Authors

  • Mahammadjonova Jasmina
  • Xumoyun Xaydarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114206

Keywords:

Kalit so‘zlar: sharq maktabi folklor shashmaqom kompozitor

Abstract

‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san‘atshunoslik fanlari doktori, musiqa etnografi, folklorshunos olim, istedodli kompozitor Viktor Aleksandrovich Uspenskiy ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX- asr o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. Viktor Uspenskiy 1879-yilning 31 avgustida Rossiyaning Kaluga shaxrida tavallud topdi. Bolaligidan rus va Garbiy Ovrupo klassik kompozitorlari, o‘zbek va qirg‘iz xalq musiqasi ijodi bilan qiziqadi. Kompozitor bolaligidan juda istedodli bo‘ladi. Musiqaga endi qiziqib yurgan payti ota-onasi kompozitorni sozanda bo‘lishiga qarshilik qiladi, va uni Orenburg harbiy maktabida o‘qitishadi. Bu harbiy maktabda intizom qattiq bo‘lishiga qaramay USpenskiy musiqa bilan doim shug‘ullanib turardi. Damli harbiy orkestrda galikon cholg ‘usini kontrabas va arfa cholg‘ularini chaladi.  1898- yilda bu harbiy maktabni tamomlaydi konservatoriyaga topshirishga harakat qiladi. 1908- yilda Sankt- Peterburg  konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‘qishga kiradi. Lekin sog‘ligi ko‘tarmaganligi sababli o‘qishni davom ettirolmaydi. Davolanish uchun Shvetsariyaning  Davos  Va Germaniyaning Leypsig shaharlariga jo‘nab ketadi. Joni azoblanayotgan kompozitor musiqani shu xolatida ham tashlab qo‘ymaydi, vaqtinchalik  Leypsig konservatoriyasida erkin tinglovchi sifatida saboq oladi. Sog‘lig‘ini tiklab Peterburg konservatoriyasiga qaytadi 1913 yilda bitirib “erkin san‘atkor ” diplomiga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tib 1 – jahon urishi uni ijod qilishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

3

3

KOMPOZITOR VIKTOR USPENSKIYNI O’ZIGA ROM QILGAN SHARQ

Mahammadjonova Jasmina

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san‘at instituti

2- bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Xumoyun Xaydarov

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san‘at instituti

katta o‘qituvchisi

Kalit so‘zlar:

sharq maktabi, folklor, shashmaqom, kompozitor,


O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san‘atshunoslik fanlari doktori, musiqa

etnografi, folklorshunos olim, istedodli kompozitor Viktor Aleksandrovich Uspenskiy
ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX- asr o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.
Viktor Uspenskiy 1879-yilning 31 avgustida Rossiyaning Kaluga shaxrida tavallud
topdi. Bolaligidan rus va Garbiy Ovrupo klassik kompozitorlari, o‘zbek va qirg‘iz xalq
musiqasi ijodi bilan qiziqadi. Kompozitor bolaligidan juda istedodli bo‘ladi. Musiqaga
endi qiziqib yurgan payti ota-onasi kompozitorni sozanda bo‘lishiga qarshilik qiladi,
va uni Orenburg harbiy maktabida o‘qitishadi. Bu harbiy maktabda intizom qattiq
bo‘lishiga qaramay USpenskiy musiqa bilan doim shug‘ullanib turardi. Damli harbiy
orkestrda galikon cholg ‘usini kontrabas va arfa cholg‘ularini chaladi. 1898- yilda bu
harbiy maktabni tamomlaydi konservatoriyaga topshirishga harakat qiladi. 1908- yilda
Sankt- Peterburg konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‘qishga kiradi.
Lekin sog‘ligi ko‘tarmaganligi sababli o‘qishni davom ettirolmaydi. Davolanish uchun
Shvetsariyaning Davos Va Germaniyaning Leypsig shaharlariga jo‘nab ketadi. Joni
azoblanayotgan kompozitor musiqani shu xolatida ham tashlab qo‘ymaydi,
vaqtinchalik Leypsig konservatoriyasida erkin tinglovchi sifatida saboq oladi.
Sog‘lig‘ini tiklab Peterburg konservatoriyasiga qaytadi 1913 yilda bitirib “erkin
san‘atkor ” diplomiga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tib 1 – jahon urishi uni ijod qilishiga
salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Uspenskiy ijod qilar ekan ulug‘ rus kompozitorlaridan Glinka,
Musorgskiy, Rimskiy- Korsakov va Borodin partituralarini diqqat bilan kuzatib
o‘rganar edi. Uning asarlarida Sharqning tabiat manzaralari, yoqimli poeziyasi va
oxangdor musiqasi,baddiy obraz topganini ko‘rishimiz mumkin. Kompozitor
“Ruslan”, “Shaxrizoda ”, “Antar”, Knyaz Igor” asarlarini musiqasidan ta‘sirlanib va
o’z tassurotlaridan ilhomlanib bir nechta asar yaratadi. Kompozitor Glinka, Borodin,
Rimskiy- Korsakov partituralarini o‘rganish vaqtida butun klassik kompozitorlarning
asarlarida u sharq mavzusini uslub va usullari bilan tasvirlanganini , Yevropa
musiqasidan farq qilishini baddiy obrazlar yaratilganligini ko‘radi.

1917- yil 20 – sentyabrda “ Mahalliy xalq qo‘shiqlarini ” to ‘plash va xalq


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

4

4

musiqasini o’rganish uchun Toshkentga keladi. O‘sha vaqtlarda o‘zbek xalq ijodini to
‘plash bilan nom chiqargan Ye. Romanovskaya Shunday fikr aytadi, Orta Osiyo
xalqlarining musiqasiga ilmiy nuqtayi nazar bilan qarashdan ko‘ra ko‘proq oddiy
havaskorlar Nazari bilan qaraganlar. Shuning uchun yosh kompozitor O‘zbek xalq
qo‘shiqlarini to ‘plashga qiziqadi. Toshkentga kelib Turkiston xalqlari musiqasi bilan
tanishadi va shunday xulosaga keladi Turkiston xalqlari musiqasi juda boy ekanligini
tushunib yetadi. Shuning uchun ham folkloristikaga murojat qiladi va umroning
oxirigacha bu faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi. MArosim qo‘shiqlari,
mavsumiy qo‘shiqlar bilan ham qiziqadi.Viktor Uspenskiy Toshkentdagi amaliy va O
‘rta Osiyodagi amaliy ishini 1918 yilda Sharq Konservatoriyasini ochilishi bilan
boshlaydi. O‘zbek aholisini professional musiqasiga tortish maqsadida Xalq
konservatoriyasini bo ‘limini ochadi, va ushbu maktabda o‘zi rahbarlik qiladi.
Konservatoriyada faoliyat olib borayotgan payitda Chormaqomdan yaxshi xabari bor
Shorahim Shoimarov bilan tanishadi. Shorahim Shoumarov bilan do‘stlashib
chormaqomdan ancha qismini yozib oladi Viktor Uspenskiy O‘rta OSiyodagi musiqa
folklorining plani va Muntazam o‘rganilishi uchun bitta markaz bo ‘lishi kerak degan
fikrni ilgari suradi. 1920 yil 28 aprelda ushbu markaz tashkil qilanadi va rahbar bo‘lib
Viktor Uspenskiy o‘zi boshqaradi. Ushbu markaz tashkil qilinishida Mironov ham
aktiv qatnashadi. Shu davrdan boshlab musiqa folklorini toplash ishlari boshlanadi.
Kompozitor shu davrda maqomlarni yozib olishga qo‘l urdi. Turkman va qozoq
ashulalri bilan ham qiziqadi. Viktor Uspenskiyning musiqa folklor sohasidagi ishlari
yil sayin tobora kengayib, ko‘pchilikka ma’lum-mashhur bo‘la boshladi. Viktor
Uspenskiy Buxoro Shashmaqomlarini yozib olish ishlariga juda katta masuliyat bilan
yondashgan bo‘lsada, ayrim joylorda nuqsonlarga duch kelamiz, chunki kompozitor
maqomlarni hammasini xofizlarni og‘zidan emas balki tanburda chalinishida yozib
olgan. Uspenskiyning yana bir muhim kamchiligi bo‘lgan, u faqat maqomlarning
musiqasini yozib olgan so’zlariga ya‘ni adabiy she’riy mazmunini yozmay qoldirgan.
Uspenskiy maqomlarni shunday nomlagan :

Iroq.

Rost

Dugoh

Navo

Buzruk

Segoh

Uspenskiy tomonidan yozib olingan Shashmaqom N.N.Mironov tahriri ostida

bosilib chiqdi. Maqomlarning bosilib chiqishi faqat o‘zbek madaniyatiga emas balki
sovet musiqa etnografiya faniga ham juda katta hizmat ko‘rsatdi.

1925-yilning avgust oyining o‘rtalarida V. A. USpenskiy turkman xalqining

musiqa ijodiyotini yozib olish uchun o’zining birinchi ekspeditsiyasini amalga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

5

5

oshiradi.

Kompozitorgaa turkman folklorining tarixiy yodgorliklari o‘rganish vazifasi

yuklatildi. Turkmanistonda uchta musiqiy va etnigrafik ekspeditsiyani amalga oshirdi.
Uning birinchi ekspeditsiyasida eng boy materiallar taqdim etildi. Musiqaga oid yirik
asarlar yaratildi va chop etildi. Yig ‘ilgan keng qamrovli materiallar asosids 352 ta
xalq musiqasini o‘z ichiga olgan ikki jildli nota yozuvlari ya‘ni “Turkman musiqasi
”nashr etirildi. Bu asarning nashr ettirilishidda V.M. Belyayevning xizmatlari xam
katta. Kitobning ikkinchi qismida kompozitorning Turkmanistonda qilgan sayohati
xadida bayon etilgan. Viktor Uspenskiy tomonidan to‘planib nashr qilingan turkman
musiqa folkloriga asoslanib ko‘p sovet kompozitorlari qayta ishlab ko‘plab asarlar
yaratadi. Turkmanistonda jami 350 ga yaqin kuy va qo‘shiqlar to‘playdi.Bu
kuylarning ko‘pi dutorda ijro etish uchun mo‘ljallagan.

Viktor Uspenskiyni ko‘p qirrali ijodiy istedodini uchta asosiy kasbiy faoliyati

bilan ko‘rishimiz mumkin: O‘zbekistonda va mArkaziy Osiyoda Birinchilardan bo‘lib
milliy an‘analarni yevropa shakl va janrlarida o‘zlashtirish namunalarini
ko‘rsatganbastakor: zamonaviy ta‘limiga asos slogan va uning faoliyatini respublikada
davom ettirganlarni tayyorlagan o‘qitivchi.

Viktor Uspenskiy yozib olgan ba‘zi qo‘shiqlarida “Go‘ro‘g‘li , “Shoxsanam bilan

G‘arib dostonlarining she‘ri o‘qiladi.”Turkman musiqalarini to p’lab bo‘lgandan so‘ng
Moskvaha qaytib faoliyatini davom ettiradi.

Xalq ashulalarini yozib olishda kompozitorning juda katta mehnati ketadi issiq

havolarga qaramay ma‘suliyat bilan yondashadi.

Viktor Uspenskiy Toshkentdagi faoliyatiga kelsak bu yerda yosh kompozitor

kinofilmlarga musiqa yozishga qiziqadi va harakat qilib ko‘radi. Natijada bu
mehnatlari bejiz bo‘lmaydi “Meshkopning avlodi nomli ” badiiy filmga musiqa yozib
beradi. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng musiqali komediya yozishni niyat qiladi lekin
libretto bo‘lmaganligi sababli yozib tugatolmaydi. 1930- yillarda Shorahim
Shoumarov bilan yana uchrashib chormaqomni qolgan qismlarini yozib oladi.
Shoprahim Shoumarovdan “Gulyor Shaxnozni va “Bayot” maqomlarining bir qismini
yozib oladi.

1931 yilda o‘zbek xalq qo‘shiqlarini yozib olish maqsadida Farg‘ona vodiysida

tashkil qilingan ekspeditsiyada Uspenskiy faol qatnashdi va ularga bosh bo‘ldi. Bu
ekpeditsiyaning asosiy vazifasi xalq orasida qadimdan aytilib yurgan ashularni emas
balki sovet davrida ijod qilingan ashulalarni kolxoz mavzularidagi ashularni yozib
olish edi. Shundan so‘ng Andijon shahrida Berkinboy Fayziyevdan “Andijon samasi
” nomli ashulani yozib oladi. Ko ‘plab shaharlarga boradi Marg‘ilonga borgan payitda
xalq teatri xaqida ma‘lumotlar to‘playdi. Darvozlarni davraga chiqgan payitda
“Charx” kuyi chalinadi va ziyrak kompozitor bu kuyni ham yozib oladi. 1932 yilda
Mironovning “Музыка таджиков” degan asari bosilib chiqadi. Bu kitobda tojiklarning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

6

6

musiqasiga doir ma ‘lumotlarni bayon etadi. Tojiklarning musiqa asbobini xar birini
rasvirlab beradi, xalq sozandalarini va ashulachilari tug‘risida ma‘lumotlar berib
o‘tadi. Shu kitobda ilova qilingan 58 ta tojik kuylarini tavsiflab beradi. Shu vaqt ichida
Viktor Uspenskiy tomonidan professional o‘zbek musiqachilaridan ko‘plab asarlar
yozib oladi. Bular Ichida yiriklaridan quyidagi asrlarni ko‘rsatishimiz mumkin:
“”Bizning qishloq”, “Uyg ‘oning ”, “Dilrabo”, “Dilxiroj ”, “Zilzila”, “Mug‘ilchayi
dugoh” va boshqa ko‘plab asarlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu ashulalrdan tashqari
“Chorgoh” maqomini yangidan yozib oladi. Bundan tashqari kompozitor ko‘plab
asarlarini qayta ishlaydi bu asrlar Ichida “”Chamanda gul” raqs kuyi, fortepiano bilan
jo‘r bo‘lib aytish uchun qayta ishlangan. Bu barcha kompozitor tomonidan yozib
olingan va simfonik orkestr uvhun qayta ishlagan folklore asrlaridan iborat bi rkichik
to ‘plam nash etiladi. Bu to‘plamda “Akramhon”, “Zulayho”, “Suluv soch”, “Zar
kokil” qo‘shiqlari kirgiziladi.

Shamsuddin Sharafuddinov( Xurshid) “Farxod va Shirin” dostoni asosida 5

pardali pyesa yozadi. Bu pyesa 1922 yilda ilk marotaba sahna yuzini ko‘radi.
O‘zbekiston Respiblikasining 10 yilliga bag‘ishlab Uspenskiy “Farhod va Shirin ”
pyesasiga qaytada musiqa yozib beradi. Yangi ppoztanovkaning vazifasi shund ediki
iolgarigi spektakillardan uning musiqasi unisondan ko‘p ovozga ko‘chirishdan, xalq
cholg‘u asboblarni o‘rniga simfonik orkestr kirgizishdan iborat bo‘lgan. Kompozitor
ko ‘plab yutuqlaridan ilhomlanib 1934 -yilda “Farhod va Shirin ” prologidan beshta
nomerni: “Bayonchi”, “To ‘lqin ”, “ Naylaram ”, “Xitoy raqsi ” hamda “Dugoh
Husayniy ” ning beshinchi qismini simfonik orkestr bilan birgalikda ijro ettiradi. 1936
yilda O‘zbekistonda o‘zbek musiqa san‘atining Moskvada bo‘ladigan unkuligida
qatnashishi ucun tayyirgarlikni boshlaydi. Shu o ‘n kunligda “Gulsara” va “ Farhod va
Shirin ” musiqa drammalarini sahnaga qo‘yishni mo ‘ljallagan. “ Gulsara ”ning
musiqasini qayta ishlash uchun R. Gliyer O‘zbekistonga chaqiriladi. “Farxod va
Shirin” musiqali drammasiga ham bir necha o‘zgarishlar kirgiziladi. 1937- yilda
Moskvada o‘zbek san‘atinig o‘n kunligi o‘tkazildi. Bu o‘nkunlikda “Gulsara” va
“Farhod va Shirin” katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu spektakillarni o‘zbek teatrining
istedodli kuchlari- Halima Nosiropova, Karim Zokirov, raqslarini Tamarahonim ijro
qildi. Orkestrga esa Muhtor Ashrafiy boshchilik qildi.. Viktor Uspenskiy 1940 – yilda
xofiz va sozandalardan 6o taga yaqin yozib oldi bulardan 20 ga yaqini katta ashula edi.
Yana bir ulkan ishlaridan “Muqanna ” dramasiga yozilgan tegishli qismini katta
simfonik orkestrga moslangan syuitaga aylantirdi. Kompozitorni9ng yan abir asari
“O‘zbekcha poema- rapsodiya ” ning musiqasida o‘zbek xalq musiqasini milliy
xususiyatlari yaqqol sezilib turadi. Yirik asarlaridan biri “Turkmancha kaprichchio”
asarida esa Turkmaniston milliy san ‘ati xaqida bayon etilgan. Uning yozib olgan
yirik kuylaridan biri bu Buxoro maqomlari va Farg ‘ona- Toshkent maqonmlari
hisoblanadi. Uning yozib olgan asarlari Ichida Toshkent va Farg‘ona Vodiysida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

7

7

ko‘plab janrlardagi ashulalrni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bular Ichida ishqiy -lirik
ashulalar, o‘yin ashulalri, yallalari, katta ashular, bolalar qo‘shiqlari va
qo‘g‘irchoqbozlar qo‘shiqlari ham bo‘lgan. Viktor Uspenskiyninh o ‘zbek folklorining
to‘plashidan maqsadi shu ediki o‘zbek folklorini xozirgi zamon sovet musiqasidan
foydalanishga va ijodiy tarannum etishdan iborat bo‘lgan. Keyinchalik kompozitor
opera yozish bilan ancha vaqt shug ullanadi.

Keyingi yillarda kompozitorning ikki asariga e‘tiborimizni qaratishimiz lozim

bular: “Avji turk ” va Buxoro xalq qo‘shig‘ini rivojlantirishdagi roli” nomli asarlaridir
. Bu asarlarda kompozitor demokratik xususiyatlar borligini aytib o‘tadi, bu avj katta
avjlarning bir turi ekanligi va maqomlarni yaxshi bilgan katta xpfizlargina emas, xatto
keng dehqonlar ommasi ham ashula aytganda shunday avj qilishlarini o ‘qtirib o‘tadi
va ta‘kidlaydi.

Kompozitorning umumiy yozgan va to‘plagan asarlariga kelsak simfonik asarlar

uchun ko‘plab asarlar “O‘zbekcha rapsodiya”, “ Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan lirik
poema ”, “Muqanna syuitasi”, “Farhod va Shirin” musiy – dramatik asar, bir necha
vocal asarlar, fortepiano va xor uchun asarlar . Musiqa – etnografiya asarlaridan
“Shashmaqom”, “Turkmenskaya muzika”; Dugoh Husayniy (5 qism); Chorgoh(5
qism); Nasrullo( 5 qism ); Bayot ( besh qism). Bu asarlarni yozib olish uchun
kompozitor juda katta kuch va mehnatini sarflaydi. Bir necha davlatlardan bir necha
kompozitorlardan yozib oladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin kompozitor Viktor Uspenskiy asosiy

musiqiy faoliyatini O‘zbekistonda olib borgan. O‘zbekistondagi musiqiy faoliyatini
asosiy mazmuni shunday ediki musiqa ta‘limining tez rivojlanishi o‘quvchilarning
musiqa nazariyasini hamda ijrovchilik texnikasini oshirish uchun tezroq yordam
beradigan o‘quv- metodika qurollarini yaratish va musiqa ta‘limini takomillashtiruchi
asarlar yaratishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan va yaratgan. Musiqa ta‘limini hamda
nota yozuvini o‘zbek xalqining ommasiga sungdirish uchun turli xil jadvallar o‘ylab
chiqardi.