Authors

  • Tolipov Xushnudbek
  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93557

Keywords:

Kalit so‘zlar: globallashuv din milliy qadriyat ong madaniyat diniy tashkilotlar diniy tarbiya axborot texnologiyalari ommaviy madaniyat.

Abstract

Annotatsiysa: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarining milliy-diniy qadriyatlarimizga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida so‘z boradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida yuz berayotgan madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida milliy dinimizni asrab-avaylash, uni yosh avlodning ongiga singdirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada globallashuv sharoitida diniy qadriyatlarni saqlashda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vostilarning o‘rni katta ekanligi haqida so‘z boradi. Xususan, milliy o‘zlikni yo‘qotmasdan, zamonaviy taraqqiyotga moslashish, yoshlar ongida milliy va diniy g‘ururni shakllantirishning foydali yo‘llari mavjud. Men globallashuvga qarshi emas, balki uning imkoniysatlaridan oqilona foydalangan holda, milliy dinni mustahkamlash zarur deb o‘ylayman.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

74

74

GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA MILLIY DINNI SAQLASH

Tolipov Xushnudbek

Andijon davlat pedagogika instituti

Milliy g’oya ma’navuyat asoslari va

huquq ta’limi kafedrasi o’qituvchisi

Norimonova Gulmira Ulug‘bek

qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi talabasi

Annotatsiysa:

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarining milliy-diniy

qadriyatlarimizga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida so‘z boradi. Bugungi
kunda dunyo miqyosida yuz berayotgan madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida
milliy dinimizni asrab-avaylash, uni yosh avlodning ongiga singdirish masalasi tobora
dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada globallashuv sharoitida diniy qadriyatlarni
saqlashda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot
vostilarning o‘rni katta ekanligi haqida so‘z boradi. Xususan, milliy o‘zlikni
yo‘qotmasdan, zamonaviy taraqqiyotga moslashish, yoshlar ongida milliy va diniy
g‘ururni shakllantirishning foydali yo‘llari mavjud. Men globallashuvga qarshi emas,
balki uning imkoniysatlaridan oqilona foydalangan holda, milliy dinni mustahkamlash
zarur deb o‘ylayman.

Annotation:

In this article, this article is about the positive and negative impacts

of globalization to our national values. The issue of preserving our national religion
today is becoming increasingly relevant to preserve our national religion, and the
importance of it to the younger generation. The article says that the role of family,
educational institutions, public organizations and mass media is large in maintaining
religious values in the context of globalization. In particular, there are useful ways to
adapt to modern development, to adapt to modern development, to form a national and
religious prord in the minds of youth. I think it is necessary to strengthen the national
religion, not against globalization, but using its best possible possible opportunities
wisely.

Аннотация:

В этой статье эта статья о положительном и негативном

воздействии глобализации на наши национальные ценности. Вопрос о
сохранении нашей национальной религии сегодня становится все более
актуальной для сохранения нашей национальной религии и важности ее для
молодого поколения. В статье говорится, что роль семьи, образовательных
учреждений, общественных организаций и СМИ имеет большое значение для
поддержания религиозных ценностей в контексте глобализации. В частности,


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

75

75

существуют полезные способы адаптации к современному развитию,
адаптироваться к современному развитию, сформировать национальную и
религиозную Порду в умах молодежи. Я думаю, что необходимо укрепить
национальную религию не против глобализации, а с умом использования своих
наилучших возможных возможностей.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, din, milliy, qadriyat, ong, madaniyat, diniy

tashkilotlar, diniy tarbiya, axborot texnologiyalari, ommaviy madaniyat.

Keywords:

globalization, religion, national, value, mind, culture, religious

organizations, religious culture, information technology, mass culture

Ключевые слова:

глобализация, религия, национальная, ценность, разум,

культура, религиозные организации, религиозная культура, информационные
технологии, массовая культура.


Kirish:

Bugungi kunda globallashuv insoniyat taraqqiyotining ajralmas bir

qismiga aylanib ulgurgan bo‘lib, u siyosiy, iqtisodiy, madaniy va axborot sohalarida
katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Milliy din har bir xalqning tarixiy taraqqiyoti,
ijtimoiy hayoti va madaniy merosining ajralmas bir bo‘lagidir. U nafaqat ibodat va
e’tiqod tizimi, balki axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, urf-odatlar, turmush tarzi va
insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchu muhim omil hisoblanadi. Shu
sababli, milliy diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamon ruhiga mos va hos
holda rivojlantirish har bir jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘ladi.
Milliy din-xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy dunyosi va axloqiy tayanchlarining
ajralmas qismidir. Har bir xalqning ruhiy dunyosini shakllantiruvchi eng asosiy
omillardan biri bo‘lgan diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni zamonaviy
sharoitlarda yoshlarga yetkazish- bugunni kunning muhim va dolzarb vazifasi.

XXI asr globallashuv davri bo‘lib, u insoniyat tarqqiyotining yangi bosqichi

sifatida talqin qilinadi. Globallashuv jarayonlari siyosiy, iqtisodiy, madaniy va
ma’naviy sohalarni to‘liq qamrab olgan. Shu sababli, bugungi kunda dunyo
mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar yuqori darajada jadallashmoqda. Turli madaniyatlar,
dinlar va qadriyatlarning bir joyda to‘qnashuvi yokida uyg‘unlashuvi jarayonida milliy
o‘zlik, diniy e’tiqod va tarixiy-madaniy merosni asrab qolish masalasi juda muhim.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida shunday
deyilgan: ‘‘Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan diniga
e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sindirishga yo‘l
qo‘yilmaydi’’.

Asosiy qism:

Globallashuv bir tomondan taraqqiyot, texnologik yangilanish

va ochiqdan ochiq axborot maydonini ta’minlasa, boshqa tomondan u ayrim
xalqlarning asrlar davomida shakllangan milliy va diniy qadriyatlariga tahdid solib
kelmoqda. Bugungi kunda, ayniqsa, ommaviy madaniyat, g‘arbona hayot tarzi va diniy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

76

76

befarqlik yoshlar ongiga kuchli ta’sir qilmoqda. Shu sababli, globallashuv sharoitida
milliy o‘zlikni anglash, diniy-ma’naviy merosni asrab-avaylash va ularni yosh kelajak
avlodga to‘g‘ri yetkazish har qachongidan ham juda muhim masalaga aylanmoqda.

Globallashuv- bu dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va

ijtimoiy sohalarda o‘zaro yaqinlashuvi, axborot texnologiyalari orqali chegaralarning
kengayib, madaniy g‘oyalar almashinuvi kuchayib borayotgan jarayondir. Bu kabi
jarayonlar ijobiy imkoniyatlar bilan bir qatorda, ko‘plab millat va elatlarning o‘ziga
xos qadriyatlariga va milliy diniga xavf ketirib chiqarmoqda.

Milliy din- bu xalqning tarixiy shakllanish jarayonida uning ma’naviy asosini

tashkil qilgan e’tiqodlari va urf-odatlar majmuidir. O‘zbekiston misolida olib qarasak,
Islom dini ko‘p asrlar davomida xalqimizning dunyoqarashi, turmush tarzi va ma’naviy
hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Shuning uchun miliy dinni saqlash, uni
nafaqat ibodat darajasida, balki u orqali shakllangan axloqiy me’yorlar, ijtimoiy
birdamlik, oila qadriyatlari, mehr-oqibat, sabr-toqat singari insoniy fazilatlarni saqlab
qolish kerak. Milliy dinni saqlash uchun birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya tizimida
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish katta ahamiyatga ega. Maktab va oliy ta’lim
muassasalarida milliy tarix, diniy saboqlar, buyuk allomlarimizning ilmiy-ma’rifiy
merosini chuqur o‘rgatish va uqtirish lozim bo‘ladi, albatta. Islom olamida o‘zining
chuqur ilmiy izlanishlari bilan tanilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin
Naqshband,Alisher Navoiy kabi ulug‘ zotlarning asarlarini yosh avlodga yetkazish
orqali ularning milliy o‘zlik va diniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishimiz
kerak. Bulardan tashqari, diniy sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar va imom-xatiblar
globalashuvning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur anglab yetgan holda, dinni
zamonaviy ijtimoiy muhit bilan uyg‘un tarzda tushuntirishlari lozim. Ular yoshlar bilan
ochiq va samimiy muloqotda bo‘lib, ularni asossiz estremistik g‘oyalardan, diniy
savodsizlikdan himoya qilishda faol ishtirok etishlari lozim bo‘ladi. Muhim
masalardan yana biri- bu davlat siyosatining milliy diniy qadriyatlarga e’tibori.
Vatanimiz tajribasida ko‘rilayotganidek, diniy erkinliklar ta’minlanayotgani, masjidlar
faoliyati, Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi, diniy ta’lim
muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi-bularning barchasi milliy diniy
qadriyatlarni saqlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Ayni paytda,
Internet va ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi diniy-ma’rifiy targ‘ibotning yangi
shakllarini joriy qilishni talab qiladi.

Xulosa:

Mening fikrimcha, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, milliy

diniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi blogerlar, veb-saytlar, mobil ilovalar va
videodarsliklar yaratish orqali yoshlaring e’tiborini jalb qilishimiz mumkin. Xulosa
qilib aytganda, globallashuv jarayoni inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. U butun
insoniyat hayotining barcha jabhalariga katta ta’sir qilmoqda. Milliy din-bu nafaqat
e’tiqod, balki xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy holati va madaniyatining ajralmas bir


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

77

77

bo‘lagi. Uni asrab-avaylash-bu millat sifatida o‘zligimizni, kelajagimizni saqlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

;

2.

hppt://ipkmvd.uz;

3.

hppt://jadid.uz;

4.

hpp://iiau.uz;

5.

hppt://uz.wikipedia.org.


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

hppt://ipkmvd.uz;

hppt://jadid.uz;

hpp://iiau.uz;

hppt://uz.wikipedia.org.