JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
224
224
XORIJ MAMLAKATLARI VA YURTIMIZDA
KITOBXONLIK AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti
Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada kitobxonlikning bugungi kundagi o‘rni, uning
jahon hamda yurtimizdagi ahamiyati, xorij mamlakatlari va jamiyatimizda unga
qaratilayotgan e’tibor haqida bayon etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Jahon
hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan kitobga bo‘lgan munosabat hamda
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxonalar haqida ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
kitob, kitobxonlik, ma’naviyat, xorij, kutubxona, axborot, elektron
kitob.
Абстрактный
. В данной статье описывается роль чтения сегодня, его
значение в мире и в нашей стране, внимание, уделяемое ему в зарубежных
странах и в нашем обществе. Также в данной статье даны сведения о работе
библиотек в формировании культуры чтения и отношения к книгам со стороны
мирового сообщества и международных организаций.
Ключевые слова:
книга, чтение, духовность, зарубежье, библиотека,
информация, электронная книга.
Abstract.
This article describes the role of reading today, its importance in the
world and in our country, the attention paid to it in foreign countries and in our society.
Also, in this article, information about libraries in the formation of reading culture and
attitude to books by the World Community and international organizations is given.
Key words:
book, reading, spirituality, abroad, library, information, e-book.
Dunyodagi har qanday mustaqil, hech kimga tobe bo‘lmagan davlat borki,
ma’naviyatni yuksaltirmasdan rivojlanmagan bo‘lsa. Zero, ma’naviy jihatdan boy,
hurfikr insonlari bor jamiyat hamisha ozod bo‘lur. Har bir jamiyatning a’zosi ma’naviy
jihatdan keng ko‘lamli dunyoqarashga boy bo‘lishi uchun kitob mutolaasini
ko‘payritishi darkor. Hozirgi kunda ana shunday ishlarning naqadar kerakli ekanligini
his qilgan dunyoning har bir rivojlangan davlati dunyo aholisining har bir qatlamini
ilmli qilishni maqsad qilgan holda mana shunday sohaga doir islohotlarni o‘z davlat
dasturiga, farmon hamda qarorlariga kiritishmoqda.
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun, avvalo, kutubxona tizimini
takomillashtirish kerak. Xususan, respublikamizning rivojlanish tarixiga nazar
soladigan bo‘lsak, 1999-yildan buyon kutubxona sohasining fidoiy mutaxassislarining
tashabbusi hamda horijiy tashkilotlar ko‘magida "Fan, texnika va biznes sohalarida
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
225
225
kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish-Central Asia" Xalqaro anjuman o‘tkazila
boshlangan. Konferensiyada dunyoning yetakchi kutubxonashunos va bibliograf
olimlari, kutubxonalar ish jaroyonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassaislar
ishtirok etganlar.
Bo‘lib o‘tgan dastlabki anjumanda Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSH,
Germaniya, Latviya, Litva, Shvetsiya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina,
Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlar bilan soha rivoji uchun grantlar
ajratilib hamkorlik o‘rnatilgan. Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat
madaniyat instituti kutubxonashunos-bibliograflari, talabalar, mamlakatimizning yirik
kutubxonalari xodimlari qatnashdilar. Ayniqsa, bu borada Germaniyaning Gyote
instituti faoliyti juda samarali bo‘lgan. Bu institut yordamida Samarqand viloyat
AKMda, Toshkent shahar sanoat kasb-hunar kollejining ARMda nemis o‘quv zallari
tashkil etilgan, kompyuter va ilg‘or texnika vositalari bilan jihozlandi.
1
Shunday ishlarning davomi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar
Mahkamasi ham qaror chiqargan.
2
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Aholi, avvalo,
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni
yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish,
bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash; aholi, avvalo,
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni
yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish,
bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash; milliy va jahon
adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish,
respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa
madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish; kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish,
yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini
takomillashtirish; kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr
etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;
kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish,
infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma
nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish,
1
Kutubxonachilik sohasida quvonchli voqea /Taxririyat // Infolib.-2020.-№4(24).-1b.
2
https://lex.uz/docs/-5160827?ONDATE2=05.04.2022&action=compare
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
226
226
kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda
yangilab borish; kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga
moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop
etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron
kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda
tizimli ravishda yangilab borish; aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini
tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va
tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; aholining
kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish,
kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish,
ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
3
Xorij mamlakatlarida kitobxonlik, jumladan kitoblarga e’tibor juda ham kuchli.
Xususan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi asosan AQShning milliy kutubxonasi
va mamlakatning eng qadimgi federal madaniy muassasasi hisoblanadi. U bor-yo‘g‘i
uchta binodan iborat bo‘lsa-da, javon maydoni va jildlar soni bo‘yicha dunyodagi eng
katta kutubxona hisoblanadi.
4
Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida ana shunday
sharoitlar yaratilgani aholining har bir qatlamini ma’naviyatli qilish uchun, albatta.
Hududi jihatidan kichik bo‘lgan Yevropa davlatlarida ham kitobxonlikka e’tibor juda
ham kuchli. Misol tariqasida Rimdagi katolik cherkovining cherkov yurisdiksiyasi
ostidagi Vatikan kutubxonasini aytib o‘tish joiz. Ushbu kutubxona dunyodagi eng
qadimiy kutubxonalardan biri hisoblanadi. Rasmiy ravishda 1475 yilda tashkil etilgan
bo‘lsa-da, uning dastlabki shakllarida mavjudligi katolik cherkovining kelib chiqishiga
borib taqaladi. Taxminan 600 yil davomida kutubxona tarixiy xaridlar, saxovatli
vasiyatnomalar va qimmatbaho sovg‘alar orqali o‘z kolleksiyasini to‘ldirdi. Vatikan
kutubxonasida hozirda 1,1 milliondan ortiq kitoblar, 75 000 qo‘lyozmalar va 8 500 dan
ortiq inkunabula mavjud. To‘g‘ri, kutubxona Bibliyaning eng qadimgi to‘liq
qo‘lyozmasiga, shuningdek, o‘rta asrlardagi boshqa ko‘plab muhim asarlarga ega.
5
Dunyoning Top-10 talik kutubxonalari ro‘yxatida oxirgi o‘rinda turadigan
kutubxonaning ham kitoblar ko‘lami jihatidan havas qilarlik darajada. Ushbu
kutubxona Toronto universiteti bilan bog‘langan. Tomas Fisherning Nodir kitoblar
kutubxonasida Kanadadagi boshqa kolleksiyalarga qaraganda ko‘proq nodir kitoblar
mavjud. To‘plamga Nyutonning Principia (1687), Shekspirning birinchi foliosi,
Nyurnberg yilnomasi (1493) va miloddan avvalgi 1789 yilga oid Bobil mixxat
yozuvlari kabi noyob artefaktlar kiritilgan. Kanada Kommunistik partiyasi a’zosi
Robert S. Kenni ham kolleksiyaning katta qismini hadya qilgan. Umuman olganda,
3
https://lex.uz/docs/-5160827?ONDATE2=05.04.2022&action=compare
4
https://elib.tstu.uz/2022/10/06/dunyodagi-eng-yaxshi-kutubxonalar-top-10/
5
https://elib.tstu.uz/2022/10/06/dunyodagi-eng-yaxshi-kutubxonalar-top-10/
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
227
227
noyob kitoblar kutubxonasi Kanada va uning tarixiga alohida urg‘u berilgan bo‘lsa-da,
butun dunyo bo‘ylab mehnat harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan 25 000 dan ortiq
narsalarni o‘z ichiga oladi.
6
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,
jamiyatning har bir qatlamida kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish, kitobga muhabbatni oshirish uchun davlat tomonidan
e’tibor ham o‘z o‘rniga ega. Davlatning ushbu holatda asosiy vazifasi kutubxona
tizimini takomillashtirishi zarur. Yurtimizda ana shunday ishlarni amalga oshirishda
xorij mamlakatlaridan namuna olish kerak, deb hisoblayman. Ayniqsa, dunyoning har
tomonlama rivojlangan davlatlari bu sohada yetarlicha o‘rnak bo‘la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “2020 — 2025-
yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida”
2.
Mingesheva M. I., SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN TAʼLIM-TARBIYA
JARAYONINI TASHKIL ETISH. 2024.
3.
Xodjayev B.X “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. Darslik – T:
Sano – standart – 2017
4.
O‘tkir Tolipov, Dilnoz Ro‘ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat-Toshkent “Innovatsiya-Ziyo”-2019
5.
https://elib.tstu.uz/2022/10/06/dunyodagi-eng-yaxshi-kutubxonalar-top-10/
6.
https://lex.uz/docs/-5160827?ONDATE2=05.04.2022&action=compare
6
https://elib.tstu.uz/2022/10/06/dunyodagi-eng-yaxshi-kutubxonalar-top-10/