Authors

  • Quvondiqova Sohiba Orif qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114268

Keywords:

Kalit so’zlar:Tohir Malik Shaytanat jinoyat jamiyat odamiylik adolat yovuzlik vijdon ijtimoiy muammo adabiy falsafa.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Tohir Malikning “Shaytanat” romani asosida yozuvchining hayotga, jamiyatga va insondagi yovuzlikka bo‘lgan qarashlari yoritiladi. Asarda jinoyat olami orqali ma’naviy inqiroz, odamiylik, vijdon va adolat masalalari ko‘tariladi. Muallif o‘z asarida jamiyatdagi axloqiy muammolarni ko‘rsatib, o‘quvchini o‘ylantirishga undaydi. Tohir Malikning hayotiy kuzatuvlarga boy ijodi orqali o‘zbek adabiyotida chuqur falsafiy yondashuv namoyon bo‘ladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

38

38

TOHIR MALIK FALSAFASI. “SHAYTANAT”

ROMANINING TAHLILIY TALQINI

Quvondiqova Sohiba Orif qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti

Pedagogika va Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti

Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili ) yo’nalishi

2-bosqich talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Tohir

Malikning “Shaytanat” romani asosida yozuvchining hayotga, jamiyatga va insondagi
yovuzlikka bo‘lgan qarashlari yoritiladi. Asarda jinoyat olami orqali ma’naviy inqiroz,
odamiylik, vijdon va adolat masalalari ko‘tariladi. Muallif o‘z asarida jamiyatdagi
axloqiy muammolarni ko‘rsatib, o‘quvchini o‘ylantirishga undaydi. Tohir Malikning
hayotiy kuzatuvlarga boy ijodi orqali o‘zbek adabiyotida chuqur falsafiy yondashuv
namoyon bo‘ladi.

Kalit so’zlar:

Tohir Malik, Shaytanat, jinoyat, jamiyat, odamiylik, adolat,

yovuzlik, vijdon, ijtimoiy muammo, adabiy falsafa.

Аннотация:

В данной статье, основанной на романе «Шайтанат»

известного

представителя

узбекской

литературы

Тохира

Малика,

рассматриваются взгляды писателя на жизнь, общество и зло в человеке. В
произведении поднимаются вопросы духовного кризиса, гуманности, совести и
справедливости через мир преступности. В своем произведении автор
показывает моральные проблемы в обществе и призывает читателя к
размышлениям. Через творчество Тохира Малика, богатое жизненными
наблюдениями, проявляется глубокий философский подход в узбекской
литературе.

Ключевые слова:

Тохир Малик, Шайтанат, преступность, общество,

гуманность, справедливость, зло, совесть, социальная проблема, литературная
философия.

Annotation:

This article, based on the novel "Shaytanat" by the famous

representative of Uzbek literature, Tohir Malik, discusses the writer's views on life,
society, and evil in man. The work raises issues of spiritual crisis, humanity,
conscience, and justice through the world of crime. In his work, the author shows moral
problems in society and encourages the reader to think. Through Tohir Malik's work,
rich in life observations, a deep philosophical approach is manifested in Uzbek
literature.

Keywords:

Tohir Malik, Shaytanat, crime, society, humanity, justice, evil,

conscience, social problem, literary philosophy.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

39

39

KIRISH

Bugungi adabiyot o‘quvchini faqat xursand qilish emas, balki o‘ylantirish,

jamiyatdagi muammolar haqida to‘g‘ri fikr yuritishga undashi kerak. Tohir Malik ana
shunday yozuvchilardan biridir. U yozgan har bir asar, ayniqsa “Shaytanat” romani,
o‘zbek adabiyotida jinoyat, yovuzlik, jamiyatdagi axloqiy inqiroz haqida yozilgan eng
ta’sirli asarlardan biri sanaladi. Bu roman orqali yozuvchi jamiyatda kuchayib
borayotgan “shaytoniy tuzum” — ya’ni zulm, poraxo‘rlik, jinoyat, yolg‘on va qo‘rquv
asosida qurilgan tizim haqida ogohlantiradi.

“Shaytanat” romanining o‘ziga xosligi shundaki, unda nafaqat jinoyatchilar,

balki ularga jim qarab turgan jamiyat a’zolari ham tanqid ostiga olinadi. Tohir Malik
o‘z qahramonlari orqali bizga shunday savol beradi: “Sen jim turganing uchun
yovuzlik kuchaymadi-mi?” Bu savol esa o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Yozuvchi bu
asarida yovuzlik bilan kurashni emas, yovuzlikning ildizini ochib berishni, uni tag-tugi
bilan anglashni maqsad qiladi. Shu jihati bilan “Shaytanat” o‘zbek adabiyotida o‘z
o‘rniga ega. Mazkur maqolada aynan shu roman asosida Tohir Malikning yozuvchi
sifatidagi hayotiy qarashlari yoritiladi [Qo‘shjonov M. “Tohir Malik asarlarida ijtimoiy
haqiqat talqini”, Adabiyotshunoslik izlanishlari, 2018-yil.].

ADABIYOTLAR TAHLILIADABIYOTLAR TAHLILI

Tohir Malikning “Shaytanat” qissasi o‘zbek adabiyotida jinoyat, iymon,

odamiylik va jamiyat orasidagi murakkab bog‘liqlikni ko‘rsatgan asarlardan biridir.
Asarni yozish ishlari 1984-yilda boshlangan bo‘lib, u besh kitobdan iborat. Birinchi
qismi 1992-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida, keyinchalik 1994-yilda “Sharq”
nashriyotida alohida kitob holida chop etilgan. 2018-yilda esa har bir qismga alohida
nom berilgan holda nashr qilindi: “Qasos”, “Non bergan jon olmaydi”, “Semirgan
chumoli”, “Oqqush qo‘shig‘i” va “Azozil do‘koni”.

Bu asar yozuvchining jamiyatga ogohlantiruvi sifatida yozilgan. Uning o‘zi: “Bu

olamning bittagina eshigi bor. Kirdingmi — tamom, o‘z oyog‘ing bilan qaytib
chiqishing mahol”, — deya o‘quvchini hushyor bo‘lishga chaqirgan. Bu jumladan
ko‘rinadiki, yozuvchi jinoyat olamini bezab, qiziqarli qilib ko‘rsatishni emas, balki
undan ogohlantirishni maqsad qilgan.

“Shaytanat”dagi obrazlar, ularning ismlari va xarakterlari ham bejiz tanlanmagan.

Har bir ism ortida yozuvchining chuqur fikri bor. Masalan, asardagi Abdurahmon tabib
obrazini olaylik. Bu personaj o‘zining kamtar, dindor, halol fazilatlari bilan ajralib
turadi. Bir epizodda u “Men Rahmon emasman, Abdurahmonman, ya’ni Allohning
quliman” deydi. Bu so‘zlar orqali yozuvchi inson Alloh emas, Allohning quli ekani
haqida chuqur ma’naviy g‘oyani ilgari suradi. Bu joy ham diniy bilim, ham hayotiy
ibrat nuqtai nazaridan muhim.

Yana bir obraz — Asadbek. Bu ism ham oddiy tanlanmagan. “Asad” arab tilida

“botir, qo‘rqmas” degan ma’noni bildiradi. “Bek” esa kuch, hokimlik, nufuz ifodasi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

40

40

Yozuvchi qahramonini Asadbek deb atab, uning kuchli, lekin ich-ichida halovat izlab
yashaydigan, murakkab fe’lli odam ekanini ko‘rsatadi. Bu ism orqali insondagi
yovuzlik va ezgulik orasidagi kurashni ochib beradi.

Asar orqali biz shuni ko‘ramizki, Tohir Malik har bir obrazni, har bir voqeani,

hatto ismlarni ham chuqur ma’noga ega qilib tanlaydi. Bu esa asarning oddiy jinoyat
voqealari jamlanmasi emas, balki jamiyat, ma’naviyat va odamiylik haqida o‘ylashga
undaydigan falsafiy asar ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, “Shaytanat”dagi ismlar mavzusi boshqa asarlar bilan ham

qiyoslanishi mumkin. Masalan, Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asarida
Rahmon ismli obraz bor. U yerda bu ism odamlar ilmsizligi sabab noto‘g‘ri
qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Ammo Tohir Malik aynan “Abdurahmon” deb yozib, bu
masalaga jiddiy yondashganini ko‘rsatadi.

MUHOKAMA

“Shaytanat” — bu oddiygina jinoyat haqida yozilgan asar emas. Bu asar orqali

yozuvchi jamiyatdagi chuqur illatlar, axloqiy inqiroz, odamiylik va vijdon masalalariga
e’tibor qaratadi. Tohir Malikning o‘zi ham bu asarni yozishdan maqsadi odamlarni
ogohlantirish, hushyorlikka chaqirish bo‘lganini ochiq aytgan. Bu uning quyidagi
so‘zlarida yaqqol seziladi: “...beparvo bo‘lmanglar, siz bilan bizning yonimizda ko‘zga
ko‘rinmas, ammo vahshiy bir olam borki, undan ehtiyot bo‘linglar...” Bu ogohlantirish
yozuvchining jamiyatga dard bilan qaraganini ko‘rsatadi.

Asar voqealari bugungi jamiyat hayotiga juda yaqin. Unda tasvirlangan jinoyat

olami, poraxo‘rlik, hiyla-nayranglar — bular barchamiz ko‘rib, eshitib turgan holatlar.
Yozuvchi bu olamni chiroyli qilib ko‘rsatmaydi, balki u yerdagi vahshiylik, xoinlik,
beinsonlikni fosh qiladi. Asardagi Asadbek qahramoni — jinoyat dunyosining
markazida turgan, lekin yuragining bir chetida iymoni so‘nmay qolgan inson sifatida
tasvirlanadi. Bu obraz orqali yozuvchi shuni ko‘rsatadiki, eng yovuz ko‘ringan inson
ham ichida bir chaqmoq nur saqlab yurishi mumkin.

“Shaytanat”da ishlatilgan obrazlarning ismlarigacha chuqur ma’no yuklangan.

Masalan, Abdurahmon tabib — bu shunchaki tabib emas, balki “komil inson” timsoli.
U o‘zini “men Rahmon emasman, Abdurahmonman” deb tanishtirgani orqali yozuvchi
ismlarga bo‘lgan mas’uliyatni, diniy bilimga tayangan holda izoh berganini ko‘rsatadi.
Bu bir tomondan o‘quvchiga saboq bo‘lsa, ikkinchi tomondan yozuvchining o‘ta
hushyor va bilimli yondashuvini bildiradi.

Yana bir muhim jihat — yozuvchi Kesak (Haydar) obrazini ko‘rsatish orqali

jamiyatdagi ilmsiz, bexabar, johil qatlamga e’tibor qaratadi. Bu obrazlar o‘rtasidagi
farq esa iymonli, bilimli, halol kishilar bilan jaholat ichida qolganlar o‘rtasidagi
tafovutni yaqqol ko‘rsatadi. Shuningdek, Asadbekning o‘zi ham bir tomonlama
yovuz emas. Uning ismidagi “Asad” va “bek” so‘zlari botirlik va hokimiyatni
bildiradi. Bu ismning murakkab ma’nosi bor: tashqaridan qattiqqo‘l, kuchli ko‘rinsa-


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

41

41

da, aslida ich-ichida iymon va halollik bilan kurashayotgan odam. Asardagi eng katta
ziddiyat ham shundadir — iymon va iymonsizlik o‘rtasidagi kurash. Yozuvchi biror
guruhni ayblamaydi. U jamiyatda yovuzlikka ko‘z yuman odamlarning o‘zi ham
jinoyatga sherik bo‘lishini ko‘rsatadi. Ya’ni befarqlik — bu ham jinoyat. Bu fikr
bugungi kundagi har bir o‘quvchi uchun ham dolzarb va muhim.

XULOSA

Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘zbek adabiyotida jinoyat olami, iymon va

odamiylik haqida o‘ziga xos uslubda yozilgan kuchli asarlardan biridir. Yozuvchi bu
roman orqali o‘quvchini faqat voqealar bilan emas, balki chuqur ma’naviy savollar
bilan yuzlashtiradi. Asarda keltirilgan har bir obraz, ismlar, holatlar hayotdan olingan,
undagi har bir sahna jamiyatdagi bir illat, bir og‘riq haqida so‘zlaydi.

Yozuvchining obrazlar tanlashdagi e’tibori, ism qo‘yishdagi mas’uliyati

o‘quvchiga o‘zbek adabiyotining tarbiyaviy, ma’naviy kuchini his qildiradi. Ayniqsa,
Asadbek va Abdurahmon kabi qahramonlar orqali muallif iymon va iymonsizlik,
ezgulik va yovuzlik orasidagi kurashni ochib beradi. Ular hayotda kim bo‘lishimiz,
qanday yo‘lni tanlashimiz kerakligi haqida chuqur o‘ylashga majbur qiladi.

“Shaytanat” – bu faqat kitob emas, bu jamiyat ko‘zgusi, bu ogohlantirish, bu

saboq. Asarni o‘qigan kishi albatta o‘z hayoti, jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ylab qoladi.
Demak, bu asarning kuchi ham, foydasi ham shundadir [Tohir Malik. “Shaytanat”.
Toshkent: Sharq nashriyoti, 2001. – Bosh so‘zdan.].

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Tohir Malik. Shaytanat. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2001.
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtli oila. Toshkent: “Hilol-Nashr”,
2019. – B. 50.
3. Muhammad Yusuf. Saylanma. Toshkent: “Sharq”, 2007. – B. 365.
4. Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1991. – B.
280, 367.
5. Tog‘ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2007. – B. 154.
6. Islom.uz. Allohning 99 ta ismi (2-qism). URL: https://islom.uz/maqola/99-ism
(murojaat sanasi: 2025-yil 25-iyun).
7. Qo‘shjonov M. Tohir Malik asarlarida ijtimoiy haqiqat talqini. – Adabiyotshunoslik
izlanishlari, 2018.
8. Ernest Begmatov. Ismlar lug‘ati. Toshkent: “Yozuvchi”, 1998.
9. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2018.

References

Tohir Malik. Shaytanat. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2001.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtli oila. Toshkent: “Hilol-Nashr”, 2019. – B. 50.

Muhammad Yusuf. Saylanma. Toshkent: “Sharq”, 2007. – B. 365.

Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1991. – B. 280, 367.

Tog‘ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2007. – B. 154.

Islom.uz. Allohning 99 ta ismi (2-qism). URL: https://islom.uz/maqola/99-ism (murojaat sanasi: 2025-yil 25-iyun).

Qo‘shjonov M. Tohir Malik asarlarida ijtimoiy haqiqat talqini. – Adabiyotshunoslik izlanishlari, 2018.

Ernest Begmatov. Ismlar lug‘ati. Toshkent: “Yozuvchi”, 1998.

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2018.