Authors

  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.132973

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston gender tengligi ayollar faolligi ijtimoiy institutlar ijtimoiy-falsafiy tahlil fuqarolik jamiyati oila instituti ta’lim tizimi ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlar ijtimoiy ong oila va jamiyat.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar faolligining ortib borishi va bu jarayon orqali ijtimoiy institutlarning, xususan, oila, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat siyosatining yta’siri ilmiy-falsafiy asosda tahlil qilinadi. Bugungi kunda mamlakatamizda  olib borilayotgan demokratik islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash va gender tengligini qaror topshirishga qaratilgan tashabbuslarning amaliy natijalari hamda ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtirok qilishga qaratilgan. Ayollar faolligining ortishi orqali shaxsiy erkinlik va huquqiy kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lib, balki ijtimoiy muhitning o‘zgarishi, madaniy qadriyatlar  bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada oila, ta’lim, OAV, diniy-ma’rifiy tashkilotlar va davlat boshqaruv tizimining ayollar faolligini rag‘batlantirishdagi o‘zaro aloqasi ilmiy-falsafiy yondashuv asosida yoritiladi. Bu  institutlar orqali gender streotiplarini yemirish, ijtimoiy ongni o‘zgartirish va teng huquqlilik tamoyillarini mustahkamlash imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shuki, unda gender tengligining faqat huquqiy yoki statistik ko‘rsatkichlar darajasida emas, balki ijtimoiy ong, qadriyatlar tizimi va falsafiy tafakkur orqali o‘rganiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

139

139

YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR FAOLLIGINING OSHISHI

VA IJTIMOIY INSTITUTLARNING RO‘LI

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti milliy g‘oya,

ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar faolligining

ortib borishi va bu jarayon orqali ijtimoiy institutlarning, xususan, oila, ta’lim
muassasalari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat
siyosatining yta’siri ilmiy-falsafiy asosda tahlil qilinadi. Bugungi kunda
mamlakatamizda olib borilayotgan demokratik islohotlar, inson huquqlarini
ta’minlash va gender tengligini qaror topshirishga qaratilgan tashabbuslarning amaliy
natijalari hamda ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtirok
qilishga qaratilgan. Ayollar faolligining ortishi orqali shaxsiy erkinlik va huquqiy
kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lib, balki ijtimoiy muhitning o‘zgarishi, madaniy qadriyatlar
bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada oila, ta’lim, OAV, diniy-ma’rifiy tashkilotlar va
davlat boshqaruv tizimining ayollar faolligini rag‘batlantirishdagi o‘zaro aloqasi ilmiy-
falsafiy yondashuv asosida yoritiladi. Bu institutlar orqali gender streotiplarini
yemirish, ijtimoiy ongni o‘zgartirish va teng huquqlilik tamoyillarini mustahkamlash
imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shuki, unda gender
tengligining faqat huquqiy yoki statistik ko‘rsatkichlar darajasida emas, balki ijtimoiy
ong, qadriyatlar tizimi va falsafiy tafakkur orqali o‘rganiladi.

Аннотация:

В статье на научной и философской основе анализируется

повышение активности женщин в условиях Нового Узбекистана и влияние на
этот процесс социальных институтов, в частности, семьи, образовательных
учреждений, средств массовой информации, институтов гражданского общества
и государственной политики. Проводимые сегодня в нашей стране
демократические реформы являются практическими результатами инициатив,
направленных на обеспечение прав человека и гендерного равенства, а также
активного участия женщин в социально-экономической, политической и
культурной жизни. Повышение активности женщин связано не только с личной
свободой и правовыми гарантиями, но и с изменением социальной среды и
культурных ценностей. В статье на научной и философской основе
рассматривается взаимодействие семьи, образования, средств массовой
информации, религиозных и просветительских организаций и системы
государственного управления в стимулировании активности женщин.
Раскрываются возможности разрушения гендерных стереотипов, изменения
общественного сознания и укрепления принципов равенства через эти


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

140

140

институты. Научная значимость статьи заключается в том, что в ней гендерное
равенство рассматривается не только на уровне правовых или статистических
показателей, но и через общественное сознание, системы ценностей,
философское мышление.

Abstract:

This article analyzes the increasing activity of women in the conditions

of New Uzbekistan and the impact of social institutions, in particular, family,
educational institutions, mass media, civil society institutions and state policy on this
process on a scientific and philosophical basis. The democratic reforms being carried
out in our country today are the practical results of initiatives aimed at ensuring human
rights and gender equality, as well as the active participation of women in socio-
economic, political and cultural life. The increase in women's activity is associated not
only with personal freedom and legal guarantees, but also with changes in the social
environment and cultural values. The article examines the interaction of family,
education, mass media, religious and educational organizations and the state
administration system in stimulating women's activity on a scientific and philosophical
basis. It reveals the possibilities of destroying gender stereotypes, changing social
consciousness and strengthening the principles of equality through these institutions.
The scientific significance of the article is that it examines gender equality not only at
the level of legal or statistical indicators, but also through social consciousness, value
systems, and philosophical thinking.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, gender tengligi, ayollar faolligi, ijtimoiy

institutlar, ijtimoiy-falsafiy tahlil, fuqarolik jamiyati, oila instituti, ta’lim tizimi,
ommaviy axborot vositalari, demokratik islohotlar, ijtimoiy ong, oila va jamiyat.

Ключевые слова

: Новый Узбекистан, гендерное равенство, женский

активизм, социальные институты, социально-философский анализ, гражданское
общество, институт семьи, система образования, средства массовой
информации, демократические реформы, общественное сознание, семья и
общество.

Keywords:

New Uzbekistan, gender equality, women's activism, social

institutions, socio-philosophical analysis, civil society, family institution, education
system, mass media, democratic reforms, social consciousness, family and society.

Kirish:

Bugungi XXI asr- ijtimoiy taraqqiyot, inson huquqlari va gender

tenglikka intilish davri sifatida dunyo miqyosida tan olinmoqda. Bu jarayonda
O‘zbekistonda ham yangilanish va modernizatsiya bosqichiga kirib, ‘‘Yangi
O‘zbekiston” tamoyillari asosida chuqur ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirib kelmoqda. Mustqaillikdan so‘ng O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar bosqichiga qadam qo‘yadi. Davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan isohotlar orqali


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

141

141

ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish va ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish, shu bilan birga, ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fuqarolik jamiyatining
shakllanishi, demokratik institutlarning faoliyati va ijtimoiy institutlar faoliyat
yuritmoqda. O‘zbek jamiyatining tarixiy-madaniyatida ayol shaxsiga nisbatan
yondashuvda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘zaro uyg‘unlashib borayotgan bir
davrda, ayollar faolligining ortib borishi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining
strategik hamkorligini ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
huzuridagi Ayollar va gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiya, Xotin-qizlar
qo‘mitasi, fuqarolik jamiyatining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalari va ta’lim muassasalari bu yo‘nalishlarda muhim ijtimoiy institutlar sifatida
faoliyat yuritib kelmoqda. So‘nggi yillarda gender tengligini ta’minlash, ayollar
tadbirkorligini rivojlantirish va ularning siyosiy qaror qabul qilish jarayonlaridagi
ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan,
parlament va mahalliy kengashlardagi ayollar sonining oshishi va ularning ijtimoiy
tashabbuslari hamda yetakchilik faoliyatidagi faolligi bilan birga, amaliy natijalarda
ham o‘z kasbini topadi. Mening fikrimcha, Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar
faolligining oshishi nafaqat individual muvafaqqiyat ko‘rinishida, balki umumjamiyat
taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichi sifatida e’tirof qilinishi kerak bo‘ladi.

Metod:

Ushbu tadqiqot davomida quyidagi ilmiy metodlardan foydalaniladi:

1.

Tarixiy-taqqoslama metodi-Ayollar faolligining tarixiy davrlarda

o‘zgarishlarini aniqlash va Yangi O‘zbekiston davriga xos xususiyatlarni ilgari
aniqlangan davrlar bilan taqqoslab tahlil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bu metod orqali
ayollarning jamiyatdagi o‘rni qanday bosqichlardan o‘tganini aniqlash imkoniyatini
beradi.

2.

Sotsiologik so‘rovnoma va intervyu-Ushbu tadqiqotda ayollar faolligining

real holatini baholash uchun sotsiologik so‘rovnoma usulidan foydalaniladi.
So‘ravnoma va intervyu usullari orqali ayollar faolligining omillari va to‘siqlari
aniqlanadi.

3.

Tahlil metodi-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,

hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar, ayollarni qo‘llab-quvvatlashga doir
darturlar, mahalla institutlariga oid hujjatlar tahlil qilinadi.

4.

Tizimli yondashuv-Ijtimoiy institutlar faoliyatini kompleks tizim sifatida

o‘rganib, ularning ayollar faolligiga ta’sirini o‘rganadi. Bular orqali ayollarni ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy hayotga jalb qilishda turli xil institutlar o‘rtasida bo‘ladigan
aloqani tahlil qiladi.

5.

Empirik tadqiqot usuli-bunda ,asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat

statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

142

142

qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan statistik ma’lumotlar orqali ayollarning siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy faollik darajasi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.

6.

Normativ-huquqiy tahlil- So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-

huquqiy hujjatlar, masalan, Prezident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Oliy Majlis qonunlari orqali ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
islohotlarini tahlil qilishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu tadqiqotlarning asosiy obyekti sifatida Yangi O‘zbekiston sharoitida

faoliyat yuritayotgan ijtimoiy institutlar, masalan, mahalla, nodavlat notijorat
tashilotlari, davlat organlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatidir. Tadqiqotning
subyektlari esa bu institutlar bilan bevosita aloqada bo‘lgan va ularni qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlaridan foydalanuvchi ayollarning qatlamini tasgkil qiladi.

Natijalar:

Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollarning ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligining ortib borishi bilan davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy institutlarning-davlat
idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik
jamiyati institutlarining faoliyati orqali ayollar faolligining oshib borishida muhim
ahamiyat kasb qiladi. Misol uchun:

1.

Davlat siyosati va qonunchilik bazasi mustahkamlab borilmoqda.

Masalan, ‘‘Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun, ‘‘Ayollarni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi” singari tashabbuslar ayollar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun
huquqiy va moddiy asos bo‘lmoqda. Bular orqali ayollarni tadbirkorlik, ta’lim
sohasida, sog‘liqni saqlash va siyosat sohalarida faol ishtirok qilishiga asos
yaratmoqda.

2.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va unga qarashli tuzilmalarning

faollashuvi orqali joylarda ayollarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga
qaratilgan loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bularning natijasida bugungi kunda
ayollarning saylovlarda ishtirok qilishi ortganligi va ularning xalq deputatlari
kengashlariga saylanish ko‘rsatkichlari oshganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

3.

Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasida gender tengligini ta’minlash

yo‘lida katta qadamlar tashlanmoqda. Masalan, ayollar orasida oliy ta’limga qamrov
darajasi yildan-yilga oshib bormoqda va STEM yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar
orasida ayollarni o‘rni oshyotganini ko‘rishimiz mumkin.

4.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali gender

streotiplariga qarshi kurashish natijasida, ayollar muvvafaqiyati haqidagi ijobiy
obrazlarni ilgari surish orqaligina ijtimoiy ongda o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Media
sohasida ham faol ayollar timsoli jamiyatda ayollarning faolligini rag‘batlantiruvchi
omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovlar natijasida ayollarning o‘z


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

143

143

huquq va imkoniyatlaridan xabardorliklari ko‘zni quvnatadi, albatta. Bu esa
jamiyatimizda gender tengligining qaror topishiga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy
institutlar faoliyatining samarasi hisoblanadi.

Tahlil:

Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollarni faolligining oshishi

ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilib kelinyotgan islohotlarning
natijasida yuzaga kelmoqda. Misol uchun, davlat siyosatida gender tengligini
ta’minlash, ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ularni jamiyatimiz
hayotida faol ishtirok qilishiga undovchi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi
yillarda ko‘rishimiz mumkinki, davlat siyosatida gender tengligini ta’minlash,
ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni jamiyat hayotida
faol ishtirok qilishga undash ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ko‘ramiz. Misol
uchun, 2019-yilda tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
‘‘Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha
maslahatchisi” instituti ayollar huquqlarini tizimli ravishda hiimoya qilib borishda
muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy institutlar-‘‘Ayollar daftari”,
‘‘Temir daftar” va ‘‘Yoshlar daftari” mexanizmlari orqali ehtiyojmand va ijtimoiy zaif
qatlamga mansub ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash, kasb-
hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishda
samarali natijalarga erishib kelinmoqda. Bu singari yondashuvlar orqali ayollarni
iqtisodiy faol qilib, balki ularni ijtimoiy hayotning turli sohalariga jalb qilish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ta’lim tizimida bugungi kunda qizlar uchun
yaratilayotgan imkoniyatlar-oliy ta’limga kirishda kvotalar, stipendiyalar, chekka
hududlardan chiqayotgan iqtidorli qizlarni rag‘batlantirish siyosati orqali ayollarning
ilmiy va kasbiy jihatdan faol bo‘lishga imkoniyatlar yaratmoqda. Jumladan, tibbiy
xizmatlarning sifati va qamrovi oshganligi tufayli ayollarning salomatligi
mustahkamlanib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok qilishi kun
sayin kengayib bormoqda.

Mening fikrimcha, bugungi kunda ko‘plab faol ayollarimiz blogerlik, onlayn

tadbirkorlik, masofaviy ta’lim va maslahat xizmatlari orqali o‘z imkoniyatlarini
kengaytirib va oshirib bormoqda. Yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki,
O‘zbekistondan gender tengligini ta’minlash bo‘yicha milliy strategiyalar, qonunchilik
bazasi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi natijasida olib borilayotgan ishlar
tufayli ayollar faolligini tizimli ravishda va uzoq muddatli istiqbolda qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qilib kelmoqda. Masalan, 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan
Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi asosida belgilangan maqsadlar doirasida
barcha sohalarda ayollarning huquq va imkoniyatarini tengligiga erishish uchun
kompleks chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda.

Xulosa:

Mening fikrimcha, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan

islohotlar

natijasida

,

ayollarning jamiyatimizdagi faolligi sezirarli darajada ortib


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–82_Issue-1_August-2025

144

144

bormoqda. Bu kabi jarayonda ijtimoiy institutlarning, xususan, davlat organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining o‘rni juda ham katta
deb o‘ylayman. Bugungi kunda ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli
chora-tadbirlar va ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi ishtirokini
kengaytirishga xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan birga, gender tengligi tamoyillarini
mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan siyosatlar ijtimoiy barqarorlik va
taraqqiyotning muhim omiliga aylanib ulgurgan deya bemalol ayta olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov I.A.‘‘Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.-T.:Ma’naviyat,2008;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.:‘‘O‘zbekiston”,2022;

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-martdagi Farmoni ‘‘Xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” :

4.

Xoliqova N.,Jo‘rayevna M. ‘‘Ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishda davlat
siyosatining ahamiyati”,2023;

5.

Tursunova D.S.‘‘O‘zbekistonda gender siyosati va uning rivojlanish bosqichlari”.
Ilm-fan va innovatsiyalar,2022;

6.

https://innoist.uz

7.

https://gov.uz.

References

Karimov I.A.‘‘Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.-T.:Ma’naviyat,2008;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.:‘‘O‘zbekiston”,2022;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-martdagi Farmoni ‘‘Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” :

Xoliqova N.,Jo‘rayevna M. ‘‘Ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishda davlat siyosatining ahamiyati”,2023;

Tursunova D.S.‘‘O‘zbekistonda gender siyosati va uning rivojlanish bosqichlari”. Ilm-fan va innovatsiyalar,2022;