JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
8
8
MILLIY OHANGLARDA ( DUET,TRIO, KVARTET) BO‘LIB IJRO
ETISH USLUBI (G‘IJJAK SOZIDA)
Mahammadjonova Jasmina
Yunus Rajabiy nomidagi
O‘zbek milliy musiqa san‘ati instituti 2- kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Xumoyun Xaydarov
Kalit so‘zlar:
An‘anaviy ansambl, g‘ijjak,
O‘zbek musiqiy ijrochilik san‘ati o‘z taraqqiyoti davomida ko‘p asrlik an‘analarni
meros qilib olib , xalqlarning e‘tiqodi, dini va eng muhimi ma‘naviyat rivojiga ham
munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu an‘analar asrlar davomida ustozdan-shogirdga
o‘g‘zaki yo‘l bilan o‘tib, unda an ‘anaviy ustoz shogird uslublari keng rivojlangan
[8.5]Ma‘naviyat va ma‘rifatni qo‘llab quvvatlash, rivojlantirishga mo‘lljallangan qator
qarorlarida yosh avlodni tarixiy qadriyatlarimizga , madaniy merosimizga hurmat
qilishga alohida e‘tibor qaratilgan
O‘zbek xalqining musqiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy tarraqiyot
xalq musiqasi, an‘anaviy kasbiy musiqa, bastakorlik va folklore shaklan va usluban
bir- birini to‘ldirib borgan[5.8]. Ushbu musiqa merosimiz bugungi kunda ham
madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida ommaga namoyon bo‘lmoqda. An‘anaviy
cholg‘u ijrochiligi xalq hayoti va ijodi bilan bog‘lib bo‘lib uning rivojlangan qadimiy
san‘at turlaridan biri hisoblanadi. Ko‘pgina musiqaga oid manballarda an‘anaviy
milliy cholg‘ular rang-barang tarzda, uzoq yillar davomida o‘rganilib kelinganligini
yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Sozandalarning bu boradagi izlanishlari hozirgi kunda
muhim omillardan biri hisoblanadi. Cholg‘u ijrochiligi milliylik, barkamollik, ohangi
o‘ziga xos, ta‘sirchanligi va shunga o‘xshash bir necha fazilatlari tufayli xozirgacha
saqlanmoqda
va
hozirgi kunda e‘tibor bilan o‘rganilmoqda.[5.8]Ayniqsa
ustozlarimizning bizga qoldirgan ulkan meroslarini o‘rganish biz kabi yosh avlodning
hozirgi kundagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanmoqda. Hozirgi kunda ijrochilik
sohasi nafaqat an‘anaviy ko‘rinishda, balki bastakorlik yo‘nalishlarida ham sezilarli
darajada aks etmoqda. Ulkan an‘anaviy ijrochilikni milliy an’analarga tayanib bir
necha yil oldin vafot etgan g‘ijjakchi ustozlarimiz va hozirg ijrochilarimiz misolida
ko‘rib chiqishimiz mumkin. Bunday ustozlardan To‘xtasin Jalilov, Saidjon Kalonov,
G‘ulomjon Xojiqulov, G‘anijon Toshmatov, Abduhoshim Ismoilov, G‘ulomjon
Ro‘ziboyev, Komiljon Jabborov, kabi ko‘plab bastakor, hofiz va sozandalarni
ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi kunga kelsak o‘zbek xalqining boy nusiqa merosini o‘rganish va ularni
xalq orasida kend davrada targ‘ib qilish hozirgi yosh ijrochilarimizning eng muhim
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
9
9
vazifasi hisoblanadi. [5.9] Bizning o‘zbek milliy madaniyatimiz negizi juda qadimiy
bo‘lib, betakror an‘analarga ega bo‘lganligi uchun hozirgi ayni vaqtgacha qiziqib
o‘rganilib kelinmoqda. Bu o‘rganilish natijasida yangidan- yangi yo‘nalishlar, janr,
shakl uslublar natijasida musiqamiz yanada boyib bormoqda yan‘i bezatilmoqda desak
ham bo‘ladi. Demak bu gaplardan biz xulosa chiqarishimiz mumkunki biron bir
cholg‘u asbobi yordamida insonni ichki kechinmalarini, biron bir voqealikni bemalol
aks ettirish mumkin degan fikrni ko‘rishimiz mumkin. Cholg‘u ijrochiligimiz
merosimiz ham an‘ana sifatida davom ettishi mumkin.
Ijrochilik an‘analari xalq ijodiyotidagi oddiy va murakkab namunalrga ega.
Maqom ijrochiligi murakkab namunalarga kiradi. Shu bois dastlab ijrochilik yakkaxon
tarzada asta- sekin jamoa ya‘ni ansambl bo‘lib ijro etish shakillari yuzaga kelgan. Har
bir xalqning o‘z milliy musiqasi va milliy qadriyatlari negizida ansambl yo‘llari
shakillangan. Bizning musiqa madaniyatimiz rivojlanishi negizida o‘zbek maqom
ijrochiligi yoki maqom yo‘llariga mansub mumtoz musiqa ijrochiligi ham o‘ziga xos
ansamblli ijro an‘analari yuzaga kelgan.
Ansambl so‘zining lug‘aviy ma‘nosiga etibor bersak fransuzcha so‘zidan olingan
bo‘lib birlik ohangdoshlik, uyg‘unlik degan ma‘nolarni anglatadi[7.3] Musiqa
san‘atida ansamb ko‘p ma‘no va turlarga egadir Jumladan ansambl muayyan musiqa
asarlarni bir necha ijrochilar tomonidan birga ijro etish yana bir ma‘nosi sozanda va
xonandalarning kichikroq to‘dasi va ularga mo‘ljallangan asari, yirik janrlar tarkibida
uchraydigan ansambllar. Oratoriya, opera, kantata janrlarida kichik ansambllar keng
qo‘llaniladi. Ijrochilar soniga qarab – duet, trio, kvartet, kvintet bo‘lishi mumkin.[6.6]
Soddalashtirib aytsak ansambl jamoa bo‘lin faoliyat olib borishga aytiladi.
Ansambl so‘zini umumiy ma‘nosini aytsak ansdambl bu bir oiladir. Ansambldagi
tarkibiga kirtuvchi har bir sozanda – ijrochi bu alohida dunyo hisoblanadi. Ijrochining
kamolot sari intilishi uchun har bir ijrochi musiqiy asarlarning mohiyatini g‘oyaviy va
badiiy idrok etishi, o‘z mahorati bilan cheklanib qolmay ko‘proq asarlarni eshitib tahlil
qilishi, jamoadagi boshqa ijrochilarni eshitishi va qalban his etishi lozimdir. An‘anaviy
ijrochilik ansamblida sozlar uyg‘inligiga erishish muhim ahamiyatnmi kasb etadi.[7.4]
Ansamldagi g‘ijjak, doira, chang, rubob, tanbur, qo‘shnay, dutor, nay, ud sozlari ijro
jarayonida mahoratlari oshib boradi. Ansambldsagi har bir cholg‘u yetakchi vazifani
bajaradi, bu cholg‘ular orasida g‘ijjak sozi an‘anaviy ansamblda muhim ahamiyatni
kasb etadi. Ansambldagi har bir cholg‘uchi doira sabog‘idan xabardor bo‘lishi kerak ,
shunda asar ravon va mukammal sadolanadi. An‘anaviy ansambl ijrochiligining
xarakterli xususiyati shundaki ularning tarkibiga katta va kichikligidan qat‘iy nazar
ulardagi ijrochilar kuy, qo‘shiqlarni ustozlarimizda qolgan uslublardan foydalanib ijro
etiladi.
Ayni payitda an‘anaviy ansambllar vohaviy , uslubiy hususiyatlar doirasida
shakillanib borayotganing guvohi bo‘lamiz. Bunga Buxoro, Xorazm, Toshkent-
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
10
10
Farg‘ona, Samarqand, Andijon viloyatlarida faoliayt olib borayotgan ansambillarini
misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Kun sayin bu ansambllar rivojlanib bormoqda.
An‘anaviy ansambl ijrochiligining xarakterli xususiyati shundaki ularning tarkibiga
katta va kichikligidan qat‘iy nazar ulardagi ijrochilar kuy, qo‘shiqlarni ustozlarimizda
qolgan uslublardan foydalanib ijro etilmoqda. An‘anaviy ansamblda g‘ijjak sozi
yetakchi vazifani bajaradi. An‘anaviy g‘ijjak soziga kelsak bu cholg‘u o‘zbek
xalqining eng qadimiy va sevimli cholg‘ularidan biri hisoblanadi.
An‘anaviy ansambldagi cholg‘u asboblarini xuddi simfonik orkestradagi kamonli
sozlar guruhi kabi yetakchilik vazifasini bajaradi g‘ijjakni inson ovoziga yaqin , nozik
va dardli tovushi, qochirimlarga boy, ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa
ansambllarida asosiy o‘rinni egalaydi. Har bir cholg‘u asbobining o‘z ijro uslubi
bo‘lgani kabi g‘ijjakning ham bir necha uslublari mavjud. O‘zbekistonda g‘ijjak
ijrochiligining bir necha o‘ziga xos uslublari Andijon, Buxoro va Xorazm an‘anaviy
maktablari orqali xalqga va asosan musiqa ixlosmandlariga namoyon bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysi hofizlik san‘ati hamda sunray ijrochilik an‘analari ta‘sirida
shakillangan Andijon maktabida g‘ijjak sozini mayda urg‘u, kuy tuzilmalarini
uzmasdan chalish yo‘llari surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi.
Andijon uslubiga misol qilib Komiljon Jabborov, G‘anijon Toshmatov, M. Niyozov,
M. Muhammmerdovlar ijrosida bir necha asarlarni g‘ijjak kuylari mavjud. Buxoro
maktabida esa g‘ijjakning xuddi titrayotgan kamonni yurg‘uzib sadolanishi, har bir
pardani o‘zida talqinlatib ya‘ni tebranish tezlashishi bilan xosdir. Buxoro g‘ijjakchilik
maktabidan Haydarqul Qorovulbegini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Xorazm
maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urg‘u bilan tortish , ayni payitdayumshoq
to‘lqinlatish bilan Andijon, Buxoro maktablaridan ajralib turadi. Mazkur maktabda
Matyoqub Xarratov, Ollanazar Xasanovlar ijrosidagi bir necha asarlarni misol qilib
keltirish mumkin.[9]
An’anaviy g‘ijjak yakkanavoz cholg‘u, ayni payitd jo‘rnavoz soz sifatida keng
qo‘llanilgan. 1970- yildan boshlab g‘ijjakni yakkanvoz va milliy cholg‘u ansambl
tarkibida alohida ko‘rsatish unda o‘ziga hos kuy tuzilmalarni, badiha tarzidav chalish
usullari Abduhoshim Ismoilov, Ahmadjon Dadayev kabi mohir g‘ijjakchiklar ijrosida
ommalashgan.
O‘zbekiston hududida cholg‘u ansambllari XIX asr oxiri va XX asrning
boshlaridan shakillangan. Dastlab ansamblning ilk namoyishlari ikki ijrochi tomonidan
jo‘rnavoz bo‘lib ijro etilgan. XIX asrning oxirida ansambl tarkibida ikkita tanbur,
dutor, qo‘biz, doira kabi cholg‘ularda iborat bo‘lgan.
50-yillarga kelib o‘zbek mumtoz usiqasiga e‘tibor tobora kuchayadi. O‘zbekiston
radiosi qoshida ansabli tuziladi. Bu ansamblga o‘z zamonasining yetuk maqomdon
sozanda va xonandalari taklif etiladi. Buni biz ansambl ijrochiligi amaliyotida eng
nufuzli hamda mukammal jamoa deb hisoblaymiz. Ushbu baddiy jamoa, faqatgina10
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
11
11
yillik faoliyati davomida Shashmaqomning barcha nasr bo‘limi musiqiy namunalarini
va bir qator mushkilot qismlaridan asarlarni o‘zlashtirib tasmalarga yozdirishga
muyassar bo‘lishgan.
O‘zbekiston mustaqilliqga erishgandan so‘ng milliy musiqaga , xususan,
an‘anaviy cho‘gilarga bo‘lgan qiziqishlar yildan yillga tobora kuchayib bordi.
An‘anaviy cholg‘ularga qiziqish samarasi natijasida musiqa maktablarida, kollej,
litseylarda an‘anaviy cholg‘ulardan tuzilgan ansambllar soni ko‘payib bormoqda va
ansambl ishtirokchilar soni ko‘payib bormoqda.
O‘zbek an‘anaviy cholg ‘ular tasnifotini ikki yirik olimlar V. Belyayev va F.
Karamatovlar ko ‘rib chiqgan.
1972-yil Toshkent Davlar Konservatoriyasida “An‘anaviy ijrochilik” hamda
“Musiqiy Sharqshunoslik” kafedrasi ochilishi bilan an‘anaviy musiqa yanada
chuqurroq va e‘tibor bilan o‘rganilish boshlandi. Dastlab 2021 yil Yunus Rajabiy
nomidagi O‘zbek milliy musiqa san‘ati institutining An ‘anaviy cholg‘ular ansambli
aynan shu yildan boshlab faoliyat yuritishni boshladi. Mu milliy ansamblda doira,
g‘ijjak , nay, qonun, chang, rubob, ud, dutor, tanbur kabi bir nechta cholg‘ulardan
iborat bo‘lib xozirgi kunga qadar ushbu ansambl faoliyati davom ertmoqda.
Xozirgi kundagi an‘anaviy ansamblning bir muammolaridan biri bu ansamblda
g‘ijjak va nay ovozlari jaranglaydi lekin dutor va tanbur ovozlari esa eshitilmaydi.
Biz ansamblga shunday yangilik kiritishimiz kerakki ansamblda nay va g‘ijjak
kabi dutor va tanbur cholg‘ularini ovozi ansamblda eshitilib turishi lozim.
Ayni payitda an‘anaviy ansambllar vohaviy, uslubiy xusisiyatlar doirasida
shakillanib borayotganini guvohimiz. Bunga Buxoro, Xorazm, Toshkent- Farg‘ona,
Samarqand, Andijon viloyatlarida faoliyat olib borayot maqom ansambllarini
keltirishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
H. Nurmatov, O.Nazarov, Sh, Janaydarov “ Cholg‘uchilar ansambli ” T 2005
2.
S. Begmatov, N Qodirov “Ansambl sinfi” T 2008
3.
Zulxorbek Turapov “Ansambl” T 2007
4.
Oydin Abdullayeva Ansambl cholg‘ularini o‘rganish T. 2006
5.
Salohiddin Azizboyev “Ansambl sinfi: An‘anaviy cholg‘u ijrochiligi” T 2018
6.
Z. Nazarov “An‘anaviy ansambl” T 2005
7.
Salohiddin Azizboyev “An‘anaviy cholg‘u ansambli” T 2009
8.
Shavkat Matyakubov “An‘anaviy ijrochilik san‘at tarixi” T 2015
9.
Wikipediya ma‘lumotlari