JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
112
112
SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI (MORFOLOGIK TEKSHIRUVDA)
VA TIBBIY-KRIMINALISTIKANING AHAMIYATI
Normamatova Gulmira Baxodir qizi,
Qayumov G‘ulomjon Muzaffarovich
Umirzakova Shahlo Muminjanovna,
Arzikulov Shokirjon Komiljonovich
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi
Toshkent viloyat filiali Bekobod tumanlararo
sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasi laborantlari.
@Bektumste
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining
vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining
ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa sohalardan o‘ziga
xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Jumladan, sud-tibbiy ekspertiza xizmati sog‘liqni
saqlash muassasalari qatoriga kirgan holda, jinoiy va fuqarolik ishlarini surishtirish,
tergov qilish va sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan tibbiy-biologik
masalalarni hal etish ya’ni sud-tibbiy ekspertizalarni o‘tkazish uning asosiy vazifasidir.
Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari ekspertiza materiallari bo‘yicha
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, travmatizmning turli
ko‘rinishlari, zaharlanish, to‘satdan o‘lim va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham o‘tkazishlari lozim. Sud-tibbiy ekspertiza
xizmati strukturasi, tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, protsessual masalalar, soha
mutaxassislarini tayyorlash, shtat me’yorlari, turli xil ekspertiza va tekshiruvlarni
o‘tkazishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar mazkur xizmatning farqli
xususiyatlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Sud-tibbiyoti; tibbiyotning bir bo‘limi tibbiy
kriminalistikaning
sud-tibbiyotidagi
axamiyati
juda
kattadir.
Morfologik
tekshiruvlarda jasadlarni tekshiruvlarida, voqea joyini ko‘zdan kechirishda,
jinoyatlarni ochiqlashda tibbiy kriminalistikaning o‘rni axamiyatga egadir. Sud-tibbiy
ekspertizaning morologik tekshiruvda jasadlarda aniqlangan tan jaroxatlari, ularning
yetkazilish mehanizmi, miqdori hamda jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan barcha
ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib, bir qancha tekshiruvlar bilan aniqlik kiritilishidir.
Kalit so‘zlar:
Tibbiyot, sud-tibbiy ekspertiza, fuqaro, tibbiy kriminalistika,
moroflogik, jasad, jinoyat, voqea joyi, ashyoviy dalillar, mehanizm, miqdor,
tekshiruvlar.
Tibbiy kriminalistika-bu:
(lotincha, criminalis-jinoyatga doir) sud-dalillarini
yig‘ish, qayd qilish, tadqiq etish va ulardan foydalanishning maxsus usul va vositalari
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
113
113
tizimini ishlab chiquvchi fan xisoblanadi. Mazkur usullar va vositalar jinoyatlarni fosh
qilish, tekshirish va olidini olish uchun qo‘llanadi.
Professionalizm
: Ta’kidlash joizki, o‘zaro farqlangan (tabaqalashtirilgan)
bilimlarning
funksionalligi
davlat
sud-ekspertiza
muassasalari (bo‘limlar,
laboratoriyalar va ma’lumotlar bazalari) tarkibini shakllantirishda, tergov va ekspert
mutaxassisliklari
hamda
kadrlar
tayyorlash
bo‘yicha ta’lim dasturlarini
shakllantirishda samarali qo‘llaniladi. Maxsus bilimlarni o‘zaro aniq farqlamasdan,
kriminalistik faoliyatni samarali normativ-huquqiy tartibga solish ham mumkin emas.
Ashyoviy dalillarning tibbiy-kriminalistik ekspertiza va tekshiruvlari sud-tibbiy
ekspertiza muassasasining tegishli ravishda jihozlangan maxsus tuzilmasi tibbiy
kriminalistika bo‘limida diagnostik, identifikatsion (shaxsning aynanligini aniqlash) va
situatsion (vaziyatli) masalalarni hal etish maqsadida o‘tkaziladi.
Identifikatsion tekshiruvlar shaxsi noma’lum murda yoki uning qismlari,
qoldiqlarining muayyan shaxsga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Shaxsi noma’lum murda, uning qismlari yoki qoldiklari, shu jumladan alohida suyaklar
va ularning fragmentlari, kul holidagi suyak qoldiqlari, shuningdek hodisa yoki
topilgan joyni ko‘zdan kechirish, sud-tibbiy ekspert tekshiruvi jarayonida olingan
ularning xususiyatlarini ifodalovchi tavsif, antropometrik, fotografik, rentgenografik
va boshqa modellar ko‘rinishida hujjatlashtirilgan materiallar identifikatsion
tekshiruvlar ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvning dastlabki bosqichida qayd etilgan
ob’ektlar bo‘yicha hamda yo‘qolgan odamning shaxsini ifodalovchi belgilar alohida
o‘rganilib, keyingan bosqichda olingan ma’lumotlar taqqoslanadi. So‘nggi bosqichda
tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aynanlikning mavjudligi yoki yo‘qligi haqida xulosa
qilinadi.
Murdaning shikastlangan to‘qimalari hamda hosil bo‘lish mexanizmi bo‘yicha
shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kiyim-boshda mavjud bo‘lgan mikrozarralar,
mikroizlar, shuningdek avval o‘tkazilgan mikrologik tekshiruvlar, hodisa yoki mudra
topilgan joyni ko‘zdan kechirish, murdaning sud-tibbiy tekshiruviga oid hujjatlardagi
ma’lumotlar mikrologik tekshiruvlar ob’ekti bo‘lishi mumkin. Mazkur tekshiruvlarda
murdaning tanasi, kiyim-boshida yot mikroob’ektlarning mavjudligi hamda
shikastlovchi qurollardagi moddalar va mikroob’ektlarning jabrlanuvchining tanasi va
kiyim-boshiga o‘tishi yoki uning aksi aniqlanadi.
Situatsion tekshiruvlarda taxmin etilayotgan shart-sharoitda ma’lum bir
harakatlarni sodir etish imkoniyati borligi yoki yo‘qligi masalasi o‘rganiladi. Xususan,
voqeani qayta tiklash bo‘yicha ekspert tekshiruvlarini o‘tkazishda tan jarohatlarining
yetkazilish mexanizmi va dinamikasi haqidagi tergov va ekspert tekshiruvlari yo‘li
bilan olingan ob’ektiv ma’lumotlarning hodisa ishtirokchilari ko‘rsatmalari bilan mos
kelishi hamda tekshirilayotgan jarohat yoki izlarning muayyan tafsilot va sharoitlarda
hosil bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
114
114
Xulosa:
Sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvida tibbiy kriminalistikaning axamiyati
morfologik tekshiruvda aniqlangan, uning o‘limi yuz berishiga aloqodor bo‘lgan
jaroxatlar, ularni izlari, jaroxatlar xamda ashyoviy dalillarni sud-tibbiy kriminalistika
laborotoriyasiga taqdim etish orqali aniqlik kirita olamiz.
Birinchidan,
Tibbiy kriminalistikaning sud-tibbiy ekspertizaga eng katta yordami
laborotoriyaga yuborilgan organ yoki ashyoviy dalillarda jinoyat alomatlari bor
yo‘qligi, mavjud bo‘lganda ularning soni, yetkazilish ketma-ketligi, yetkazilish
mexanizmi xaqida ma’lumot berilganda, sud-tibbiy ekspertga xulosa berishligi muhim
ro‘l o‘ynaydi.
Ikkinchidan
, Sud-tibbiy morfologik tekshiruv jarayonida jasaddan olingan organ
yoki ashyoviy dalillarda ishga daxldor biror ma’lumotlar aniqlanganda yozma va
fotojadvallarga ilova qilib berilishi;
Uchinchidan,
Bunday yangi ekspertiza turlarining amaliyotda keng
qo‘llanilayotganligi jinoyatlarni ochish, dalillar to‘plash, odil sudlovni amalga
oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sud-tibbiyoti. Z.A.G‘iyosov. “Asian house” 2021 y.
2. O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini belgilovchi Me’yoriy
hujjatlar. Toshkent 2012y.3.