Authors

  • Quvondiqova Sohiba Orif qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114269

Keywords:

Kalit soʻzlar: Shekspir fojia janri badiiy tahlil Hamlet Otello Makbet Qirol Lir tragik qahramon ichki ziddiyat fojiaviy yakun

Abstract

Annotasiya: Ushbu maqola Uilyam Shekspirning eng mashhur fojialari — Hamlet, Otello, Makbet va Qirol Lir asarlarining badiiy tahliliga bag‘ishlangan. Asarlarning syujet qurilishi, qahramonlarning ichki dunyosi, ularning xatti-harakatiga ta’sir etuvchi omillar va fojiaviy yakunlar asosida tahlil qilinadi. Har bir tragediyada inson ruhiyatining murakkab qatlamlari, ijtimoiy adolatsizlik, shaxsiy xatolar va ularning oqibatlari tasvirlangan. Maqola Shekspir fojialarini zamonaviy o‘quvchi nigohi bilan tahlil etishga urinish bo‘lib, unda ilmiy yondashuv bilan bir qatorda badiiy-estetik tafakkurga ham e’tibor qaratilgan. Asarlar orqali Shekspir inson va jamiyat, yaxshilik va yovuzlik, aql va hissiyot o‘rtasidagi kurashni ochib bergani ko‘rsatib beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

33

33

SHEKSPIR FOJIALARINING BADIIY TAHLILI

Quvondiqova Sohiba Orif qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti

Pedagogika va Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti

Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili ) yo’nalishi

2-bosqich talabasi


Annotasiya:

Ushbu maqola Uilyam Shekspirning eng mashhur fojialari —

Hamlet, Otello, Makbet va Qirol Lir asarlarining badiiy tahliliga bag‘ishlangan.
Asarlarning syujet qurilishi, qahramonlarning ichki dunyosi, ularning xatti-harakatiga
ta’sir etuvchi omillar va fojiaviy yakunlar asosida tahlil qilinadi. Har bir tragediyada
inson ruhiyatining murakkab qatlamlari, ijtimoiy adolatsizlik, shaxsiy xatolar va
ularning oqibatlari tasvirlangan. Maqola Shekspir fojialarini zamonaviy o‘quvchi
nigohi bilan tahlil etishga urinish bo‘lib, unda ilmiy yondashuv bilan bir qatorda
badiiy-estetik tafakkurga ham e’tibor qaratilgan. Asarlar orqali Shekspir inson va
jamiyat, yaxshilik va yovuzlik, aql va hissiyot o‘rtasidagi kurashni ochib bergani
ko‘rsatib beriladi.

Kalit soʻzlar:

Shekspir, fojia janri, badiiy tahlil, Hamlet, Otello, Makbet, Qirol

Lir, tragik qahramon, ichki ziddiyat, fojiaviy yakun

Аннотация:

Статья посвящена художественному анализу самых известных

трагедий Уильяма Шекспира — «Гамлет», «Отелло», «Макбет» и «Король Лир».
Произведения анализируются с точки зрения сюжетной структуры, внутреннего
мира персонажей, факторов, влияющих на их поведение и трагических финалов.
Каждая трагедия описывает сложные пласты человеческой психики, социальную
несправедливость, личные ошибки и их последствия. Статья представляет собой
попытку анализа трагедий Шекспира с позиции современного читателя, в
которой наряду с научным подходом уделяется внимание художественно-
эстетическому мышлению. Показано, что через свои произведения Шекспир
раскрывает борьбу человека и общества, добра и зла, разума и эмоций.

Ключевые слова:

Шекспир, жанр трагедии, художественный анализ,

Гамлет, Отелло, Макбет, Король Лир, трагический герой, внутренний конфликт,
трагический финал

Abstract:

This article is devoted to the artistic analysis of the most famous

tragedies of William Shakespeare - Hamlet, Othello, Macbeth and King Lear. The
works are analyzed based on the plot structure, the inner world of the characters, the
factors influencing their behavior and the tragic endings. Each tragedy describes the
complex layers of the human psyche, social injustice, personal mistakes and their
consequences. The article is an attempt to analyze Shakespeare's tragedies from the


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

34

34

perspective of a modern reader, in which, along with a scientific approach, attention is
paid to artistic and aesthetic thinking. It is shown that through the works Shakespeare
reveals the struggle between man and society, good and evil, reason and emotion.

Keywords:

Shakespeare, tragedy genre, artistic analysis, Hamlet, Othello,

Macbeth, King Lear, tragic hero, internal conflict, tragic ending

KIRISH

Buyuk ingliz dramaturgi Uilyam Shekspir asrlar davomida jahon adabiyotining

eng yuksak cho‘qqilaridan biri sifatida e’tirof etib kelinadi. Uning fojialari
insoniyatning eng nozik tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalari, jamiyatdagi adolatsizliklar va
shaxsiy xatolar fonida yaratilgan. Ayniqsa, “Hamlet”, “Otello”, “Makbet” va “Qirol
Lir” kabi fojialarida insonning o‘z qismati bilan kurashi, ichki ziddiyatlari va halokatli
oqibatlar o‘ziga xos badiiy kuch bilan tasvirlangan. Shekspirning tragediyalari nafaqat
badiiy mahorat namunasidir, balki insoniyat tabiatini, ong va ruh olamini o‘rganishda
muhim manba sifatida ham qaraladi. Uning qahramonlari odatiy obrazlar emas — ular
o‘ziga xos tafakkurga ega, ijtimoiy sharoit va ichki olami to‘qnashgan shaxslardir. Bu
asarlar bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, o‘quvchini chuqur mulohazaga chorlaydi.

Mazkur maqolada Shekspirning ushbu mashhur fojialari badiiy jihatdan tahlil

qilinadi. Syujet qurilishi, qahramon xarakteri, tragik xatolar, psixologik portret va
muallifning estetik yondashuvi asosiy tahlil obyekti sifatida ko‘riladi. Shuningdek,
tragediyalar zamiridagi ijtimoiy va ma’naviy g‘oyalar o‘zbek o‘quvchisi nigohi bilan
baholanadi.

Shekspir fojialari haqida turli davrlarda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Jumladan, taniqli adabiyotshunoslar tomonidan uning asarlari inson tabiatini ochib
berishdagi yuksak badiiy ifoda vositasi sifatida baholangan [Qosimov, Sh. Shekspir
dramaturgiyasi. – Toshkent: Fan, 1985].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Shekspir ijodining eng muhim qismini tashkil etadigan fojialar, asosan, inson

tabiatining murakkab jihatlarini ochib berishga qaratilgan. Adabiyotshunos olim Sh.
Qosimov ta’kidlaganidek, Shekspir tragediyalarida “inson o‘z ongining botinida
yashiringan shubha, gumon, ishonch va ishonchsizlik, muhabbat va nafrat singari
qarama-qarshi tuyg‘ular girdobida qoladi” [Qosimov, Sh. Shekspir dramaturgiyasi. –
Toshkent: Fan, 1985, 44-b.]. Dramaturgning eng mashhur to‘rt fojiasi — Hamlet,
Otello, Makbet va Qirol Lir — asosan tragik qahramonlarning ruhiy inqirozi,
jamiyatdagi muhit, hokimiyat, rashk, yolg‘on va xiyonat mavzulari orqali bir-biriga
bog‘lanadi. Biroq har bir asarning badiiy yechimi, dramatik qurilishi va obrazlar tizimi
o‘ziga xos. Shekspirning ushbu tragediyalaridagi umumiylik — bu fojiaviy oqibatga
olib keluvchi “xarakter xatosi”dir. Bu nuqtai nazar ingliz olimi A.C. Bredlining
mashhur konsepsiyasida ham keng ochib berilgan [Bradley, A.C. Shakespearean


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

35

35

Tragedy, 1904].

Quyida ushbu fojialarning har biri badiiy jihatdan tahlil qilinadi: ularning umumiy

mazmuni, dramatik yechimi va Shekspirning uslubiy yondashuvi alohida ko‘rib
chiqiladi.Hamlet “Hamlet” — bu nafaqat daniyalik shahzodaning o‘ch olish hikoyasi,
balki inson tafakkuri, shubha va e’tiqod orasidagi kurashni ko‘rsatadigan ruhiy
dramadir. Asarda Hamlet otasining o‘limidan so‘ng adolat izlaydi, lekin bu yo‘lda u
doimiy ichki ikkilanishda, qaror qabul qilishda sustkashlik qiladi. Uning mashhur
“Bo‘lish yoki bo‘lmaslik” monologi aynan ichki ziddiyatning cho‘qqisidir. Asarda
tashqi voqealar kam, lekin ichki kurash kuchli dramatik keskinlik yaratadi.

Sh. Qosimovning “Shekspir dramaturgiyasi” asarida yozilishicha, “Hamlet obrazi

orqali Shekspir o‘z davridagi insoniyatning eng teran savollariga — hayot, o‘lim,
adolat va haqiqat masalalariga badiiy javob bergan” [Qosimov, Sh. Shekspir
dramaturgiyasi. – Toshkent: Fan, 1985, 51-b.]. “Otello” — rashk fojiaviy oqibatlarga
olib keladigan kuchli insoniy tuyg‘u ekanini ko‘rsatadi. Asar markazida qora tanli
sarkarda Otello turadi. U Desdemona bilan muhabbatda sadoqatli bo‘lsa-da, Yagoning
fitnalari ta’sirida ishonchsizlik botqog‘iga botadi. Otelloning fojiasi shundaki, u
atrofdagilarning yolg‘oniga ishonib, o‘z sevgisiga xiyonat qiladi — bu esa halokatga
olib keladi. Bu asar haqida Komila Fayzieva va M.A. Boboyorovaning maqolasida
ta’kidlanishicha: “Otelloning fojiaviy holati Shekspir uchun ijtimoiy turmushda, hatto
muhabbatda ham ishonch muhimligini ko‘rsatish vositasiga aylangan” [Fayzieva K.,
Boboyorova M.A. Shekspir tragediyalarida metafora va ironiya vositalarining
ifodalanishi, 2022]. “Makbet” — hokimiyatga bo‘lgan ochko‘zlik, muqaddaslikni
buzish va ruhiy halokat haqida fojia. Asar boshida Makbet sodiq va mard sarkarda
sifatida ko‘rinadi. Ammo bashoratchi ayollar (uch jodugar) so‘zlariga ishonib, taxt
uchun jinoyat yo‘liga kiradi. Qahramon oxir-oqibat ruhan yemirilib, yolg‘izlik va
qo‘rquvda o‘z hayotini yakunlaydi. Makbet obrazi haqida A.C. Bredli shunday yozadi:
“Makbet — bu dramatik jihatdan mukammal qurilgan shaxs. U jinoyatga intiladi,
ammo unda botiniy insof, pushaymon, vahima bir zum ham tinmaydi” [Bradley A.C.,
Shakespearean Tragedy, London, 1904]. Qirol Lir. “Qirol Lir” — ota va farzandlar
o‘rtasidagi munosabat, e’tiborsizlik va mag‘rurlikning fojiaviy oqibatlari haqida asar.
Qirol Lir qizlaridan muhabbat so‘raydi, faqat og‘zaki maqtovni eshitib, ularni
baholaydi. Eng sadoqatli qizi — Kordeliyani haydab yuboradi. Asar davomida Lir
qadrdonlari tomonidan tashlab ketiladi, ruhiy inqirozga uchraydi va oxirida o‘z
qizining o‘limi orqali o‘z xatosini anglaydi. Adabiyotshunos olima G. Vohidova
“Shekspirning fojialarida hayot va inson mohiyati” maqolasida shunday yozadi: “Qirol
Lir obrazi orqali Shekspir insonning haqiqatni kech anglashini, lekin bu anglashning
ham o‘z narxi borligini ko‘rsatadi” [Vohidova G. Shekspir ijodida inson mohiyati,
O‘zDJTU ilmiy jurnali, 2021, 3-son].


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

36

36

NATIJALAR

Hamlet, Otello, Makbet va Qirol Lir Shekspir ijodining eng yuksak badiiy

cho‘qqilaridir. Ushbu tragediyalar orqali muallif insoniyatning eng chuqur ruhiy
kechinmalarini, ichki ziddiyatlarini va ijtimoiy muammolarini san’atkorona mahorat
bilan ochib bergan. Asarlar syujeti oddiy bir voqea bayoni emas, balki xarakterlar
o‘zgarishi, ichki dunyo inqirozi va fojiali oqibatlar zanjiridir. Shekspir
tragediyalarining markazida — inson shaxsi turadi. Har bir asarda bosh qahramonlar
o‘z xatolari, tuyg‘ulari, ishonchi va gumonlari bilan fojiaga yuz tutadi. Ular oddiy
adabiy obraz emas, balki real insonlar kabi o‘zgaruvchi, murakkab psixologik
shakllardir. Har bir tragediyada "tragik xato" konsepsiyasi mavjud. Masalan,
Hamletning ortiqcha o‘ylashga moyilligi, Otelloning rashk tuyg‘usi, Makbetning
hokimiyatga ochko‘zligi, Qirol Lirning mag‘rurligi — barchasi ularning halokatiga
sabab bo‘ladi. Bu holatlar A.C. Bredlining “tragik qahramon” haqidagi nazariyasiga
to‘liq mos keladi [Bradley, 1904]. Muallifning badiiy uslubi yuqori darajadagi
dramatik keskinlik va ruhiy chuqurlik bilan ajralib turadi. Monologlar, qarama-qarshi
xarakterlar, kinoya, metafora va ramziy vositalar orqali Shekspir o‘z davri uchun ham,
zamonaviy o‘quvchi uchun ham dolzarb bo‘lgan g‘oyalarni ifodalagan. Fojialarda
ijtimoiy ziddiyatlar fonida shaxsiy tanlov masalasi doimiy ko‘tariladi. Shekspir bu
bilan insonning taqdirini nafaqat jamiyat, balki uning o‘zi qanday shakllantirishini
ko‘rsatadi. Jumladan, “Otello” asarida ijtimoiy mavqe va irqiy farqlar fonida ichki
ishonchsizlik fojiani yuzaga keltiradi [Fayzieva va Boboyorova, 2022]. Shekspir
asarlaridagi dramatik ziddiyatlar — hayot va o‘lim, haqiqat va yolg‘on, sevgi va rashk,
aql va his tuyg‘ulari o‘rtasidagi kurashdir. Ushbu kurash orqali muallif o‘quvchini
hayot ustida chuqur mulohaza yuritishga chorlaydi.

MUHOKAMA

Shekspir tragediyalarini o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, dramaturg nafaqat

o‘z davrining ijtimoiy va ma’naviy muammolarini badiiy talqin qilgan, balki insoniy
ruhiyatning eng nozik tomonlariga ham e’tibor qaratgan. Hamlet, Otello, Makbet va
Qirol Lir asarlarida Shekspir har xil xarakterlar, ruhiy holatlar, hayotiy tanlovlar va
ularning oqibatlarini fojiali syujetlar vositasida ko‘rsatgan.

Avvalo, Shekspir tragediyalarida tragik qahramon tushunchasi doimiy takrorlanib

turadi. Har bir qahramonning muammosi ularning o‘z xatti-harakatlaridan,
xarakterlaridagi zaif nuqtalaridan kelib chiqadi. Bu esa Bredlining “tragik xato”
nazariyasi bilan uyg‘unlashadi. Hamletning o‘ylab-o‘ylab harakatsizlikka tushib
qolishi, Otelloning rashkka berilishi, Makbetning hokimiyatga chanqoqligi, Qirol
Lirning e’tiborni so‘z orqali o‘lchashga urinishlari — bularning barchasi ularning
halokatiga olib kelgan. Bu fojialar orqali Shekspir inson hayotidagi eng katta dushman
— insonning o‘zi ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, asarlardagi ijtimoiy fon ham e’tiborga loyiq. Shekspir jamiyat va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

37

37

shaxs o‘rtasidagi ziddiyatni chuqur ilg‘agan. Masalan, Otelloda irqiy muammo,
Makbetda siyosiy fitna, Qirol Lirda monarxiyaning zaiflashuvi — Shekspir zamonidan
bugungi kungacha dolzarb bo‘lib qolayotgan muammolarni ko‘rsatadi. Bu esa
Shekspir asarlarini vaqt sinovidan o‘tgan adabiy meros sifatida baholash imkonini
beradi.

Bundan tashqari, Shekspir uslubida psixologik tafsilotlar, monologlar orqali ichki

kechinmalarni ochish, dramatik qarama-qarshiliklar, metafora va kinoya kabi badiiy
vositalarning o‘rni beqiyos. “Hamlet”dagi ichki dialoglar, “Makbet”dagi vahimali
tasvirlar, “Otello”dagi aldanish jarayoni va “Qirol Lir”dagi kech anglash dramatik
nuqtai nazardan kuchli ifoda topgan. Bu jihatlar o‘zbek adabiyotshunosligida ham bir
qancha olimlar tomonidan tahlil qilingan (masalan, Sh. Qosimov, G. Vohidova, K.
Fayzieva)Shekspir tragediyalarining yana bir muhim jihati — ularning bugungi
o‘quvchi uchun ham hayotiy saboq berishi. Asarlarda ko‘tarilgan muammolar –
ishonchsizlik, mag‘rurlik, ochko‘zlik, adolatga chanqoqlik – har qanday zamonda
insoniyat ongida yashaydigan tushunchalardir. Shekspir asarlari orqali nafaqat badiiy
zavq olinadi, balki chuqur mulohaza va hayotiy saboq ham olinadi.

XULOSA

Shekspirning Hamlet, Otello, Makbet va Qirol Lir kabi mashhur tragediyalari

orqali insoniy xarakterlar, ichki kechinmalar va fojiali taqdirlar chuqur badiiy ifodasini
topgan. Tahlillardan ayon bo‘ldiki, muallif tragediyalarida inson ruhiyatini tahlil
qilishda nihoyatda mohir bo‘lgan. Har bir asarda tragik qahramonlar o‘z xarakteridagi
zaif nuqta, ichki ziddiyat yoki noto‘g‘ri qaror tufayli fojiaviy yakunga duch keladi.

Shekspir asarlarining dolzarbligi shundaki, u inson tabiatining o‘zgaruvchan,

murakkab va ko‘p qirrali tomonlarini tasvirlab, hayotiy saboq beradi. U yozgan fojialar
bugungi o‘quvchiga ham o‘zini, jamiyatni va atrofdagilarni yaxshiroq tushunish
imkonini beradi. Bunday badiiy asarlar o‘zbek adabiyoti uchun ham muhim o‘rnak va
ilmiy tahlil uchun boy manbadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Qosimov, Sh. Shekspir dramaturgiyasi. – Toshkent: Fan, 1985.
2. Bradley, A.C. Shakespearean Tragedy: Lectures on Hamlet, Othello, King

Lear, Macbeth. – London, 1904.

3. Fayzieva K., Boboyorova M.A. Shekspir tragediyalarida metafora va ironiya

vositalarining ifodalanishi. – Til va adabiyot, 2022-yil, 3-son.

4. Vohidova G. Shekspir ijodida inson mohiyati. – O‘zDJTU ilmiy jurnali, 2021-

yil, 3-son.

References

Qosimov, Sh. Shekspir dramaturgiyasi. – Toshkent: Fan, 1985.

Bradley, A.C. Shakespearean Tragedy: Lectures on Hamlet, Othello, King Lear, Macbeth. – London, 1904.

Fayzieva K., Boboyorova M.A. Shekspir tragediyalarida metafora va ironiya vositalarining ifodalanishi. – Til va adabiyot, 2022-yil, 3-son.

Vohidova G. Shekspir ijodida inson mohiyati. – O‘zDJTU ilmiy jurnali, 2021-yil, 3-son.