JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
65
65
O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA
AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH
Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi
Namangan davlat texnika universiteti
Email: zulayxodadamirzayeva@gmail.com
Abstract:
O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartish borasida turli
xil chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Qashshoqlashish, kambag'allashish muammosini
oldini olish, aholi bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorlikka oid intilishlarini
rag'batlantirish iqtisodiy islohotlarni ro'yobga chiqarishning muhim kaliti
hisoblanadiki, pirovardida aholi farovonligi yaxshilana boradi. Shu o'rinda ta'kidlash
kerakki, aholi daromadlardagi tengsizlik bozor tizimining belgisi bo'lar ekan, bu
tizimda kambag'allarning bo'lishi ob'ektiv hodisadir. Shu sababli kambag'allikni
tugatib bo'lmaydi, lekin uning miqyosi qisqarishi mumkin. Boisi kambag'allik
millatning sog'lig'i, mehnatga layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi.
Shuningdek, uning oqibati natijasida davlat byudjetining pasayishi va siyosiy
jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo'ladi.
Kalit so’zlar:
Kambag’allik, aholi bandligi, oilaviy biznes, tadbirkorlik, temir
daftar, yoshlar daftari, ayollar daftari, ijtimoiy himoya
KIRISH
Rivojlangan davlatlarda uzoq yillardan buyon hukm surayotgan bozor iqtisodiyoti
tengsizlikka asoslangan taqsimot munosabatlarini namoyon qildi va qilmoqda. Bunday
sharoitda ba'zi xo'jalik sub'ektlarida foyda miqdorining ko'payib bozorda yuqori
mavqega ega bo'lishi kuzatilsa, ba'zilarida esa ishlab chiqarish bozor talablariga javob
bermay, raqobat kurashida yengilib zarar ko'rishi, inqirozga uchrashi hamda
xonavayron bo'lishi tabiiy holatga aylandi. O'z navbatida bunday iqtisodiy
munosabatlar tizimida o'zini oqlamaydigan iqtisodiy faoliyat turlarini tugatilishi bilan
birga boshqa yangi iqtisodiy faoliyatning tanlanishi ro'y beradi.
Kambag'allik–individ yoki oilaning asosiy ehtiyojlari ularni qanoatlantirish uchun
mavjud bo'lgan mablag'lardan ko'proq bo'ladigan bir holat . Iqtisodchi olim N.
Beknozovning fikricha, kambag'allik –kishi o'zining asosiy ehtiyojlari uchun pul
mablag'lari yetarli bo'lmagan, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam
ta'minlangan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining past darajada qondirilishidir.
Iqtisod fanlari doktori, akademik R. Abdullayevning fikriga ko'ra, “Kambag'allik”
deganda–individ yoki ijtimoiy guruhning shunday iqtisodiy holatini tushunish kerakki,
bunday holatda ular yashash, mehnat qobiliyatini saqlash, ko'payish uchun zarur
bo'lgan ma'lum minimal ehtiyojlarini qondira olmay qoladilar.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
66
66
TAHLIL VA NATIJALAR
1.1-jadval
Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM
Mamalakatlar
1995
yil
2018
yil
O'sish,
marta
Mamlakatlar
1995
yil
2018
yil
O’sish
%
Xitoy
610
9771
16,0
Moldova
477
3227
6.8
Ozarbayjon
397
4721
11.9
Mo'g'uliston
632
4122
6.5
Vetnam
277
2567
9.3
Hindiston
374
2010
5.4
Armaniston
456
4212
9.2
Belarus
1371
6290
4.6
Litva
2169
19153
8.8
Rossiya
2666
11289
4.2
Gruziya
578
4717
8.2
Tojikiston
214
826
3.9
Latviya
2322
17861
7.7
Qirg'iziston
364
1281
3.5
Qozog'iston
1288
9813
7.6
Ukraina
936
3085
3.3
Estoniya
3131
23266
7.4
O'zbekiston
586
1532
2.6
Jadvaldagi birinchi ustun–– mamlakatlar, sobiq SSSR mamlakatlari, ayrimlari
qo'shnilarimiz. Ikkinchi ustun–– 1995 yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi
ichki mahsulot. Uchinchi ustun–– 2018 yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi
ichki mahsulot. To'rtinchi ustunda esa necha barobar o'sish kuzatilganligi o'z aksini
topgan. Bu dollardagi nominal o'sish,– real o'sish emas. Lekin mamlakatlarni bir-biri
bilan taqqoslash mumkin. 1.1-jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, O'zbekiston 1995-
2018 yillar mobaynida mazkur mamlakatlarga nisbatan eng yomon rivojlangan.
Iqtisodiy rivojlanish sur'ati past bo'lgan. Buning sababi kambag'al mamlakatlarda
odamlarni pul topish, pulni jamg'arish va investitsiya qilish, innovatsiyalar tadbiq etish
rag'batlantirilmadi. Ko'p muammolar o'tmishga borib taqaladi.
Qashshoqlashish, kambag'allashish muammosini oldini olish, insonga munosib
turmush tarzini, ularning tadbirkorlikka oid intilishlarini rag'batlantirish, qulay sharoit
yaratish bugungi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni ro'yobga
chiqishining muhim kalitidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki davrida
kambag'allikni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Eski sobiq ittifoq davlatlari o'rtasida iqtisodiy aloqalarni qisqarishi, ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayib ketishi va iqtisodiy sub'ektlar daromadining
qisqarishi.
2. Dastlabki kapital jamg'arish daromadlarning adolatsiz o'zlashtirilishiga, bir
guruh jamiyat a'zolari daromadining keskin kamayib, boshqalar kapitaliga aylanishi.
3. Muayyan davrlar oralig'ida bozor turlarining shakllanib ulgurmaganligi va
resurslarning yetishmasligi aholi bandligini qisqartirib ishsizlar sonini ko'paytirdi. Bu
esa kambag'allik sari yana bir turtki bo'ldi;
4. Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan
byudjet mablag'lari yetarli emasligi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
67
67
5. Aholi daromadlariga nisbatan narx-navoning tez o'sishi, giperinflyatsiya
holatining vujudga kelishi tufayli kambag'allar safini qat'iy belgilangan daromad
oluvchilar hisobidan kengayishi.
Kambag'allik darajasi iqtisodiyotning umumiy darajasiga teskari mutanosiblikda
bo'ladi. Shu sababli iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda kambag'allik darajasi past bo'lsa,
iqtisodiyoti zaif mamlakatlarda u yuqori bo'ladi. Kambag'allik ko'rsatkichi iqtisodiy
o'sishga qarab o'zgaradi . Kambag'allikning mamlakatimizda ko'plab jihatlari bor, ular
mustahkam doira tashkil etgan holda bir-biri bilan bog'langan. Xususan:
1. Aholi salomatligining nochorligi, kasalliklar va mehnat qobiliyati yo'qligining
o'zi odamlarga to'liq ish kuni mehnat qilish imkonini bermaydi, natijada ularning
daromadi chegaralanib, kambag'allikdan qutulish uchun mablag' topish imkoniyatidan
mahrum etadi. Ayniqsa, oila boshlig'ining salamatligi muammosi-daromadni keskin
chegaralaydi, umuman, kasallik oilaning moddiy asoslarini izdan chiqarib yuboradi.
Bu holda daromad kamayishi bilan birga dori-darmon sotib olishga, meditsina
xizmatlariga, oilaning bemor a'zosini parvarishlashga qo'shimcha xarajatlar zarur
bo'ladi.
2. Kasb-hunar kollejlari va o'rta maktablarni bitirganlarning ma'lum qismi
kambag'allar safiga asta-sekin qo'shilib borishidir. Bunga ularning ishsizliklari va ish
o'rinlarini yetishmasligi sabab bo'ladi. Ularni ishlab oilaga yordam berishlari va oliy
ta'limdagi o'qitish xarajatlari kambag'al oila farzandlarini yetarlicha ta'lim ololmay
qolishlariga sabab bo'lib, keyin ular ham past ish haqi to'lanadigan joylarda ishlashga
majbur bo'ladilar.
3. Bandlik uchun yetarli imkoniyatlar yo'qligi sabab qishloq joylaridagi ko'plab
odamlar qambag'allikdan qutulish uchun o'z
vatanlaridagi
yoki boshqa
mamlakatlardagi shaharlarga ish qidirib ketib qolmoqdalar. Natijada har yili
respublikamiz bo'yicha 2,5-3 mlndan ortiq mehnat resurslari mamlakatdan tashqarida
mehnat qilmoqdalar.
4. Maorif, sog'liqni saqlash, toza ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy xizmatlardan
foydalanish darajasining yetarli emasligi sabab toza ichimlik suvi bo'lmagan joylarda
kasalliklar turi va kasallanganlar soni ko'proq bo'lmoqda.
1.2-jadval
O'zbekistonda kambag'allik darajasini hududlar bo'yicha taqsimlanishi
Hududlar
2014 y
2015 y
2016 y
2017 y
2018 y
2020 y
Qoraqalpog'iston
28,8
28,3
27,6
26,3
25,9
4,2
Respublikasi
9,9
9,3
8,7
8,0
7,9
8,1
Andijon
10,7
10,1
9,3
9,2
8,9
5,7
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
68
68
Buxoro
15,8
15,4
14,8
14,3
14,0
5,4
Jizzax
23,5
23,2
22,6
22,4
20,9
7,3
Qashqadaryo
14,4
13,9
13,2
12,9
12,2
6,0
Navoiy
15,7
15,2
15,0
14,3
14,0
4,0
Namangan
10,9
10,2
9,7
9,1
8,6
5,7
Samarqand
20,5
20,0
19,7
19,2
18,7
5,2
Surxondaryo
18,3
17,7
16,4
16,1
15,3
5,8
Sirdaryo
8,5
7,9
7,4
7,0
6,5
5,5
Toshkent viloyat
8,4
7,8
7,4
7,3
6,6
7,0
Farg'ona
15,1
14,3
13,3
12,9
12,5
3,0
Xorazm
1,5
0,9
0,7
0,6
0,4
2,3
Toshkent shahri
14,4
13,8
13,2
12,8
12,3
5,5
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimini joriy etish barcha ayollar va
yoshlarning ehtiyojlarini maxsus markerlar orqali belgilab berishga xizmat qiladi.
Ishlash va o'z malakasini oshirish ishtiyoqi bor bo'lgan fuqarolarni jadallashtirilgan
ta'lim tizimlari orqali bozorbop kasb va hunarlarga o'qitish, maxsus sertifikatlar bilan
ta'minlash ishiga asos solinadi. Ularning kasbiy malakalarini, turli kasb-kor va hunarlar
bo'yicha mahoratlarini o'stirish, dunyo miqyosida talab yuqori bo'lgan va
raqobatbardosh kasbiy kompetentsiyalarni aholi o'rtasida rivojlantirish, ishsiz ayollar
va yoshlarni tadbirkorlikka, xususan, oilaviy tadbirkorlikka, o'z-o'zini band kilish
ishlariga keng jalb etish, ayollar va yoshlar ichidan yangi mulkdorlar qatlamini
shakllantirish kabilar mazkur daftarlarning maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda Bosh vazirning o'rinbosarlari va maslahatchilari, vazirliklar, davlat
qo'mitalari, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari,
sektorlar rahbarlari ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'ir oilalar muammolari
bo'yicha “Temir daftar”ga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og'ir, ishsiz va
kasb-hunarga ega bo'lmagan, huquqiy va ma'naviy-psixologik qo'llab-quvvatlashga
zarurati bo'lgan xotin-qizlar va yoshlar bo'yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni kambag'allikdan chiqarish va ularning
farovonligini oshirish uchun shaxsan mas'ul etib belgilangan.
“Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” tizimini joriy etishdan maqsad shuki,
bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tish jarayonida jamiyatda aholining ijtimoiy
qatlamlarga bo'linishi bir tomondan oz sonli mulkdorlarni, ikkinchi tomondan ko'p
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
69
69
sonli kambag'allarni yuzaga keltirdi. Eng muhimi, mamlakatimiz davlat siyosatida
kambag'allik mavjud ekanligini e'tirof etgan holda ularning manfaatlarni himoya qilish,
ularning farovonligini ta'minlashga qaratilgan davlat ijtimoiy siyosatini yuritish bosh
vazifa sifatida belgilab olindi. Xususan, amalda kambag'allikni oldini olish,
kambag'allikning indikatorlarini belgilash, rag'batlantirish mexanizmlari orqali
kambag'al qatlamlarni o'z-o'zini band qilish, oilaviy daromadning nufuzini ta'minlash,
ayollar va yoshlar uchun keng iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar yaratish, ular orzu-
umidlari va barcha ehtiyojlarining ochik, shaffof tarzda namoyon bo'lishini ta'minlash
g'oyalari e'lon kilindi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi
mutasaddiligida tashkil etilgan ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni
ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha respublika komissiyasi tarkibidagi ishchi
guruhlari olti yarim milliondan ortiq xonadonga birma-bir kirib, xotin-qizlar bilan
suhbat o'tkazib, ayollar muammolarini o'rgandi. Natijada kasaba uyushmalari, tegishli
vazirliklar va sektor rahbarlari bilan hamkorlikda 9 toifadagi, ya'ni birinchi navbatda,
ko'mak berilishi kerak bo'lgan 432 ming 781 nafar ayol “Ayollar daftari” ga kiritildi .
Prezidentimizning 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash,
ularning
jamiyat
hayotidagi
faol
ishtirokini
ta'minlash
tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada
rivojlantirishda muhim asos bo'ldi. Unda ayollar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga
o'qitish, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga oid vazifalar belgilab
berildi.Xususan, tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan o'z biznes g'oyasiga ega ana
shunday xotin-qizlarga Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasidan 9,5 milliard
so'm subsidiya ajratildi. Natijada, 3379 nafar ayollarning bandligi ta'minlandi.
Jumladan, shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 2015 nafar kam ta'minlangan,
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy va
dala tomorqasida ekishga urug'lar va ko'chatlar hamda sug'orish vositalari xarid qilish
uchun olti milliard so'm subsidiya ajratildi.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Mamlakatimizda kambag'allik muammosi va unga ta'sir etuvchi omillar,
kambag'allikni kamaytirish bilan bog'liq jarayonlarni o'rganib quyidagi xulosaga
keldik:
- mamlakatimizda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish,
bo'sh ish o'rinlari to'g'risida aniq ma'lumotlar bazasini shakllantirish va to'ldirib borish,
hududlarda ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish;
- Mamlakat miqyosida, shuningdek, o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda iste'mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlardagi daromadlar
darajasini belgilash;
- “Temir daftar” ga kiritilgan, shuningdek, mahallalardagi ishsizlarni, ayniqsa,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
70
70
ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida bepul o'quv kurs va kasbga
tayyorlash ishlariga jalb qilish;
- Hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib, hududlar kesimida kambag'allikni
qisqartirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va o'z vaqtida moliyalashtirish;
- Kambag'allikni kamaytirishga oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni
rivojlantirish orqali o'z-o'zini band qilish bilan erishish mumkin. Biroq sohalarda
kasanachilarni oylik ish haqlarini o'z vaqtida bermaslik mazkur yo'nalishni
rivojlanishiga to'siq bo'lmoqda;
- Aholining turmush darajasini oshirish va farovonlikni ta'minlashning muhim
shartlaridan biri sifatida ishsizlik darajasini pasaytirishga e'tiborni kuchaytirish
lozim. Bunda ishga joylashish imkoniyatini yaratuvchi, tegishli davlat organlari
bilan bir qatorda, fuqarolarning mas'uliyatini oshiruvchi, har bir insonning shaxsiy
sharoitini hisobga oluvchi, o'ziga mustaqil yordam bera olmaydiganlarni qo'llab-
quvvatlovchi faol va ta'sirchan siyosat yuritish, ushbu maqsadlarga jamiyat va
xususiy sektor resurslarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi;
- nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda odamlarimizni
tadbirkorlikka o'qitishning eng ilg'or dasturlarini ishlab chiqish va kasbga
o'qitishda nodavlat tashkilotlarning faolligini kuchaytirish;
- fuqarolarning oilaviy byudjeti daromadlarini oshirishning eng samarali
shakllaridan biri sifatida kasanachilik mehnatini rivojlantirish kerak. Bunda
zamonaviy mashinalar, uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun
moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini, ularga marketingni amalga oshirish
va kasanachilik mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida
buyurtmachilarni topishga ko'maklashish, bozorda talab yuqori mahsulotlarni ishlab
chiqarishda boshqa tadbirkorlik sub'ektlari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga
ko'maklashish;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Botirjon o’g’li, M. B., & Hasanboy o’g’li, S. D. (2022). ORGANIZATION AND
INCREASE OF ACTIVITY OF SMALL INDUSTRIAL ZONES.
2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global
inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni, 2020 yil 19 mart,PF-
5969-son
3.
“2030 yilga qadar O'zbekiston respublikasida gender tenglikka erishish
strategiyasini tasdiqlash haqida” O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining
Qarori. 2021 yil 28 may,SQ-297-IV-son
4.
Mahallalardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish,
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, aholi bandligini ta'minlash masalalari to'g'risida”
2021 yil 25 iyun ,SQ-325-IV-son