Authors

  • Sobirova Oyxon Adhamjon qizi
  • Ashurova Gulruxon Oxunovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.115397

Keywords:

Kalit soʻzlar: psixologik tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bolalar maktabga tayyorgarlik emotsional rivojlanish intellektual rivojlanish ijtimoiy

Abstract

Annotatsiya. Ushbu bitiruv malakaviy ishida 6–7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligi masalasi chuqur o‘rganilgan. Bolalarning maktabga moslashuvi, bilim olishga tayyorgarligi, intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanish darajasi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Ishda bolalarning maktabgacha yoshda egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ularning jismoniy, ruhiy va aqliy tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

11

11

6-7 YOSHLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA

PSIXOLOGIK JIHATDAN TAYYORLIGI

Qo‘qon universiteti Pedagogika va psixologiya

Kafedrasi 4-kurs talabasi -

Sobirova Oyxon Adhamjon qizi

Qo‘qon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Katta o‘qituvchisi -

Ashurova Gulruxon Oxunovna

Annotatsiya.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida 6–7 yoshli bolalarning maktab

ta’limiga psixologik tayyorgarligi masalasi chuqur o‘rganilgan. Bolalarning maktabga
moslashuvi, bilim olishga tayyorgarligi, intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanish
darajasi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Ishda bolalarning maktabgacha yoshda
egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ularning jismoniy, ruhiy
va aqliy tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

psixologik tayyorgarlik, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktabga

tayyorgarlik, emotsional rivojlanish, intellektual rivojlanish, ijtimoiy

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga
bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar
etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi.
Men bunga ishonaman”.

1

Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga, o‘qishga intilish

moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash,
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, fikrlarini mustaqil va erkin ifodalay olishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir. Aynan shuni
e’tiborga

olgan

holda

mamlakatimizda

maktabgacha

ta’lim

sohasida

tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
sonli qarorining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”ning “Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar
yaratish” deb nomlangan paragrafida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqish va maktabgacha
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni, ta’lim-tarbiya
jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy
boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy,

1

Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan

tantanali marosimdagi ma’ruzasi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

12

12

nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishini va shu
bilan birga bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy,
madaniy qadriyatlariga hurmatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi
ta’kidlangan.

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi siyosiy va

iqtisodiy sohalar bilan bir qatorda ta’lim tizimini o‘zgartirish, uni bugungi kun talablari
asosida amaliy choralarni ko‘rish maqsadida bir qator mazmunli ishlar izchil amalga
oshirib kelinmoqda. Ta’lim sohasida keng joriy qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunning 8-moddasida: “Maktabgacha ta’lim va tarbiyalashga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek,
bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir”

2

, - deyilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Maktabgacha ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risi”dagi PQ-4312-sonli
qarorida ham maktabgacha ta’lim muassasasida 6-7 yoshli bolalarni maktabga
tayyorgarlik monitoringini joriy etish va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
zarurligi ko‘zda tutilgan. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, u yerda beriladigan
ta’lim-tarbiyani to‘liq o‘zlashtira olishlariga erishish MTT tarbiyachilari asosiy
faoliyatlarining bir qismidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini,
o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim
jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil
va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini
ta’minlash bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning vazifalaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Maktabgacha ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risi”dagi PQ-4312-sonli
qarorida ham maktabgacha ta’lim.

Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l

mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shaxsiy
tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, tabiiy
hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda tutadi.
Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy fikrlashi, bilimga qiziqishi,
mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish,
eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o‘z ichiga oladi. Bolaning
maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini 14 bilishiga va nutqni qanchalik
rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, ya’ni
nutqiy-mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til
malakasining rivojlanganligi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini izohlay
olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi.

2

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020., 24 sentaabr, 202 (7704)-

son


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

13

13

Venger bolalarning maktabga tayyorligini psixik rivojlanishning bir bosqichi

sifatida qaraydi. Unga ko‘ra, 6–7 yoshdagi bola ta’limga kirishdan oldin:

Bilish faoliyati (xotira, tafakkur, diqqat, idrok),

Hissiy-emotsional muvozanat,

Ijtimoiy moslashuv darajalariga ega bo‘lishi kerak.

Vengerga ko‘ra, bolaning maktabga tayyorlik darajasi — bu faqat bilim emas,

balki psixologik tayyorgarlikning kompleks holatidir.

Elkonin bolaning maktabga tayyorlik konsepsiyasida faoliyat yetakchiligi

tamoyiliga asoslanadi. Uning fikricha:

Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy faoliyati – erkin o‘yindir.

Maktabda esa faoliyat turi ta’lim faoliyatiga almashadi.

Shu bois bola maktabga tayyor bo‘lishi uchun, u o‘yin faoliyatidan o‘quv

faoliyatiga o‘tish uchun psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim.

Davydov bolalarning maktabga intellektual tayyorgarligini:

Bilish jarayonlari (taqqoslash, umumlashtirish, tahlil),

Nutq faolligi,

Simvolik tafakkur orqali baholaydi.

Unga ko‘ra, bola maktabda bilimni tayyor shaklda emas, balki muammoli

vaziyatlarda o‘zi topib olishga o‘rgatilishi kerak. Bu esa mustaqil tafakkurga
tayyorlikni talab qiladi.

Muxina bolaning shaxsiy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratgan. Unga ko‘ra:

Bola o‘zini “maktab o‘quvchisi” sifatida tasavvur eta olishi,

O‘z harakatlariga mas’uliyat bilan yondasha olishi,

Intizomli va boshqalarga moslasha oladigan bo‘lishi zarur.

U shaxsiy va ijtimoiy tayyorgarlikni teng muhim komponentlar deb hisoblaydi.
Vygotskiy fikricha, bolaning maktabga tayyorlik darajasi — bu bolaning

yaqin

rivojlanish zonasi

da namoyon bo‘ladi. Ya’ni bola o‘qituvchi yoki kattalarning

ko‘magisiz emas, balki

yordam bilan rivojlanishi mumkin bo‘lgan salohiyat

hisobga olinishi kerak. U shuningdek,

nutq va fikrlash

bog‘liqligini asoslab bergan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash muammosi tarixiy

xarakter kasb etib, bu borada sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
A.Navoiylar tomonidan yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy adabiyotlar muhim
ahamiyatga ega. Yosh avlodga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida
psixolog

olimlardan

M.Davletshin,

B.Karimova,

Z.Nishonova,

N.Safayev,

E.G‘oziyevlar tomonidan muammoning psixologik jihatlari o‘rganilgan .
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy
boshlang‘ich bir yillik tayyorlash guruhlarida bola portfoliosini yaratish orqali bolani
maktab ta’limiga tayyorlash va o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimli va yetuk malakaga
egaligini ta’minlaydi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

14

14

Muhammad Davletshin

3

— sobiq ittifoq va O‘zbekiston psixologiya fanining

rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri bo‘lib, u asosan:

-

maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi,

-

bilish jarayonlari psixologiyasi (xotira, idrok, tafakkur, diqqat),

-

didaktik psixologiya va ta’lim psixologiyasi sohalarida ilmiy izlanishlar olib

borgan.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
Davletshin o‘zining ilmiy ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limga

tayyorlash uchun ularning:

-

bilish faoliyati (xotira, tafakkur, idrok, e’tibor),

-

hissiy-irodaviy rivojlanish darajasi,

-

nutq va ijtimoiy moslashuv holatini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqqan.

U shuni ta’kidlaydi:
“Bola maktabga borishidan oldin o‘z harakatlari uchun ma’suliyatni tushuna

olishi, topshiriqlarni mustaqil bajara olishi, eng muhimi — bilim olishga nisbatan ichki
qiziqishga ega bo‘lishi zarur.”

2. Bilish jarayonlari: xotira va diqqat
Davletshin o‘z tadqiqotlarida bolalarda xotira jarayonining turlari va bosqichlarini

farqlaydi:

-

Mekanik xotira – yosh bolalarda ko‘proq rivojlangan, eslab qolishda mantiqiy

aloqa kam;

-

Mantiqiy xotira – bog‘liqlik asosida eslab qolish, bu 6–7 yoshdan boshlab

shakllanadi;

-

Ixtiyoriy xotira – bola maqsadli eslab qolishga o‘rgatiladi.

Shuningdek, u e’tiborning barqarorligi va sezgi vositasida idrok qilish

ko‘nikmalari bola maktabga tayyor bo‘lishining muhim belgilaridan biri ekanini
ko‘rsatadi.

3. O‘yin orqali ta’lim psixologiyasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishini o‘rganishda erkin

o‘yin faoliyatini muhim vosita deb biladi. Unga ko‘ra:

-

Bola o‘yinda o‘z irodasini boshqaradi;

-

Qoidalar asosida harakat qiladi (bu maktabdagi intizom uchun asosdir);

-

Ijtimoiy rollarni bajara oladi (psixososial tayyorgarlik shakllanadi).

1-jadval

Tamoyil nomi

Izohi

Rivojlanish darajasi va
tayyorgarlik aloqasi

Bola ruhiy rivojlanishi darajasi uning ta’limga qanchalik
tayyorligini belgilaydi.

Bilish

jarayonlarining Idrok – diqqat – xotira – tafakkur bosqichlari bir-biriga

3

Davletshin M.M.

"Bolalar psixologiyasi"

, Toshkent: O‘qituvchi, 1985.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

15

15

uzviyligi

bog‘liq bo‘lib rivojlanadi.

Maqsadga yo‘naltirilgan
o‘yin

O‘yin jarayoni shunchaki ermak emas, balki bilish,
kommunikatsiya va ijtimoiylashuv manbaidir.

Diagnostik yondashuv

Har bir bola psixologik baholov orqali tahlil qilinishi
zarur: individual rivojlanish darajasi, e’tibor, xotira
hajmi, o‘qishga qiziqish.

1-jadval Ilmiy qarashlarining asosiy tamoyillari


Barchinoy Karimova — taniqli o‘zbek psixologi, ko‘plab psixologik qo‘llanma

va darsliklar muallifi. U asosan:

-

pedagogik va yosh psixologiyasi,

-

emotsional rivojlanish va shaxs shakllanishi,

-

ta’limga psixologik tayyorgarlik masalalariga ixtisoslashgan.

Uning ishlari O‘zbekistonning ta’lim tizimida, ayniqsa maktabgacha ta’lim

sohasida keng qo‘llaniladi.

B. Karimovaning ilmiy qarashlari va tadqiqot yo‘nalishlari
1. Maktabga psixologik tayyorgarlikning ko‘p yo‘nalishliligi
Karimovaga ko‘ra, bolaning maktabga tayyorligi faqat bilim emas, balki quyidagi

tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

2-jadval

Tayyorgarlik turi

Tavsifi

Intellektual

Bola tafakkur qilish, xotirlash, diqqatni jamlash, mantiqiy

fikrlashga qanchalik qodirligi.

Emotsional

Bola o‘z his-tuyg‘ularini anglab, ifodalay olishi va boshqarishi.

Ijtimoiy

Atrofdagilar bilan muloqot, moslashuvchanlik, guruhda o‘zini

tutish.

Shaxsiy

Bola o‘zini "maktab o‘quvchisi" sifatida tasavvur qilishi,

mas’uliyatni his qilishi.

2-javdal Bolani maktabga tayyorgaligi


2. Diagnostika va baholash muhimligi
Karimova maktabga tayyorlikni aniqlashda psixologik diagnostika vositalarini

ishlab chiqqan va targ‘ib qilgan. Uning asosiy yondashuvi shuki:

“Har bir bola o‘ziga xos, shuning uchun maktabga tayyorlikni standart usulda

emas, balki individual yondashuv asosida baholash lozim.”

U quyidagi mezonlarni tavsiya qiladi:

-

Diqqat hajmi va barqarorligi,

-

Mantiqiy tafakkur darajasi,

-

Nutq faolligi va ifodasi,


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

16

16

-

Mustaqil harakat qilishga tayyorgarlik.

3. Ota-ona va pedagog ishtiroki
Karimova bolani maktabga tayyorlashda:

-

Oila (ota-ona),

-

MTT tarbiyachilari,

-

Psixolog o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni eng muhim omillardan biri deb biladi.

Uning fikricha:
“Agar bola oilada ijobiy emotsional qo‘llab-quvvatlansa, o‘zini ishonchli his

qilsa, maktabga oson moslasha oladi.”

Ziyoda Nishonova – O‘zbekistonning yetakchi psixolog olimalaridan biri bo‘lib,

u asosan:

-

nutqning ontogenezi,

-

bolalar tafakkuri va muloqot rivoji,

-

shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyot,

-

maktabgacha ta’limda psixodiagnostika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib

borgan.

Xulosa:

xotira va tafakkur kabi asosiy kognitiv funksiyalarni rivojlantirishda jins omili

muhim rol o‘ynashi mumkin, biroq bu omil yagona yoki asosiy aniqlovchi omil emas.
U bilan bir qatorda psixopedagogik yondashuvlar, tarbiyaviy uslublar, shaxsiy va
oilaviy omillar, hamda o‘quv muhitining sifati kabi ko‘plab mezonlar inson tafakkuri
va xotirasining shakllanishi va mustahkamlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqolllariga
bag‘ishlangan majlisdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq
soʻzi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar. N11.

2.

Shavkat Mirziyoyev_Erkin va faraovon , demokratik Oʻzbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent-“Oʻzbekiston”-2016

3.

The World youth report on Youth civic Engagement.-NY:united Nations, 2016.

4.

АдаптациятестаДж.Гилфорда

и

М.Салливена:

Руководство

по

использованию. -СПб., 1996. -1 8 4 с.

References

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqolllariga bag‘ishlangan majlisdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq soʻzi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar. N11.

Shavkat Mirziyoyev_Erkin va faraovon , demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent-“Oʻzbekiston”-2016

The World youth report on Youth civic Engagement.-NY:united Nations, 2016.

АдаптациятестаДж.Гилфорда и М.Салливена: Руководство по использованию. -СПб., 1996. -1 8 4 с.