Authors

  • Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.128841

Abstract

Mamlakatimizning sanoat tarmoqlari ichida eng katta qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha paxta-to‘qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, to‘qimachilik sanoati aholi bandligini ta’minlashning yetakchi sohalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasining o‘zida deyarli 7000 ta korxonada 200 mingdan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotganligi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Paxta-to‘qimachilik sanoati Namangan viloyati sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Viloyat uchun bu tarmoqni yanada rivojlantirishning muhimligi, birinchi navbatda mahalliy xom-ashyo bazasining mavjudligi, shuningdek, nisbatan yuqori mehnat sig‘imliligi bilan bog‘liq. Bu esa bandlik va aholining turmush darajasini oshirish kabi muammolar yechimini topishi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

68

68

PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI ASOSIDA TADBIRKORLIK

FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI

Namangan davlat texnika universiteti

Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi

Email:

zulayxodadamirzayeva@gmail.com

Mamlakatimizning sanoat tarmoqlari ichida eng katta qo‘shimcha qiymat yaratish

bo‘yicha paxta-to‘qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
to‘qimachilik sanoati aholi bandligini ta’minlashning yetakchi sohalaridan biri
hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasining o‘zida deyarli 7000 ta korxonada 200 mingdan
ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotganligi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Paxta-
to‘qimachilik sanoati Namangan viloyati sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan
biri hisoblanadi. Viloyat uchun bu tarmoqni yanada rivojlantirishning muhimligi,
birinchi navbatda mahalliy xom-ashyo bazasining mavjudligi, shuningdek, nisbatan
yuqori mehnat sig‘imliligi bilan bog‘liq. Bu esa bandlik va aholining turmush
darajasini oshirish kabi muammolar yechimini topishi nuqtai nazaridan ham muhim
ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab

chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori bilan 2022 yilda viloyatning 10 ta tumanidagi 63406 gektar yer maydonida paxta
xom-ashyosini yetishtiruvchi barcha fermer xo‘jaliklari to‘laligicha klaster
korxonalariga biriktirib berildi.[1]

2023 yilga kelib viloyatda 7 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari faoliyat

yuritib kelmoqda va ular quyidagilar: "Art Soft Holding" MCHJ, “Namangan
To`qimachi” MCHJ, “Toshbuloq Teks” MCHJ QK, “Namangan Paxta Teks” MCHJ,
“Textile Finance Namangan” MCHJ, “Uchkurgan Textile” QK MCHJ, “Iftixor Kiyim
Sanoat” MCHJ.

Namangan viloyatida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘z oldiga

qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

1). Paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning strategik va ustivor

yo‘nalishlarini belgilash hamda muvofiqlashtirishni samarali tizimlari va usullarini
joriy etish;

2). Xorijiy mamlakatlar va korxonalar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va

sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

3). Paxta-to‘qimachilik mahsulotlariga ichki va xorij bozorlaridagi talab va

taklifni muntazam o‘rganib borish asosida raqobat strategiyasini belgilash;

4). Klaster tarkibidagi tadbirkorlik korxonalari faoliyatiga yangi texnologiyalar

va menejmentning ilg‘or usullarini joriy etish;

Klasterlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash

va qayta ishlash jaryonlarida ularni sifati buzilishining ham oldi olinadi hamda bu
jaryonlarga xizmat qiladigan infratuzilmalar tizimi shakllanadi. Shu maqsadda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi
“Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterlarini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qaroriga asosan “Art soft


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

69

69

Holding” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.[2] Bundan ko‘zlangan maqsad
Namangan viloyatining agrar tarmog‘ini yanada rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investisiyalarni keng jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarga asoalangan infratuzilmalarni
yaratish, iqtisodiy va eksport salohiyatini oshirish, yagona texnologik zanjirga
biriktirilgan korxonalar majmuini tashkil etish orqali viloyatda yetishtirilgan qishloq
xo‘jalgi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish
va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishdir.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, klaster miqyosi qanchalik keng bo‘lsa, uning

imkoniyatlari yuqori bo‘ladi va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari
kengayadi. Namangan viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholashda
va iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlashda quyidagi omilli ko‘rsatkichlardan
foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:

Moliyaviy omillar bo‘yicha:

-klaster tarkibiga kiruvchi korxonalar foydasini ko‘paytirish-sof foyda;
-korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish-sotilgan mahsulotlar

hajmida xarajatlarni hissasi, 1 so‘m sotilgan mahsulot uchun sraflangan xarajatlar.
Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari-bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat
faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan omillar uchun sarflangan mablag‘larning
pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko‘rsatkichida namoyon bo‘lib, barcha
moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq
to‘lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.

-paxta-to‘qimachilik klasterlari mahsulotlarini milliy va jahon to‘qimachilik

bozoridagi hissasini ortishi va mahsulot sotishdan olinadigan daromad miqdori.

Ichki va tashqi bozordagi xaridorlar omili bo‘yicha:

-paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sotilgan tovar mahsulotlari miqdori va

undan olinadigan daromad miqdori.

Paxta-to‘qimachilik klasterlarida ichki ishbilarmonlik muhiti:

-klasterlar tomonidan zamonaviy va yangi asbob-uskunalar sotib olish -

shuningdek, asosiy kapitalning balans qiymati;

-korxona xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari tizimini joriy etish- ishlab

chiqarilgan mahsulot tannarxida operasion xarajatlar hissasi;

-korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi va assortimenti-mahsulot

turlarini yangilash holati;

Paxta-to‘qimachilik klasterlarida ta’lim va kadrlar salohiyatini oshirish;

-klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud mehnat jamoalarini saqlab

qolish-ishchi xodimlar soni;

-korxonada mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish o‘rtasidagi optimal

nisbatni ta’minlash-1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi va unga o‘rtacha ish
haqi miqdorini mutanosibligi;

-korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning o‘z ishidan qoniqish

darajasini oshirish-ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan salbiy holatlar oldini


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

70

70

olish;

Bugungi kunda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlanishiga va ularni iqtisodiy

samaradorlikka erishishlariga ta’sir etuvchi yuqoridagi omillarni e’tiborga olgan holda
faoliyati yo‘lga qo‘yib borilmoqda. Natijada viloyatidagi paxta-to‘qimachilik
klasterlari tomonidan paxta xom-ashyosini yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash
asosida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, uni milliy va jahon
bozorlarida sotish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, paxta-
to‘qimachilik klasterlari qishloq joylarida yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholini
muntazam daromad olishlarini ta’minlamoqda. Bularni barchasi paxta-to‘qimachilik
klasterlarini tashkil etish, rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikka erishishiga ta’sir
etuvchi omillarni aniq belgilanganligini va ularni ilmiy hamda iqtisodiy jihatidan aniq
asoslab berilganligini natijasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

“Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori. 2018 yil 19 sentyabr, 744-sonli qaror. https/lex.uz/.

2.

“Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterlarini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 736-sonli qarori.

3.

https/lex.uz/.

References

“Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 2018 yil 19 sentyabr, 744-sonli qaror. https/lex.uz/.

“Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 736-sonli qarori.

https/lex.uz/.