Authors

  • Otabayeva Dilnoza
  • Karimboyeva Maftunabonu

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.132965

Keywords:

Kalit sòzlar: Maqol ma’no xalq oĝzaki ijodi xususiyat simvolizm ritmik tuzulish

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xususiyatlari yoritildi. Shuningdek maqollarning xalqlardagi madaniy qadriyatlari, yozuvchi va shoirlarning asarlarida maqollarni ishlatish usullari haqida sòz bordi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

171

171

MAQOLNING ADABIYOTDA TUTGAN O‘RNI

Otabayeva Dilnoza

Urganch Ranch texnologiyalar universiteti òqituvchisi

Karimboyeva Maftunabonu

Urganch Ranch texnologiya universiteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi

tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy
adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xususiyatlari
yoritildi. Shuningdek maqollarning xalqlardagi madaniy qadriyatlari, yozuvchi va
shoirlarning asarlarida maqollarni ishlatish usullari haqida sòz bordi.

Kalit sòzlar:

Maqol, ma’no, xalq oĝzaki ijodi, xususiyat, simvolizm, ritmik

tuzulish


Kirish:

Maqol xalq oĝzaki ijodining muhim janrlaridan biri bòlib, qisqa óqishga

oson va hayotiy tajriba yoki donolikni ifodalovchi iboradir.Maqollar kòpincha
órganilgan saboqlarni,axloqiy qadriyatlarni yoki turmushdagi oddiy haqiqatlarni
ifodalaydi. U oddiy, lekin ma’nodor, esda qolarli bòlib, kòpincha hikmatli yoki
òrgatishga yónaltirilgan bòladi. Maqol orqali kòp narsalarni masalan odob-axloq va
muomalla qoidalarini òrganish mumkin. Xalqimizdan azal-azaldan kelayotirgan
maqollarimiz bor. Shulardan misol keltirsak:

“Asirlikda qand-u asal yegandan erkinlikda parcha qòygan non yaxshi”
Bu maqol asirlik, tutqinlik azobini tortganlar tilidan aytiladi.
Bu maqolni turli xil variantlari ham bor:
“Bandda bòldim—ganda bòldim”
“Oyoĝimda boĝ, yuragimda dogʻ’
” Xalq tilida shunday variantlarda ham aytilgan.
“Dushmaning bòlsa ham òzidan tinchsin” Bu maqolning zamirida ikki ma’no

yotadi:

1.Olamda hech kimning boshiga kulfat ĝam-u sitam tushmasin, har bir inson tinch

va osoyishta yashasin degan ezgu niyat.

2. Dushman òzidan tinch bólsa senga kòz olaytirmaydi. Shu maqolning

mazmunini aytar ekanmiz Muqimiy ham bu haqida Dòstlar kòrsatmasin,hargiz judoliĝ
dardini, Dushmaning ham bólsa, òz ĝamxoridin ayrilmasun deb òtgan. Maqollarni
òrganish tòplash XI asrda Mahmud Koshĝariy tomonidan boshlab berilgan. Uning
“Devon-u luĝotit turk asarida 268 ta maqol keltirilib òtilgan.

Namunalar qatorida uchratadigan maqollarimiz: Toĝ toqqa qovushmas kishi

kishiga qovushar” ya’ni toĝ bilan toģ uchrashmas odam bilan odam uchrashar. Maqolni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

172

172

órganar ekanmiz, ularda kòproq moddiylikdan kòra ma’naviy ehtiyoj muhimroq
ekanligini anglashimiz lozim. Maqollarni òrganishdagi ahamiyati Maqollar
xalqlarning tarixiy, madaniy va ahloqiy me’yorlarini òzida mujassamlashtiradi.Ular
avloddan-avlodga òtib, insoniyat tajribasini va donoligini saqlab keladi.Maqollarni
òrganish va ulardan foydalanish, insonni nafaqat til boyligini oshirishga, balki
turmushdagi tòĝri qarorlar qabul qilishga ham yordam beradi.

“Sabr òrgangan yutadi”
“Mehnatning mevasi shirin bòladi”
“ Dòstni sinash uchun qòlingdan kelganini qil”
Ushbu misollar maqollarning turli vaziyatlardagi òrgatish va tarbiya qilish rolini

yaqqol kòrsatadi

Maqollar har bir insonning hayotidagi oddiy, ammo muhim saboqlarni anglatadi.

Maqollarning bir qancha xususiyatlarga ham egadir Qisqalik xususiyati maqollar
odatda, qisqa aniq va òqishga oson bòladi.Ularning mazmuni chuqur, lekin shakli
soddadir.

Hayotiy hikmat: Maqollar kòpincha hayotiy tajribalaridan olingan saboqlarga

asoslanadi.

Simvolizm xususiyati maqollarda kòpincha ramziy ifodalar uchraydi.Masalan hayot va
ólim yaxshi yomon, dòstlik va dushmanlik kabi qarama- qarshi tushunchalar òrtasidagi
munosabat aks etadi. Ritmik tuzulish xususiyati maqollar kòpincha musiqiy ritmga
ega, bu esa ularni yodda saqlashni yengillashtiradi. Maqollar xalq oĝzaki ijodining
ajralmas qismi sifatida, insoniyatning aqlli va axloqiy qadriyatlarini òzida
mujassamlashtiradi. Shuningdek maqollarni xalqning zamonaviy turmushiga
moslashtirish, ularni yangi avlodga órgatish va ulardan foydalanish dolzarb masala
hisoblanadi.Shuning uchun maqollarni saqlab qolish ularni órganish va tóĝri qòllash
milliy madaniyatni rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev V.A. Òzbek adabiyoti tarixi.K-

2. T 1967 2.Abduraxmonov M. Òzbekcha-ruscha aforizmlar luĝati.- T.1976
3. Abu Ali Ibn Sino tib qonunlari, T .1954
4. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli luĝati: tórt jildlik. / E.I Fozilov tahriri ostida.

T. 1983; 1985

5. Axmedov B.A Tarixdan qisqacha izohli lugʻat T.1977

References

Abdullayev V.A. Òzbek adabiyoti tarixi.K-

T 1967 2.Abduraxmonov M. Òzbekcha-ruscha aforizmlar luĝati.- T.1976

Abu Ali Ibn Sino tib qonunlari, T .1954

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli luĝati: tórt jildlik. / E.I Fozilov tahriri ostida. T. 1983; 1985

Axmedov B.A Tarixdan qisqacha izohli lugʻat T.1977