JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
290
290
YOSHLARIMIZDA EKOLOGIK ONG VA
ETNOMADANIYATNI YUKSALTIRISH
Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yosh avlodda ekologik ong va etnomadaniy
tafakkurni shajllantirish va ularni yuksaltirishning dolzarb ilmiy-nazariy asoslari
haqida so‘z boradi. Global ekologik muammolar kuchayib borayotgan hozirgi
zamonda insonning tabiatga ongli va ma’sulyatli yondashuvini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ekologik ongni yoshlar ongiga
singdirishda milliy etnomadaniyat omillaridan oqilona foydalanish- barqaror
rivojlanishning muhim tarkibiy qismidir. Mazur maqolada ekologik ongning mazmun-
mohiyati, shakllanish omillari, shu bilan birga yoshlar tarbiyasida uning o‘rni katta
ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, ekalogik tarbiya jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va milliy-etnik qadriyatlar uyg‘unligini
ta’minlash orqaligina ekologik ongni kuchaytirish mumkin bo‘ladi,albatta. Mening
fikrimcha, yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirishda xalqning tarixiy-
madaniy merosidan foydalanish va ularni ekologik ta’limning tarkibiy qismiga
aylantirish hamda davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlash muhim deb
hisoblayman.
Abstract:
This article discusses the current scientific and theoretical foundations
for the formation and improvement of ecological consciousness and ethnocultural
thinking in the younger generation. In our time, when global environmental problems
are intensifying, it is important to form a conscious and responsible approach to nature.
Therefore, the rational use of national ethnocultural factors in instilling ecological
consciousness in the minds of young people is an important component of sustainable
development. The present article scientifically substantiates the content and essence of
ecological consciousness, the factors of its formation, and at the same time its great
role in the education of young people. Also, it is possible to strengthen ecological
consciousness only by ensuring the harmony of modern pedagogical technologies and
national-ethnic values in the process of ecological education. In my opinion, in the
formation of the ecological culture of the younger generation, I consider it important
to use the historical and cultural heritage of the people and make them a component of
ecological education and support them at the level of state policy.
Аннотация:
В статье рассматриваются современные научно-теоретические
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
291
291
основы формирования и развития экологического сознания и этнокультурного
мышления среди подрастающего поколения. В современную эпоху обострения
глобальных экологических проблем важно сформировать осознанный и
ответственный подход человека к природе. Поэтому рациональное
использование национальных этнокультурных факторов в формировании
экологического сознания молодежи является важной составляющей устойчивого
развития. В статье научно обоснованы содержание, факторы формирования и
значение экологического сознания в воспитании молодежи. И, конечно же,
усилить экологическое сознание можно только обеспечив гармонию
современных педагогических технологий и национально-этнических ценностей
в процессе экологического образования. На мой взгляд, важно использовать
историко-культурное наследие народа в формировании экологической культуры
подрастающего поколения, сделать его составляющей экологического
образования и поддерживать на уровне государственной политики.
Kalit so‘zlar:
Ekologik ong, etnomadaniyat, yoshlar tarbiyasi, ekologik
madaniyat, milliy qadriyatlar, ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish, ekologik tarbiya,
xalq an’analari, madaniy meros.
Keywords:
Ecological awareness, ethnoculture, youth education, ecological
culture, national values, ecological education, sustainable development, ecological
upbringing, folk traditions, cultural heritage.
Ключевые слова:
Экологическое сознание, этнокультура, воспитание
молодежи, экологическая культура, национальные ценности, экологическое
образование, устойчивое развитие, экологическое воспитание, народные
традиции, культурное наследие.
Kirish:
Bugungi globallashuv davrida ekologik muammolar nafaqat alohida bir
hudud yokida davlat, balki butun bir insoniyat taqdiriga ta’sir ko‘rsatayotgan muhim
muammolardan biriga aylanib ulgurgan. Atmosferaning ifloslanishi, iqlim
o‘zgarishlari, biologik xilma-xillikning kamayib borishi, suv va tuproq resurslarining
yemirilib borishi kabi muammolar barqaror taraqqiyotga tahdid solib kelmoqda. Bu
kabi murakkab ekologik vaziyatda insoniyatning tabiatga bo‘lgan munosabatini qayta
ko‘rib chiqishimiz, atrof-muhitga ongli yondashuv asosida yashash tamoyillarini
shakllantirish bugungi kun tartibiga chiqmoqda.
Ekologik ong- bu insonning tabiatga nisbatan ma’sulyati, ongli, ehtiyotkor
munosabatini ifodalovchi murakkab psixologik, ijtimoiy va madaniy hodisa bo‘lib, u
o‘z ichiga bilim, qadriyat, ekologik xatti-harakat va fuqarolik ma’sulyatini oladi,
albatta. Buning uchun yoshlar ongida ekologik qadriyatlarni shakllantirish va ularning
ekologik madaniyatini rivojlantirish uchun zamonaviy ta’lim va texnologiyalar bilan
birga, milliy-etnik merosdan oqilona foydalanishimiz lozim bo‘ladi. Etnomadaniyat-
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
292
292
xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosiga asoslangan turmush tarzidagi tabiatga
nisbatan bo‘lgan an’anaviy qarashlar, urf-odatlar va axloqiy me’yorlar muhim manba
vazifasini bajaradi. O‘zbek xalqining qadimiy madaniyatida tabiatga nisbatan mehr,
hurmat va ehtiyotkorlik qadimdan chuqur ildiz otgani bejiz emas. Xalq og‘zaki ijodida,
urf-odatlarda, bayramlarida, dehqonchilik an’analarida ekologik qadriyatlarida o`z
aksini topadi. Shu sababli, yoshlar ongida ekologik ongni yuksaltirishda etnomadaniy
resurslardan foydalanish ekologik tarbiyaning milliy modeli sifatida katta ilmiy va
amaliy jihatdan ahamiyat kasb etadi. Mening fikrimcha, ekologik tarbiya jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va milliy-etnik qadriyatlar uyg‘unligini
ta’minlash orqali ekologik ongni kuchaytirish mumkin.
Atrof-muhitning tozaligi va uning rang-barangli-yu xilma-xilligini saqlash,
ekologik madaniyatni rivojlantirish va uni boshqarish, asosan, tabiatni muhofaza qilish
Davlat qo‘mitasi va uning joylardagi tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmay,
joylardagi davlat hokimiyati organlarining ham burchi va vzaifasi deb hisoblayman.
Ona tabiatimizni asrash va uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilonsa foydalanish va
jamiyatda ekologik madaniyat va ekolgik ongni rivojlantirish, shu zaminda
yashayotgan har bir insonning Ona Vatanimizga va uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik
burchidir.
Asosiy qism:
Insoniyatning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari ming yillar
davomida shakllangan bo‘lib, har bir jamiyat o‘zining madaniy, diniy, ijtimoiy va
iqtisodiy xususiyatlariga mos holatda tabiatga yondashuv uslublarini ishlab chiqqan,
albatta. Ayniqsa, xalqning madaniy merosi- etnomadaniyat tarkibida tabiat bilan
uyg‘unlikda yashash va uni muqaddaslashtirish bilan birga asrashga doi qadriyatlar
jamlangan. Bunda o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi, marosim va urf-odatlarida tabiatga
nisbatan ekologik jihatdan barqaror munosabatning namunalarini ko‘rishimiz mumkin.
Misol uchun, ‘‘daraxtni kesma, soyani esla’’ singari maqollar tabiatni qadrlash, uni
avaylash g‘oyasini targ‘ib qiladi. Bugungi kunda yoshlar orasida ekologik
madaniyatning sustligi ko‘pincha ular uchun bu mavzularning mavhumligi, noaniq va
qiziq bo‘lmaganligidir.Shu sababli, ekologik tarbiya faqatgina axborot berishga emas,
balki hayotiy zaruratni anglatishga, hissiy ta’sirga va amaliy mashg‘ulotlarga tayanishi
mumkin bo‘ladi. Etnomadaniyat bu yerda til, obraz va timsollar orqali chuqur ta’sir
ko‘rsatish vositasi sifatida ishlaydi, albatta. Bugungi ekologik inqiroz holatlari, global
iqlim o‘zgarishlari, resurslarning chegaralanligi, ekologik savodsizlik va befaqlik
singari muammolar insoniyat oldida ekologik madaniyatni shakllantirish masalasini
kun tartibiga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongida ekologik ong va ma’sulyatni
yuksaltirish bugungi kunning eng muhim strategik vazifalaridan biridir. Chunki, aynan
yoshlar kelajak jamiyatining faol ishtirokchilari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoting
asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ularning tabiatga bo‘lgan munosabatlari
nafaqat shaxsiy hayot tarzini, balki umumiy ekologik xavfsizligini ta’minlaydi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
293
293
Ekologik ong- bu insonning tabiatga nisbatan ongli, axloqiy va ijtimoiy
ma’sulyatli munosabatini ifodalovchi ko‘p komponentli tizimdir. U quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat:
1.
Kognitiv komponent-tabiat to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar, ekologik
muammolar va ularning oqibatlari haqidagi xabardorlik;
2.
Affektiv komponent-tabiatga nisbatan hissiy munosabat, ekologik
qadriyatlar, ekologik javobgarlik;
3.
Praktik komponent-tabiatni asrashga yo‘naltirilgan konkret faoliyat va
xatti-harakatlar.
Ekologik ongni yoshlar ongiga singdirishning samarali yo‘llaridan biri bu milliy
etnomadaniyat resurslaridan foydalanish hisoblanadi. Etnomadaniyat-xalqning tarixiy-
madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari, axloqiy qarashlari, tabiatga nisbatan
shakllangan qadimiy munosabatlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalqining qadimiy
turmush tarzida tabiat bilan uyg‘un yashash va uni ardoqlash bilan birga muqaddas deb
bilish kuchli ildiz otib ulgurgan. Bular asosan, maqollar, rivoyatlar, dostonlar,
bayramlar va marosimlarida bu kabi qadriyatlar aniq namoyon bo‘ladi. Masalan,
‘‘Daraxt ek, savob top’’, ‘‘Ona yerga rahm qil’’, ‘‘Suvni tejab iste’mol qil’’ singari
iboralar yosh avlodga bevosita tabiatga ehtiyotkorlik bilan qarash g‘oyasini singdiradi.
Yoshlarimiz ongida ekologik ma’sulyatni shakllantirishda quyidagi ilmiy-metodik
yondashuvlar muhim hisoblanadi:
1.
Milliy etnomadaniy asoslangan ekologik ta’lim: Ta’lim jarayonida xalq
ijodi, an’anaviy ur-odatlar, marosimlar orqali ekologik qadriyatlarni singdirish-
nafaqat ma’lumot berish, balki ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunga misol qilib,
‘‘Navro‘z’’ bayramida poklik, yerga e’tibor g‘oyalari yoshlar tarbiyasida faol
foydalanilishi mumkin.
2.
Ekologik ma’naviyat va axloq asoslarini rivojlantirish: Tabiatni faqatgina
resurs sifatida emas, balki mavjudot sifatida ko‘rishga undovchi qadriyatlarni
rivojlantirish-yoshlarning axloqiy pozitsiyasini shakllantiradi. Din, adabiyot, san’at
kabi sihalarda bu yondashuvlarni asoslash orqali ekologik ong chuqurlashtiriladi.
3.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish: Ekologik tarbiyada interaktiv
metodlar- amali mashg‘ulotlar, ekologik loyihalar, ekologik muammolarni yechish
bo‘yicha debatlar-yoshlarning jarayonga faol ishtirokini ta’minlaydi, albatta.
4.
Oilaviy va mahalla muhitining roli: Ekologik qadriyatlar,asosan, ijtimoiy
tajriba orqali shakllanadi. Oila, va mahalla orqali yoshlarda ekologik madaniyatni
kuchaytirish mumkin.
5.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish:
Bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalgan raqamli platformalar orqali ekologik
ong va etnomadaniyatga doir video, vlog, onlayn kurslar, testlar yaratish orqali
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
294
294
ularning qiziqishlarini oshirish mumkin. Bu bilan ekologik bilimlar zamonaviy
texnologiyalar orqali tez va samarali yetkaziladi.
Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, ekologik ong va etnomadaniyat bir-birini
to‘ldiruvchi hamda kuchaytiruvchi tizimlar sifatida qarashimiz lozim bo‘ladi.
Bularning uyg‘unligi orqali barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik va madaniy
merosni asrash kabi yondashuvni hayotga tatbiq qiluvchi, uni davom qiluvchi asosiy
ijtimoiy guruh sifatida belgilanishi kerak deb o‘ylayman.
Xulosa
: Ushbu maqoladan xulosa shuki, yoshlarimizda ekologik ong va
etnomadaniyatni yuksaltirish bugungi jamiyatning rivojlanishida juda muhim. Ular
tabiatni asrash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish
va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishda asosiy kuch bo‘ladi. Shu sababli, ekologik
ta’lim, etnomadaniyat, axloqiy qadriyatlar va amaliy faoliyat orqali yoshlarning
ekologik ongini shakllantirish va ular uchun atrof-muhitni asrashning ahamiyatni
yahshi tushuntirish, har bir yoshning jamiyat oldidagi burchi sifatida tabiatimizni
saqlashni his qilishi uchun kompleks yondashuvlarni amalha oshirish kerak. Bu kabi
jarayonlarni rivojlantirishda davlat, ta’lim muassasalari, oila va jamoatning o‘zaro
hamkorligini kuchaytirish, ekologik ongni yosh avlodga to‘g‘ri va samarali tarzda
yetkazish imkonini beradi, albatta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Zokirov,M.(2010).Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
2.
Sultonov,B.(2015).Yoshlar tarbiyasida ekologik ma’sulyat. Toshkent:Fan va
texnologiya nashriyoti.
3.
Davronov,D., Turg‘unov,A.(2017). Ekologik ta’lim va
yoshlar.Toshkent:O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-
tadqiqot instituti.
4.
5.
hppts://journals.proindex.uz