Authors

  • Karimboyeva Maftunabonu

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.132966

Keywords:

Kalit soʻzlar: Oʻzbek tilshunosligi sintaksis badiiy til til birliklari sintaktik nazariyalar

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligidagi sintaktik nazariyalar yoritilib, ularning nazariy asoslari rivojlanish bosqichlari hamda amaliy qòllanilishi tahlili qilindi.Oʻtkir Hoshimovning asarlari asos qilib olinib ularning sintaktik jihatdan oʻrganilishi orqali til birliklarining badiiy matndagi ifoda vositalari oʻrganildi. Shuningdek, yozuvchining uslubiy xususiyatlari gap qurilishi va ularning sintaktik sutrukturalari orqali adabiy tilga qoʻshgan hissasi ochib berildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

168

168

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SINTAKTIK NAZARIYALAR

(Oʻkir Hoshimov asarlari misolida)

Karimboyeva Maftunabonu

Urganch

texnologiyalar universiteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligidagi sintaktik nazariyalar

yoritilib, ularning nazariy asoslari rivojlanish bosqichlari hamda amaliy qòllanilishi
tahlili qilindi.Oʻtkir Hoshimovning asarlari asos qilib olinib ularning sintaktik jihatdan
oʻrganilishi orqali til birliklarining badiiy matndagi ifoda vositalari oʻrganildi.
Shuningdek, yozuvchining uslubiy xususiyatlari gap qurilishi va ularning sintaktik
sutrukturalari orqali adabiy tilga qoʻshgan hissasi ochib berildi.

Kalit soʻzlar:

Oʻzbek tilshunosligi, sintaksis, badiiy til, til birliklari, sintaktik

nazariyalar

Kirish:

O‘zbek tili o‘zining keng imkoniyatlarini eng murakkab fan sohalarida to‘liq

namoyon qilayotganligi, o‘zbek tili ta’limiga e’tibor qaratilyotganligi tilshunoslarimiz
oldiga tilimiz ravnaqiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbek tili
fonetikasi, leksikasi, grammatikasi bo‘yicha hozirga qadar yaratilgan ishlarni o‘rganib,
bu sohalarda navbatda qilinishi zarur bo‘lgan muammoli jihatlarni ajratib olish va
yangicha qarashlar, nazariyalar, yo‘nalishlar asosida qayta o‘rganish bugungi davr
o‘zbek tilshunosligi oldidagi navbatdagi vazifalardan sanaladi. O‘zbek tilshunosligida
badiiy asar tili, so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ma’no ko‘chish usullari,
shuningdek, so‘zlarning shakl va mazmun munosabati, faol va nofaol qatlam, bu
hodisalarning nazariy asoslari masalalarini o‘rganishga jiddiy kirishilgan. Sintaksis
yunoncha “sintaksis” so‘zidan olingan bo‘lib, “tuzish” degan ma‘noni anglatadi.
Sintaksis grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, bunda so‘zlarning va gaplarning o‘zaro
aloqasini, so‘z birikmalari va gaplarning turlarini, birikish usullarini o‘rganadi. Bu
jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so‘zlarning
tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu
formalarning dinamikasini, ularning funksiyasini ma‘lum bir fikrni ifodalashdagi rolini
o‘rganadi. Morfologiya va sintaksis bir-birini to‘ldiruvchi, o‘zaro munosabatda
bo‘lgan sohalardir. O‘tkir Hoshimov asarlarida ekspressivlikni ifodalashda sintaktik
birliklarning ham maxsus o‘rni bor. Masalan, asarlarida adib ritorik so‘roq gaplardan
unumli foydalangan. Ma’lumki, ritorik so‘roq gaplar sof so‘roq ifodalamaydi, ya’ni bu
turdagi gaplarda so‘zlovchi uchun biror noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida bilish
istagi bo‘lmaydi. “... ritorik so‘roq gap javob talab qilmaydi va mohiyatan darak,
shaklan so‘roq gap hisoblanadi”. Ritorik so‘roq gap xuddi darak gap kabi axborot


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

169

169

tashish vazifasini bajaradi. Farqi shundaki, ritorik so‘roq gaplarda emotsional-
ekspressivlik xususiyati yuqoriroq bo’ladi

Men aytaman... Aytamanu o‘ylayman: onaning yosh-qarisi bo‘ladimi? Mehrning

yosh qarisi bo‘ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi? (8-b.)

Bechora onam! O‘sha iztirobli afsonani aytayotganingda inidan mo‘ralagan

qaldirg‘och bolasidek ko‘rpadan bosh chiqarib yotgan besh bolang bir-biri bilan inoq
bo‘lishini shunchalik xohlaganmiding! (10-b.)

Yozuvchi O‘tkir Hoshimov asarlarida gap takrorining ikki xil ko‘rinishi mavjud:

1)To‘liq takror; 2) qisqa takror; Takroriy gaplarning bu ikki xil ko‘rinishi bir-biridan
grammatik tuzilishi bilangina farq qiladi. Ular bajarayotgan uslubiy vazifa esa deyarli
farq qilmaydi.

Bu xil takroriy gaplarning har ikki xil ko‘rinishida ham oddiy gaplardan farqli

tarzda, axborot bir xil, ya’ni ekspressivlik bo‘yog’i bilan ifodalanadi. Ismoil aka asta
yurib tepamga keldi. – Nimani ko‘rding? – dedi sekin qat’iy ovoz bilan. Men indamay
eshikka chiqib ketishni ham, Ismoil akaning savoliga javob berishni ham bilmay, turib
qoldim. – Nimani ko‘rding? – dedi u yana. (127-b)

Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan keng

foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo‘lishi shakllari gradatsiya, sintaktik
sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya,
takroriy gaplar, ritorik so‘roq kabi uslubiy figuralar fikrning o‘ta ta’sirchan
ifodalanishini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘tkir Hoshimov ijodida sintaktik
parallelizm hikoyalarda ohangdorlik hosil qilib ifodalilikni kuchaytirishga xizmat
qilgan: Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan
gaplar ko‘p qo`llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar parallelizm atamasi ostida
o‘rganiladi. Laylak Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g‘o‘r edi, bola go‘dak edi…
… Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. … Oradan o‘ttiz yil o‘tdi. Bola yigit bo‘ldi. Ona
keksayib qoldi. Oyog‘idan mador, ko‘zidan nur ketdi. Gradatsiya (lot. Gradation
zinapoya, bosqichma-bosqich kuchaytirish). Nutq parchalaridan biri ikkinchisinin
ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon. Masalan: do‘stni xo`rlash –
gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota onani xo‘rlash – ming hissa
gunoh. Go‘dakni xo`rlash – cheksiz gunoh... (“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” 32-b)

Antiteza – (qarama-qarshi qo‘yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi

fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo‘yish, zidlash hodisasiga aytiladi.
Yozuvchining mahorati zidlantirilayotgan voqeliklar uchun tanlangan ifoda
materialida yanada aniq ko‘rinadi. Masalan: Noningni yo‘qotsang yo‘qot, nomingni
yo‘qotma! Bu misolda bir-biriga aloqasi bo‘lmagan ikkita tushuncha – non va nom bir-
biriga zidlantirilgan. Nima uchun? Degan savol tug‘iladi. Yozuvchi nima uchun bu ikki
tushunchani qarama-qarshi qo‘yayapti?

Aslida non – hayotning, tiriklikning ajralmas bo‘lagi. Bir parcha non topib yeyish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

170

170

uchun odamzod mehnat qiladi, ter to‘kadi. Ammo hayotda o‘sha bir parcha nonni
topaman o‘z nomiga, sha’niga dog‘ tushirsa-chi? Keyin uni tiklashning iloji bo‘lmaydi.
Bu misoldagi “non”ni “hayot uchun kerak bo‘lgan hamma narsa, mol-dunyo”
ma’nosida ham tushunish mumkin.

O‘zbek xalqining eng sevimli adibi O‘tkir Hoshimov ham el ardoqlagan, o‘zbek

xalqining chin ma’nodagi eng sevimli farzandi, adibi edi. U ham o‘z hayotini, butun
borlig‘ini, quvonch-u shodligini, dard-u hasratini adabiyotga bag‘ishlagan
yozuvchilardan edi. Uning asarlari kirib bormagan, yoxud oynai jahon orqali
eshitmagan, ko‘rmagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Chunki uning asarlarining tili
shunchalik sodda, xalqona ruhda, o‘zbekning oddiygina hayotidan olinganki, ana shu
jihatlari barcha kitobxonni o‘ziga rom etib olgan edi.Oʻtkir Hoshimov asarlarining til
xususiyatlarini o‘rganish esa, juda erta endi qo‘liga qalam olgan paytlaridayoq
boshlangan. Biz ham mana shunday xayrli ishlarning davomi sifatida adibning
faqatgina hikoyalarini tahlilga tortdik va ularning lingvistik, poetik xususiyatlarini
tahlil qildik. Hikoyalarni tahlil qilish jarayonida yozuvchi tilining naqadar
betakrorligini, tilning har qanday vositalaridan mahorat bilan foydalanganini, har bir
qahramon xarakterini, tilini ko‘rsatib berishda bir-birini takrorlamagan holda o‘ziga
xos individuallik bilan yondashilganini ko‘rib o‘tdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Uluqov Nosirjon. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. -T:2016.
2. Sayfullayeva R, Mengliyev B va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T:2009
3. Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2
qism. -T: “O‘qituvchi”, 1980.
4. Shodiyev S. Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi// Fil.fan.bo‘yicha
falsafa doktori dis., - Samarqand, 2020.
5. O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar. Toshkent, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot
matbaa ijodiy uyi”. 2007.
6. O‘tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. -Toshkent, “Sharq” 2011.

References

Uluqov Nosirjon. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. -T:2016.

Sayfullayeva R, Mengliyev B va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T:2009

Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2 qism. -T: “O‘qituvchi”, 1980.

Shodiyev S. Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi// Fil.fan.bo‘yicha falsafa doktori dis., - Samarqand, 2020.

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar. Toshkent, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”. 2007.

O‘tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. -Toshkent, “Sharq” 2011.