JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
7
7
BIR OG‘IZ SHIRIN SO‘ZNING TIBBIYOTDAGI MUHIM O‘RNI
Normamatova Gulmira Baxodir qizi
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi
Toshkent viloyat filiali Bekobod tumanlararo
sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasi laboranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tibbiyot hodimlarini muloqot madaniyatining
ahamiyati tahlil qilinadi. Muloqot madaniyati shifokorlar, hamshiralar va boshqa
tibbiyot xodimlarining kasbi, irqi, jinsidan qa’tiy nazar bemorlarga nisbatan shirin so‘z,
ochiq ko‘ngil, samimiy bo‘lishlik tushiniladi. Shuningdek, maqolada “bir og‘iz shirin
so‘z bilan insonni davolasa bo‘ladi” tibbiyot xodimlarini etikasi to‘g‘risida so‘z boradi.
Samimiylik nafaqat tibbiyot balkim boshqa kasblarda xam muxim axamiyat kasb etadi.
Bir og‘iz shirin so‘z bilan inson qalbiga nur bag‘ishlay olish faqatgina tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kalit so‘zlar:
Tibbiyot, muloqot madaniyati, irqi, jinsi, kasb, samimiylik, ochiq-
ko‘ngillik, bemor (fuqarolar) ishonchi, tibbiyot xodimlari.
Tibbiyot sohasida muloqot madaniyati nafaqat tashqi ko‘rinish, balki bemorlar
bilan o‘zaro munosabatlar, kasbiy etikaga rioya qilish va ishning samaradorligini
oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlarining o‘zini tutish
madaniyati 2 turga bo‘linadi. Ichki va tashqi madaniyat. Ichki madaniyat-tartib-
intizom, atrofdagilarga bo‘lgan munosabat, axloqi, do‘stona, g‘amxo‘rlik darajasi va
birdamlik tuyg‘ulari qirsa. Tashqi madaniyatga- tibbiyot xodimining tashqi qiyofasi,
qiyinishi, o‘zini tutishi muloqot, so‘zlashish madaniyati va patsientda qoldirgan ijobiy
ta’suroti kiradi.
Tibbiyot xodimi ma’naviyati deganda ma’nili fikrlash, so‘zlash, shuningdev
shaxsiyatidagi, tarbiya va odobli xamda amaliyotdagi barcha ijobiy xatti xarakatlar
majmuasi tushiniladi.
Tibbiyot sohasida muloqot madaniyati muhim rol o'ynaydi, chunki u bemorlar
uchun nafaqat fiziologik, balki psixologik ahamiyatga ham ega. Muloqotning
tibbiyotdagi o'rni quyidagi jihatlarda ko'rinadi:
Xamshiralik etikasi: E’tika so‘zi yunoncha aethos-
so‘zidan olingan bщlib,
yurish-turish, odob-ahloq degan ma’noni anglatadi. Ahloq deganda kishilarning bir-
biriga munosabati, e’tiqodi tarbiyasi, xulq-atvornormalari yig‘indisiga aytiladi.
Tibbiyot xodimi bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko‘z o‘ngida ma’lum
man’noda kachiliklardan xli, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur.
Professionalizm
: Hamshira va bemor o‘rtasida munosabat. Hozirgi zamon
hamshirasilan nafaqat malakali mutaxxassi bo‘lishi, balki tibbiy, madaniy, ma’naviy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
8
8
bilimlari targ‘ibotchisi, tashkilotchisi bo‘lish talab etiladi. Hamshiralik kasbiga o‘zini
bag‘ishlagan inson o‘z atrofdagilarga mehribon, ularning jami qayg‘uli kuni,
shodliklariga sherik bo‘la oladigan, o‘zidan kechib bo‘lsada har doim bemorga yordam
berishga tayyor bo‘lmog‘i lozim. Insoniylik, xushfellik hamshiraning muhim
sifatlaridan biridir.
Bemorlarning psixologik holati:
Muloqot madaniyatiga roiya qilgan xolda
bemorlar bilan muloqot qilinsa davolash osson va samarali bo‘ladi. Samimiy
muloqotdan so‘ng bemorlarda kasallikni yengish va tuzalish ossonlashadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi "Davlat
boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-
axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 62-sonli qarori hamda
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi "Tibbiyot
xodimlarining odob-axloq Kodeksini tasdiqlash haqida"gi 88-sonli buyrug'i qabul
qilingan.
Tibbiyot xodimining Kodeksga rioya etishi uning kasbiy faoliyatini va xizmatdagi
xulk-atvorini baholash mezonlaridan biri Xisoblanadi.
Kodeksning maqsad va vazifalari:
-Ushbu Kodeksning maqsadi tibbiyot xodimlari tomonidan xukukbuzarlik sodir
etilishining oldini olish, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf
etish, tibbiyot muassasasi rahbar va xodimlarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonunlari va boshka normativ-huqukiy xujjatlariga,
fukarolarning huquq va erkinliklariga kat’iy rioya mutaxassislar ruhiga singdirishni
ta’minlash.
-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tizimidagi barcha
tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning xizmatdagi xulk-atvorini baholash,
shuningdek, yuksak ma’naviy-axlokiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida
o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashki siyosatini to‘g‘ri anglaydigan,
vatanparvar va xalqparvar. tashabbuskor, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak
insoniy fazilatlarni o‘zida namoyon etgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni
uyg‘ok mutaxassislarni tarbiyalash Kodeksnnig asosiy vazifalari xisoblanadi.
-Kodeks tizimdagi barcha tibbiyot muassasalari (tibbiyot davolash-profilaktika,
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda korxonalar) xodimlarining tibbiyot
deontologiyasi hamda kasb etikasini mukammal egallab, unga sidqidildan amal
qilishini ko‘zda tutadi.
Xulosa:
Tibbiyot xodimini muloqot madaniyati bir shaxsni xayotini saqlab qolish
yoki uni umriga zomin bo‘lishga qodir. Shuni takidlab o‘tish joizki tibbiyot xodimi xar
bir bemor bilan muloqotda etikaga rioya etishligi ish samarasini yanada oshirishiga
zamin yaratadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
9
9
Birinchidan,
tibbiyot xodimlarining yuqori samimiy muloqoti bemorni
kasalligini, ruxiyatini yaxshilashga, bemor va tibbiyot xodimi o‘rtasida o‘zaro
insoniylik tuyg‘ularini yanada muxsaxkamladi.
Ikkinchidan
, tibbiyot xodimi nafaqat tibbiyot soxasida balkim jamiyatni xar bir
soxasidagi xar bir xodim bir-birlariga iliq-saqmimiy, shirin so‘z bo‘lishsa ish
unumdorligi oshishiga yordam beradi.
Uchinchidan,
muloqot madaniyati, bizning tibbiyot sohasidagi “yatronegiya”
tushunchasi bor, shifokor yoki xamshiraning farosatsizligi, notjo‘ya ko‘rsatmalari,
qo‘pol xatti-harakatlari, bilimsizligi va loqaydligi, qisqacha aytganda tibbiyot
xodimining aybi bilan paydo bo‘ladigan kasallikdir. Yatrogen kasallari shifoko,
hamshira va sanitar xatti-xarakatlari va gap-so‘zlarning yoki bemorga qilingan boshqa
salbiy ta’sirdan kelib chiqadigan kasallikdir. Shuning uchun tibbiyot xodimlari tibbiy
psixologiyaning ahamiyatini boshqa xodimlarga karaganda puxta va mukammal
egallab olishlari va uni amaliyotda qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Bu nafaqat bemorlar,
balki tibbiyot xodimlarining o‘zlarini kasbiy va madaniy jihatdan yaxshi his
qilishlariga ham yordam beradi, bu esa bemorlar sog‘lig‘ini yaxshilashga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Tibbiyot vakillarining kiyinish odobi, tibbiy deontologiyasi va madaniyati
nizomi “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot
davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot,
korxonalar xodim, talabalar va abiturientlarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati
to‘g‘risida”gi NIZOM.
2. Avloniy A., Turkiy Guliston yoxud axloq, Toshkent, 1992.
3. M.F.Ziyaeva, M.D.Xodjasheva. O‘z.Res. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
“Qariyalarda xamshiralik parvarishi. 2014-184b
