Elbekning yangi hikoyalari tahlili

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
84-95
10
11
Поделиться
Соатова, Г. (2023). Elbekning yangi hikoyalari tahlili. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 84–95. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp84-95
Гулзода Соатова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор философии по филологии (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan Elbekning hikoyanavislik mahorati haqida mulohaza yuritilgan. Ijodkor ning “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Yer yuzi” kabi jurnallarda nashr etilgan, joriy nashrlarda uchramaydigan “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quy oshi”, “Kuzatishda”, “Yangi turmush izlovchi”, “Moshoqchi Erbo‘ta”, “Jadidchi Qoravoy” kabi hikoyalari tahlil etilgan. “Qishloqqa sayohat” hikoyasida xarobaga aylangan qishloq va buning sabablari, “Kelgusining quyoshi” hikoyasida tunda kitob o‘qiyotgan bola, “Kuzatishda” hikoyasida yangi jadidlar maktabida o‘qib, otasining e’tiroziga uchragan farzand, “Yangi turmush izlovchi” hikoyasida yangi, yengil hayotni sevuvchi Qahhorxo‘janing hayoti, “Moshoqchi Erbo‘ta” hikoyasida boylar qo‘lida ishi yurishmagan Erbo‘ta ning turmushi, “Jadidchi Qoravoy” hikoyasida esa bir savdogar boyning o‘g‘li Qoravoy haqidagi fikrlar tahlilga tortilib, ilmiy xulosalar chiqarilgan.


background image

84

Uzbekistan: Language and Culture 2023/1(2)

ISSN 2181-922X 84

95

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

Gulzoda Soatova

1

Abstrakt

Maqolada milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan

Elbekning hikoyanavislik mahorati haqida mulohaza yuritilgan. Ijodkor

ning “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Yer yuzi” kabi jurnallarda nashr etilgan,

joriy nashrlarda uchramaydigan “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quy-

oshi”, “Kuzatishda”, “Yangi turmush izlovchi”, “Moshoqchi Erbo‘ta”, “Jadid-

chi Qoravoy” kabi hikoyalari tahlil etilgan. “Qishloqqa sayohat” hikoyasida

xarobaga aylangan qishloq va buning sabablari, “Kelgusining quyoshi” hi-

koyasida tunda kitob o‘qiyotgan bola, “Kuzatishda” hikoyasida yangi jadid-

lar maktabida o‘qib, otasining e’tiroziga uchragan farzand, “Yangi turmush

izlovchi” hikoyasida yangi, yengil hayotni sevuvchi Qahhorxo‘janing hayoti,

“Moshoqchi Erbo‘ta” hikoyasida boylar qo‘lida ishi yurishmagan Erbo‘ta

ning turmushi, “Jadidchi Qoravoy” hikoyasida esa bir savdogar boyning

o‘g‘li Qoravoy haqidagi fikrlar tahlilga tortilib, ilmiy xulosalar chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

Elbek, ilm, milliy ozodlik, jadid, ta’lim-tarbiya, kelajak,

hikoya, hikoyanavis.

Kirish

Elbek o‘zbek adabiyoti rivojiga o‘zining she’rlari, hikoyalari,

dostonlari va tarjimalari bilan munosib hissa qo‘shgan ijodkorlar-

dandir. Ijodkor she’riy va nasriy asarlarida o‘zbek xalqining yaqin

tarixidan olingan, shu jumladan, shoirning o‘tmishi bilan bog‘liq

voqealar tasviri gavdalanadi. U tarixiy o‘tmishga murojaat etgani-

da ham, zamonaviy mavzularda qalam tebratganida ham ibratli vo-

qealarni tasvirlashga, zamondoshlarining, ayniqsa, yosh avlodning

dunyoqarashi va axloq odobini shakllantirishda katta ahamiyatga

ega bo‘lgan masalalarni ko‘tarishga intilgan. Bolalarga bag‘ishlan-

gan asarlari bilan o‘zbek bolalar adabiyotining rivojiga sezilarli his-

sa qo‘shib, XX asr o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib she’riy roman

janrini boshlab bergan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Yozuv

1

Soatova Gulzoda Nurmamat qizi

– filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail

: soatovagulzoda@navoiy-uni.uz ; soatovagulzoda001@gmail.cом

ORCID ID:

0000-0002-2064-8088

Iqtibos uchun:

Soatova G.N. 2023. “Elbekning yangi hikoyalari tahlili”.

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunislik

1 (2)

: 84-95.


background image

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

85

yo‘llari” (birinchi bo‘lak, 1921), “O‘rnak”, “Boshlang‘ich maktabda

ona tili” (1923), “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925) kabi o‘quv qo‘llanmalari

va majmualarni yaratgan.

Elbek juda murakkab qatag‘on davrida Cho‘lponga ergashib

ijod qildi. XX asrning 80-yillaridan ijodkor hayoti va ijodini o‘rganish

boshlandi. N.Qobulobning “Elbek” adabiy portreti [Qobulov 1988],

A.Aliyevning “Elbek va davr adabiy jarayoni” [Aliyev 1989, oktabr,

3-4] maqolasi, H.Uzoqovning “Momaguldurak”, [Uzoqov 1993],

1999-yillarda nashr ettirgan “Tanlangan asarlar”i [Elbek 1999],

U.Amonovning “Armug‘on yolqinlar” [Amonov 2017] she’riy to‘pla-

mi, O.Abdullaevning “Mungli qushim” [Abdullayev 1999] she’riy

to‘plami shular jumlasidandir.

Asosiy qism

Elbekning nasriy asarlariga e’tibor qaratsak, Haydarali Uzo-

qov tomonidan 1993, 1999-yillarda tayyorlangan “Tanlangan asar-

lari”da 8 ta “Fohisha”, ”Ona”, “Anorgul”, “Dadamat”, “Chirchiq”, “Men

kim bo‘laman”, “Qahhorxo‘ja”, “Qo‘shchi Turg‘un” nomli hikoyalari

berilgan. Boshqa elbekshunos olimlar nashrlarida Elbek hikoyalari

bosilmagan, ular haqida mulohaza yuritilmaydi. H.Uzoqov Elbekning

“Dadamat”, “Qo‘shchi Turg‘un” hikoyalar to‘plamini “eskirgan, bo‘sh

asarlar” [Elbek 1999, 19] deydi. “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida

Elbekning joriy nashrlarda uchramaydigan

“Qishloqqa sayohat”

[Elbek 1925, 1, 136-143] “Kuzatishda” [Elbek 1925, 2, 60-62], “Kel

-

gusining quyoshi” [Elbek 1925, 9-10, 74-76], “Yangi turmush izlov

-

chi” [Elbek 1926, 7-8, 25-27], “Mashshoqchi Erbo‘ta” [Elbek 1926,

9, 40-41] nomli hikoyalari, “Yer yuzi” jurnalida esa “Jadidchi Qora-

voy” [Elbek 1926, 4, 15-16] hikoyasi chop etilgan. Ushbu hikoyalar

bilan tanishganimizda H.Uzoqovning yuqoridagi fikrlari to‘lig‘icha

o‘zini oqlamasligiga guvoh bo‘ldik. Chunki yoshlarni ilm-ma’rifatga

yo‘naltirish, istiqbolli yorug‘ kelajakka intilish g‘oyalari hech qachon

eskirmaydi.

“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalining ilk sonida Elbekning

“Qishloqqa sayohat” hikoyasi chop etilgan. Muallif ko‘pdan beri bor-

magan, bolaligi o‘tgan qishlog‘iga bahor faslida borishga to‘g‘ri kelib

qoladi. Bu, albatta, unga o‘zgacha kayfiyat, ruh bag‘ishlaydi. O‘sha

bolaligidagi ko‘m-ko‘k o‘rmonlar, tiniq suvlar, fayzli ko‘chalar ko‘z ol-

didan o‘tadi. Juda sevinib, ot aravada yo‘lga tushadi. Ilk bor uni keksa

tog‘lar kutib oladi va shunday deydi.

“Biz seni ko‘p kutdik. Va nihoyat

kelding. Biz keksayib, belimiz bukilib qoldi. Bolam, endi bizda kuch

qolmadi, biz saqlay olmaymiz, endi bizga ishonma, mana yurtingni


background image

86

Gulzoda SOATOVA

endi o‘zing saqla!”.

So‘ng yo‘lidan daryo chiqib, unga mahzun so‘zlaydi. So‘zlari

tushunarsiz, yoki o‘n to‘qqizinchi yil o‘choqlaridagi falokatdan

so‘zlaydi yoki mening charchab, bolaligim o‘tgan qishlog‘imning ho-

zirgi xarob, eski, och holatini ko‘rib xafa bo‘lganim uchun mening

kayfiyatimni ko‘taradi. Shunda birdan ko‘za ko‘targan qizlar kelib,

ushbu qo‘shiqni birgalikda kuylaydi.

Daryolarni bo‘ylaymiz,

Erkinlikda o‘ynaymiz.

Qurib ketsun qari chollar,

Biz ularga tegmaymiz.

Soylar to‘lib suv oqar,

Tursun sochpopuk taqar.

Boyaqish cholg‘a tushibdur,

Ko‘z yoshig‘a kim boqar.

Hikoya qahramoni qishloqqa kelganida bolaligidagi qish-

log‘idan asar ham qolmaganini, xayolidagi orzulari sarob yekanini

anglaydi. Och-nahor, ozib ketgan, umidsiz odamlarni, xaroba, buzil-

gan eski uy va ko‘chalarni ko‘rib o‘kinadi va o‘tkinchilardan buning

sababini so‘raydi. Ular buning sababi tinimsiz bo‘lib turadigan urush-

larda ekanligini aytadi. Ammo muallif bunday ayanchli turmushning

sababi odamlarning yalqovligi, bilimsizligi, yashash yo‘llarini o‘rgan-

maganligi degan xulosaga keladi.

Elbek o‘z davrining hur fikrli ijodkori sifatida u yerda ya

shovchi kimsalarga rahmi keladi, ularning bu ahvolga tushishiga

o‘zlari sababchi ekanligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, ilmli, mehnatse-

var, tadbirkor insonlar har qanday vaziyatda ham farovon turmush

kechirish yo‘llarini topa oladi. Muallif bunday xulosaga kelishdan

oldin bolaligi o‘tgan qishloqning abgor holatini, odamlarning achi-

narli ahvolini “19-yil o‘choqlaridag‘i falokatdandir” deb ham o‘ylay-

di. Bu bejiz emas, albatta. Tarixdan ma’lumki, birinchi jahon urushi

hamda oktabr inqilobidan so‘ng boshlangan fuqarolar urushi mam-

lakatda katta inqirozni vujudga keltirdi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning

butunlay izdan chiqishi natijasida sho‘rolar mamlakatining aksari-

yat hududlarida ocharchilik boshlandi. Shu mamlakatning bir o‘lka-

si sifatida Turkiston ham bu falokatdan chetda qolmadi. Bu haqida

Q.Rajabov shunday deydi: “O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida

yuz bergan ocharchilik va qahatchiliklar million-million kishilarn-

ing hayotiga zomin bo‘ldi va shuning barobarida rus xalqi tarixida

ham mudhish sahifalar bo‘lib qoldi” [Rajabov 2021, 44, 5]. Shuning

-

dek, hikoyada suv olib ketish uchun daryo bo‘yiga kelgan qizlarning


background image

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

87

qo‘shiqlari ham keltiriladi. Aslida, bu qo‘shiq zamirida qizlarning

taqdiri yoritilgan. Kambag‘allik, bechoralik sabab boy chollarga te-

gib mahzun bo‘lgan qizlar daryo bo‘yida xonish qiladi. Bu voqealar

tariximizning qora kunlari sifatida xotiralarda saqlanadi.

Elbekning “Qishloqqa sayohat” hikoyasi murakkab davr

dagi tariximizning bir darakchisi va bu musibatlarga chora izlagan

xalqparvar bir ijodkorning qalb nidosidir.

Elbekning

“Kuzatishda”

nomli hikoyasida oddiy, sodda,

taqdir sinovlarini ko‘raverib ko‘zi qotgan Toshboboning boshidan

kechirganlari hikoya qilinadi. U dunyoda biron kishini, ayniqsa, ya-

qin insonini uzoq safarga jo‘natishdek og‘ir ish bo‘lmasligini aytib,

o‘zining temir yo‘l bo‘lmagan paytlardagi safari haqida so‘zlaydi. Sa-

farga chiqish oldidan oila a’zolarining holatini quyidagicha tasvirlay-

di:

“Birov o‘ldirib qo‘ysa, o‘liklari dala-toshda qolib, biz bularni, bu-

lar bizlarni ko‘rolmay qolarmi ekanlar, deyishib bizning jo‘nashimiz

oldidan barchalari qayta-qayta quchoqlashib ko‘rishar edilar, onala

rimiz bo‘lsa bo‘ynimizg‘a yopishib, sira qo‘yg‘isi kelmay yig‘lab-yig‘lab

nochor qolishar edilar”.

Taqdir taqozosi bilan 45 yoshga to‘lganida

bir o‘g‘il ko‘rib, yoshiga yetganida uni o‘qish uchun maktabga ber-

gani, ammo 6-7 yilda ham hech narsa o‘rgana olmagani uchun uni bir

o‘rtog‘ining gapi bilan yangi maktabga ko‘chiradi. U maktab shun-

day maktab ekanki, hatto ota-onasidan ham uzoqlashib, bezib, hech

kimni tanimaydigan bo‘lib qolishi, faqat o‘qishni xohlashi, o‘g‘li hozir

uylanib, ikki bolalik bo‘lsada, o‘rtoqlari bilan “L” shahriga borib o‘qib

kelishini, Toshbobo esa har doim o‘g‘lini kuzatish uchun stansiya-

ga chiqqanida o‘z ota-onasi yodiga tushishi kabi masalalar hikoya

qilinadi.

Ushbu hikoya Elbekning Haydarali Uzoqov tomonidan

1999-yilda nashrga tayyorlangan “Tanlangan asarlari”da va boshqa

to‘plamlarda uchramaydi. Elbekning bu hikoyasi orqali yoshlarning

o‘qishi, chet davlatlarda ta’lim olishi, dunyo kezib, bilimini yuksal

tirish, har tomonlama mukammal, ma’naviyatli yosh kadrlar millat

kelajagi uchun zarur ekanligi ta’kidlanadi. Toshboboning o‘g‘li yangi

maktabga o‘qishga kirib, tezda savodli bo‘lishi, o‘qishini davom etti-

rish uchun murakkab davr sinovlaridan qo‘rqmaganligi, oilali bo‘lsa-

da, o‘qishini davom ettirishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Yana

muallif negadir o‘g‘li ta’lim olayotgan shahar nomini sirli ravishda

“L” shahar deb beradi, ochiq ko‘rsatmaydi.

Elbek o‘z davrining yosh avlodga bilim tarqatuvchi fidoyisidir.

Ashurali Zohiriy ta’biri bilan aytganda: “Shoir Elbek – xalq mulki –

og‘iz adabiyotini xalqdan olish va xalqqa qaytadan yetkazishda el


background image

88

Gulzoda SOATOVA

tilining tushunarli ta’sirlaridan ko‘p foydalangan, el bolalar adabiyo

tida masalchilikni yaratgan katta san’atkor” [Elbek 1999, 10] edi.

20-30-yillarning yetuk munaqqidi, professor Abdurahmon Sa’diy

ta’biricha: “Masalchilikni Elbek boshladi, tarjima yo‘li bilan emas,

balki masalchilikni tug‘dirish yo‘lini tutdi. Hali bu yo‘lda undan bosh-

qa kishi ko‘rinmagan” [Elbek 1999, 9].

Elbekning

“Kelgusining quyoshi”

hikoyasi tunda sham

yog‘dusida kitob o‘qiyotgan bola obrazi orqali millat istiqboli ana

shunday ilmga chanqoq farzandlarga bog‘liq ekani tasvirlangan. Hi-

koyada quyosh botib qorong‘ulik butun kechani o‘rab oladi. Tunda

ko‘chada ketayotgan yo‘lovchi yarim tun bo‘lishiga qaramay, bir uy eshi

gidan yorug‘lik tushib turganini ko‘radi. Yo‘lovchi eshik tirqishidan

uyga ko‘z tashlaydi. Siniq oynali, eshiklari ochiq uyda uch kishilik

joy solingan, joylarning biri bo‘sh, ikkisida odam bor. Yotganlardan

biri uxlolmay bir tarafga ko‘z tikadi. Bo‘sh joy egasi yosh bola bo‘lib,

u chiroq yorug‘ida kitob o‘qib o‘tirar, uxlay olmayotgan uning onasi

edi. Hikoyada bu parcha quyidagicha tasvirlanadi:

“… Qorong‘ida

bo‘lg‘on narsalarni ko‘raturg‘on ko‘zlarim nechun yorug‘da yaxshi

ko‘ra olmaydirlar?” deb qo‘ydimda takror qaradim. Bu gal chiroq

yaqinida qimirlamoqda bo‘lg‘on bir narsaga ko‘zim tushdi. Yana

diqqat bilanoq qaradim, ko‘rdim: yoshg‘ina bir bola kichik o‘rindiqqa

o‘ltirib kitob o‘qimoqda edi. Darhol dedim: ”Yorug‘liq yorug‘liqg‘a

qo‘shilg‘ach qanday ko‘rinsun? Bu vaqt men, bir tomong‘a termulib

yotg‘on kimsaningda, kelgusining quyoshi bo‘lishig‘a tayyorlanmoqda

bo‘lg‘on bolaning onasi ekanligin angladim”.

Mazkur hikoyada ham yuqoridagi hikoya kabi ilmli bolalar

kelajagimizning quyoshi ekanligi ta’kidlanadi. Kechasi sham

yorug‘ida kitob o‘qiyotgan bola, farzandining yoniga kelib joyida

uxlashini kutib yotgan ona obrazida yosh avlodni ilm olishi uchun

ko‘maklashish zarurligi, shunda yurt kelajagi porloq bo‘lishi

tasvirlanadi. Kitob o‘qib, ilm olayotgan bola nurga, yorug‘likka

qiyoslanadi. Bu yerda tasvirlangan tun, jaholat qorong‘uligida

qolib ketayotgan jamiyat, sham yorug‘ida kitob o‘qiyotgan bola esa

bu qorong‘ulikni daf qiluvchi yorug‘lik ramzidir.

Hikoyada ko‘tarilgan mavzu bugungi kunda ham o‘z

ahamiyatini yo‘qotmagan. Yoshlarning ilm olishi erkka erishishning

birinchi yo‘li sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu g‘oya Elbekning “Erk nima?”

[Elbek 1999, 71] she’rida ham quyidagicha tavsiflanadi.

Erk ma’nisi erkin bo‘lmoq,

Ilm-u hunar bilan to‘lmoq.

Yo‘qsil elga bilim bermak,


background image

89

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

Mashaqqatga ko‘krak kermak!

“Yangi turmush izlovchi”

hikoyasida bugungi kunda ham

dolzarb bo‘lgan mavzu qalamga olinadi. Unda xotinboz Qahhorxo‘ja-

ning yengil tabiatliligi, turmushga to‘g‘ri baho bermasligi, o‘tkinchi

hoy-u havasga berilib, ayol zotiga past nazar bilan qarashi va uning

ayanchli turmushi haqida hikoya qilinadi. Bir kuni u do‘sti bilan bir-

galikda ziyofatda o‘tirib, ichkilikdan mast bo‘ladi va do‘stiga shunday

deydi: “

Endi, do‘stim, yangi turmushg‘a ko‘chsam deyman; ota-onam

bir narsa demaydurku, lekin xotinim qarshi bo‘ladirda, o‘zi nodon

bo‘lg‘ani ustiga, ish bilmas, yaramas bir xotun. Uni qo‘yub, o‘zimga

yarasha bir xotun olsam deyman… Senga ayta qolsam, men bir qizni

sevaman, u qiz ham, men kabi, yangi turmushni sevgan bir qiz. O‘zi

yaxshi, xat-savodli. Men unga bir necha topqir xat yozdim, lekin qat’iy

javob ololmadim. Har holda u, xatimni o‘qig‘on bo‘lsa kerak. Shuning

uchun tezdan, xotunimni quvishim lozim”

. Qahhorxo‘ja xotinini hay-

dab, ma’shuqasiga uylanadi. To‘yida o‘rtoqlari: “Bizga ham shunday

yangi hayot nasib etsin”, - deb duo qilishadi. Qahhorxo‘ja esa mag‘rur

lanib, endi ota-onaning rayiga qarab uylanadigan vaqt o‘tdi, endi o‘z

sevganiga uylanadigan zamon keldi. Shunda yangi turmush yanada

totli bo‘ladi, - deydi.

Qahhorxo‘ja yangi rafiqasi bilan baxtli yashay boshladi.

Ammo ularga ota-onasi xalaqit berardi. U shunday o‘yladi:

Endi qan

day bo‘lsa-da, shul muhitdan uzoqqa qochish kerak. Bu churuk miyali

ota-ona ularning turmushini og‘ulaydir, bu turg‘on gap.

Eski hayotdan

butunlay qutulish uchun muhitni tuzatish kerak. Buning uchun Ovru-

pa hayotiga ko‘chish zarur!”

. U shu fikrlar bilan rafiqasini oldi va Ov

-

ro‘paga ko‘chib ketdi. Boshida u yerda juda baxtli yashadi, lekin ko‘p

o‘tmay Ovro‘palik bir qizni sevib qoldi-da, bu rafiqasidan ham voz

kechadi. Ayol qo‘lidagi bola bilan yurtiga qaytar ekan, Qahhorxo‘ja-

ning: “Seni hech qachon tashlab ketmayman”, - degan so‘zlari qu-

loqlari ostida jaranglar edi. O‘ksib-o‘ksib yig‘lar ekan, dunyo uning

holig‘a kulib boqqanday bo‘ldi.

Elbek tarbiyaviy mavzularda ham saviyasi yuksak hikoya

lar yaratgan. “Yangi turmush izlovchi” hikoyasi shular jumlasidan.

Yengil hayotga uchib, hoy-u havasga berilgan Qahhorxo‘janing qis-

mati barcha davrda uchraydigan illat. Buning yechimi tarbiya mas-

alasiga borib taqaladi. Oilada mustahkam tarbiya topgan, dunyoqa-

rashi keng farzand hech qachon bunday hayot yo‘lini tanlamaydi.

Qahhorxo‘ja chiroyli ayollar bilan yashashni xohlaydi, ammo

o‘sha ayolning ko‘ngli bilan qiziqmaydi. Nima istashi, kelajak uchun

nimalar qilish zarurligi, yoshlikdagi hayoti keksalik uchun zamin


background image

90

Gulzoda SOATOVA

hozirlash degani ekanligini tushunmaydi. Faqat bugungi kun bilan

nafsining quli bo‘lib yashaydi. Eng qizig‘i, uning bu ishi noto‘g‘ri

ekanligini tevarak-atrofidagilarining hech biri aytmaydi. Hattoki,

o‘rtoqlari orasida unga havas qilganlari ham bo‘ladi. Ish shu darajaga

yetib boradiki, endi Qahhorxo‘jaga ota-onasi ham og‘irlik qilib qola-

di. Demak, uning qalbida ayoli u yoqda tursin, o‘zining ota-onasiga

ham mehr yo‘q. Natijada, uning qo‘lida qancha ayollar azob chekadi.

Achinarlisi, bu hodisaga odamlar befarq qaraydi. Davr jaholatga yuz

tutadi.

Hikoya Qahhorxo‘janing Yevropaga borib, sevib uylangan

ayolini ham haydab yuborishi, ayolning iztiroblar ichida qolishi bilan

yakunlanadi.

Hikoya mavzusi ancha keng va dolzarb. Muallif ilmsizlik va

ma’rifatsizlik, jaholat zamiriga qurilgan hayotni yetarlicha ochib be-

radi.

Elbek har bir hikoyasida jamiyatdagi tomir otgan illatlardan

birini fosh qiladi. Elbek hikoyalari haqida Salimxon Tillaxonov

shunday deydi: ”Elbek O‘zbekistonning Cho‘lpondan keyingi milliy

shoiridir. Lekin Elbek Cho‘lponga o‘xshagan sodda emas, juda

pishiqdir. Shuning uchun ko‘p vaqtlarda yozg‘on she’rlarining ko‘pini

zamong‘a to‘g‘rilag‘on bo‘lib yozadir” [Tillaxonov 2002, 1, 147-148].

Elbekning

“Moshoqchi Erbo‘ta”

hikoyasini S.Tillaxonov

ta’kidlaganidek, zamonga to‘g‘rilab yozilgan hikoyalardan biri desak

bo‘ladi. Hikoyada otasi Qurbon ota tif kasalligidan o‘lib, keksa onasi

bilan qolgan Erbo‘taning og‘ir hayoti, moshoq terib, qattiq non yeb,

xor-u zorlikda kechirgan kunlari hikoya qilinadi. Qishda kun ke-

chirishi yanada og‘irlashgan Erbo‘ta Do‘smat boyning uyiga borib

ish so‘raydi. Boy esa uni oddiy bir xizmatkor sifatida qabul qiladi.

U boyning uyida besh yil xizmat qilib, hayotini yo‘lga solish o‘rniga,

aksincha, boy undan uyini olib qo‘yadi. Bu hikoyada shunday kel

tirilgan.

“Bir kuni Erbo‘ta og‘ildagi mollarni qarab yurar edi, birdan

xo‘jayini kelib uni so‘ka boshladi. Erbo‘ta oldin buning sababini bil-

madi. So‘ngra uning “Ahmoq, to‘yib qolding-da a?! Mening so‘zlarim

qulog‘ingga yoqmayturg‘on bo‘lib qolibdir-da? Ahmad kalning o‘g‘li

– Zikr kalga nima deding? Meni unga xo‘p yomonlabsan-a? Men sen-

ga shuncha yaxshiliq qilsam ham oxirgi ishing shul bo‘ldimi? Hali sen

menga do‘q qilib qutulib ketmakchimi eding, seni besh yil boqdim,

buning haqqini to‘lab ket, hovlingni sotdirib bo‘lsa ham, haqqimni un-

dirib olaman!..

Buning bilan ham qolmay, boyaqishning boshig‘a ikki daf’a

kaltak ham kelib tushdi. Boyaqish Erbo‘ta xizmat haqqin olish emas,


background image

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

91

hovlisidan ham ajralib qolaturg‘on bo‘ldi.”.

Bunga chiday olmagan Er-

bo‘ta shaharga ish izlab ketadi. Shahar firqa idorasi uni ishchi deh

-

qonlar manfaatiga mas’ul ishchi etib tayinladi. Shundan so‘ng uning

turmushi yaxshi tomonga o‘zgardi.

Ushbu hikoyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, unda o‘zbek

dehqonlarining, xizmatchilarining og‘ir ahvoli, ezilishlari qalamga

olinadi.

Elbekning “Yer yuzi” jurnalida nashr etilgan

“Jadidchi Qora-

voy“

hikoyasida Qoravoy ismli yigit taqdiri hikoya qilinadi. U bir boy

savdogarning o‘g‘li bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanishi, inqi-

lob davriga kelib esa bu hunarini tashlab jadidchilik libosini kiygan-

ligi ta’kidlanadi. Voqealar rivojida Qoravoy qo‘liga kitob olib o‘zini

aqlli ko‘rsatishi, teatrga borishi, u yerda go‘zal ayollarni qarmog‘iga

ilintirishi, o‘zining xotini esa g‘am-alamdan sil kasaliga chalinib vafot

etishi, Qoravoyning hatto xotinining marakasida ham yo‘qligi hikoya

qilinadi. Ushbu lavha hikoyada quyidagicha keltiriladi

: “Uylanganiga

bir necha yillab vaqt o‘tsa-da, baxtsiz xotiniga qaramay doim ko‘cha-

da kezardi. Xotin boyaqish eri qayg‘usida ko‘p yillarni o‘tkazdi. Eng

so‘ng og‘ir kasalga yo‘liqdi. Qayg‘u alam orqasidan bosh ko‘targ‘uv-

chi varam (sil) uning yoqasidan tutdi. Buning oh-u qayg‘ulari Qora-

voyning o‘ynoqi ko‘zlariga ko‘rinmadi. Ul haligi xotinning ishqig‘a

tutilg‘on, go‘yoki oshiq bo‘lg‘on edi”.

Ushbu hikoyada jadidchi Qoravoyning hayoti bilan birgalik-

da o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot ham namoyon bo‘ladi. Boy

savdogar o‘g‘li Qoravoyning bolsheviklar davri boshlanishi bilan

jadidga aylanib olishi, jadidchilarning qo‘lida kitob bilan tasvirlani

shi, teatrga borib namoyish etilgan asarlardan bahramand bo‘lishi,

ayollarning ochiqlikka chiqishi bunga misol. Albatta, har bir davr

ning ziyoli ijodkori o‘z asarida ijtimoiy muhit, oddiy xalq turmush-

ini aks ettiradi. Qoravoyning xurmacha ishlari hikoyada asosiy ma-

sala qilib olingan. Ammo hikoya qahramoni Qoravoy hikoyaning

sarlavhasida “Jadidchi Qoravoy” deb berilsa-da, haqiqiy jadidchi

emas. Qoravoy ham shu davrning Behbudiy qalamiga mansub “Pa-

darkush” asaridagi Toshmurod kabi savodsiz yoshlardan biri. Bu

haqida hikoyada shunday deyiladi: “Yoshliqdan savdogar kasbi bi-

lan o‘sgan Qoravoy har narsani pul bilan o‘lchab o‘rganganlikdan ilm

ning kerakmi, yo‘qmi ekanligi to‘g‘risida boshini qotirmas edi. Biroq

ko‘z og‘rig‘iday to‘satdan bo‘lib qolg‘on inqilob uning kayfini biroz

qochirdi”.

Bu masalalar davr nashrlarida keng muhokama qilingan. Bu

borada “Sharq haqiqati”, “Inqilob”, “Yangi yo‘l”, “Er yuzi”, “Alanga”,


background image

92

Gulzoda SOATOVA

“Bilim o‘chog‘i”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” kabi gazeta va jurnallar ja-

moatchilik nazarini tortgan va ularda davrning til siyosati, adabi-

yotning ilmiy muammolari, adabiy taftish va adabiy tanqid bilan

birgalikda ta’lim-tarbiya masalasi ham erkin muhokama ob’ekti

bo‘lgan. Fitrat so‘zlari bilan aytganda

“… millatimiz, xalqimiz, bu dara-

jada tuban qoluvlariga, shu martabada yomon kunlarga tushuvlariga

nodonlig‘lari sabab bo‘ldi, bizning uchun o‘quv, ilm-ma’rifatga yopi-

shuv lozim, vatanimiz, mamlakatimiz va millatimiz ilm nuri birla yoq

tursun, din ham dunyo ilmlari birla jihozlansun”

[Fitrat 1991, 13,4].

Elbek hikoyani badiiy jihatdan mukammal tarzda

sayqallashtirmagan bo‘lsa ham bir podsholik ikkinchi bir davrga

o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgan murakkab bir sharoitda oddiy qora

xalqning ahvoli, ilmsizlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarga befarq

bo‘lmagani, ushbu muammolarni ommaga ochiq-oydin ko‘rsatishga

harakat qilganining guvohi bo‘lamiz.

Xulosa

Xullas, Elbek 20-asr o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib she’riy

roman janrini boshlab berish bilan birgalikda hikoyanavis sifatida

ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirdi. Elbek hikoyalari orqali ilmli,

shijoatli yoshlar millat kelajagi ekanligi, ayollar erki, bilim olishi,

ozod va farovon vatan qurish uchun o‘zlikni anglash, tilimizni,

adabiyotimizni yuksaltirish lozimligi haqidagi muhim fikrlarni

xalqqa yetkazdi.

Elbek nafaqat muallimlik-tarbiyachilikda, 20-30-yillar bolalar

adabiyoti ravnaqi uchun haqiqat va istiqlol yo‘lida kurashishda, ona

tilimizni e’zozlash va unga sadoqat bilan qarashda, sochma va tizma

asarlarning mohir tarjimoni sifatida yetakchi, balki haqli ravishda

u nosirlik faoliyatida qudratli, ilm-ma’rifatli yoshlar taqdiri, milliy

istiqlol harakatini aks ettira olgan iste’dodli ijodkordir.

Adabiyotlar

Қобулов Нурмуҳаммад. 1988.

Элбек.

Toшкент: Ғaфур Ғулом.

Алиев Аҳмад. 1989.

Элбек ва давр адабий жараёни.

Ўзбек адабиёти ва

санъати. Октябрь.

Aлиев Аҳмад. 1989. Элбек ижоди билан қайтди.

Toшкент ҳақиқати

,

24 июнь.

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1993.

Moмагулдурак.

(Нашрга тайёрловчи

Узоқов Ҳайдарали). Toшкент: Чўлпон.

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1993.1999.

Tанланган асарлар.

(Нашрга

тайёрловчи Узоқов Ҳайдарали). Toшкент : Шарқ.

Mashriq Yunusov (Elbek). 2017.

Armug‘on yolqinlar.

(Nashrga tayyorlovchi

Amonov Ulug‘murod). Toshkent: Turon zamin ziyo.


background image

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

93

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1999.

Mунгли қушим.

(Нашрга тайёрлов

-

чи Aбдуллаев Ортиқбой). Toшкент: Aбдулла Қодирий

номидаги халқ мероси нашриёти.

Mашриқ Юнусов (Элбек). 1999.

Tанланган асарлар.

(Нашрга

тайёрловчи Узоқов Ҳайдарали). Toшкент: Шарқ.

Mashriq Yunusov. (Elbek). 1925. Qishloqqa sayohat. Maorif va o‘qitg‘uvchi.

№ 1. – B.136-143.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1925. Kuzatishda. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 2. –

B.60-62.

Mashriq Yunusov (Elbek).1925. Kelgusining quyoshi. Maorif va o‘qitg‘uv

-

chi. № 9-10. – B.74-76.

Mashriq Yunusov (Elbek).1926. Yangi turmush izlovchi. Maorif va o‘qitg‘uv

-

chi.№ 7-8. – B. 25-27.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Mоshoqchi Erbo‘ta. Maorif va o‘qitg‘uvchi.

№ 9. – B. 40-41.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Jadidchi Qoravoy. Yer yuzi. № 4. – B. 15-16.

Қаҳрамон Ражабов. 2021. Tуркистонда очарчилик оқибатлари.

Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 29 октябрь. 44(4651-

сон).

Tиллахонов Салимхон. 2002. Xoтиралар. Шарқ юлдузи. 1. – Б.147-148.

Фитрат Абдурауф. 1991. Жоҳилона мутаасибга мисол. Халқ сўзи. № 13

декабрь. – B.4. (Mақола “Oчиқ сўз” газетасининг 15-январ

сонидан oлинган).

Jabborov, N. (2022). Cho‘lpon – chin yurak va his shoiri . in Library, 22(3),

297–304. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ar-

chive/article/view/17732

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of

Mukimi. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Re-

search Journal, 11(4), 278-283.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access Re-

pository, 4(2), 305-311.

Soatova, G. N. Q. (2022). «MAORIF VA O ‘QITG ‘UVCHI» JURNALIDAGI TAR

-

JIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARA-

JASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA). Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social scien

ces, 2(7), 665-675.

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American Journal Of Philo

logical Sciences

,

3

(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

3

(3).


background image

94

Gulzoda SOATOVA

Analysis of Elbeck’s new stories

Gulzoda Soatova

1

Abstract

The article discusses the story-writing skills of Elbek, who made a

significant contribution to the development of our national literature. The

author’s stories published in magazines such as “Maorif va o‘qitg‘uvchi”,

“Yer yuzi”, “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusinin quyoshi”, “Kuzatishda”, “Yangi

turmush izlovchi”, “Moshoqchi Erbota”, “Jadidchi Qoravoy” are not found in

current publications analyzed. In the story “Qishloqqa sayohat” the village

turned into ruins and the reasons for it, in the story “Kelgusining quyoshi”

a boy reading a book at night, in the story “Kuzatishda” a child studying at

a new modern school and being objected by his father, in the story “Yangi

turmush izlovchi” the life of Kahhorkhoja, who loves a new, easy life, In

the story “Moshoqchi Erbo‘ta”, the life of Erbota, whose business was not

in the hands of the rich, and in the story “Jadidchi Qoravoy”, the thoughts

about Karavoy, the son of a rich merchant, were analyzed and scientific

conclusions were drawn.

Keywords:

Elbek, science, national liberation, past, education, fu-

ture, story, story writer.

References

Qobulov Nurmuhammad. 1988. Elbek. Toshkent: G‘ofur G‘ulom.

Aliyev Ahmad. 1989. Elbek va davr adabiy jarayoni. O‘zbekiston adabiyoti

va san’ati. oktabr.

Aliyev Ahmad. 1989. Elbek ijodi bilan qaytdi. Toshkent haqiqati, 24-iyun.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1993. Momaguldurak.(Nashrga tayyorlovchi

Uzoqov Haydarali). Toshkent : Cho‘lpon.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1993. 1999. Tanlangan asarlar (Nashrga

tayyorlovchi Uzoqov Haydarali). Toshkent: Sharq.

Mashriq Yunusov (Elbek). 2017. Armug‘on yolqinlar. (Nashrga tayyorlov

-

chi Amonov Ulug‘murod). Toshkent: Turon zamin ziyo.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1999. Mungli qushim. (Nashrga tayyorlovchi

Abdullaev Ortiqboy). Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq

merosi.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1999. Tanlangan asarlar. (Nashrga tayyorlovchi

1

Soatova Gulzoda Nurmamat qizi

– Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

Navo’i.

E-mail

: soatovagulzoda@navoiy-uni.uz ; soatovagulzoda001@gmail.cом

ORCID ID:

https://orcid.org/0000-0002-2064-8088

For citation:

Soatova, G. 2023. “Analysis of Elbeck’s new stories”.

U

zbekistan:

Language and Culture. Literature

1 (2): 84-95.


background image

Uzoqov Haydarali). Toshkent: Sharq.

Mashriq Yunusov. (Elbek). 1925. Qishloqqa sayohat. Maorif va o‘qitg‘uvchi.

№1. – B.136-143.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1925. Kuzatishda. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 2. –

B. 60-62.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1925. Kelgusining quyoshi. Maorif va o‘qitg‘uv

-

chi. № 9-10. – B.74-76.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Yangi turmush izlovchi. Maorif va o‘qitg‘uv

-

chi.№ 7-8. – B. 25-27.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Mashshoqchi Erbo‘ta. Maorif va o‘qitg‘uv

-

chi. №9. – B. 40-41.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Jadidchi Qoravoy. Yer yuzi. №4. – B. 15-16.

Qahramon Rajabov. 2021. Turkistonda ocharchilik oqibatlari. O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati. 29-oktabr. 44(4651-son).

Tillaxonov Salimxon. 2002. Xotiralar. Sharq yulduzi. 1. 147-148-betlar.

Fitrat Abdurauf. 1991. Johilona mutaasibga misol. Xalq so‘zi. № 13-dekabr.

– B.4. (Maqola “Ochiq so‘z” gazetasining 15-yanvar sonidan

olingan).

Jabborov, N. (2022). Cho‘lpon – chin yurak va his shoiri . in Library, 22(3),

297–304. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ar-

chive/article/view/17732

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of

Mukimi. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Re-

search Journal, 11(4), 278-283.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access Re-

pository, 4(2), 305-311.

Soatova, G. N. Q. (2022). «MAORIF VA O ‘QITG ‘UVCHI» JURNALIDAGI TAR

-

JIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARA-

JASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA). Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social scien

ces, 2(7), 665-675.

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American Journal Of Philo

logical Sciences

,

3

(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

3

(3).

95

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

Библиографические ссылки

Қобулов Нурмуҳаммад. 1988. Элбек. Toшкент: Ғaфур Ғулом.

Алиев Аҳмад. 1989. Элбек ва давр адабий жараёни. Ўзбек адабиёти ва санъати. Октябрь.

Aлиев Аҳмад. 1989. Элбек ижоди билан қайтди. Toшкент ҳақиқати, 24 июнь.

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1993. Moмагулдурак. (Нашрга тайёрловчи Узоқов Ҳайдарали). Toшкент: Чўлпон.

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1993.1999. Tанланган асарлар. (Нашрга тайёрловчи Узоқов Ҳайдарали). Toшкент : Шарқ.

Mashriq Yunusov (Elbek). 2017. Armug‘on yolqinlar. (Nashrga tayyorlovchi Amonov Ulug‘murod). Toshkent: Turon zamin ziyo.

Maшриқ Юнусов (Элбек). 1999. Mунгли қушим. (Нашрга тайёрловчи Aбдуллаев Ортиқбой). Toшкент: Aбдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти.

Mашриқ Юнусов (Элбек). 1999. Tанланган асарлар. (Нашрга тайёрловчи Узоқов Ҳайдарали). Toшкент: Шарқ.

Mashriq Yunusov. (Elbek). 1925. Qishloqqa sayohat. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 1. – B.136-143.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1925. Kuzatishda. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 2. – B.60-62.

Mashriq Yunusov (Elbek).1925. Kelgusining quyoshi. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 9-10. – B.74-76.

Mashriq Yunusov (Elbek).1926. Yangi turmush izlovchi. Maorif va o‘qitg‘uvchi.№ 7-8. – B. 25-27.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Mоshoqchi Erbo‘ta. Maorif va o‘qitg‘uvchi. № 9. – B. 40-41.

Mashriq Yunusov (Elbek). 1926. Jadidchi Qoravoy. Yer yuzi. № 4. – B. 15-16.Қаҳрамон Ражабов. 2021. Tуркистонда очарчилик оқибатлари. Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 29 октябрь. 44(4651- сон).

Tиллахонов Салимхон. 2002. Xoтиралар. Шарқ юлдузи. 1. – Б.147-148.

Фитрат Абдурауф. 1991. Жоҳилона мутаасибга мисол. Халқ сўзи. № 13 декабрь. – B.4. (Mақола “Oчиқ сўз” газетасининг 15-январ сонидан oлинган).

Jabborov, N. (2022). Cho‘lpon – chin yurak va his shoiri . in Library, 22(3), 297–304. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ar chive/article/view/17732

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of Mukimi. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Re search Journal, 11(4), 278-283.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access Re pository, 4(2), 305-311.

Soatova, G. N. Q. (2022). «MAORIF VA O ‘QITG ‘UVCHI» JURNALIDAGI TAR-JIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARA JASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social scien ces, 2(7), 665-675.

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1), 3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/ article/view/8139

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal Of Philo logical Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов