillaridan boshlab estrada san’ati kundan- kunga tobora rivojlanib, o‘z
muhlislari sonini ko‘paytirib bormoqda. Hozirgi kunga kelib estrada san’atida yaratilayotgan
musiqa na’munalari ko‘plab tinglovchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bugungi kundagi bayram
tantanalari, radio va televedeniya orqali ijro etilayotgan zamonaviy estrada qo‘shiqlari
yoshlarni va turli yoshdagi millionlab san’at ihlosmandlarini ko‘nglidan joy egallamoqda.
Yangi musiqiy uslublar va janrlar paydo bo‘ldi. Bular: pop, rok, rep kabi boshqa zamonaviy
yo‘nalishlardir.
San’at va adabiyot sohasida musiqiy asarlar va she‘riyat o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud.
Ayniqsa, qo‘shiqchilar va shoirlar o‘rtasidagi hamkorlik yillar davomida xalqning ruhiy
dunyosini boyitib kelmoqda. Shoirlar tomonidan yozilgan she’rlar, qo‘shiqchilarga ilhom
bag‘ishlaydi. Qo‘shiqchilar esa bu she‘rlarni ovoz, musiqa va ijro orqali jonlantirib xalq
orasida tarqalishiga yordam beradi. Bunday hamkorlik nafaqat san’atkorlarning o‘sishiga,
balki milliy madaniyatning rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi. Ko‘plab mashhur
qo‘shiqchilar o‘z asarlarida Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi
shoirlarning she’rlaridan foydalanib, san’atkorlar tomonidan ijro etilib xalq qalbida chuqur
iz qoldirgan. Shoir va qo‘shiqchi o‘rtasidagi hamkorlik san’atning rivojlanishida muhim
ahamiyatni kasb etadi. Qo‘shiqchilar ham shoirlarga yordam berishi mumkin. Yangi
qo‘shiqlar ostida yangi she’rlar ham tug‘iladi, yangi mavzular ochib beriladi.
Eng quvonarlisi shundaki, bugungi kunlarda estrada qo‘shiqlarida klassik shoirlarning
satrlariga ham murojat qilinmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad
Boburning ga‘zallaridan olingan baytlar zamonaviy musiqa bilan boyitilib yangicha uslubda
ijro qilinmoqda.
Masalan, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, Ozodbek Nazarbekov, Munojot
Yo‘lchiyeva, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon kabi san‘atkorlar o‘z repertuarlarida
klassik adabiyotga murojat qilganlar.
O‘zbekistonga estrada yo‘nalishi kirib kelgandan so‘ng soha rivoji uchun ko‘plab
asarlar ijodkorlar tomonidan yozildi. Shoirlarning ko‘plab she‘r va g‘azallari kuyga solinib
xalq e’tiboriga havola qilindi. Asarlari qo‘shiq bo‘lib tinglovchilarning qalbiga yetib borgan
ana shunday ijodkorlardan biri Muhammad Yusufdir.
O‘zining she’rlari bilan xalqning yuragidan joy olgan shoir Muhammad Yusuf 1954-
yilning 26-aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan. U nafaqat shoir, balki xalq yuragini
tushunadigan, ifoda eta oladigan iste’dodli ijodkor edi. Muhammad Yusuf she’riyatining eng
muhim jihati shundaki u asosan barcha she’rlarida xalqning dardini ochib bergani bois o‘zbek
xalqining yuragidan bugungi kunga qadar chuqur joy egallab kelmoqda. Uning ijodi asosan
Vatanga muhabbat, ona tilini arqoqlash kabi mavzularni tasvirlaydi. Vatan haqida she’rlarida
esa u nafaqat geografik hudud, balki har bir insonning onasi sifatida tasvirlaydi. Muhammad
Yusufning ko‘plab she’rlarini O‘zbekistonda ko‘plab san’atkorlar tomonida kuyga solinib
xalqimiz orasida mashhur qo‘shiqlarga aylangan. Quyidagi jadvalda ushbu san‘atkorlar va
ularning ijrosidagi Muhammad Yusuf she‘rlari asosida yaratilgan ayrim qo‘shiqlar
keltirilgan.
Muhriddin Xoliqov
“Qizg‘aldoqim ”, “Yonimda qol”, “Ketar bo‘ldim”, “ Ay
yuzingni bir ko‘rmadim”
Yulduz Usmonova
“Biz sizni hech kimga bermaymiz O‘zbekiston”, “Ona”.
Sherali Jo‘rayev
“Ona tilim”, “O‘zbekiston”, “Keldi bahor”
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
14
14
Munojot Yo‘lchiyeva
O‘zingdan ketma
Ozodbek Nazarbekov
“O‘zingdan ketma”, “Ko‘p yashagin O‘zbekistonim”,
“Lola”
Shohruhxon
O‘zingdan ketma
Nilufar Usmonova
“Onam ”
Sevara Nazarxon
“Ulug‘imsan Vatanim”
Gulshanoy Jo‘rayeva
O‘zbek qizlari
Mahmudjon Azimov
Samarqand
Nuriddin Xaydarov
“Yur muhabbat”
Anvar Sanayev
“Jufti halolim”
Ushbu qo‘shiqlar orqali Muhammad Yusuf she’rlari keng ommaga yetib bordi, o‘zbek
estrada san‘atida va sheriyatda o‘chmas iz qoldirdi.
Yulduz Usmonovaning
“Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston”
qo‘shig‘i
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yaratilgan va xalqimizning Vatanga bo‘lgan cheksiz
muhabbatini ifoda etuvchi muhim asarlardan biridir. Ushbu qo‘shiq matni O‘zbekiston xalq
shoiri Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan bo‘lib, unda Vatanga sadoqat va uni asrab-
avaylash g‘oyalari aks etgan.
Qo‘shiq quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Oq yorgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni.
Bu misralarda O‘zbekiston ona sifatida tasvirlanib, xalqini mehr bilan tarbiyalaganligi
ta’kidlanadi. Keyingi satrlarda esa Vatanga bo‘lgan sadoqat va uni himoya qilishga tayyorlik
ifodalanadi:
Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Bu yerda “adoying bo‘lgaymiz” iborasi xalqning Vatanga fidoyiligi va sadoqatini
bildiradi. Qo‘shiq davomida Alpomish kabi xalq qahramonlari tilga olinadi, ularning jasorati
haqida misralar keltiriladi:
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga.
Ushbu qo‘shiq mustaqillik yillarida yaratilgan bo‘lib, tez orada xalq orasida
mashhurlikka erishdi va asosiy bayramlarimiz madhiyasiga aylandi. Qo‘shiqning matni va
musiqasi uyg‘unligi, uning jo‘shqin va ruhlantiruvchi ohangi tinglovchilarga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Qo‘shiqning 4/4 o‘lchoviga mos keladi. Har 2 va 4 bo‘gindan keyin kuchli urg‘u
tushadi. Bu holat marshga o‘xshash harakat uyg‘otadi. Ohang major tonalligini beradi - bu
esa xursandchilik hisini beradi.Muhammad Yusufning “O‘zbekiston” she‘ri o‘zi ham
vatanparlik ruhi bilna boyitilgan, ammo Yulduz Usmonovaning uni kuylashi ushbu asarni
milliy timsollardan biriga aylantiradi. Agar boshqa san’atkor uni oddiyroq, hissiy kuchsiz
tarzda kuylanganida u balkim she‘r sifatida qadrli bo‘lib qolgan bo‘lardi, lekin xalq orasida
tarqalmagan bo‘lardi. Yulduz Usmonovaning jo‘shqin ijrosi, kuchli vokali, she’rni milliy ruhi
bilan uyg‘unlashtirdi. Yulduz Usmonova nafaqat sahnaga chiqib ashula aytadi, balkim xalqga
murojat qilishi bilan insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Yulduz Usmonovaning bu ijrosidan
she‘rdan ajoyib bir musiqaga aylangan. San‘atdan xalqning yuragiga aylangan aynan shuning
uchun ham bu qo‘shiq hali- hanuz sahnalarda yangraydi, xalqning yuragida yashaydi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
15
15
Muhammad Yusuf she’rni har bir zarbi, urg‘u, intonatysiyasiga e‘tibor berganligi uchun
bularning barchasi she‘rga hayot, ovoz va ohang berdi.
Orkestrda qatnashgan cholg ‘ular yanada qo‘shiqni milliy ohanglar bilan boyitadi.
Orkestrda quyidagi cholg‘ular qatnashadi: Orkestradagi cholg‘ular o‘zbek ohangiga hos
bezak sifatida ishlatilgan. (Qo‘shiqni tinglash orqali uning chuqur ma’nosini yanada his qilish
mumkin).
Shoirning yana bir she‘ri Ulug‘imsan Vatanim shoirning Vatanga bo‘lgan muhabbatini,
faxrini va sadoqatini ifoda etgan she‘rlaridab biridir. Muhammad Yusuf bu she’rda o‘zini
Vatanni bir bo‘lagi deb hisoblaydi. U Vatan bilan birga nafas olayotganday, birga
yashayotganday tuyuladi. She’rda g‘urur, mehr, faxr va sadoqat kabi tuyg‘ular ustuvor
turadi. Shoir Vatan haqida gapirganda, u faqat yurtini emas, o‘zining jonini, yuragini ovozini
ifodalaydi. Muhammad Yusufning she‘ri orqali Vatanga xizmat qilish, uni sevish-har bir
insonning muqaddas burchi ekanligini so‘zlari orqali ifodalaydi
Barmoq vaznida:
Ulug‘imsan, Vatanim
u-lu-g‘im-san(4)+va-ta-nim (3)= 7 bo‘g‘in
Ko‘ksimda baxtim, g‘anim
ko‘k-sim-da (3 )+ bax-tim (2)+ g‘a-nim(2)= 7 bo‘g‘in
Sen bilan bo‘g‘liq taqdirim
sen(1)+ bi-lan(2)+ bog‘+ liq(2 )+taq-di-rim(3 )= 8 bo‘g‘in
Sen bilan bo‘g‘liq nafasim
sen(1)+ bi-lan(2)+ bog‘+ liq(2 )+na-fa-sim(3 )= 8 bo‘g‘in
Aralash barmoq vaznida yozilgan 7 va 8 bo‘g‘inli she‘r an‘anaviy qat‘iy bir vaznga
asoslanmagan, lekin ritmik va ohangdorligi saqlanib qolgan. Sevara Nazarxonning ovozi
tinch, ammo nozik intonatsiya orqali tinglovchi she’r mazmuniga yanada e’ tibor beradi. Ijro
davomida milliy she’rga zamonaviy musiqa elementlari qo‘shilgani bilan ajralib turadi.
Sevara Nazarxon ijrosida davomida ritm va temp o‘zgarishi seziladi. Aslida Muhammad
Yusufning “Ulug ‘imsan Vatanim” she’ri xalqning yuragini zabt etgan vatanparvarlik timsoli
bo‘lgan. Sevara Nazarxon ijrosida ushbu she’r musiqaning zamonaviy ohanglari orqali ifoda
etilgan. Ijro davomida improvizatsiya elementlari ham sezilgan. (Ilova 2)
Xalqimizning boy madaniy merosida san’atkorlar va shoirlar o‘rtasidagi ijodiy
hamkorlik muhim o‘rin egallagan. Shu hamkorlik orqali ko‘plab unutilmas qo‘shiqlar
bastalangan. Bugungi kunga kelib bu an’ana asta-sekin yo‘qolib ketmoqda. Zamonaviy
san‘atkorlarning aksariyat qismi badiiylikdan yiroq so‘zlardan foydalanishi, shoirlar bilan
hamkorlik qilmasliklari san‘atning sayozlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan san‘at va
adabiyot o‘rtasidagi aloqani tiklash, bugungi kun san‘ati oldida turgan vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Umarov M- Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi- T. 2009.
2.
O‘zbek musiqasi tarixi- T. 1981.
3.
Ibragimov O- O‘zbek musiqa ijodi
4.
Mannopov C.” Navobaxsh ohanglar” T. 1996.
5.
Wikipediya ma‘lumotlari
6.
O.Matyoqubov “ Maqomot” “Musiqa nashiyoti” T. 2004.
7.
Muhammad Yusuf “Sukunat tug‘yonlari” T. 22-son.
8.
Oriental Renaissance: Innovatie, educational, natural and social sciences Scientific
Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor