Authors

  • Aliyeva Maryam Umidjon qizi
  • Ashurova Gulruxon Oxunovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114243

Keywords:

Kalit so‘zlar: Temperament boshlang‘ich sinf bolalar rivojlanishi hissiy intellekt shaxsiy rivojlanish pedagogik yondashuv bolalar psixologiyasi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezizsning maqsadi boshlang‘ich maktab bolalaridagi temperamentni o‘rganish edi. Shuningdek, temperamentni jins va sinfga nisbatan tekshirish maqsad qilingan. Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida temperament turlarining namoyon bo‘lishining dastlabki belgilariga oid ilmiy tahlil va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Temperament — bu bolalarning tug‘ma xususiyatlari bo‘lib, ularning atrof-muhitga qanday javob berishini va o‘zaro aloqalarini belgilaydi. Tezis temperamentning to‘rt asosiy turi: sangvinik, holerik, melanxolik va flegmatik haqida batafsil ma’lumot beradi hamda ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qanday namoyon bo‘lishi, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qanday amaliy ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

146

146

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TEMPERAMENT

TIPINI ANIQLASHNING PSIXOMETRIK JIHATLARI

Aliyeva Maryam Umidjon qizi

Qo‘qon universiteti Ta’lim fakulteti “Pedagogika va psixologiya”

Kafedrasi psixologiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Ilmiy raxbar: Qo‘qon universiteti

Ta’lim fakulteti “Pedagogika va psixologiya”

Kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ashurova Gulruxon Oxunovna

Annotatsiya:

Mazkur tezizsning maqsadi boshlang‘ich maktab bolalaridagi

temperamentni o‘rganish edi. Shuningdek, temperamentni jins va sinfga nisbatan
tekshirish maqsad qilingan. Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
temperament turlarining namoyon bo‘lishining dastlabki belgilariga oid ilmiy tahlil va
amaliy tavsiyalar keltirilgan. Temperament — bu bolalarning tug‘ma xususiyatlari
bo‘lib, ularning atrof-muhitga qanday javob berishini va o‘zaro aloqalarini belgilaydi.
Tezis temperamentning to‘rt asosiy turi: sangvinik, holerik, melanxolik va flegmatik
haqida batafsil ma’lumot beradi hamda ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
qanday namoyon bo‘lishi, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qanday amaliy
ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi.

Kalit so‘zlar:

Temperament, boshlang‘ich sinf, bolalar rivojlanishi, hissiy

intellekt, shaxsiy rivojlanish, pedagogik yondashuv, bolalar psixologiyasi.

Annotation:

The aim of the present research was to study the temperament of

primary school children, with particular attention to its relationship with gender and
grade level. This article provides a scientific analysis and practical recommendations
concerning the early signs of different types of temperament in primary school
students.

Temperament is defined as children's innate characteristics that influence how

they respond to their environment and interact with others. The article gives detailed
information about the four main types of temperament — sanguine, choleric,
melancholic, and phlegmatic — and explains how these are expressed in children of
primary school age.

Keywords:

Temperament, primary school, child development, emotional

intelligence, personal development, pedagogical approach, child psychology.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi

Respublikamizda taʼlim tizimida olib borilayotgan

islohotlar, ayni paytda ushbu tizimda, masʼuliyatli, irodali, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

147

147

kadrlarni yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotida yuz
berayotgan keskin o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi va nisbatan murakkab bo‘lgan
vazifalarni qo‘yadi, bunda shaxs intellektining rivojlanish darajasi, uning aqliy
imkoniyatlari regulyatori, axloqiy jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
barcha sohalarda bo‘lgani kabi ilm-fan sohasiga shu jumladan, psixologiya faniga ham
alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan shaxsning o‘zini anglashi, o‘zligini tushunish,
inson xarakteri, temperamentini shakllanishi bolaligidanoq rivojlanib boradi.
Psixologiya fanida insonning psixologik xususiyatlaridan temperamentning to‘laqonli
yoritib berilishini ko‘rishimiz mumkin.

Temperament,

psixologik

jihatdan

olganda,

kishidagi

hissiyotning

qo‘zg‘alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual
xususiyatdir. Har qaysi kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alish tezligi, kuchi va barqarorligi
har xil bo‘ladi. Ba’zi insonlarning hissiyoti tez, kuchli qo‘zg‘aladi va barqaror bo‘ladi.
Ba'zi kishilarda esa bunday qo‘zg‘alish sust, zaif bo‘lib, uzoqqa bormaydi.
Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alishlari bilan
birga, organizmning atrofdagi muhit ta'siriga javoban ko‘rsatadigan ixtiyorsiz
reaksiyalarida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan
kishining mimikalarida, pantomimikalarida, beixtiyor ishharakat va imo-ishora-larida
ko‘rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning
kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks
etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, ba’zi insonlarni
“tez”, “betoqat”, “serg‘ayrat”, “jo‘shqin” deb ataymiz. Ba'zilarini esa «sustkash»,
«lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan
kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi. Ayrim temperamentlarning alomatlari
kishining bolalik chog‘larida yaqqol namoyon bo‘ladi. Insonning ruhiy olami
beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi
va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs
ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi ta’surotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak
yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza,
fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin
almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy
olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati,
mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush
voqeliklariga, omillari-ga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushg‘ulot bilan
javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.

Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional

holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib,
temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

148

148

harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini
xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik,
qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar
kechishini xarakterlaydi. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma'lum insonlar
guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur
xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini
tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha aks etishi
mumkin. Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari,
shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni
muhimlari quyidagicha aks ettiriladi. Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas
narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi.

Adabiyotlar tahlili:

I.P.Pavlov 4 ta asosiy tiplarni ajratadi. Ular:
1. Kuchli, muvozanatsiz, va harakatchan tip;
2. Kuchli, muvozanatli, inert
3. Kuchsiz, muvozanatsiz- qizg‘in, jo‘shqin tip
4. Kuchsiz, muvozanatsiz, og‘ir – vazmin.
Nemis faylasufi Iogan Kant – temperamentni tana tuzilishi va fiziologik

vazifalarini o‘rgangan. Shuningdek nemis psixiatri, konstitutsion nazariya asoschisi E.
Krechmer 1921- yilda tana va xarakter tuzilishi nomli asarida temperament
tipologiyasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra: 1. Leptosomatiklar- mo‘rt tana, baland bo‘y,
yassi ko‘krak qafasi, tor yelka, uzun va oriq oyoq, qo‘l; 2. Piknik- yog‘ to‘qimasi bor,
o‘ta semiz, o‘rta yoki past bo‘y, katta qorin; 3. Atletik- baquvvat mushaklar, kuchli
tana, baland yoki o‘rta bo‘y, keng yelka, tor bo‘ksa; 4. Displastik- shaklsiz, noto‘ri
tana, o‘ta baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana kabilar keltirib o‘tilgan. Demak,
temperamentlarni mana shunday umumiy belgilarga qarab ajratish, mumkin. Barcha
temperamentlarni qadimdan 4 ta tipga: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolikka
ajratish keng tarqalgan. Xolerik tip- hissiyotning tez va kuchli qo‘zg‘aluvchanligi,
barqaror bo‘lishi bilan farqlanadi. Xolerik temperamentlimkishilarning hissiyotlari
ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko‘rinib
turadi. Xoleriklar qizg‘inlik va tajanglikka moyil bo‘ladilar. Bunday temperamentli
kishilar chaqqon, umuman harakatchan bo‘lishadi. Sangvinik tip- hissiyotning tez,
kuchli qo‘zg‘aluvchanligi, lekin beqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Sangvinik tipli
kishilarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib, bir kayfiyat o‘ziga teskari bo‘lgan ikkinchi bir
kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Ular chaqqon, serharakat va jo‘shqin
bo‘lishadi. Atrof- muhitdagi voqealardan tez ta’sirlanadi va muhitga moslashuvchan
bo‘lishadi.

Melanxolik tip - barqaror, sustkash, davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

149

149

Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa,
boshlagan ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi. Bunday temperamentli bolalar
mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar, ko‘pincha, birov savol bilan murojaat qilisa, uyalib,
tortinib javob beradilar. Flegmatik tip- odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki
g‘azablantirish ancha qiyin. Bu tipli kishilar hissiyotining tashqi ifodasi kuchsiz
bo‘ladi. Ular ko‘pchilikka kam aralashadigan, tortinchoq, birovni ranjitmaydigan
bo‘lishadi. Temperament tushunchasini rasmlar orqali ifodalash qadimdan mavjud
bo‘lib, u inson xarakterini tasvirlash uchun turli san’at yo‘nalishlarida qo‘llanilgan.

Misol uchun antik davri (miloddan avvalgi 4-3- asrlar )ning Qadimgi yunon

faylasufi Gippokrat temperament turlarini asoslab bergan. Uning ta’limotidan keyin
rassomlar va haykaltaroshlar turli temperamentdagi odamlarning tashqi ko‘rinishini
aks ettirishga harakat qilishgan. O‘rta asrlar (5-15-asrlar)da temperament diniy va
falsafiy ta’limotlar bilan bo‘langan. Ko‘plab miniatura rasmlarda odamlarning yuz
ifodasi va tana holatlari orqali temperament aks ettirilgan. Bularga misol qilib, mana
bu rasmni keltirishimiz mumkin. Bu haykallar temperament nazariyasiga vizual ifoda
sifatida qaraladi.


Chapdan birinchisi-xolerik: g‘azablangan, qattiq va keskin ifodaga ega, energiya

va tajavuzni bildiradi. Ikkinchisi-melanxolik: chuqur o‘ychan, mahzun ko‘zlar bilan
qayg‘u va iztirorobni aks ettiradi. Uchinchisi- sangvinik: yuqoriga qaragan, yengil
tabassum bilan, optimizm va quvonchni ifodalaydi. O‘ngdan birinchisi- flegmatik:
xotirjam, beparvo yoki osiyishta- barqaror va vazminlikni bildiradi. Uyg‘onish davri
(15-16-asrlar) rassomlari inson xarakteri va temperamentini chuqur o‘rganishga
kirishgan. Misol uchun Leonardo da Vinchi o‘z eskiz va portretlarida turli
temperamentdagi insonlarni realistik tarzda tasvirlashga harakat qilgan. Leonardo da
Vinchi – "Mona Liza" (1503-1506) asarida Mona Liza flegmatik temperamentni aks
ettiradi, chunki u xotirjam, o‘zgarmas hissiyotli va o‘zini tuta biladigan ko‘rinishda
tasvirlangan. Uning tabassumi juda sirli, hissiyotlari juda chuqur yashiringan bo‘lib, u
ehtirosli yoki qattiq kayfiyat o‘zgarishiga ega emas.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

150

150


Barokko va klassitsizm (17-18-asrlar) davri rassomlari hissiyot va temperamentni

kuchli dramatik ifoda orqali yetkazganlar.Misol uchun bu na’munani keltirishimiz
mumkin. Bu asar XVII asrga tegishli bo‘lib, muallifi Sharl Lebryon hisoblanadi. Bunda
chapdan birinchisi xolerik temperamentga ega bo‘lib, qattiq harakatdagi jangchi,
qalqon va qilich bilan tasvirlangan. Yonida sher taviri ham bo‘lib, bu jasorat va
tajovuzni bildiradi. Ikkinchisi sangvinik tipga ega: yengil, o‘ychan va quvnoq holatda,
nay chalib turibdi. Ochiq gavda va bo‘shashgan kiyim kayfiyatining yengilligini
bildiradi. Uchinchisi- melanxolik. U kitob yoki varaqqa qarab, chuqur o‘yga tolib
turibdi. Yuz ifodasi g‘amgin, boshi engashgan. O‘ngdan birinchisi esa flegmatik.
Xotirjam, qo‘llari ko‘kragiga chalishtirilgan holda, sovuqqon turibdi. Kiyimlari tartibli
va og‘ir xarakatni bildiradi. Shuningdek, mana bu asarni ham keltirishimiz mumkin.
Bu rasm XVIII asrning taniqli nemis-fransuz rassomi Daniel Chodowiecki tomonidan
chizilgan bo‘lib,” To‘rt xil temperamentga sezgirlikning ta’sir” deb nomlangan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

151

151


Unda chap tarafdagi o‘tirgan odam- xotirjam va deyarli befarq holda tasvirga

qaramoqda. Bu flegmatik temperament vakili. O‘rtada turgan ikki kishi qizg‘in
muhokama qilayotgandek ko‘rinadi. Ulardan biri qo‘llarini ishora bilan
harakatlantirayotgani uning xlerik temperament ekanligini ko‘rsatadi, chunki
xoleriklar te’z ta’sirchan, hissiyotlarini ochiq namoyon qiladigan va kuchli reaksiyaga
ega bo‘ladigan kishilar bo‘ladi. Rasmga befarq bo‘lgan kishi- sangvinik
temperamentga ega bo‘lishi mumkin. Chunki sangviniklar quvnoq, yengil harakterli,
optimistik va hayotdan zavqlanadigan odamlar hisoblanadi. Zamonaviy san’at (19-20-
asrlar) davrida ekspressionizm va psixologik portret janri rivojlanib, temperamentni
tushuntirishga urinish kuchaydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,
temperament- insonning tabiiy psixik xususiyatlarining asosi hisoblanadi. Biror
temperament turi yaxshiroq yoki yomonroq emas, har biri o‘ziga xos kuchli va zaif
jihatlarga ega.

Xulosa

Temperament – bu bolalarning individual rivojlanish yo‘nalishlarini belgilovchi

muhim psixologik omildir. Boshlang‘ich sinf davrida o‘quvchilarda temperament
xususiyatlari to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, ular ta’lim va tarbiya jarayonida sezilarli
rol o‘ynaydi. Ayniqsa, o‘qituvchilar va ota-onalar temperament turlarini hisobga olgan
holda yondashsalar, bolalarning psixologik holati, o‘zini ifodalash darajasi va ijtimoiy
moslashuvi ancha yaxshilanadi. Shu sababli, temperamentni aniqlash va unga ko‘ra
individual yondashuvlarni ishlab chiqish zamonaviy ta’lim tizimida muhim ahamiyat
kasb etadi. Tadqiqot natijalari bu yo‘nalishda psixologik xizmat faoliyatini yanada
takomillashtirishga ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

152

152

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

Айзенк Г.Ю. (1995).

Структура личности и измерение темперамента

. Москва:

Прогресс.
Boqijonov, Sh. (2010).

Psixologiya asoslari

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi nashriyoti.
Karimova, B.T. (2017).

Yosh davrlari psixologiyasi

. Toshkent: Fan.

Nishonova, S.T. (2020).

Ta’lim jarayonida temperament turlarining ahamiyati

.

Toshkent: O‘qituvchi.
G‘oziyev, E. (2002).

Bola psixologiyasi

. Toshkent: O‘qituvchi.

Davletshin, M.S. (1980).

Psixologiya darslik

. Moskva: Pedagogika.

Асмолов А.Г. (2001).

Психология личности

. Москва: Академический проект.

Сапогова Е.Е. (2002).

Детская психология

. Москва: Владос.

Ashurova, G. (2023).

Boshlang‘ich ta’limda psixologik yondashuvlar

. Qo‘qon:

Qo‘qon universiteti nashriyoti.

Foydalanilgan internet manbalar

1)

https://ijip.in/wp-content/uploads/2024/10/18.01.315.20241203.pdf

2)

https://files.eric.ed.gov/fulltext/ED622977.pdf

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

Айзенк Г.Ю. (1995). Структура личности и измерение темперамента. Москва: Прогресс.

Boqijonov, Sh. (2010). Psixologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

Karimova, B.T. (2017). Yosh davrlari psixologiyasi. Toshkent: Fan.

Nishonova, S.T. (2020). Ta’lim jarayonida temperament turlarining ahamiyati. Toshkent: O‘qituvchi.

G‘oziyev, E. (2002). Bola psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi.

Davletshin, M.S. (1980). Psixologiya darslik. Moskva: Pedagogika.

Асмолов А.Г. (2001). Психология личности. Москва: Академический проект.

Сапогова Е.Е. (2002). Детская психология. Москва: Владос.

Ashurova, G. (2023). Boshlang‘ich ta’limda psixologik yondashuvlar. Qo‘qon: Qo‘qon universiteti nashriyoti.

Foydalanilgan internet manbalar

Most read articles by the same author(s)