JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
46
46
TARBIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING
BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASHDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida interfaol metodlardan
foydalanishning o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlar bayon qilingan. Ta’lim tizimida
yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborottexnologiyalari yordamida
bilim olishni rivojlantirishi haqida ham qisqacha tushunchalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, metod, muammoli, munozara, texnologiya
Abstract:
This article presents ideas about the role and importance of using
interactive methods in the process of education and upbringing. Brief concepts about
the development of knowledge acquisition using new pedagogical technologies,
including information technologies, in the education system are also presented.
Keywords:
education, upbringing, method, problematic, discussion, technology
Аннотация:
В статье изложены идеи о роли и значении использования
интерактивных методов в процессе обучения и воспитания. Также представлены
краткие представления о развитии процесса получения знаний с использованием
новых педагогических технологий в системе образования, в том числе
информационных технологий.
Ключевые слова:
образование, воспитание, метод, проблемный,
обсуждение, технология
Ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda ta’lim
beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning, qiziqishini ottirish,ularning ta’lim
jarayonidagi faolligini mutassil rag‘batlantirib borishilishi, o‘quv materiallarini
kichikkichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik
guruhlarda ishlash, baxs-munozara, muammoli vaziyat yaratib, yo‘naltiruvchi matn,
loyiha, ro‘lli o‘yinlar kabi metodlarni qollash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni
mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interfaol
metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchilarni
faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayoning markazida ta’lim
oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi.
Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga
chorlaydi. Interfaol ta’lim (lot. “internus” – ichki, o‘zaro) – o‘quvchi (magistr)larning
bilim, ko‘nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,
o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashikl etishga asoslanuvchi ta’lim. Interfaol
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
47
47
metodlarining mohiyatidan xabardor bo‘lishda, eng avvalo,tayanch tushuncha – “
interfaol” atamasining lug‘aviy ma’nosi “interfaol” (ing. “interact”; “interaktiv”;
“inter” – o‘zaro, birgalikda, “act” – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq) tushunchasi “o‘zaro,
birgalikda harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Interfaollik – ta’lim jarayoning
ishtirokchilarning bilim, ko‘nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish
yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga
egaligi. O‘qitishning interfaol ta’limga asoslanishibir qarashda nihoyatda oddiy, soda
va hatto“bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq ta’lim jarayonida interfaol
metodlarni qo‘llashga nisbatan bunday yondashish to‘g‘ri emas. Zero, ta’lim
amaliyotida interfaol metodlarni qo‘llash muayyan shartlarga muvofiq amalga
oshiriladi.
Ta’limni tashkil etishda interfaol yondashuvni qaror toptirish ( interfaol ta’limni
tashkil etish) uchun pedagoglar quyidagi shartlarga rioya eta olishi zarur: -ta’lim
jaayoniga jamoadagi barcha magstrlarning to‘la qamrab olinishi; -magistrlarning
mashg‘ulotlarigaruhan tayyorgarliklarini inobatga olish; -magistrlar soni ko‘p
bo‘lmasligi (25-30 nafar magistr bilan kichik guruhlarda ishlash samarali); -o‘quv
xonasining jixozlanishi ( stellar doira, archa, “jonli liniya” kabi shakllarda
joylashtiriladi); -topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish,guruhlarning
ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi; -magistrlarning
kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol va nofaol magistrlarning
teng miqdorda bo‘linishi). Interfaol o‘qitish “ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari
- pedagog, magistr va magistrlar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in
bahs- munozaralar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi,
ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli
vaziyatlarda yechimlami birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda
magistrlarning o‘zaro yaqinliklarmi yuzaga keltirish, “pedagog - magistr - magistrlar
guruhi”ning
o‘zaro
bir-birlarini
hurmat
qilishlari,
tushunishlari
va
qo‘llabquwatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari
kabilar bilan tavsiflanadi” Interfaol metodlar — ta’lim jarayonida talabalar hamda
pedagog o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar
tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga
xizmat qiladigan metodlar.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li -
mashg‘ulotlaming interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
Shunga ко ra interfaol metodlar XXI asr ta’limida o‘qitish sifatini yaxshilash,
samaradorligini ta’minlashning muhim vositalaridan bin sanaladi. Manbalami
o‘rganish ta’lim tizimida interfaol metodlar ilk bor XX asming 20-yillarida
qo‘llanilganligidan dalolat beradi. V.A.Suxomlinskiy tomonidan o‘tgan asming 60-
yillaiida yaratilgan ilmiy ishlarda ham ta’lim tizimiga interfaol metodlami tatbiq etish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
48
48
tajribasini uchratish mumkin. 2 XX asming 70-80-yillarida esa Rossiyada
Sh.A.Amonashvili, V.F.Shatalova, Ye.N llina va b. tomonidan ta’lim sifatini
yaxshilash, samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarda o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni
kuchaytirish yo‘llarim topish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham interfaol
metodiaming amaliy ahamiyati, ulami samarali qo‘llash shartlari to‘g‘risida so‘z
yuritilgan. “Interfaol metodlar tavsifida magistrlaming birgalikda, o‘zaro hamkorlikda
yuqori darajada ta’lim olishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganlik, ular o‘rtasida hissiy,
ruhiy va axloqiy birlikni qaror toptirish g‘oyalari yetakchi o‘rin tutadi.
Pedagogik
texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatiga ega ya’ni, har bir pedagog
ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda
ijodiy tashkil etishi lozim.
Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar
pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
-o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
-o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur
shartsharoitlarni yaratish;
-“Fikriy hujum” metodi o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini
ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash
inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni
to‘plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida
paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy
tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga
tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-
mutoyibalarni
rag‘batlantirishdan
iboratdir.Bundan
ko‘zlangan
maqsad
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim
jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining
pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. Fikriy hujum”
metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi
maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish ta’limning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini chuqurlashtirish hamda ularning mustaqil fikrlash salohiyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol yondashuv — bu o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi, o‘zaro
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
49
49
muloqot, jamoaviy ishlash, ijodiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodlar majmuasidir. Ta’lim jarayoniga bunday
metodlarni samarali tatbiq etish o‘qituvchidan yuqori pedagogik mahorat, to‘g‘ri
rejalashtirish va psixologik yondashuvni talab etadi. Ayniqsa, “fikriy hujum”, ro‘lli
o‘yinlar, muammoli vaziyatlar kabi metodlar orqali o‘quvchilarni erkin fikr almashish
va qaror qabul qilishga o‘rgatish mumkin. Shu boisdan, interfaol metodlar nafaqat
bilim berish, balki shaxsni har tomonlama kamol toptirishda ham samarali vosita
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Interfaol ta’lim metodlarining psixologik asoslari uslubiy qo‘llanma SamDU
nashr-2015 A.Saidov.
2.
Xodjayev B.X “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. Darslik – T: Sano
– standart – 2017
3.
O‘tkir Tolipov, Dilnoz Ro‘ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat-Toshkent “Innovatsiya-Ziyo”-2019-149 bet
4.
Abdugafforovich A. N. Scientific theory of al-khakim at-termezi //European
Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. – Т. 2019.
5.
Haydarova M., Yuldashev B. БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ТЕХНОЛОГИЯ
ФАНИНИ
ЎҚИТИШДА
ИННОВАТИВ
ЁНДОШУВ
//Физико-
технологического образование. – 2021. – №. 2
6.
Rafiqova D. Q., Tojiboyeva M. R., “TARBIYA FANINI O‘QITISH
JARAYONIDA
O‘QUVCHILARNING
BILIM,
KO‘NIKMA
VA
MALAKALARINI
BAHOLASHDA
INTERFAOL
METODLARDAN
FOYDALANISH”. 2024.
7.
Saidnazarova G.B. “Tarbiya fanini o’qitish metodikasi”. O’quv qo’llanma – B:
“Kamolot” -2024.
8.