“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
504
Tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar va ularni ishlab chiqarish
takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasini yaratishning nazariy
asoslari
Xomidov Voxidjon Obidovich t.f.f.d., (PhD),
Farg‘ona davlat texnika universiteti (O‘zbekiston, Farg‘ona)
Annotatsiya;
Ushbu maqolada tabiiy ipak asosida yangi turdagi to‘qimalarni
ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va resurs tejamkor, yuqori samarali
texnologiyani yaratish masalalari yoritilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarning
tashqi
bozorlarda
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlar tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar;
tut, ipak qurti, pilla, sifatli xom-ipak, eksportbop,
modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, raqobatbardosh, sifatli mahsulot.
Kirish.
Milliy iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlaridan biri
hisoblangan ipakchilik sanoatida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab
chiqarish muhim ahamiyatga ega. Tabiiy ipakning ekologik tozaligi, yengilligi va
nafisligi uni xalqaro bozorda talabgir qiladi. Bu talabga javob berish uchun yangi
texnologiyalar joriy etilishi, mahsulotlar assortimenti diversifikatsiya qilinishi
lozim.
Ishning dolzarbligi. To‘quv dastgohida mato hosil bo‘lish o‘rilishlarini
aniqlash, to‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil yetish uchun muhimdir. Ishqalanish
kuchlarining o‘zaro ta’siri va ip tizimlarining o‘zaro deformatsiyasi hodisalarining
murakkabligi tufayli bu muammo hali universal shaklda analitik tarzda hal
qilinmagan. Bizning tahlilimiz shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyotining zamonaviy
davrida va shiddatli raqobat kuchayib borayotgan davrda, sodir bo‘layotgan
jarayonlarni iloji boricha real tavsiflovchi va ular asosida maqbul parametrlarni
ishlab chiqadigan mato shakllanishining yangi matematik modelini ishlab
chiqmasdan, mahsulotlarning raqobatbardoshligini va ularning jahon bozoriga
chiqishini ta’minlash mumkin emas.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
505
Mamlakat mustaqilligiga erishilgandan keyin ipakchilik tarmog‘ida iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun
qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, yangi korxonalar qurish va mavjudlarini
modernizatsiyalashga, jahon bozorida xaridorgir va raqobatdosh tayyor mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan
keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga tut ipak qurti ozuqa bazasi va pilla xomashyosi yetishmasligi
tarmoqni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, buning natijasida respublika
pillakashlik va shoyi to‘qish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini
xomashyo bilan ta’minlash darajasi pastligicha qolmoqda.
Ipakchilik tarmog‘ini yanada isloh qilishni ta’minlash, ipakchilik sanoatini
modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini
faollashtirish uchun, pillani chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorda barqaror
talab qilinayotgan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish
va tovarlar turini kengaytirish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish lozimdir.
Zamonaviy to‘qimachilik korxonalarida dastgohlar mashinasozligi sohasida
dunyoning yetakchi mamlakatlaridan ishlab chiqilgan turli xil dastgohlarni
ishlatishda iplarning kuchlanishini o‘rganish, uning yakuniy natijalari ipning
uzilishini kamaytirishga erishilsa, dastgohning ish unumdorligi ko‘tarilsa shu bilan
mahsulot sifati yaxshilanadi.
Tadqiqot ishlari quyidagi bosqichlar bo‘yicha bajarilishi lozim:
-
tabiiy ipakdan to‘qimalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish
bo‘yicha yangi nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari olinadi;
-
xom ashyoni to‘qishga tayyorlashda ipak iplarini qayta ishlash texnologik
jarayonlarini asosiy omillari aniqlanadi;
-
iplarni pishitish jarayoni o‘ramasini optimal turi aniqlanadi;
-
tabiiy ipakdan yangi turdagi ko‘ylakbop to‘qimalar strukturasi yaratiladi
-
tabiiy ipakdan to‘qimalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish
bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar natijalari olinadi;
-
xom ashyoni to‘qishga tayyorlashda ipak iplarini qayta ishlash texnologik
jarayonlarini asosiy omillari aniqlanadi
-
tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar ishlab chiqarish takomillashtirilgan
resurstejamkor texnologiyasi yaratiladi;
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
506
-
takomillashtirilgan texnologiya bo‘yicha yangi turdagi to‘qimalar
namunalari ishlab chiqariladi, ularning sifat ko‘rsatkichlari va texnologiyaning ish
samaradorligi baholanadi.
Yangi texnologiya bo‘yicha tabiiy ipak to‘qimalarini tayyorlash jarayonlarini
o‘ziga xos jixatlarini taxlili va tadqiqotida, yangi texnologiyani inobatga olgan xolda
tabiiy ipak to‘qimalarini tayyorlash texnologik jixozlarini ish rejimlarini va maqbul
omillarini ishlab chiqish va tabiiy ipakdan yangi turdagi ko‘ylakbop to‘qimalar
strukturasini va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish mumkin.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar ishlab
chiqarish,
takomillashtirilgan
resurstejamkor
texnologiyasini
yaratishda,
takomillashtirilgan texnologiya bo‘yicha yangi turdagi to‘qimalar namunalarini
ishlab chiqarish, ularning sifat ko‘rsatkichlari va texnologiyaning ish
samaradorligini baholash mumkin.
Dunyoda mato ishlab chiqarish uchun mashina va texnologiyalarni yaratishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, xususan,
dastgohda mato hosil qilishning yangi usulini ishlab chiqish; dastgohning asosiy va
yordamchi mexanizmlarining yangi dizaynlarini, dastgohni to‘ldirish uchun maqbul
parametrlarni va xususiyatlarga ega matolarning yangi assortimentlarini ishlab
chiqish muhim vazifalardir.
Xulosa.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari dastgohlarda yangi mato elementini
shakllantirish
jarayonining
intensivligining
matematik
tavsifini
beradi.
Dastgohlarda yangi mato elementini shakllantirish jarayonining matematik tavsifi
ham olinadi, bu esa texnologiyaning intensivligini baholashga imkon beradi, yangi
turdagi to‘qimalarning fizik mohiyatini ochib beradi va dastgohlardagi jarayonning
meyoriy oqimini ta’minlash uchun dastgohning dizayni va texnologik
parametrlarining muqobillashtirish ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. V.O. Xomidov, G.N. Valiev .Tandalash jarayonida tabiiy ipak ipi
ballonlanishining matematik modeli.//Farg‘ona politexnika instituti Ilmiy texnika
jurnali. 2020, T.26, №5 46-49-b.
2. Sevostьyanov A.G. Metodы i sredstva issledovaniya mexaniko-
texnologicheskix protsessov tekstilьnoy promыshlennosti. – M.: Legkaya
industriya, 1980. – 392s.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
507
3. Xomidov V. O, Tabiiy ipak iplarini tandalash jarayoniga ta’sir qiluvchi
omillar. //«To‘qimachilik tolalarini chuqur qayta ishlashning innovatsion
yechimlari” Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman materiallari to‘plami, 19-20
oktyabr 2020 yil. – Farg‘ona 158-160b.
4.Mirboboeva, G., Isroilova, N., & Rakhmonova, M. (2024). A
COMPARATIVE ANALYSIS OF FLAX FIBRE FOR INDUSTRIAL
APPLICATIONS. Western European Journal of Modern Experiments and Scientific
Methods, 2(10), 11-16.
5. Tursumatova, S., Tursunov, D., & Isroilova, N. (2023). Research on the
Production of Special Clothing for Car Repair Workers, Taking into Account
Human Ergonomic Characteristics. Eurasian Research Bulletin, 17, 204-209.
